Josh*Developer – Telegram
Josh*Developer
4.72K subscribers
451 photos
40 videos
13 files
697 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
203, 205, 306, 400, 404 ....

Bular nima deysizmi ? Bular HTTP status kodlardan parcha.

Siz agar ularning hammasi nimalarni anglatishini bilmasangiz, quyida o'zbek tilida tushuntirilgan maqola bor ekan.

Marhamat: https://teletype.in/@munira25/http_status_code

Savollaringiz bo'lsa kommentiga kirib yozishingiz mumkin.

@JoshDeveloper
🔥11
Frontenddan yangi kurs ochilayotgan ekan 0 dan. 🔥

Kimga qiziq bo'lsa marhamat: https://news.1rj.ru/str/nurmukhamedoff_dev/908

@JoshDeveloper
🔥5
Ushbu @JoshDeveloper kanalining rivoji uchun nimalar qilishni va qilmaslikni tavsiya qilasiz.

"Feedback time" qilaylikchi bir.

Faqat oldindan aytib qo'yay: videodarslar, tinmasdan maqolalar yozishga vaqt ajrata olmayman. :D

@JoshDeveloper
👍2😁1
Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi ?

1. Heeey!
2. Hi!
3. Error
4. undefined

Ulashing ✈️

@JoshDeveloper
5👍5
Qoraqalpog‘istonda “Pilot” sovg‘a qilingan IT tanlovi g‘olibiga noutbuk(recently edited to 'kompyuter') berildi. - Daryo

Bo'larkanku 😄
Harxolda avvalgidan yaxshiroq narsa berishibdi.

@JoshDeveloper
👍12🤯3😢2
Hozirgina global jamoam bilan maroqli suhbatdan chiqyapman.

Mavzular orasida hammaning to'liq ismi, ikkinchi ismi kabi mavzular bo'ldi. (Mine is Umar)

Eng qiziqi, eeeeeng uzuuun ism va familiyalar Meksikaliklarda ekan.

Xatto, bir odamni 3 tadan ismi bo'lishi mumkin ekan.(Hali unga qo'shiladigan otasini yoki onasini ismlarini aytmayapman.)

Shunaqa gaplar, boshqa davlatlarni madaniyatlarini o'rganish qiziq. Ayniqsa jamoa bilan bunday yoqimli suhbatlarda bo'lsa... 😋


@JoshDeveloper
👍303🤩1
Xo'sh, endi dasturlashga qaytsak bo'ladi.

Bir avjiga chiqib olamanda bilasizku 😄

Ertaga inshaaAlloh DOM/BOM bo'yicha video dars chiqarish harakatidaman.
Duo qilib tursangiz vaqt ajratib shu ishni tugataman inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
👍38🔥1
Josh*Developer
JavaScript DOM savollariga javoblar. Ulashing ✈️ Video: https://youtu.be/Df-CcCdI0uM @JoshDeveloper
Jahongir aka aytganlaridek:

Telegramda “Forward” qanday ishlashini juda ko’pchilik o’rganib olishi kerak.

@JoshDeveloper
😁23👍3
"Portfolio Box" dasturchilar uchun maxsus loyiha.

Bu yerda siz dasturchilar tomonidan tayyorlangan turli portfolio ishlarini topishingiz va o'zingiz tayyorlagan loyihalarni barcha bilan ulasha olasiz.

@portfolio_box
👍6🥰1🐳1
💫 visualgo.net

Alex Xu'ning linkedin'dagi sahifasida ushbu ajoyib resurs haqida bilib oldim. Sayt orqali siz ta'savvur qilishingiz biroz qiyin bo'lgan ma'lumotlar strukturasi va algoritmlarning ishlashini vizual tarzda kuzatib & o'rganishingiz mumkin. Ko'rib o'rganadiganlar uchun juda foydali albatta.

Manba: @AbduazizPy


@JoshDeveloper
👍2
Post PDPni yomonlash uchun emas balki bo'layotgan tushunmovchilikni kommentda ochiq hal qilish uchun tashlandi.

Kim nimani bilsa ulashsin, tuhmat bo'lsa oldini olamiz, haqiqat bo'lsa boshqalarni ogohlantirgan bo'lamiz.
InshaaAlloh

@JoshDeveloper
👍16
Well,
Ko'pchilikni fikrini o'qidim. Epamerlarni ham(uyerda o'qiganlar ham bor ekan).

Ba'zan bunday tushunmovchiliklar katta kompaniyalarda ham bo'lib turadi.
Mentorga kelsak, bir katta o'quv markazida o'nlab mentorlar bo'ladi. Ularning orasida bittasi yaxshi bo'lmagani sabab butun bir o'quv markazini ayblab chiqish to'g'ri emas. Zero yaxshilari ham bor ekan.

Ammo, bu narsa linkedinga bormasidan hal qilinishi kerak edi o'zaro. Bu narsa ko'proq o'quv markazini aybi bilan sodir bo'ladi. Ba'zan "noshukur" o'quvchilar chiqib qolmasa albatta.

Umid qilamiz bu muommo tez orada o'z yechimini topadi.
Bundan hamma o'quv markazlari saboq olishadi va o'quvchilar fikrlarini iloji boricha har oy olib borishga harakat qilishadi degan umiddaman.

