Qalbing nigohida – Telegram
Qalbing nigohida
1 subscriber
119 photos
99 videos
6 files
3 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yomg‘ir tagida kimdir shoshqaloq, kimdir esa zavq bilan yuradi. Ammo uni kuzatgan odam – hayotning jim suratini tomosha qilayotgan rassom kabidir. Uning ovozi qalbni sokinlikka chorlasa, tomchilari har bir qadamimizni poklayotgandek tuyuladi.

"Ba’zan hayot ham yomg‘irga o‘xshaydi – u seni ho‘l qiladi, ba’zan sovuq qiladi, lekin oxir-oqibat hamma narsani yangilaydi."
1
Men yengilroq yukni emas balki kengroq yelkanli soʻrayman.

Og‘irlikni kamaytirishga emas, yelkalaringni kengaytirishga intil – chunki kuch yengillikda emas, bardoshlilikda namoyon bo‘ladi.
🔥1
"Kuch qulaylikka oʻrnatilmagan"

Agar siz vaqt oson boʻlgandagina oldinga harakat qilsangiz ular yoʻq boʻlganda qulab tushasiz . Haqiqiy oʻsish quyoshda suzib yurish emas balki, boʻronlarni yengib oʻtishdan kelib chiqadi deb oʻylayman.
Odamning o‘zini hurmat qilishi va o‘z qadriyatlarini bilishi juda muhim. Agar kimdir sizni ataylab chetlab o‘tsa yoki e’tiborsiz qoldirsa, o‘zingizni majburlab unga yoqishga yoki unga ko‘proq e’tibor qaratishga hojat yo‘q. Munosabatlar o‘zaro hurmat va samimiyatga asoslanishi kerak. Agar bunday bo‘lmasa, o‘zingizni siqib, o‘zingizni kamtar tutishning hojati yo‘q. Hayotda sizni qadrlaydigan va hurmat qiladigan insonlar albatta bo‘ladi. Shu sababli, o‘zingizni ortiqcha bezovta qilish o‘rniga, hayotingizni yanada mazmunli qilishga e’tibor qarating.
17:12 pm 26-mart
"Vaqtinchalik odamlar – doimiy dars."

Bu juda chuqur fikr. Hayotimizga kirib kelgan ba’zi odamlar uzoq qolmaydi, lekin ular qoldirgan saboqlar biz bilan bir umr qolishi mumkin. Kimdir bizga sabrni o‘rgatadi, kimdir ishonch haqida, yana kimdir esa qadrni bilish haqida dars beradi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayniqsa, oynalarga tushayotgan tomchilar, yoqimli musiqa va biroz shivirlagan shamol barchasini yanada ko‘rkam qiladi. Qayergadir shoshilmay, faqat yo‘lning o‘zi zavq bag‘ishlaydigan lahzalar bo‘ladi-da.
"Bu qogʻoz sizga sevgi va ishonch, Kuch va hurmat olib keladi"

Rostan ham Shundaymi?


Pul inson hayotida katta rol o‘ynaydi – u insonlarga qulaylik, imkoniyat va ijtimoiy mavqe olib kelishi mumkin. Ba’zan odamlar pulli insonni hurmat qiladi, unga ehtirom ko‘rsatadi. Ammo bu hurmat, kuch va sevgi chinakam bo‘lishi uchun pul yetarli emas deb oʻylayman. Chunki haqiqiy hurmat insonning axloqi, mehnati va qalbining pokligi bilan keladi. Haqiqiy sevgi esa moddiy boylik emas, balki insoniy qadriyatlar asosida barqaror bo‘lishligiga bir qancha misollarni bor.

