Bobosher's blog | #FreePalestine – Telegram
Bobosher's blog | #FreePalestine
325 subscribers
387 photos
33 videos
2 files
180 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Toping-chi, bu nima?
Universitet tomonidan berilgan imkoniyat bilan Germaniyada 1 haftalik internshipga yo'lga chiqdik.
👍21🔥4
Respect, Turkish Airlines!
11
Alhamdulillah, Myunxenga yetib keldik.
🔥14👍3👏1
O'sha mashhur Allianz Arena stadioni.
🔥10
BMW M3 GTR
🔥5
Bu BMW tomonidan 2009-yilda ishlab chiqarilgan mashina.
Bunisi Susambilda 2021-yilda ishlab chiqarilgan mashina.
😁7
Kecha kanalga post qo'yishga ham vaqt bo'lmadi.
Kechroq Myunxendagi taassurotlarim haqida post qo'yaman.
👍9👏2
Bobosher's blog | #FreePalestine
Photo
Buni nimaligini aytish esimdan chiqibdi-ku ))
Qisqasi, Adobe Illustratorda mana bu yozuvlarni tayyorlab, taxtaga biroz ishlov berib, keyin lazer bilan yozuvlarni taxtaga tushirdik.
Hammasini o'rgatib turishdi.
P.S. Find the easter egg.
👍6
Xo'sh, bir boshdan boshlasak.

Shanba kuni ertalab Toshkentdan chiqib, Istanbul orqali Myunxenga keldik. Samolyotdagi sharoitlar ekonom klass uchun yomon emas.

Myunxenda 3 yulduzli mehmonxonaga joylashdik. Sharoitlari va xodimlari juda yaxshi (buncha pulni olgandan keyin yaxshi bo'ladi-da🙂). Nonushta uchun tabiiy mahsulotlari bir talay.

Yakshanba kuni dastlab Allianz Arena stadionida bo'ldik. Fan shop bor ekan. Bavariya ming logosini qo'yish mumkin bo'lgan hamma narsaga qo'yib sotisharkan. Kiyimlar, oshxona buyumlari, oziq-ovqat, ... hamma narsa. Narxlari men kutganimchalik yuqori emas.
Stadionning o'ziga kirish tekin ekan (internetda pullik deyishgandi). 1 kun oldin o'yin bo'lgani uchun hamma joyga pivo to'kilgan, rosa bayram qilishibdi shovvozlar.

Keyin BMW muzeyiga va BMW saloniga bordik. Muzeyda ko'p afsonaviy, faqat "televizorda ko'rgan" mashinalarni ko'rdik. Salonda BMW mashinalarining orasida men eng yoqtiradigani – i8 modelining yoniga chiqa olmadik, negadir ruxsat yo'q ekan. Aytgancha, mehmonxonaning shundoqqina yonida Lamborghinining saloni bor, lekin hali borishga vaqt bo'lmadi.

Dushanba kuni TUM Internationalga borib, professorlar, doktorant talabalar bilan uchrashdik. Batareya texnologiyalari bo'yicha master klass bo'ldi, laboratoriyalarini ko'rdik. Ancha narsa o'rgandim.

Seshanba kuni NUUning rektori, 24 TUMning direktori bo'lgan professor W.A.Herrmann bilan tanishdik. Kelajakdagi rejalar, hamkorlik, imkoniyatlar haqida gaplashdik.
Tushlikdan keyin workshop wood (yog'och) va lazer texnologiyasi bo'yicha workshop bo'ldi.

Keyin shu yaqindagi juda mashhur bir ko'lni tomosha qilgani bordik. Kechki ovqatga pitsaxonaga bordik. Germaniyadagi eng yaxshi pitsaxonalardan biri deyishdi. Pitsalari juda mazali ekan.
👍9