Josh*Developer – Telegram
Josh*Developer
4.68K subscribers
452 photos
40 videos
13 files
701 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Bard AI endi O'zbekistonda!

Google tomonidan ishlangan Bard AI biz uchun ham ochildi. "Waiting list"ga qo'shilib, so'ng ishlatib ko'rsangiz bo'ladi.

Taasurotlarim dabdala hozircha 😄

Rasmda o'zim haqimda so'ragandim, o'zim ham bilmaydigan ma'lumotlarni aytib berdi.🤷‍♂️😅

Kod yozib berishini so'ragan edim, yozib beryapti. Ammo, unchalik ham yaxshi emas. (ChatGPT'ga solishtirganda)

Ammo, tan olish kerakki, ChatGPT'ga qaraganda juda tez.
Umid qilamizki, xatolarini tuzatib, raqobatda oldinga chiqishadi.
Bu o'yinda Google'ga "muxlis"lik qilyapman. :)

#bard

@JoshDeveloper
👍39🐳5🔥3😁2👀1
O'zbekistonda Angular freymvorkini ishlatadigan ko'plab kompaniyalar bor. Ammo, ko'pchilikida ishchilar bilimi ancha past. Buni ish intervyularidan ko'rganman.

Shu bois, kompaniyalar uchun ichki "Angular training"larni yo'lga qo'yishga qaror qildim. ishchilarini bilimini o'ylagan kompaniyalar bo'lsa, bizga bog'lanib, "Online training"lar uyushtirishni kelishishlari mumkin. Narxlarini ham kelishamiz 🌚

Bog'lanish uchun, @MockintAdmin akkountimizga yozsangiz bo'ladi. Uyerda Mockint.uz loyihasi uchun ham, bu training'lar uchun ham so'rovlar ko'rib chiqiladi.

#angular #training

@JoshDeveloper
👍264
Tepadagi training'da quyidagi xizmatlar bo'ladi va istalganini tanlashlari mumkin.

1. TypeScript va Angular asoslari(nazariy + amaliy)
2. Angular'dagi "Advanced" tushunchalar(nazariy)
3. Angularda "best practice"lar va katta loyihalarni ko'tarish(nazariy + amaliy)

Xizmat turiga qarab narxlar va davomiyligi ham o'zgaradi. Har bir xizmat turi ichida ketma-ketlikdagi rejalar bo'ladi.

Training kim tomonidan o'tkaziladi ?
- Shaxsan o'zim, shu sohada 3 yilga yaqin tajribaga ega, xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan Senior Angular dasturchisi tomonidan o'tkaziladi.

Darslar tanlovga qarab O'zbek yoki Ingliz tilida bo'ladi.

#training

@JoshDeveloper
👍261
Hayit bayramingiz muborak bo'lsin aziz obunachilar. 🎉

Avvalo, hayit bayrami bilan tabriklayman hammani. Ushbu kun biz uchun, Musulmonlar uchun bayram. Haqiqiy Musulmon ushbu kunni bayram qilib, go'zal tarzda nishonlamoqi kerak. Yangi yil, tug'ilgan kun kabi chetdan kelgan bayramlarni million-million pul ketkazib nishonlayotgan Musulmonlar uchun bu kun imtihon. Unday qilmayotganlar uchun esa ne'mat, haqiqiy bayram.

Uni hursandchilikda o'tkazing. Oilangizni hursand qiling.

Ramazon hayiti muborak azizlar. 🌙

Yana bir narsa,
Salkam 2 yil oldin, Ramazon hayiti kunlarida ushbu kanalni ochgandim. Allohni izni bilan.
Qanday post chiqsa ham to'g'ri qabul qilgan va biz bilan qolganingiz uchun siz azizlardan Alloh rozi bo'lsin. Hali birgalikda ko'p xayrli ishlar qilamiz inshaaAlloh.

#tabrik #EidMubarak #happyEid

@JoshDeveloper
👍45🎉2232👏2
Qarasam hamma hayitlik qilib, kurslariga chegirma berishyapti 😄

Qolib ketmay "krug"dan.

Hayit bayrami uchun, Frontint.uz kursining Classic va Pro tarifiga 70% chegirma e'lon qilaman. 🌚

Chegirma birinchi sotib olgan 5 nafar kishiga beriladi. Chegirma 1 hafta davom etadi. Joy band qilish mumkin emas.

Olmoqchi bo'lganlar, @FrontintAdmin ga bog'lanishi mumkin.

