АйPulatov – Telegram
Forwarded from Texnoplov⚡️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistondagi SUPERKOMPYUTER qanday ishlaydi va uning yordamida sun’iy intellekt noldan qanday yasaladi?

Youtubeda yangi video⚡️

Videoda quyidagilarni bilib olasi:
- Superkompyuterni o’zi nima uchun kerak va oddiy odam uchun qanday foydasi bor?
- Uni oddiy kompyuterdan nima farqi bor?
- Nechta odam bitta kompyuterni o’rnini bosa oladi?
- Odam miyasi necha terabayt bo’lishi mumkin?
- Qanday qilib uyda shaxsiy sun’iy intellektni yasash mumkin?
- Sun’iy intellektni superkompyuter bilan qanday qilib o’qitish mumkin?
- Superkompyuterda o‘yinlar qanday o’ynaladi?
- Nega yaqinda har birimizni uyimizda bitta mana shunday superkompyuterdan turadi?


Mazza qilib ko’rish uchun havolani bosing: https://youtu.be/JY5L0w3tvRI?si=-RF42yS8VASJKesA ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥4👍31🔥1
За последние дни — сразу две хорошие новости.

Первая — Санжар Атамурадов и его команда Humanola. Они подняли $2,5 млн от американских фондов и работают над технологиями удалённого управления гуманоидными роботами. Это сложная тема, где конкуренция очень высокая, и тем ценнее, что проект с узбекскими корнями становится заметным в США.

Вторая — успех Нодира Рўзматова и CoRun.ai. Команда получила $3,5 млн при оценке $17,5 млн. Их продукт помогает логистическим компаниям работать эффективнее с помощью искусственного интеллекта — конкретный, понятный, нужный рынок.

Такие примеры показывают простую вещь: у нас есть талантливые люди, которые могут делать продукты мирового уровня и привлекать серьёзных инвесторов. Но нам нужно, чтобы таких историй было намного больше.

Для этого важно чаще выводить наши стартапы на международные площадки, помогать им попадать в акселераторы, знакомить с инвесторами и давать возможность расти в глобальной среде. Когда узбекские команды оказываются в Долине, они не просто привлекают деньги — они привозят обратно опыт, связи и новое качество мышления.

Мы хотим, чтобы каждый год наши проекты пробивались на мировой уровень. Это реально. И шаг за шагом мы к этому идём.

Поздравляю ребят и их команду! 🔥

@pulatov_kh
21👏11🔥8👍4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimiga tayinlandi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

Распоряжением руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан Алламжонов Комил Исмоилович назначен на должность советника-посланника – представителя Администрации Президента Республики Узбекистан в США. Он продолжит одновременно занимать должность советника руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан.

By the decree of the Head of the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, Allamjonov Komil Ismoilovich has been appointed to the position of Minister-Counselor – Representative of the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan in the United States. He will continue to hold the position of Аdvisor to the Head of the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan.

Facebook|Instagram|X
🤔83🔥2
Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiyaning rasmiy Telegram kanali faoliyat boshladi.

Ushbu kanalda havo sifatini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilayotgan amaliy choralar haqida rasmiy xabarlar hamda ma’lumotlar berib boriladi.

Kuzatib boring: 👉 @ecoinfouz
1🔥3
Forwarded from Alimoff
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“AI дастурчиларни ишини олиб қўйдими? Сунъий интеллект биринчи ишини олиб қўядиган одамлар бу дастурчилар, лекин исталган дастурчи билан гаплашсангиз яхши дастурчи кам”

Қўштирноқ подкастида Асрор Арабжонов ва асосчи дастурчи Аваз Алимов билан суҳбатни кўришингизни тавсия қиламан.

▶️ https://youtu.be/9mFFeJK_LzI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Bugun sun’iy intellekt forumida Prezidentimiz mamlakatimizda raqamli transformatsiyani tezlashtirish, sun’iy intellektni barcha sohalarga joriy etish va yoshlar uchun yangi texnologik imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Erishilgan natijalar:

– sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishida qariyb 2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi, IT xizmatlari eksporti hajmi o‘tgan yillarga nisbatan 4,5 karra o‘sib, 1 milliard dollarga yaqinlashdi;

IT sohasida ta’lim berayotgan oliy ta’lim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq yoshlar bilim va ko‘nikmalarini oshirdi;

– mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 ming nafar informatika o‘qituvchisi Yangi O‘zbekiston universitetida AQSHning nufuzli MIT oliygohi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv tayyorlov kurslarini o‘tmoqda;

– raqamli diagnostika orqali 50 mingdan ziyod bemorga aniq tashxis qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish vaqti 5-7 barobar qisqardi;

– Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan mammografik tekshiruvlar tasvirlarining 70 foizi yurtimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt platformasi orqali tahlil qilinib, ularning 98 foizi shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Tashxis qo‘yish vaqti bir necha kundan 2 soatgacha qisqardi;

startaplar soni 10 barobar o‘sdi, ularga 300 million dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Saudiya Arabistoni bilan qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan birinchi yashil ma’lumotlar markazini barpo etish boshlandi.

