Blogfolio – Telegram
Blogfolio
507 subscribers
515 photos
55 videos
2 files
249 links
Design blog

Web design: dribbble.com/sirojn1
Graphic design: be.net/sirojn1

© 2018–2026
Download Telegram
Figma sayt konstruktori (website builder) ustida ishlayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi

Framer, Webflow, Wix, Tilda va boshqa no-code xizmatlari uchun bu jiddiy raqobat bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi rasmni isbot sifatida postlarga qo‘yishyapti, qolaversa rasm egasining bu rasmni o‘chirib tashlashi kerakligi haqidagi xabari yozilgan skrinshot yuribdi.

Aftidan 7, 8-may kunlari bo‘lib o‘tadigan "Figma Config-2025" zo‘r bo‘ladiganga o‘xshaydi.

@blogfolio
👍1
Forwarded from Teamit.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Grafik dizaynerlar o‘rtasidagi musobaqamiz nihoyasiga yetdi!

Yaratuvchanlik, original g‘oyalar va yuqori darajadagi dizayn ishlari — barchasi bir sahnada jam bo‘ldi.
G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz va musobaqada qatnashgan har bir ishtirokchiga rahmat aytamiz!
Ijod davom etadi — bu endi boshlanishi!

Teamit Academy - zamonaviy kasblarni biz bilan o'rganing

🏢 Jizzax sh. Maishiy xizmat uyi
🏛 Mo'ljal: "Zokir ota" to'yxonasi
📍Lokatsiya

☎️ 99 550 77 99
🌐 teamit.uz

Telegram | Instagram | Facebook
👍7
Yoshlarning hammasi ham ijtimoiy tarmoq va kompyuter o‘yinlariga qul emas

Yuqoridagi videoda ko‘rgan bo‘lsangiz Teamit Academy o‘zining Grafik dizayn kursi o‘quvchilari o‘rtasida kichik chempionat o‘tkazdi. Men natijalarni baholovchilar qatorida edim va shuni bildimki, hozirgi kunda grafik dizayn va umuman IT sohalarini o‘rganuvchilarning yoshi sezilarli darajada kichrayib bormoqda. Bundan 4-5 yil avval bu sohalarga ko‘pincha 20 yoshdan oshgan yigit-qizlar qiziqish bildirib, o‘rganishni boshlasa, bugungi kunda 12-15 yoshli o‘smirlar allaqachon dasturlash, dizayn asoslarini o‘rganib, o‘zlarining ilk loyihalarini yaratishga kirishib ketgan.

Texnologiyalarning rivojlanishi va ularga kirish imkoniyatining osonlashishi yosh avlodni nafaqat turli tarmoq va o‘yinlarga, balki, foydali sohalarga ham erta jalb qilmoqda deb o‘ylayman.

Buni qarangki, Teamit’da bo‘lib o‘tgan chempionatning asosiy mavzusi ham aynan vaqtni qadrlash bilan bog‘liq edi.

@blogfolio
👍10
Yaxshi dizayn g‘oyasi bu — boshqa dizaynerlarni “nima uchun bu g‘oya menga kelmadi?” deb o‘zlarini ahmoqdek his qilishidir. (c)

@blogfolio
👍18👎3
Mish-mishlar haqiqatga aylanmoqda

Jane Manchun Wong X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Figma tomonidan ikki katta loyiha ustida ishlanayotgani haqida yozdi:

Figma AI App Maker — matnli buyruqlar, Figma fayllari va rasmlarni qabul qilib, sun’iy intellekt yordamida ilovalar yaratishga imkon beruvchi platforma. Bu tizim Claude Sonnet LLM (Supabase orqali) asosida ishlaydi.

Figma Sites — tayyor bloklar, interaktivliklar va moslashuvchan dizayn asosida sayt yaratish imkonini beruvchi yangi xizmat. Bu loyiha no-code servislarga jiddiy raqobatchi bo‘lishi aniq.

