Josh*Developer – Telegram
Josh*Developer
4.72K subscribers
451 photos
40 videos
13 files
697 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Ishdan jiddiy xabarlar bor...😢

Hozir aytaymi yoki biroz kuttiraymi ?

Yomon xabarmi ?
Ko'rinishdan shunaqa, ammo oxiri yaxshilik inshaaAlloh.

#badNews

@JoshDeveloper
👀73🤔21🤷‍♂3🤷‍♀2👍1😱1🌚1
Aytaman aytaman 😄

Bugun Teams'ga kirsam, xabar kelibdi, "Klient byudchetni biroz kamaytiryapti, loyihada 31-May'gacha ishlay olasiz ekan. Undan so'ng sizga boshqa loyiha qidiramiz. Bu qaror sizning ishlash performance'singizga aloqasi yo'q, 20 dan ortiq inson ham ketyapti. ........" degan mazmunda.

Men esa darhol, loyiha topilmasa kompaniyada qancha qola olishimni so'radim. Chunki, loyihalarga ochiq vakansiyalar ayni damda o'ta kam yoki balki yo'q ham. Kamiga 20 ta odam chiqsa loyihadan...
Aniq javobini kutyapman.
Shundan so'ng biror jiddiy qarorga kelaman inshaaAlloh.

Aslini olganda, bu ham yaxshilikka, o'zim uchun ham, sizlar uchun ham.

Sizlar uchun ? 🤔
Ha, shu muommoni inshaaAlloh yengib o'taman va tajribamni sizlar bilan bo'lishaman. Bu ham foyda. :)

#lay_off

@JoshDeveloper
👍834💔4👌3
Lay-off'larga tushmaslik va tushganda nima qilish bo'yicha maslahatlar ketma-ketligini yozib boraman.
Birozdan so'ng birinchi maslahatni yozaman.

#lay_off heshtegi orqali o'qishingiz mumkin bo'ladi har birini.

inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
👍326
Tanladim...
🤝46👍11😁5🎉2
Nega .NET'ni tanladim ?

Sababi, Angular bilan birga ko'p ishlatiladi. Ayni damda ishxonamda mentorlar .NET'chi. O'rganishimga yordamlashishadi.

Asosiy sababi shu. Nega Node+NestJS emas ?
Ayni damda bozor talabiga qarayapman. Node va Nestni o'rganish esa yo'l yo'lakay ham bo'laveradi, chunki o'zim JSchiman allaqachon.

.NET'ga esa vakansiyalar ko'proq.

Dushmanimiz kim ekan buyerda ? React'ga o'xshab, buyerda ham yemagan kutubxona yoki tillar bormi ? Javami ?
#hazil 😅

@JoshDeveloper
😁44🌚8👍6🤯21😱1👌1
Frontend'ni o'rganayotganlar xavotir olib yozishibdi, "Lay-off'lar ko'paygani sabab, Frontend'ni o'rganmaslikni maslahat berasizmi ?" degan ma'noda.

Javobi biroz qiyin buni. Ikki javobda jon ham bor.
Ha, Frontend'chilar juda juda to'lib ketdi. Ammo, ish ham baribir chiqyapti yaxshi o'rganganlarga.

Bir javob aytishim shart bo'lsa, aytardimki, yaxshi kandidatga ish hardoim bor. Frontend bo'ladimi Backend bo'ladimi farqi yo'q. React'da masalan shuncha raqobat bo'lsa ham, uni yaxshi o'rganib, raqobatni yengib o'tayotganlar yuzlab topiladi.
O'zingizga savol bering, raqobatda oyoq ostida qolib ketasizmi yoki kurashasizmi ?
Agar oyoq ostida qolishingizga amin bo'lsangiz, bu soha sizga emas.


"Yo'q, kurashaman, qattiq turib o'rganaman" deysizmi ? Unda nima yo'nalishni tanlagan bo'lsangiz, shunda bardavom bo'ling. Ishdan g'am qilmang.

Fullstack bo'lish haqida ham so'rashibdi, vaqtingiz yetsa bosavering 🙂 Ammo, kamida bittasida yetarli bilimga chiqib oling birinchi.

#maslahat #lay_off

@JoshDeveloper
👍55🫡122
Forwarded from Elbek Khatanboyev
Embedded Engineering, DevOps engineering, Cloud Engineering, Automation Test Engineering kabi sohalar ham bor.
Faqat frontend va backendga yopishib olmanglar
👍523🏆2
Fikrlariga 👆 qo'shilaman va buni o'quv kurslariga ham yuborish kerak.

