IT Education Association – Telegram
IT Education Association
1.32K subscribers
693 photos
207 videos
468 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 info@ite-association.uz
☎️ +99855 511 07 77
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning Yaponiyaga tarixiy tashriflari yoshlarimizga yanada ko‘proq imkoniyatlardan foydalanishga yo‘l ochadi:

1) Ingliz tilidan tashqari Yapon tilini mukammal o‘rganib, Yaponiya universitetlariga topshiring, ayniqsa Sun’iy Intellekt va Kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida. Geminidan so‘rasangiz vaqtliroq tayyorgarlik bo‘yicha batafsil yo‘l xaritasi qilib beradi: https://gemini.google.com/share/020045bf27c8

2) Yapon tilini o‘rganib, O‘zbekistonga kirib kelayotgan ko‘plab Yaponiyalik kompaniyalarga ishga kirishga harakat qiling. IT Parkdagi Yapon kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 26taga yetdi. Ushbu tarixiy tashrifdan keyin ularning soni barcha sohalar bo‘yicha ortib borishi aniq.

3) Yapon tilini o‘rganib, Yapon bozori uchun o‘z startapingizni yarating. U yerdagi Vatandoshlardan bozorga kirishga hamkor sifatida foydalanib, startap bek ofisini bu yerdan qilsangiz, xarajatlardagi farq hisobiga ancha raqobatbardosh bo‘lasiz.

PS. Video O‘zbek tilidagi prompt orqali Gemini yordamida ortiqcha ovoragarchiliklarsiz qilindi. Hozircha menimcha eng kuchli Sun’iy Intellekt modeli O‘zbek tilida ravon gaplashishga o’tgani Sizga yanada qo‘shimcha imkoniyat ochishi aniq.
Forwarded from IT Ladies Uzbekistan
“Yil ayoli – 2025” milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi TATU professori bo'ldi

Bugun mamlakatimiz ijtimoiy hayotida muhim voqea — “Yil ayoli” milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda 1-o‘rin — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari doktori, 4 farzandning onasi Dildora Muhammadiyevaga nasib etdi!

💰 G‘olib 20 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu yutuq — IT, sun’iy intellekt va ilm-fanda ayollar uchun katta motivatsiya! Bugun ayollar nafaqat texnologiyani o‘rganadi, balki uni yaratadi, boshqaradi va rivojlantiradi.

Sun’iy intellekt davrida ayollar ilm-fan va texnologiyada yetakchi bo‘la olishini yana bir bor isbotladik!

Dildora, biz siz bilan faxrlanamiz!
🔥4
🤝KOICA bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Kuni kecha IT Ta’lim Uyushmasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — KOICA o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌐Uchrashuv davomida Uyushma tomonidan amalga oshirilayotgan ta’lim loyihalari, raqamli ta’lim yo‘nalishidagi tashabbuslar hamda faoliyat natijalari taqdim etildi. KOICA vakillari ushbu ishlarni yuqori baholab, ularning rivojlanish salohiyatini alohida e’tirof etdilar.

Shuningdek, Koreyada joriy etilgan yagona sertifikatlash tizimi va raqamli ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashildi. Mazkur tizimni O‘zbekistonda, ayniqsa raqamli ta’lim yo‘nalishida joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📈Uchrashuv yakunida KOICA va IT Ta’lim Uyushmasining raqamli ta’lim sohasida yagona sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha maqsadlari mushtarak ekani ta’kidlandi hamda mazkur loyiha doirasida kelgusida yana uchrashuvlar o‘tkazish, ushbu tajribani chuqur o‘rganish hamda hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Bu uchrashuv xalqaro tajribani mahalliy ta’lim tizimiga tatbiq etish va raqamli ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

_____

🤝 Cooperation with KOICA discussed

Recently, a productive meeting was held between the IT Education Association and the Korea International Cooperation Agency (KOICA).

🌐During the meeting, the Association presented its ongoing education projects, initiatives in the field of digital education, and key performance outcomes. KOICA representatives highly appreciated these efforts and emphasized their strong growth potential.