@blogfolio
👍7
Forwarded from Point of View
“Dizayn”

Product Manager: Dizayn men uchun — Figma emas. UI ham emas

Men uchun dizayn — bu reja, harakat va mas’uliyatlar aniq bo‘lgan jarayon.
Jamoaning har bir qadami oldindan o‘ylanganida, qarorlar tushunarli, harakatlar muvofiq bo‘lganida — shunda dizayn ishlay boshlaydi.
Men har kuni dizaynni ko‘raman — rejalar, yig‘ilishlar, deadline va yakunlarda. Tashqi ko‘rinmasligi mumkin, lekin u har bir natijaning ichida yashaydi.
Chiroyli interfeys emas, balki to‘g‘ri "FLOW" va natijaga yetaklaydigan "PLAN" — bu men uchun dizayn.

————————————————
Backend: Eng muhim dizayn — ko‘rinmaydigani.

Chiroyli interfeys hammaga yoqadi.
Lekin foydalanuvchi ko‘rmaydigan joyda nima bo‘lyapti?
Backend developer sifatida men dizaynni quyidagilarda ko‘raman:
— tizim arxitekturasi,
— bazaning puxtaligi,
— APIlarning barqarorligi,
— kod strukturasi va
— deploy jarayonlarining aniqligida.

Bular ko‘zga tashlanmaydi, lekin agar buzilsa, hamma sezadi.
Dizayn — bu shakl emas, bu ishlash tartibi.
Qanday ko‘rinishi emas, qanday ishlashi muhim.

————————————————
AI
Expert: Avval AI dizaynga muhtoj edi. Endi esa dizayn AIga.

AI engineer sifatida men uchun dizayn bu:
model arxitekturasi, oqimlar, qatlamlar, diagrammalar...
ya’ni tizimli fikrlash va algoritmik tuzilma.
Lekin 2025dan boshlab bu ro‘yxatga yana bir narsa qo‘shildi — kreativlik.
AI endi dizaynni faqat tushunmayapti, yaratyapti.
Dizayn — bu: AI yaratgan va AI tomonidan yaratilayotgan reallik.
Aftidan dizayn haqida qaytadan o‘ylab ko‘rish vaqti kelgan


Dizayn — bu ko‘rinishdan ko‘ra chuqurroq.
Fikrlar har xil, maqsad esa bitta — ishlaydigan tizim yaratish.
👍7
Apple yangi (lekin tanish) vizual uslubni urfga kiritmoqda

WWDC25’da Apple barcha operatsion tizimlari uchun yangi vizual uslub – Liquid Glass’ni tanishtirdi va tezda ushbu uslubda yorliq (icon)lar yasash uchun yangi vosita ham taqdim etibdi. Hozircha faqat MacOS uchun.

Surat muallifi Yuldash Mahamadkhodjaev

@blogfolio
👍4
Kuning samarali o‘tsa xotirjam uxlaysan

Oxirgi paytlarda o‘zingda bir narsani his qilyapsan: samaradorlik (продуктивность) bahosi juda pastlab ketdi. Oldinlari bir kunda shartli ravishda o‘nta ish bajargan bo‘lsang, o‘sha kuning samarador edi. Hozir esa bir kunda bitta ishni to‘liq tugata olsang, kunni samarali hisoblayapsan... Noto‘g‘ri yo‘ldasan.

Qayerdadir o‘qigan eding, "Samarali o‘tgan kun xotirjam uyqu olib kelganidek, samarali o‘tgan umr xotirjam o‘lim olib keladi".

@blogfolio
👍11
Doimiy depressiya va oʻzingni muntazam charchagan his qilayotgan boʻlsang, buni oʻqi:

Nega doimiy charchoqni his qilamiz?

@blogfolio
👍11
Grafik dizayndan UI/UX dizaynga o‘tishing kerak (mi?)

Xabaring bor, sun’iy intellekt va raqamlashtirish jarayoni jadallashib borgani sari bir qancha kasblar va ish o‘rinlari keskin qisqarmoqda, shu bilan birga yangi ish joylari yaratilyapti va zamonaviy kasblarga bo‘lgan talab mehnat bozorida ortmoqda.