Facebook|Instagram|X
1👍32
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:

"Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi;

– maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi;

Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;

– yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi. 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;

– har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi.

Facebook|Instagram|X
🔥86❤‍🔥1
Forwarded from Nuruddin Blogs
Steven Bartlett bn uchrashuvdan insightlar:

1. "Qog'oz devor" testi (The Paper Wall Test)
Hayotdagi to'siqlarning ko'pi beton emas, "qog'oz"dan yasalgan. Odamlar qo'rquv tufayli to'xtab qolishadi. Jasorat - bu to'siq haqiqiy yoki soxta ekanligini bilish uchun uni turtib ko'rishdir. Stiv aytishicha odamlarni shu prinsipga ko’ra ishga oladi, va ularni qog’oz devorni buzib chiqa olishini tekshiradi.


2. 4 daqiqalik yugurish (Impossible is Possible)

Odamlar 1 milni 4 daqiqada yugurish imkonsiz, o'pka portlaydi deb o'ylashgan. Rojer Bannister buni uddalagach, bu psixologik to'siq ekanligi isbotlandi. Cheklov tanangizda emas, miyangizda.

3. 1% yaxshilanish (Marginal Gains)
Raqobatchilaringizni yengish uchun bir joyda 100% zo'r bo'lish shart emas. Yuzta kichik sohada 1% ga yaxshiroq bo'ling. Kichik yutuqlar vaqt o'tishi bilan katta farq hosil qiladi. Bu atomic habits kitobida ham yozilgan lekin farqi 1% o’zgarishlardan kimdir mazza qiladi, kimdir yo’q


4. Taxminlarni yo'q qiling (Kill the Guesswork)
Biror narsa imkonsiz deb o’ylasangiz, yoki ishlashiga shubha qilsangiz, sinab ko'ring. Kichik bir detalni o'zgartiring va natijani o'lchang. Biznesda va hayotda faqatgina “qorningizga” emas, aniq ma'lumotlarga tayaning.

5. Vahima qilmang (Don't Panic)
Agar xonada yong'in chiqsa, baqirib yugurish o'limga olib keladi. Liderning vazifasi - his-tuyg'ularni jilovlash va diqqatni faqat yechimga (odamlarni olib chiqishga) qaratishdir. Nazorat qila olmaydigan narsangizga siqilmang.


Xulosa: Devorlarni test qiling, kichik o'zgarishlar qiling va har qanday vaziyatda xotirjamlikni saqlang.

@nuruddinblogs
49❤‍🔥6🔥5
“Ha, mening mahsulotim bomba-ku, u hammaga yoqadi, men uning ustida ishlashda davom etaman”.

Mahsulot shunchalik ajoyib. Agar u seningcha shunchalik yaxshi boʻlsa, kimdandir soʻrashning, uni koʻrsatishning nima keragi bor?

Shunchaki ishlashda, kod yozishda davom etaver...

Odamlar yomon gaplar ham aytishi mumkin. Bu esa yoqimsiz. Ular baribir nohaq va umuman olganda, ularning nima deyishini oʻzing bilasan. Yaxshisi, ishlashda davom etib, oldinga intilgan ma’qul.

Ammo aslida startapni aynan noqulaylik tugʻdiradigan narsalar olgʻa suradi: xonadan chiqish, mijozlar bilan muloqot qilish, haqiqiy fikr-mulohazalarni olish va mahsulotni “Mening mahsulotim haqiqatan ham mijoz muammosini hal qiladimi?” degan savol bilan xolisona tahlil qilish.

Kod yozayotganingda muammolar aniq boʻladi: ishlaydi yoki ishlamaydi. Real hayotda esa hammasi murakkabroq va noaniqroq, fikr-mulohazalarni tushunish uchun esa ijtimoiy koʻnikmalar kerak.

Ishni endi boshlayotganingizda, bozorga eng sodda MVP bilan imkon qadar tezroq chiqishingiz shart, chunki buning hech qanday salbiy tomoni yoʻq: startapingiz ishga tushishi baribir hech kimni qiziqtirmaydi, xohlaganingizcha ishga tushiravering.

YC’da biz asoschilarga 1 million odam uchun “boʻladi”gan narsani emas, balki 100 kishi, hatto 10 kishi chin dildan yaxshi koʻradigan narsani yaratishga e’tibor qaratishni maslahat beramiz. Mahsulotingizni yaxshi koʻradigan bu 10–100 kishi bepul virusli marketingga aylanadi. Va startapni ishga tushirish ana shu birinchi mijozlarni topishga yordam beradi.

Agar kimdir mahsulotingizning eng yomon versiyasi uchun pul toʻlashga tayyor boʻlsa — demak siz haqiqiy muammoni hal qilyapsiz.

YC’ning “Why Startup Founders Should Launch Companies Sooner Than They Think” videosidan.

@pulatov_kh
❤‍🔥3🔥31💯1