In addition, advanced practices in digital education and Korea’s unified certification system were shared. Opportunities to implement this system in Uzbekistan, particularly within the digital education sector, were thoroughly discussed.

📈 At the conclusion of the meeting, it was emphasized that KOICA and the IT Education Association share common goals in introducing a unified certification system in the field of digital education. Within the framework of this initiative, proposals were put forward to hold further meetings, study this experience in depth, and implement the project through close cooperation.

This meeting marked an important step toward integrating international best practices into the local education system and advancing digital education in Uzbekistan.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9 million foydalanuvchisi bor ilovani boshqarish mas'uliyati

Oybek Nuriddinov va uning jamoasi har kuni minglab murojaatlar bilan ishlaydi va har kuni davlat xizmatlarini fuqarolar uchun yanada yaxshiroq va qulayroq qilishga harakat qiladi.

Oybek Nuriddinov — 32 yoshda. U O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasida My.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.

Oybek Nuriddinov o'zining My.gov.uz'dagi missiyasi, ilovaning yutug'i 9 million foydalanuvchiga xizmat ko'rsatish mas'uliyati haqida so'zlab berdi...


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.

Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:

“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;

“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);

“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;

Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.

Сегодня Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев обратится с Посланием к Олий Мажлису и народу Узбекистана.

Смотрите прямую трансляцию Послания c 11:00:

на телеканалах «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston» (с сурдопереводом), «Mahalla», «Madaniyat va ma’rifat», «O‘zbekiston tarixi», «Mening yurtim», «Sevimli», «Milliy», «Zo‘r TV», «Renessans TV»;

«Toshkent» и «Dunyo bo‘ylab» (с русским переводом);

«Yoshlar» и «Uzreport TV» (с английским переводом);

на страницах пресс-службы Президента в Telegram и Facebook, а также на официальном канале в YouTube.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Biz 2030-yilga borib, IT xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olganmiz”,

– dedi Prezidentimiz.

Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bugun minglab iqtidorli yoshlarimiz IT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.

“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik.

Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”
,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
👍1
IT ta'lim Uyushmasi raqamli ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi

IT ta'lim Uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan raqamli ta’limni rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun taqdirlandi.

Mukofot Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov tomonidan topshirildi.

E’tirof Uyushmaning Coursera platformasi bilan hamkorlikda amalga oshirgan ta’lim tashabbuslari natijasida taqdim etildi.

Jumladan 2025-yilda Coursera platformasiga 825 000 dan ortiq foydalanuvchi jalb qilindi, 399 000+ ishtirokchi bepul kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, 1 821 nafar ishtirokchi xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Uyushma O‘zbekiston Global Skills Report hisobotiga ko‘ra Markaziy Osiyoda raqamli ko‘nikmalar tayyorlash bo‘yicha yetakchi davlat sifatida e’tirof etildi hamda “Coursera Connect 2025” tadbirida
Outstanding Achievement Award 2025 — Global Finalist mukofotiga sazovor bo‘ldi 🏅

Ushbu e’tirof — bizga ushbu yo‘nalishda yanada ko‘proq ishlar qilishimiz kerakligini yana bir isbotlaydi.

Fursatdan foydalanib,
barcha hamkorlarimiz, jamoamiz va raqamli ta’limga hissa qo‘shayotgan har bir insonga minnatdorlik bildiramiz.

🚀O‘zbekistonning raqamli kelajagini birgalikda qurishda davom etamiz!

———

IT Education Association Recognized for Its Contribution to the Development of Digital Education

The IT Education Association has been awarded by the Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan for its significant contribution to the development of digital education and the training of qualified professionals.

The award was presented by Deputy Minister of Digital Technologies Rustam Karimjonov.

This recognition was granted as a result of the Association’s educational initiatives implemented in collaboration with the Coursera platform.

In particular, in 2025, more than 825,000 users were engaged on the Coursera platform; over 399,000 participants successfully completed free courses, and 1,821 learners obtained international IT certifications.