“World Economic Forum” o‘tkazgan “Kelajak kasblari–2025” tadqiqoti natijalariga ko‘ra, keyingi besh yil ichida qaysi kasblarga talab ortishi va tushishi haqida bilib olsang foydali bo‘ladi:

Talab eng tez o‘sadigan kasblar:
1. Katta ma’lumotlar (Big Data) bo‘yicha mutaxassislar
2. Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) muhandislari
3. Sun’iy intellekt (AI) va mashinaviy o‘qitish mutaxassislari
4. Dasturiy ta’minot va ilovalar ishlab chiquvchilari
5. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar
6. Ma’lumotlar ombori (Data Warehousing) mutaxassislari
7. Avtonom va elektromobil sohasidagi mutaxassislar
8. UI/UX Dizaynerlari
9. Yengil yuk mashinasi yoki yetkazib berish xizmati haydovchilari
10. Internet of Things (IoT) mutaxassislari
11. Ma’lumotlar tahlilchilari va olimlari
12. Atrof-muhit muhandislari
13. Axborot xavfsizligi tahlilchilari
14. DevOps muhandislari
15. Qayta tiklanadigan energiya muhandislari


Talab eng tez pastlaydigan kasblar:
1. Pochta xizmati xodimlari
2. Bank kassirlari va shu kabi xodimlar
3. Ma’lumot kirituvchilar
4. Kassirlar va chiptachilar
5. Ma’muriy yordamchilar va ijrochi kotiblar
6. Bosma ishlar (Printing) va shu sohaga oid mutaxassislar
7. Buxgalteriya, hisob-kitob va ish haqi xodimlari
8. Omborxona va zaxira yurituvchi xodimlar
9. Transport kuzatuvchilari va yo‘lovchi kuzatuvchilar
10. Uyma-uy savdo agentlari, ko‘cha sotuvchilari va shu kabi ishchilar
11. Grafik dizaynerlar
12. Sug‘urta da’vosi bo‘yicha ekspertlar va tekshiruvchilar
13. Huquqiy xizmatchilar
14. Yuridik kotiblar
15. Telefon orqali sotuvchilar (telemarketologlar)


Ko‘rib turibsan, o‘quv markazlari haliyam grafik dizayn kursini zamonaviy kasbga ega bo‘lasan deb sotayotgan bir paytda dunyoda nimalardir bo‘lib ketyapti.

Umuman olganda har qanday kasbda professional bo‘lsang hali beri yo‘qolib ketmaysan lekin kasbingni zamonaviy tendensiyalar bilan birgalikda olib bormasang, AI ni ayblab qolib ketishing mumkin.

@blogfolio
👍13
Qiladigan ishlaring shunchalik ko‘pki, hech birini qilmaysan

Javlon maqolasida tilga olganidek, inson miyasida glutamat degan neyrotransmitter bor ekan. Qachonki biz diqqat qilsak, qaysidir muammoni yechsak, bir vaqtda bir nechta ishni bajarsak miya glutamat ishlab chiqaradi. Bu neyrotransmitter o‘rganish, xotira va diqqat qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Bundan kelib chiqadiki, qilishing lozim bo‘lgan ish/buyurtmalar sonining ortib ketishi va ularni bajarish kerakligini o‘ylashning o‘zi ham seni shu ishlarni qilganingdan ko‘ra ko‘proq charchatadi.

Bunday vaziyatlarning yechimi esa ming yillar oldin ham mavjud bo‘lgan o‘sha yechim: "Bo‘lib tashla va hukmronlik qil".

Xohlasang ham barchasini bir paytda qilolmaysan, shunchaki har bir vazifa uchun kunning ma’lum qismini bo‘lib ber.

Aytgancha, o‘rganishni istagan yo‘nalish/sohalaring shunchalik ko‘pki, hech birini o‘rganmaysan.

@blogfolio
👍15
71 yoshli onaxon grafik dizaynni o‘rgandi

Madinaning blogida o‘qigan bo‘lsang kerak, turkiyalik 71 yoshli uy bekasi grafik dizayn bo‘yicha diplom oldi. Ikki yillik grafik dizayn dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan onaxon nasib qilsa, yaqinda bo‘lib o‘tadigan bitiruv marosimida diplomini oladi.

Endi sen haqingda gaplashsak. Hayotingning eng zo‘r davri o‘tib ketayotgani, hech narsaga erisholmayotganing va erisha olmasam ham kerak deb o‘ylayotganing faqat senda kuzatilayotgan jarayon emas. Xuddi shu muammo rosa kuch quvvatga to‘lgan – odatda 35 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan odamlarda ham kuzatiladi.

