You speak english because it's the only language you speak.
I speak english because it's the only language you understand.
Bitta quyon bilan ikkita o'qni uradigan gap ekan.
🔥12
Bobosher's blog | #FreePalestine
Eslaganlar bormi?
Fonda mono (lug'atda manavi, mana bu) soundtrackni qo'yib rasmni qaytadan ko'rilsin:
https://youtu.be/8yBntmRon0k?si=z_yRjJsNlV69S2xO

YouTube
TI presents The P$C - Da Ya Thang - Need for Speed Most Wanted Soundtrack - 1080p
Toshkentda havo yana yomon (o'rganib ham qoldik). Anaqqisa, ko'chaga maskada chiqinglar.
🔥2
Bugun qiziq bir gap o'qib qoldim. Ko'pchilik USlik bolalar Hungary(Vengriya) Afrikada joylashgan deb o'ylasharkan...
Tushunmagan bo'lsangiz tushunishga harakat qilmang.
P.S. Ma'nosini tushunish uchun yuqori IQ emas, o'rtacha ingliz tili kerak bo'ladi.

😁19👍1😢1
O'ylab qarasam, studentlik ko'pchilik uchun "katta odam emas"likning oxirgi davri bo'lar ekan. Katta hayotga tayyorlanish bilan birga "katta odam" mas'uliyati yuklanmaydigan davrdan oxirgi marta zavqlanishga ham ulgurib qoling.
👍18
Yil boshida bizda bo'lgan sovuq hozir Astanadagi sovuqning oldida hech narsa emas ekan 🥶.
😁14
"Less is more" degan gapning ma'nosini kengroq tushunishni boshladim.
🔥8
Alohida holatda bir elementining xususiyatlarini oldindan taxmin qilib bo'lmaydigan millionlab elementlardan iborat sistema kollektiv tarzda ishlaganida juda sodda va oldindan taxmin qilsa bo'ladigan xarakteristika ko'rsatishi bu shunchaki mo'jiza. Biz ehtimollik deb ataydigan xususiyat juda katta sonlar ustida ishlaganida bizga tepadagi holatni tushuntirishi mumkin bo'lgan kam sonli qurollarimizdan biriga aylanadi.
Hech qiziqib ko'rganmisiz, nega issiq narsaning ustiga sovuq narsa qo'ysangiz birozdan keyin ikkalasidagi harorat bir-biriga yaqinlashadi? Issig'idan sovug'iga issiqlik energiyasi o'tadi deysizmi? Unda nega sovug'idan issig'iga o'tmaydi? Xo'p, termodinamik balans sabab. Lekin nega o'zi termodinamik balans saqlanishi kerak? Sovuq obyektdan issiq obyektga issiqlik o'tmasligini nimadir to'sib turadimi?
Javob – yo'q. Umuman olganda, sovuq jismdan issig'iga energiya o'tishi mumkin. Faqat buning ehtimoli shunchalik kam-ki, buni hech qachon ko'rmaymiz. Qanchalik kam? Buni maktabda o'rgatiladigan oddiy binomal koeffitsientlar yordamida hisoblab chiqish mumkin. Natija normal distribution – "bell curve" shaklida bo'ladi, faqat diskret ko'rinishda. Obyektdagi atomlar soni oshgani sari grafigimiz gorizontal torayib, ya'ni "ingichkalashib" boraveradi. Biz kundalik ishlatadigan obyektlarda kamida 10 ^ 22 ta atom borligini hisobga olsak, grafik shu darajada "ingichkalashib" ketadi-ki, bitta vertikal chiziqqa aylanib qoladi. Ya'ni ikkala jismdagi harorat 100% ga juda-juda yaqin ehtimol bilan biz termodinamik balans deb ataydigan nuqtada to'xtaydi.
P.S. Bu bo'yicha kvant fizikasiga aloqador qilib jiddiyroq post yozmoqchi edim, lekin xato ma'lumot berib qo'yishdan qo'rqdim. Hali o'zim ham yaxshi tushunmaydigan narsalar...
@boboshersnotes

👍8🔥4
year += 1
This message was scheduled on January 1st, 2023.

🫡15
Falon so'mga kitob sotib olasan. 1 haftada o'qib bo'lib, keyin o'zining narxiga (yoki 1-2 so'm arzonga) sotib yuborasan. Bu (deyarli) tekinga kitob o'qishning ta'qiqlanmagan usuli. Hammasi normal, hammasi qonuniy. Lekin nimadir noto'g'ri.
😁8