AI | DigiTech – Telegram
AI | DigiTech
53.8K subscribers
3.15K photos
1.59K videos
2.86K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklar 36 km/soat tezlikda yuguradigan va charchamaydigan eng tezkor robotni ishlab chiqishdi.

Yugurish yo‘lakchasida Bolt odamni osonlikcha ortda qoldirdi, u 100 metrlik masofani atigi 10 soniyada bosib o‘ta oladi — xuddi yamaykalik afsonaviy Useyn Bolt kabi. Uning 9,58 soniyalik rekordini 16 yildan buyon hech kim yangilay olmayapti.

📟 DigiTech
🤯77👍15👏11😨9😁3💯32🔥2😢1🫡1
⚡️GTA VI chiqish sanasi kechiktirilmaydi — o‘yin 19-noyabrda bir vaqtning o‘zida disklarda va raqamli formatda chiqariladi.

Moliyaviy hisobot paytida Take-Two kompaniyasi muxlislarni tinchlantirdi va yozda marketing kampaniyasi boshlanishini ma’lum qildi.

Bu esa bir necha oydan keyin yangi treylerlar, skrinshot va jurnalistlarning sharhlarini ko‘rishimiz mumkinligini anglatadi.

📟 DigiTech
👏77128😁8🎉4👍2🔥2😡2💯1🤝1🫡1
🕹️ AMD kompaniyasi xabar berishicha, yangi Xbox 2027-yilda chiqishi mumkin — har holda konsol uchun chiplar shu vaqtda tayyor bo‘ladi.

PlayStation 6 ham katta ehtimol bilan AMD chiplarini oladi. Biroq xotira inqirozi sababli konsollarning tez orada chiqishini kutish o‘rinsiz.

Mish-mishlarga ko‘ra, yangi Xbox to‘laqonli shaxsiy kompyuterdek bo‘lishi mumkin. Boshqa tafsilotlar hozircha ma'lum emas.

📟 DigiTech
🔥3311👍102💯1🤓1🤝1🫡1
📲 iPhone foydalanuvchilari iOS 26.2.1 tizimidagi xatolar, nosozliklar, qotib qolishlar va batareyaning tez tugashi haqida ommaviy ravishda shikoyat qilishmoqda.

Ba’zilarda ilovalar ishdan chiqmoqda, boshqalarda esa shunchaki mobil aloqa ishlamay qolgan.

Forumlarda qurilmani qayta ishga tushirish tavsiya etilmoqda. Oqibatda, ayrim foydalanuvchilar buni kuniga bir necha marta bajarishga majbur bo‘lishyapti.

📟 DigiTech
😁106🤯118👏3👍2💯21🔥1😨1🤝1🫡1
⚡️YouTube barcha uchun boshqa tildagi videolarni sun’iy intellekt dublyajini ishga tushirdi. Sozlamalarda kerakli tilni tanlash yoki funksiyani o’chirib qo’yish mumkin.

Video mualliflari avtomatik dublyajni o’chirib qo’yishi yoki o‘zining shaxsiy ovozli versiyasini yuklashi mumkin. Ilgari sun’iy intellekt dublyaji faqat to‘qqizta tilda ishlagan va cheklangan sondagi mualliflar uchungina mavjud bo‘lgan. Hozir funksiya 27 ta tilni qo’llab-quvvatlaydi.


Shuningdek, tarjima paytida ohang va his-tuyg‘ularni o’xshatadigan «Expressive Speech» funksiyasi ham qo’shildi. Yaqin kelajakda esa YouTube yana bir xususiyat — sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ovozni lab harakatlari bilan sinxronlashtirishni qo‘shmoqchi.

📟 DigiTech
👍69🤯1812🔥9👏4🤝3🫡3💯1
⚡️Nvidia 30 yil ichida birinchi bor yangi videokartalar ishlab chiqarishni to’xtatadi.

The Information ma’lumotlariga ko‘ra, Nvidia 30 yil ichida birinchi bor yangi o‘yin videokartalarini chiqarmaslikka qaror qilgan. Sababi oddiy: xotira tanqisligi. Kompaniya ma’lumotlar markazlari uchun GPU ishlab chiqarishga ustuvorlik berishga qaror qildi.

Xotiraning jiddiy tanqisligi sabab o‘yin yo‘nalishi vaqtincha ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Bundan tashqari, Nvidia RTX 50xx seriyasi ishlab chiqarish hajmini ham qisqartirmoqchi.