Muvaffaqiyat faqat yoshlar uchun deb o‘ylasang, buni o‘qi:
• Suqrot 70 yoshida turli musiqa asboblarini chalishni o‘rgangan va tezda bu ishning ustasiga aylangan.
• Gyote 80 yoshida dunyoga mashhur “Faust” asarini yozib tugallagan.
• Mikelanjelo eng zo‘r asarlarini 80 yoshida chizgan.
• Qadimgi Rim senatori Mark Katon yunon tilini 80 yoshida o‘rgangan.
• Tarixchi Leopold Ranke “Jahon tarixi” asarini 91 yoshida yozib tugatgan.
• Lev Tolstoy 83 yoshida o‘rimda yosh o‘roqchilarni ham ortda qoldirgan.
• Uinston Cherchil 76 yoshida bosh vazir bo‘lgan.


“Endi miyamga hech narsa kirmaydi” degan ruhiyatingdagi yanglish ko‘nikmalarni unut. Zero, haydovchilar yopishtirganidek, "Orzular orzuligicha qolmaydi, yurak urib tursa bas!"

@blogfolio
👍10
Bir qarich bo‘lma!

Eshitgan bo‘lsang kerak, ilm uch qarichdan iborat deyiladi:
• Kim ilmda bir qarich ildamlasa, kibrlanadi.
• Kim ikki qarich ildamlasa, kamtar bo‘ladi.
• Kim uch qarich ildamlasa, hali hech narsani bilmasligini tushunib yetadi.

Odamlarni kuzatsang, shu "bir qarich" turiga kiradiganlar ko‘pligini sezasan. Dastlabki qarichga kiradi-da, ilmni da’vo qiladi. Natijada talashib-tortishib, boshqalarni ayblaydi.

Ilmni sohamiz misolida qarasang, birinchi qarichga kirgan kishining eng katta muammosi hali aqli bo‘m-bo‘shligidan xabari yo‘qligi. Sohaga shijoat bilan kiradi-da, aqli bo‘shligi bois ilmning birinchi qarichi uni tang ahvolga solib qo‘yadi, natijada bir qarich ilm uni egallaydi, so‘ng uni boshqaradi, xato-kamchilikka undaydi, xohlagan ko‘yiga soladi.

Xullas, ilmda bir qarich bo‘lishdan ehtiyot bo‘l. Men ishonaman, sen buni o‘qigan zahoti ikkinchi qarich ostonasida bo‘lasan.

@blogfolio
👍12
Ko‘chirish – tan olinmagan hurmat

Sendan ko‘chiryaptimi? Demak, sen qiymatli ish qilyapsan.
Ko‘chirmayaptimi? Demak, boshqalar bilib qolishini istamayapti )


Kimdir sendan ilhomlanadi, kimdir esa bevosita ko‘chiradi. Bu ikkalasi orasidagi chiziq har doim ham ko‘zga ko‘rinmaydi. Ilhomlanish va ko‘chirish haqida batafsil boshqa safar gaplashamiz. Bugun boshqa masala:

Agar sening ishing, uslubing yoki yondashuving boshqalar tomonidan ko‘chirila boshlagan bo‘lsa, bu sen uchun xavotir emas, balki e’tirofdir. Chunki hech kim befoyda narsani ko‘chirmaydi. Sen yaratgan narsa qiymatli, foydali va ta’sirli ekani uchun undan foydalanilmoqda.

Bu holat sen uchun yangi bosqichga o‘tish vaqti kelganini bildiradi. Endi boshqalarning uslubi emas, o‘z uslubingni kengaytirish, yangilikda davom etish va o‘z brendingni mustahkamlashni to‘xtatmasliging kerak.

Ammo o‘zing haliyam boshqalardan ko‘chirayotgan bo‘lsang – hech kim bilib qolmasin )

@blogfolio
👍9
Dastlab sezasan, keyin tushuntirasan

Dizaynni his qilish qobiliyati ham bir mahoratdir. Uni rezyumega yozmaysan. Sertifikat ololmaysan. Lekin u bor. Sen uni har kuni ishlatib yashaysan. Bu shunday narsaki, qanday tushuntirishni bilmaysan, lekin nimadir noto‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rib turasan. Rangi, shakli, joylashuvi, tartibi… bir piksel noto‘g‘ri tursa ham ko‘zingga boshqacha ko‘rinadi.