In addition, according to the Global Skills Report, Uzbekistan was recognized as the leading country in Central Asia for digital skills development, with the Association playing a key role in this achievement.
The Association was also honored with the Outstanding Achievement Award 2025 — Global Finalist at the Coursera Connect 2025 event 🏅

This recognition once again confirms that there is even more work ahead of us in this important direction.

We would like to take this opportunity to express our sincere gratitude to all our partners, our team, and everyone contributing to the development of digital education.

🚀 Together, we will continue building the digital future of Uzbekistan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT ta’lim Uyushmasi faoliyatining 2025-yil sarhisobi

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4🎉2
Aziz do‘stlar, hamkorlar va IT ta’lim sohasi vakillari!

O‘tayotgan yil davomida IT Ta’lim Uyushmasi bilan birga raqamli ta’limni rivojlantirish, yoshlar salohiyatini ochish va O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘ydik. Bu yutuqlar barchamizning birgalikdagi mehnatimiz samarasidir.

Yangi yilda sizlarga mustahkam sog‘liq, yangi bilim va imkoniyatlar, katta maqsadlar va ularga erishish uchun kuch tilaymiz.

2026-yil barchamiz uchun yangi g‘oyalar, samarali loyihalar va yanada ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!

Raqamli kelajakni birga quraylik!

Hurmat bilan,
IT Ta’lim Uyushmasi

_____

Dear friends, partners, and representatives of the IT education community!

Throughout the past year, together with IT Education Association, we have taken important steps toward developing digital education, unlocking the potential of young people, and turning Uzbekistan into a regional IT hub. These achievements are the result of our collective efforts.

In the new year, we wish you strong health, new knowledge and opportunities, ambitious goals, and the strength to achieve them.

May 2026 be a year filled with new ideas, impactful projects, and even greater achievements for all of us!

Let us build the digital future together!

Sincerely,
IT Ta’lim Uyushmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉5👍3🔥3
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi: yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar munosib taqdirlanadi

“Yoshlarni AT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida yoshlar va o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan milliy tanlov yo‘lga qo‘yilib, eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar munosib taqdirlanadi.

Xususan:

100 nafar o‘qituvchi — 1000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti

✈️10 nafar o‘qituvchi — xorijiy sayohat yo‘llanmasi

💻500 nafar yoshlarga — noutbuk

🎁500 nafar yoshlarga — qimmatbaho sovg‘alar

💵3 ta OTM — pul mukofoti

🚘2 ta umumta’lim maktabi — “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi

Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlar markazlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Loyiha doirasida yoshlarga AT, startap boshqaruvi va xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim, xalqaro AT-sertifikatlar hamda tanlov va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.
👍7
Forwarded from IT Ladies Uzbekistan
Qizlar biz siz uchun maxsus audiochat tayyorlayapmiz!

Ertaga sizlar uchun juda muhim va qiziqarli uchrashuv o‘tkazishni reja qildik.

Mehmonimiz

🏆 “Yil ayoli – 2025”;
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professori;
👩‍💻 Texnika fanlari doktori, IT va sun’iy intellekt sohasi mutaxassisi;
👩‍👧‍👦 4 nafar farzandning onasi — Dildora Muhammadiyeva.

✈️Hozirda Dildora Malayziyada bo‘lishiga qaramay, qizlarimiz uchun vaqt ajratib, ochiq va samimiy suhbat qilishga rozi bo‘ldi.

Audiochat davomida quyidagi mavzularni muhokama qilamiz:

ayol kishi IT va ilm-fanda qanday qilib o‘z o‘rnini topishi mumkin
oila, farzandlar va kasbiy rivojni qanday uyg‘unlashtirish mumkin
qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish tajribasi
sun’iy intellekt davrida ayollarning o‘rni va imkoniyatlari
haqiqiy hayotiy motivatsiya va ilhom

🎧 Bu shunchaki ma’ruza emas — bu jonli, samimiy audiochat, savol berish va real tajribadan o‘rganish imkoniyati.

Agar siz ham rivojlanish, o‘zingizga ishonch va kuchli ayollar tajribasidan ilhom olishni istasangiz — albatta qo‘shiling.