Demak, pul vosita bo‘lishi mumkin, lekin maqsad emas. Haqiqiy qudrat, hurmat va sevgi insonning shaxsiyati va qilmishlaridan kelib chiqadi deb oʻylayman.
Agar bu dunyoda hech narsa menga tegishli bo‘lmasa, demak, yo‘qotishdan ham qo‘rqishimga sabab yo‘q. Chunki qo‘rquv ko‘pincha egalik hissidan kelib chiqadi mulk, yaqinlar, hatto hayotning o‘zi. Agar hech narsa meniki emas bo‘lsa, demak, men faqat kuzatuvchiman va yo‘qotish meni tashvishlantirmaydi.

Lekin shunda ham qo‘rquv yo‘q bo‘lib ketadimi? Balki yo‘q. Chunki inson qo‘rquvni faqat mulk orqali emas, balki mavjudlik, yolg‘izlik yoki ma’nosizlik orqali ham his qilishi mumkin. Hatto agar dunyo menga tegishli bo‘lmasa ham, men baribir o‘z borlig‘im, hislarim va fikrlarim orqali unga bog‘lanaman. Shuning uchun, qo‘rqishdan butkul xalos bo‘lish qiyin.

Siz nima deb o‘ylaysiz hamroxim—haqiqiy ozodlik hech narsaga egalik qilmaslikmi yoki nimagadir bog‘lanmaslikmi?🫠🫠

19:17. PM. 27-mart
Koʻngilni sotmoqlik qoʻldan kelmasdi
Sotilgan koʻngillar boʻlar zimiston,
Meni bunchalik ham yomon demas.......
Men uni menligimcha sevolgan inson.
никто кроме нас
Qalbing nigohida
Video
Ketmoqchi bo‘lgan narsani ushlab turishni bas qil.

O‘sish — hamma narsani boshqarish emas, balki qo‘yib yuborishni o‘rganishdir

Hozirda noqulay tuyulayotgan har qanday holat, aslida seni keyingi bosqich sari olib borayotgan yooʻldur.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘pchilik odamlar katta maqsadlariga bir kun kelib erishaman deb o‘ylashadi.

Lekin “bir kun” — bu shunchaki bugunlarning yig‘indisi, xolos.

Agar kunlaringizni kechiktirish, telefonda vaqt o‘tkazish va bahona qilish bilan o‘tkazsangiz — hayotingiz shunga aylanadi. Agar kunlaringizni o‘rganishga, qurishga va oldinga intilishga sarflasangiz — hayotingiz shunga aylanadi.

Kelajagingiz bitta katta lahzada emas, har kuni qilgan ishlaringiz orqali shakllanadi. ....................
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkak yiqilsa ham, mag‘lub bo‘lmaydi. U tuproq bag‘riga ketgan bo‘lsa-da, uning ruhi osmonda charaqlaydi. Sadoqat bilan yashagan yurak — tuproq ostida ham urib turadi. Unga hayot bir marta berilgan bo‘lishi mumkin, ammo u hayotni yuz marta ortga qoldiradi.

Qahramonlar — bu haykal emas, ular har yurakda o‘yilgan doston.
Ular har bir bolaga ertak bo‘lib yetadi,
Ona tilida duoga aylanadi,
Bayroqqa rang, yurakka iymon beradi.

Jasur odam o‘lmaydi. Uni o‘ldirish mumkin emas. Chunki jasorat bu tana emas, bu — ruh.
Ruhni esa hech bir pichoq kesolmaydi, hech bir dushman o‘ldira olmaydi.

Qo‘rqoq o‘ladi — u hali yashamay turib o‘ladi.
Sotqin o‘ladi — nomi aytilmaydigan yuraklarda.
Xoin o‘ladi — tarix uni qora qalamda yo‘q qiladi.
Dalada Tabiat qoʻynida huddi hayot tashvishlari bilan seni quvalayotganday tuyuladi lekin bu yerdagi atmosfera hammasini oʻzgartiradi, Bu yerdagi realni metrajni eng kuchli Rejisyoru, eng kuchli operator ham tasvirlay olmaydi. Qushlarning sayrashiyu mayin yuzni ufurib turgan shavboda Dilga oʻzgacha mayinlik berayotganday goʻyo.
👍1