Sen bu natijaga ichki sezgi, did, tajriba, millionlab piksellar orqasidan yetib kelgansan. Ammo sohangda bir haqiqat bor: tushuntira olmasang, ishonishmaydi.

“Qanaqasiga yaxshiroq?”, “Nega aynan shunaqa?”, “Qayerdagi nazariyaga tayanib shunaqa qilding?”

Senda ba’zida bu savollarga faqat bitta javob bo‘ladi: “Shunchaki, shunisi yaxshi.” Lekin buni ayta olmaysan. Aytsang ham yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘pincha tahlilchi, metodolog, psixolog rolini o‘ynaysan.

Har bir qaroringga ortiqcha asos, nazariyalar, vizual og‘irlik, grid, F-pattern yoki Gestalt qonunlaridan biron asos izlaysan. Bu esa o‘zing bilgan haqiqatni boshqalarga isbotlash usuling xolos.

Ochig‘ini aytaver, bu asoslarni ishdan avval emas natija tayyor bo‘lganidan keyin topasan. Dastlab sezasan, so‘ng tushuntirasan.

@blogfolio
👍24
Davom etamizmi?

Kimdir dizaynda nimagadir erishgan, kimdir esa hech narsaga. Sababi nimada bilasanmi? Sabab shunchaki davom etish.

… nimadir o‘xshamadi, taslim bo‘lding;
… kurs tugadi va u bilan birga mas’uliyat ham;
… boshqalar zo‘r eplayapti, sen esa “menga emas ekan” deding;
… va hokazo.

Dizaynda, umuman barcha sohada muvaffaqiyatga erishish mumkin, agar senda bo‘lsa:

… kuniga eng kamida 30 daqiqa vaqt;
… o‘rganishga istak;
… faqat videodars tomosha qilib o‘tiraverish emas, balki amalda qo‘llash odati.

Keys’lar qil, joyla, boshqalarga xizmatlaringni taklif qil, xatolardan o‘rgan, blog yurit, muntazam mashq qil, fikr-mulohaza ol.

Shunchaki tashlab yuborma va davom et – bu eng asosiy qoida.

Va albatta “mullaning aytganini qilu, qilganini qilma!” )

@blogfolio
👍15
Iqtidoring eng katta ustunliging emas

Sen ko‘pincha yangi trendlarni o‘rganishga, portfoliongni "yondiradigan" darajaga olib chiqishga yoki eng so‘nggi dasturlarni o‘zlashtirishga harakat qilasan. Go‘yoki muvaffaqiyat kaliti aynan shunda.

Lekin bir narsani tushun: hozirgi zamonda shunchaki dedlaynga amal qilish seni 90% raqobatchingdan o‘zib ketishingni ta’minlaydi.

Nega? Chunki bozor "g‘oyib bo‘ladigan", "sveti o‘chib qoladigan", va’dasini unutadigan yoki "ilhomim kelmadi" deydigan mutaxassislar bilan to‘la.

Mijoz uchun sening 100% lik ideal dizayningni 3 kun kechikib olgandan ko‘ra, 90% lik sifatli ishni aytilgan vaqtda olish qadrliroq. Chunki dedlayn bu shunchaki sana emas. Bu – ishonch.

Va’da qilingan vaqtda faylni yuborgan holda sen shunchaki ishni topshirgan emas, balki mijozga: "men sening vaqtingni va biznesingni hurmat qilaman" degan bo‘lasan.

Kelajak iqtidorlidan ko‘ra ko‘proq tartibli ijodkorlarniki. O‘sha 10% lik ishonchli doiraga kirishni hech bo‘lmasa bugundan boshla.

@blogfolio
👍17
Inson ba’zan noto‘g‘ri ishda, noto‘g‘ri muhitda yoki o‘ziga mos bo‘lmagan hayot ssenariysida yillarini sarflab qo‘yadi. Keyin orqaga qaraganda eng og‘riqli yo‘qotish aynan shu qaytib kelmaydigan vaqt bo‘ladi.

Hayotdagi eng qimmat yo‘qotish kimnidir yo‘qotish emas. Eng qimmat yo‘qotish – o‘zingniki bo‘lmagan yo‘l bilan yashab yuborilgan yillar.
👍18