📅 Ertaga, 9-yanvar, soat 16:00 da
🎙 Audiochat havolasi: https://news.1rj.ru/str/ITLadiesUzbekistan/243

Uchrashuvni o‘tkazib yubormang!

****

Девочки мы подготовили для Вас особый аудиочат!

Завтра у нас уникальная встреча, которой действительно стоит уделить время.

С нами на связи будет —

🏆 “Женщина года – 2025”,
🎓 профессор ТУИТ им. Мухаммада аль-Хоразмий,
👩‍💻 доктор технических наук,
🤖 эксперт в IT и искусственном интеллекте,
👩‍👧‍👦 И мама 4-х детей — Дилдора Мухаммадиева.

✈️Сейчас Дилдора находится в Малайзии, НО несмотря на плотный график и расстояние, она согласилась выйти в аудиочат, чтобы пообщаться с нашими девочками и честно поделиться своим опытом.

О чём будем говорить:


как женщине построить карьеру в IT и науке
как совмещать семью, детей и профессию
с какими трудностями она сталкивалась и что помогло не сдаться
почему женщины могут и должны быть лидерами в эпоху ИИ
мотивация, которая работает не на словах, а на практике

💬 Это будет не лекция, а живой разговор, где можно послушать, вдохновиться и задать свои вопросы человеку, который уже прошёл этот путь.

Если Вам важно развитие, вера в себя и реальные примеры сильных женщин — обязательно присоединяйтесь.

📅 Завтра, 9 января в 16:00
🎧 Ссылка на аудиочат: https://news.1rj.ru/str/ITLadiesUzbekistan/243

Не пропустите!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👨‍💻1
Forwarded from UNICON.UZ
❤️  UNICON.UZ Yangi raqamli texnologiyalarni o‘qitish Markazi «SUN`IY INTELLEKT» va «AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH» amaliy kurslariga qabul boshlandi

↗️ Bu kurslar zamonaviy mehnat bozori talablariga mos yo‘nalishlarda raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni maqsad qilgan.

👨‍🏫 Mashg‘ulotlar o‘z sohasida katta amaliy tajribaga ega, malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Ta’lim formati — online.

📝  Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.

🎓 Davlat tashkilotlari xodimlarini, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va dasturchilarni yuqorida ko'rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslarida ishtirok etishga taklif qilamiz.

📎 Markazda ushbu yoki boshqa o‘quv kurslarida ishtirok etish uchun ariza to‘ldiring:
https://forms.gle/Z8nA7NEEDBMNqhRi8

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!

Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha jasur o‘g‘lonlarimizni chin qalbdan tabriklaymiz. Sizlarning matonatingiz, jasoratingiz va sadoqatingiz tufayli yurtimiz osmoni musaffo, kelajagimiz esa ishonchli qo'llarda.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat, ishlaringizda omad va oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.

Vatanimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbek boy bo‘lsa, qora ishni qilgani boshqalar keladi! —” Komiljon Hamidjonov

Komiljon Hamidjonov — 25 yoshda. U xalqaro darajadagi dasturchi, suníy intellekt va backend sohasida 5 yil tajribaga ega, milliondan ziyod mijozga ega loyihalar yaratib, mingga yaqin shogirdlar tayyorlagan.

Bugungi kunda Komiljon VEON Xalqaro kompaniyasi tarkibida faoliyat yuritish bilan birga ta’lim sohasida ko‘plab loyihalar amalga oshirmoqda.

🎙 Intervyuda siz qanday qilib daromadini qisqa vaqtda 10 barobarga oshirgani, kamgap dasturchilar stereotipni buzgani va Sun'iy intellekt davrida yoshlar nimaga tayyor bo‘lishi kerakligi haqida bilib olasiz.

"IT'ga kirish uchun daho bo‘lish shart emas" — deydi qahramonimiz.

Ushbu video AyTini o‘rganish bugungi kunda eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

🎞 To'liq videoni: https://www.youtube.com/watch?v=AWK3LYARYI8

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍5👨‍💻4🤩1