#chegirma

@JoshDeveloper
❤‍🔥14🤯6👍31👏1
Chegirma uchun "joylar" tugab qolyapti deyarli 😄

Allaqachon 4 ta inson yozdi, 3 ta inson xarid qildi.

Buncha tez bo'ladi deb o'ylamagandim. Hamma hayitni kutib o'tirgan ko'rinadi 🌚
Hayit hayitdek bo'lsin 😄, yana 10 ta insonga shu chegirma beriladi. Umumiy 15 ta birinchi to'lov qilgan insonga beriladi ushbu katta chegirma.

Keyingisi keyingi Hayitda endi inshaaAlloh. 😄

@JoshDeveloper
🤝24👍14🐳21👏1
Bugun shu oooch yuribman, ro'za emasligim esimda ham yo'q 😄

Go'zal Ramazon bo'ldi. Alloh qabul qilsin hammamizdan.

Bugun iftorlik nechida edi ? 🌚

#joke

@JoshDeveloper
🌚52👍22😁175❤‍🔥1
Dasturlashdan uzoqlashib ham turing.

Shu dam olish kunlari imkon boricha ish haqida o'ylamasdan, faqat o'z oilam va qiziqishlarimga vaqt ajratmoqchiman. [Shu joyiga "Dasturlashga qiziqmaysizmi?" deb qolishmasa bo'ldi "ba'zi" insonlar😄...]

Shunday qilib turish kerak ekan. Hayot faqat ishlashdan, dastur tuzishdangina iborat emas. Orada tanaffus olish o'zingizga ham, ishga ham ijobiy ta'siri bor.

Balans buzilganda ko'plab xatolar ro'y beradi, sog'liqqa ham ta'sir qiladi.
O'zim bir balansni buzib, bunga amin bo'ldim. 😄

Vaqti kelganda chiroyli qilib dam olishni ham biling.

#maslahat

@JoshDeveloper
👍36❤‍🔥7
Yoshlarda(afsuski ba'zan kattalarda ham) uchrab turadigan og'ir bir kasallik haqida, dilimdagilarni yozdim.

Qiziqqanlar o'qishi mumkin: https://news.1rj.ru/str/UmarSadullayev/873

#tavsiya

@JoshDeveloper
👍316🥱41🤯1💯1
Bizda ham quyidagidek o'zgarish bo'lsa ajoyib bo'lar edimi ?

Nima deysiz ?

https://news.1rj.ru/str/azon_official/64464

Menga desa, oyliklar unaqa kamaymasa bo'ldi, 1 kun ish kuni qilishsa ham roziman 🌚

@JoshDeveloper
😁17🌚8👍4
Mockint.uz jamoamizda yangi Interviewer 🎉

Samandar Boymurodov, Software Engineer at EPAM Systems

EPAM'da ishlayotgan davrimda, O'zbekistondan ilk ichki texnik Interviewer'lar qatorida Samandar ham bor edi, bu esa katta yutuq. Ancha muddatdan beri Interview'lar olib boradi va bu borada tajribasi katta. Shu bois, Samandarni safimizga qo'shishga qaror qildik.
Umumiy Frontend yo'nalishi bo'yicha yuqori darajadagi Interview'dan o'tishni xohlaganlar, bemalol kelaverasiz. 😉

Xush kelibsiz, Samandar. 👏

Bizning manzil: Mockint.uz

#mockint #interview

@JoshDeveloper
👍17🔥6🌚1
Ishdan jiddiy xabarlar bor...😢

Hozir aytaymi yoki biroz kuttiraymi ?

Yomon xabarmi ?
Ko'rinishdan shunaqa, ammo oxiri yaxshilik inshaaAlloh.

#badNews

@JoshDeveloper
👀73🤔21🤷‍♂3🤷‍♀2👍1😱1🌚1
Aytaman aytaman 😄

Bugun Teams'ga kirsam, xabar kelibdi, "Klient byudchetni biroz kamaytiryapti, loyihada 31-May'gacha ishlay olasiz ekan. Undan so'ng sizga boshqa loyiha qidiramiz. Bu qaror sizning ishlash performance'singizga aloqasi yo'q, 20 dan ortiq inson ham ketyapti. ........" degan mazmunda.

Men esa darhol, loyiha topilmasa kompaniyada qancha qola olishimni so'radim. Chunki, loyihalarga ochiq vakansiyalar ayni damda o'ta kam yoki balki yo'q ham. Kamiga 20 ta odam chiqsa loyihadan...
Aniq javobini kutyapman.
Shundan so'ng biror jiddiy qarorga kelaman inshaaAlloh.

Aslini olganda, bu ham yaxshilikka, o'zim uchun ham, sizlar uchun ham.

