AI | DigiTech – Telegram
AI | DigiTech
58.4K subscribers
3.16K photos
1.59K videos
2.87K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Yevrokomissiya TikTok qaramlikka olib kelishini rasman tan oldi. Endi kompaniya ilova interfeysini o‘zgartirishi kerak.

Nazorat organi cheksiz skrolling, videolarning avtomatik ijrosi, bildirishnomalar va shaxsiy tavsiyalar bolalar va ayrim kattalarda qaramlikni yuzaga keltirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Yangi kontent bilan doimiy «mukofotlanish» va TikTok dizaynining ayrim elementlari platformada ko’proq o’tirish istagini kuchaytiradi hamda foydalanuvchilar miyasini «avtopilot» rejimiga o‘tkazadi.


Agar TikTok buning aksini isbotlay olmasa yoki interfeysni o‘zgartirmasa, kompaniyaga jahon miqyosidagi umumiy aylanmasining 6 foizigacha miqdorida jarima solinishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥47👍10🤯8👏75😨3🫡21💯1
🚘 Xiaomi 990 ot kuchiga ega bo‘ladigan YU7 krossoverining GT versiyasini tayyorlamoqda — u 2 soniyada 100 km/soatgacha tezlashadi va maksimal tezligi 300 km/soatni tashkil etadi.

YU7 Max top-komplektatsiyasi bilan taqqoslaganda, avtomobilning quvvati bir vaqtning o‘zida 300 «ot kuchi»ga oshirildi va uning dizayni yanada sportga yo‘naltirildi.

Avtomobil yaqin oylar ichida 65 000 dollar narxda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
69👍19🤝10💯6👏5🤯53🔥3🥰1🎉1🤓1
⚡️2026-yilgi Olimpiada ochilishida sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan video namoyish etildi.

Bu so‘nggi yuz yillik Olimpiya o‘yinlariga ishora qiluvchi yoqimli video bo‘lishi kerak edi. Biroq tomoshabinlar deyarli har bir kadrda g‘alati narsalarni topishdi.

Milliardlab dollarlik byudjetlar malakali animatorlarga yetmay qolibdi :)

📟 DigiTech
😁10515👍8😡5💯4😨3🥰2👏2👨‍💻1🤝1🫡1
📱iPhone'lar kosmosga uchadi.

NASA orbitada smartfonlardan foydalanishga ruxsat berdi. Zamonaviy qurilmalar rasman XKS'ga Crew-12 missiyasi bilan va Oyga Artemis 2 bilan jo‘natiladi.

Ilgari agentlik eskirgan texnikadan (2016-yilgi iPod Touch kabi) foydalanardi, chunki zamonaviy qurilmalar radiatsiya ta’sirida tez ishdan chiqishi mumkin deb hisoblangan. Polaris Dawn va Fram2 xususiy missiyalarining muvaffaqiyatidan so‘ng qoidalar qayta ko‘rib chiqildi. Bu missiyalarda zamonaviy smartfonlar va MacBook Pro muammolarsiz ishlagan.


Zamonaviy qurilmalar astronavtlarga tez va sifatli kontent yaratib, uni keng auditoriyaga ulashish imkonini beradi.

📟 DigiTech
50👍1511🔥5🤓5👏3💯3🫡2😁1
⚡️Milliardga yaqin Android smartfonlari xavf ostida. Bu haqda Google rasman ogohlantirdi.

Android qurilmalarining qariyb 40 foizi endi xavfsizlik yangilanishlarini olmaydi. Bu 1 milliardga yaqin smartfonlarning viruslar, josuslik dasturlari va xakerlik hujumlariga zaif ekanligini anglatadi.

Android 12 va undan eski versiyalarda ishlaydigan barcha qurilmalar xavf ostida. Mutaxassislar bunday smartfonlarda kerakli shaxsiy ma'lumotlarni saqlamaslikni yoki yangi qurilmaga almashtirishni maslahat berishmoqda.

📟 DigiTech
🤯93👍28😁1910😨9😢4🤔3💯2😡2🤝1🫡1
⚡️Bloomberg xabar berishicha, Apple yaqin orada uchta yangi qurilmani sotuvga chiqaradi.

Arzon narxdagi smartfon «qoshli» dizaynli eski ko‘rinishga, iPhone 17’dagi kabi A19 chipiga, Apple C1X modemiga hamda Bluetooth, Wi-Fi uchun N1 chipiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, kompaniya A18 chipli arzon iPad 12 va iPad Air M4'ni ham namoyish etadi. Ular fevral oyi oxiri — mart oyi boshida sotuvga chiqariladi. Mish-mishlarga ko‘ra, taqdimot 19-fevralda bo‘lib o‘tishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥3010👍8😁5👏4💯3👨‍💻1🤝1🫡1
Hozirda siz Kia Sonet avtomobilini Aloqabank orqali qulay bo‘lib to‘lash shartlari* asosida foydali tarzda xarid qilishingiz mumkin:

▪️ Yillik foiz - 0% dan
▪️ Muddat - 48 oygacha
▪️ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan

*Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi.

Bugunoq to‘lovlar hisobini bilish va sinov haydoviga yozilishni xohlaysizmi?
Qo‘ng‘iroq qiling va test-drayvga yoziling:

+998555008998
🟢
Kia Kokcha

Reklama
11😡6🔥4🤝3👏1
⚡️Xitoydagi vaziyat: Qwen sun’iy intellekti chat-bot orqali choy buyurtma qilgan har bir kishiga ¥25 (3,6 dollar) dan bera boshladi — butun mamlakat bo‘ylab qahvaxonalar buyurtmalar va kuryerlar navbati bilan to‘lib ketgan.

Xitoyda yangi sun’iy intellekt poygasi shunday ketmoqda. Baidu, Tencent, ByteDance va Alibaba endi botlari aqlliroq ekanligi bilan emas, balki foydalanuvchilarni o‘z botlaridan foydalanishga o‘rgatish uchun kim ko‘proq bonus berishi bilan bellashishmoqda.


📟 DigiTech
😁79🔥2898🤯6💯3👍2😢2🫡2👏1😡1
📱iPhone 17 Pro va Pro Max qurilmalari shunchaki g‘ilofni yechish paytida sinib qolishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar antenna atrofidagi plastik qoplamalarining yorilishidan shikoyat qilishmoqda. Izohlarga qaraganda, muammo ommaviy va tez uchraydi.

📟 DigiTech
😁187😢1210🤝5👍3🔥32👏2🫡2🤔1🤓1