Yangi videokartalarni bu yil kutmasak ham bo’ladi :(

📟 DigiTech
😢82🤯23👍169🫡7🔥3😨32🤓2💯1🤝1
⚡️Xotira tanqisligi paytida oddiy o’yinchilar uchun Xitoy kompaniyalari yordamga keldi — CXMT kompaniyasi 32 GB hajmli DDR4-3200 ECC xotira chiplarini atigi 135 dollar narxda sotuvga chiqardi.

Hozirda bu bozor narxidan taxminan 3 baravar arzonroq — CXMT Xitoyda ishlab chiqarishni faol kengaytirmoqda va «katta uchlik»ni bozordagi ulushini kamaytirish maqsadida narxlarni pasaytirmoqda.

📟 DigiTech
💯140🔥4820👍20🤯8👏7🫡5🤝4🤓3👨‍💻2😁1
📱Insayderlarning ta'kidlashlaricha, arzon iPhone 17e 19-fevral kuni namoyish etiladi.

Unga MagSafe, Apple C1X modemi va iPhone 17 ning kuchli A19 chipi o’rnatiladi. Ammo «qosh»li eski dizaynda qoladi. Chamasi, yangi modelda Dynamic Island baribir bo‘lmaydi.

Narxi avvalgidek — 599 dollardan boshlanadi.

Innovatsiyalarni keyingi modelga qoldirishibdi)

📟 DigiTech
😁48🔥267👍6🤝32🤯2🫡2💯1
⚡️Tanqislik protsessorlargacha yetib bordi: Intel va AMD mijozlarni yetkazib berish kechikishlari haqida ogohlantirishdi — ular ma’lumotlar markazlari buyurtmalarini bajarishga ulgurishmayapti.

Xitoyda Xeon protsessorlari narxi o‘rtacha 10 foizga oshdi, yetkazib berish muddati esa yarim yilgacha cho‘zilmoqda.

Kompaniyalar talabni qondirish uchun harakat qilishmoqda, biroq Intel kerakli miqdorda resurslar topa olmayapti. AMD esa TSMC'dan yetarlicha miqdorda chip ololmayapti, chunki zavodlar Nvidia va boshqa sun’iy intellektlar ishlab chiquvchi mijozlarining buyurtmalari bilan band.

📟 DigiTech
😢52👍10🤯8🔥4🫡43😡3💯2😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirda siz Kia Sonet avtomobilini Aloqabank orqali qulay bo‘lib to‘lash shartlari* asosida foydali tarzda xarid qilishingiz mumkin:

▪️ Yillik foiz - 0%
▪️ Muddat - 48 oygacha
▪️ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan

*Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi.

Bugunoq to‘lovlar hisobini bilish va sinov haydoviga yozilishni xohlaysizmi?
Qo‘ng‘iroq qiling va test-drayvga yoziling:

+998555008998
🟢
Kia Kokcha

Reklama
🔥12👏5👍421🤝1
⚡️Yevrokomissiya TikTok qaramlikka olib kelishini rasman tan oldi. Endi kompaniya ilova interfeysini o‘zgartirishi kerak.

Nazorat organi cheksiz skrolling, videolarning avtomatik ijrosi, bildirishnomalar va shaxsiy tavsiyalar bolalar va ayrim kattalarda qaramlikni yuzaga keltirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Yangi kontent bilan doimiy «mukofotlanish» va TikTok dizaynining ayrim elementlari platformada ko’proq o’tirish istagini kuchaytiradi hamda foydalanuvchilar miyasini «avtopilot» rejimiga o‘tkazadi.


Agar TikTok buning aksini isbotlay olmasa yoki interfeysni o‘zgartirmasa, kompaniyaga jahon miqyosidagi umumiy aylanmasining 6 foizigacha miqdorida jarima solinishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥40👍9🤯85👏5😨3🫡2💯1
🚘 Xiaomi 990 ot kuchiga ega bo‘ladigan YU7 krossoverining GT versiyasini tayyorlamoqda — u 2 soniyada 100 km/soatgacha tezlashadi va maksimal tezligi 300 km/soatni tashkil etadi.

YU7 Max top-komplektatsiyasi bilan taqqoslaganda, avtomobilning quvvati bir vaqtning o‘zida 300 «ot kuchi»ga oshirildi va uning dizayni yanada sportga yo‘naltirildi.

Avtomobil yaqin oylar ichida 65 000 dollar narxda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
48🤝10👍9👏5💯52🔥2🤯2🥰1🎉1🤓1