+ Darslarni narxidan so'ng sifatiga ham qarash payti keldimikin-a...🙂

Ha keyin, #offtopic, bunaqa katta platformalarda yurtingizdagi muommolarni qo'yavermang. Yaqinda bir O'zbek internetimizni ustidan kulib chiqibdi. Kulishga boshqa joylar ham bor😉. Asosiysi asos bilan bo'lsin.


@JoshDeveloper
👍10🔥6🤔1
JavaScriptda juda ko'p vaqt oladigan katta hajmli sinxron kod qanday muommolarni keltirib chiqaradi va uni qanday yo'llar orqali hal qilsak bo'ladi ?

#javaScript #question

@JoshDeveloper
👍1
"Web worker"larga ishora qilayotgandim, kommentda javob bo'ldi 👍

"Web worker" nima ?

Sizning JS faylingizni yagona oqimidan tashqarida yangi oqimda kodni ishlatish imkoni beruvchi vosita. (Oqim - thread)

Shu orqali katta va og'ir kodlarni hech qiyinchiliksiz boshqa "thread"da ishlatib javobini olsangiz bo'ladi.
DOM bilan bo'lgan to'g'ridan to'g'ri munosabatlarda yaxshi yechim emas. Bunga sabab "Web worker"lar orqa fonda ishlashadi va uyerda DOM mavjud emas.

Batafsil bilmoqchimisiz ?
Ushbu maqolani siz uchun topdim. Umid qilamanki manfaatli bo'ladi. InshaaAlloh.

Komment fikr almashish uchun doimo ochiq.

https://david-gilbertson.medium.com/should-you-should-be-using-web-workers-hint-probably-not-9b6d26dc8c6a

@JoshDeveloper
👍11
Esingizda bo'lsa karyeramda o'zgarish bo'layotganini aytgandim.

O'sha o'zgarish shuki:
Men EPAMdan ketyapman. Bugun oxirgi ish kunim.
Buni hozirgina Linkedin'da
yozdim.

Qayerga va nega ?
Biroz muddatdan keyin bilasiz. InshaaAlloh.


@JoshDeveloper
👍30
EPAM haqidagi fikrlarimni va nega ketganimni video qilib chiqariymi yoki post yozganim yaxshimi ?



@JoshDeveloper
👍44🤔2😱2
EPAM haqida fikrlarim.
Nega ketdim ?

O'tgan sal kam bir yarim yillik EPAMdagi tajribamdan kelib chiqib, kompaniya haqida o'z fikrlarimni ulashmoqchiman.

1. Fikrlarim
Umuman olganda kompaniya juda yoqdi. Ichkaridagi muhit shunchaki ajoyib. Ichki platformalar, o'quv materiallari, jamoadoshlar va menejerlar, hammasi menga yoqdi.
Musulmon sifatida aytadigan bo'lsam, namozga hech qanday to'sqinliklar yo'q, loyihaga qo'shishda sizning fikringiz albatta so'raladi. Xarom aralashgan joylarni rad qilsangiz hech kim sizga e'tiroz qilmaydi, balki ko'pincha "Mayli, boshqa yaxshiroqini topamiz" deyishadi.
Diniy taraflama ichkarida unchalik muommo yo'q.
Til borasiga kelsak, ingliz tili asosiy til, ammo ko'pincha ruscha gaplashilinadi(agar bilsangiz). Bo'lmasa hech muommosi yo'q, shunchaki bilmasligingizni bildirib qo'yishingiz kifoya.
Hamkasblar ham yaxshi, yordam so'rasangiz yo'q demaydi.
O'sish uchun ham juda zo'r joy. Ichki kurslar, mentorlar, prezentatsiyalar, barchasi a'lo. Shunchaki biroz o'zingiz faolroq bo'lib qatnashmoqchi bo'lgan kurslaringizga ro'yhatdan o'tishingiz kerak. Ingliz tilidan ham ajoyib darslar mavjud.
Jamoadoshlarga kelsak, kirgan loyihangizga qarab jamoadoshlar ham turli xil mamlakatlardan bo'lishadi. Masalan, Ukraina, Belarusiya, Meksika, Hindiston, Amerika va hokazo. Vaqt borasida muommolarga duch kelishingiz mumkin ba'zan, masalan Amerika mintaqasidagilar bilan ishlasangiz. Ammo qiyin emas.

2. Nega ketdim ?
Ko'pchilik ketishimga EPAMning LGBT haqida joylagan posti tufayli deb o'ylar ekan. Aslida unday emas. Bu borada fatvolarni tashlaganman. Ishingiz halol bo'lsa joiz. Asosiy sabab esa oilamning moddiy tomonlama bo'lgan ba'zi muommolarini yechish edi. Ba'zan shunaqa ham bo'lib turarkan.
"Bu degani EPAM juda kam to'lar ekan degani" deb tushunmang. Balki "puldan muommosi katta ekan bu bolani" deb qo'ya qoling. 😄

Umuman olganda taasurotlarim juda yaxshi. Kelajakda yana qaytishga ham yo'q demasdim.
InshaaAlloh.

Duoda unutmang 🙂

@JoshDeveloper
👍84🔥12😢3😁1