JavaHere's Blogs 🚀 – Telegram
JavaHere's Blogs 🚀 pinned «Va nihoyat va Alhamdulillah 3-kun ham muvaffaqiyatli tugadi. Ko'ring, o'rganing, fikr va savollarni izohlarda qoldiring. Men esa keyingi qadamlarni tashlab, sizlar uchun yo'lni iloji boricha yorug'roq qilib turishga harakat qilaman. Duo qilamiz va in shaa…»
Instagramsiz hayot

Instagramni bir yaxshi tarafi bor. Qisqa vaqtli zerikishni yengish uchun juda oson yo'l. Masalan 5 daqiqa bekatda avtobus kutyabsiz. Biror ilm o'rganay desangiz shovqin, tikka turbsiz, boshlaganingizcha 5 daqiqa tugab qoladi. Shu vaziyatda bir damolib Instagram ko'rgingiz keladi. Menda ham shunday edi. Ammo bir kuni...

Uyda o'tiribman. Uxlash uchun aniq bir vaqt tayinlab olgan edim. Bekatdagi voqea ishlarim erta tugab, 5 10 daqiqa nimadir qilishga vaqt qolgan edi. Instagramni ochdim va 5 10 sekundlik videolardan ko'rishni boshladim. Qizigandan qizib ketdi. Hozir tugaydi, Hozir tugaydi, Hozir tugataman... Menga chiroyli sonlar yoqadi. Masalan 22:00, 22:22, 23:32 ...
Instagramdagi video tugashi shunaqa paytga kelishini kutib video ko'rishda davom etaverdim. 22:01 bo'lib qolsa, "Ha mayli 22:22 hozir keladi" deb ketaverdim ketaverdin va 3 soat, naqd 3 soatcha Instagramda qolib ketdim. Shu kuni afsuslandim va instagramdan voz kechdim.

Bir birda post qo'yish uchun kompyuterdan web versiyasidan kirib turgandim, hozir u ham yo'q. Va negadir hech narsadan quruq qolib ketmadim:).

Bu voqeaga 4 oy bo'ldi...
👍16❤‍🔥2🔥2
Afsuski sen bo'lmasang boshqasi

Chess.com ning mobil ilovasi bor. Siz 1, 3, 5, 30, 60 .... daqiqalik shaxmat o'yinini o'ynashingiz mumkin, har qalay Instagramdan foydaliroq hayot boshlandi. 5 daqiqa vaqt paydo bo'ldi degancha 1 daqiqalik shaxmatdan 2 ta o'ynasa bo'ladi. Ammo bu ham o'ziga qattiq bog'lab qo'yar ekan. Bir kunda ~1 soat vaqtimni shu yeydigan bo'ldi. Undan ham voz kechdim.

Yana shu, sen bo'lmasang boshqasi deb Youtube shorts kelib qoldi. Va bugun huddi Instagram bilan kuzatilgan voqea ya'ni 3 soatni Youtube shorts yeb qo'ydi. Shuning uchun Youtube mobil versiyasidan ham voz kechdim:).

Bu qilayotgan ishlarimdan albatta xursandman. Ammo bir tomondan o'zimga rahmim kelyabdi. Nima uchun ulardan qochib qutulmoqchiman, kamroq foydalanish orqali ham foydalansa bo'ladi, nima uchun o'z nafsimni yenga olmayabman?!
👍2
🔥16👍2🕊2
Forwarded from IT suhbat
📌2-suhbatdoshimiz Javohir Akramjonov

Algoritm va ma'lumotlar tuzilmasi bo'yicha o'zbek tilida sifatli kontent chiqarayotgan dasturchilardan biri.
Polish-Japanese universitetida o'qiydilar.

Shanba(10.06.2023) kuni soat 21:00 da jonli efirda suhbat tashkil qilamiz, in shaa Alloh. Suhbat davomida algoritmlash, Polshada ta'lim olish, ishlash va dasturchi-talabaning kundalik hayoti qanday ekanligi haqida gaplashamiz.

@it_suhbat
👍17🔥41
Leetcode videoni beliga tepdi 😮‍💨😂.
🤔1
😢7👀3
Kotlin dasturlash tilini biladiganlar bormi?
Design Patterns mavzusiga qo’l urmoqchiman, albatta MAANG challenge dan voz kechmagan holda.
Anonymous Poll
42%
Ha, tayyorman
41%
Yo’q, Java bo’la qolsin
16%
Hozircha yo’q, lekin kerak bo’lsa Kotlin ni ham o’rganvoramiz
👍1
Design patterns

Shu kitobdan bir qancha bilimlarni birgalikda o’rganamiz.

Kurs Chorshanba kunidan boshlanadi (14.06.2023).

Aytgancha bizda hammasi o'zbekcha 🇺🇿.

Siz ham xohlaysizmi? Unda bizga qo'shiling.

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
👍11🔥5
MAANG challenge 5-kun o'chib ketibdi 🥲
👾7
Alhamdulillah Iphone da recover qilsa bo'lar ekan 1 oylik o'chirilganlarni 🥲.
Kecha yozgan edim.
👍11
Qish bo’yi intiqlik bilan kutgan ko’k joyi bor osmonlar keldi…
👍103🕊1
JavaHere's Blogs 🚀 pinned «Design Patterns mavzusini boshladik. 🤩 Mavzu: Design Patterns o'zi nima? Bizni kuzatishda davom eting 🚀🚀🚀 Telegram | Youtube»