Sizlar uchun ? 🤔
Ha, shu muommoni inshaaAlloh yengib o'taman va tajribamni sizlar bilan bo'lishaman. Bu ham foyda. :)

#lay_off

@JoshDeveloper
👍834💔4👌3
Lay-off'larga tushmaslik va tushganda nima qilish bo'yicha maslahatlar ketma-ketligini yozib boraman.
Birozdan so'ng birinchi maslahatni yozaman.

#lay_off heshtegi orqali o'qishingiz mumkin bo'ladi har birini.

inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
👍326
Tanladim...
🤝46👍11😁5🎉2
Nega .NET'ni tanladim ?

Sababi, Angular bilan birga ko'p ishlatiladi. Ayni damda ishxonamda mentorlar .NET'chi. O'rganishimga yordamlashishadi.

Asosiy sababi shu. Nega Node+NestJS emas ?
Ayni damda bozor talabiga qarayapman. Node va Nestni o'rganish esa yo'l yo'lakay ham bo'laveradi, chunki o'zim JSchiman allaqachon.

.NET'ga esa vakansiyalar ko'proq.

Dushmanimiz kim ekan buyerda ? React'ga o'xshab, buyerda ham yemagan kutubxona yoki tillar bormi ? Javami ?
#hazil 😅

@JoshDeveloper
😁44🌚8👍6🤯21😱1👌1
Frontend'ni o'rganayotganlar xavotir olib yozishibdi, "Lay-off'lar ko'paygani sabab, Frontend'ni o'rganmaslikni maslahat berasizmi ?" degan ma'noda.

Javobi biroz qiyin buni. Ikki javobda jon ham bor.
Ha, Frontend'chilar juda juda to'lib ketdi. Ammo, ish ham baribir chiqyapti yaxshi o'rganganlarga.

Bir javob aytishim shart bo'lsa, aytardimki, yaxshi kandidatga ish hardoim bor. Frontend bo'ladimi Backend bo'ladimi farqi yo'q. React'da masalan shuncha raqobat bo'lsa ham, uni yaxshi o'rganib, raqobatni yengib o'tayotganlar yuzlab topiladi.
O'zingizga savol bering, raqobatda oyoq ostida qolib ketasizmi yoki kurashasizmi ?
Agar oyoq ostida qolishingizga amin bo'lsangiz, bu soha sizga emas.


"Yo'q, kurashaman, qattiq turib o'rganaman" deysizmi ? Unda nima yo'nalishni tanlagan bo'lsangiz, shunda bardavom bo'ling. Ishdan g'am qilmang.

Fullstack bo'lish haqida ham so'rashibdi, vaqtingiz yetsa bosavering 🙂 Ammo, kamida bittasida yetarli bilimga chiqib oling birinchi.

#maslahat #lay_off

@JoshDeveloper
👍55🫡122
Forwarded from Elbek Khatanboyev
Embedded Engineering, DevOps engineering, Cloud Engineering, Automation Test Engineering kabi sohalar ham bor.
Faqat frontend va backendga yopishib olmanglar
👍523🏆2
Fikrlariga 👆 qo'shilaman va buni o'quv kurslariga ham yuborish kerak.

Automation Test Engineers haqida lekin bir fikr bildira olmayman. Qiziqqan o'rgansin. Ammo, bilmadim kelajagi qanchalik yaxshiligini.

@JoshDeveloper
👍13
Mentor boshchiligida C# o'rganishni boshladim.

Mentor topish juda oson ekan ishxonamizda. Bir kunda juda tajribali mentor topib, o'rganishni ham boshlab oldik.

#updates

@JoshDeveloper
👍53🏆2🔥1🤝1
Bu post haqida yozishibdi kommentda, https://news.1rj.ru/str/JoshDeveloper/1114

Postdagi rasmni ham o'zim chizganman. Shu paytdagi fikrim ham, hozirgisi ham birhil. O'sha postda to'g'ri yozganman.

Men Backend'ni o'rganayotganim sababi esa, men allaqachon rasmdagi chapdan birinchi yashil ko'rsatkichdaman 😄

Endi esa, o'ngdan birinchi bo'lgan ko'k ko'rsatkichda ham bo'lmoqchiman. Ikkisi birlashsa esa... 💣

Postdagi ma'no boshqacha, dasturlashni endi boshlaganlar darrov Fullstack bo'lishlari haqida aytilgan. Birida tepa ko'rsatkichga chiqib, keyin ikkinchisini qilish to'g'ri deyilgan. :)

@JoshDeveloper
👍27🔥51