Automation Test Engineers haqida lekin bir fikr bildira olmayman. Qiziqqan o'rgansin. Ammo, bilmadim kelajagi qanchalik yaxshiligini.

@JoshDeveloper
👍13
Mentor boshchiligida C# o'rganishni boshladim.

Mentor topish juda oson ekan ishxonamizda. Bir kunda juda tajribali mentor topib, o'rganishni ham boshlab oldik.

#updates

@JoshDeveloper
👍53🏆2🔥1🤝1
Bu post haqida yozishibdi kommentda, https://news.1rj.ru/str/JoshDeveloper/1114

Postdagi rasmni ham o'zim chizganman. Shu paytdagi fikrim ham, hozirgisi ham birhil. O'sha postda to'g'ri yozganman.

Men Backend'ni o'rganayotganim sababi esa, men allaqachon rasmdagi chapdan birinchi yashil ko'rsatkichdaman 😄

Endi esa, o'ngdan birinchi bo'lgan ko'k ko'rsatkichda ham bo'lmoqchiman. Ikkisi birlashsa esa... 💣

Postdagi ma'no boshqacha, dasturlashni endi boshlaganlar darrov Fullstack bo'lishlari haqida aytilgan. Birida tepa ko'rsatkichga chiqib, keyin ikkinchisini qilish to'g'ri deyilgan. :)

@JoshDeveloper
👍27🔥51
Linux'da distroma distro yurganlarim esimga tushib ketdi...

Mazza davrlar edi 😄

Ubuntu'da MacOS UIga oxshatib qilganlarimni eslasam kulgim keladi 😄
Mana hozir, MacOS haqiqiysi uyda chang bosib yotibdi...

Dual BOOT qilaman deb noutbukni buzib qo'yganman. Windowsga ham Linuxga ham o'tmay qolgandi.
Shunda Youtube titkilab, oxiri to'g'irlagandim 😄

Bu ham bir tajriba bo'lgan...

@JoshDeveloper
👍45😁19❤‍🔥4
Nihoyat O'zbekistonda olamshumul o'zgarish...

Angulardan offline kurs ochilibdi 😄🌚

Batafsil: https://news.1rj.ru/str/unlimITAcademy/22

#tavsiya

@JoshDeveloper
🔥17😁11👍6👀51🐳1🤣1🏆1
2-maslahat

Muomala madaniyati.
Ishda muvaffaqiyat qozonish va Lay-off'larda "tirik" qolish imkonini oshirish uchun ayta oladigan yana bir maslahatim shu.

Ishda bo'lsin hayotda bo'lsin, muvaffaqiyatli inson bo'lmoqchi bo'lsangiz, kerak joyda o'zingizni qanday tutishni bilishingiz kerak.
Jamoadoshlar va menejerlar bilan yaxshi muomalada bo'ling. Yordamga doim tayyor inson sifatida ko'rishsin sizni. Bu orqali juda unaqa lay-off'dan sakrab o'tmasangiz ham, egilib o'tmoqchi bo'lib ko'rasiz :)

#lay_off #maslahat

@JoshDeveloper
👍29🔥4🤣1
3-maslahat

Vahima qilmang.😌

Lay-off'ga tushsangiz vahima qilmang. 😌
Agar kompaniyadan to'liq chiqayotgan bo'lsangiz, yangi ish joyi qidirishni eng kamida ketishingizdan 1 oy avval boshlab yuboring. 1 oy ham berishmayotgan bo'lsa, avvalo muomala qilib so'rab ko'ring, baribir berishmasa, vahima qilmang. 😌

Ish qidirishni boshlang.

Rizqingiz yozilgan, siz harakatini qiling, natijasini Allohga qo'ying. G'am qilmang. :)

Sinovda bu ham. Quyidagi oyatni unutmang.

Albatta, biz sizlarni bir oz qo'rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz.
Va sabrlilarga bashorat ber.
Ular musiybat yetganda: "Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz" derlar.
Ana o'shalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o'shalar hidoyat topganlardir.

Baqara surasi, 155-157

#lay_off #maslahat

@JoshDeveloper
50👍29
Lay-off haqidagi postlarimni ko'rgan ishsizlar 👆😄

#joke

@JoshDeveloper
😁37🤣13👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videoni bir do'stimiz tashlabdi :)

Man bir chetda C# .NET o'rganib yuribman xolos 🤷‍♂

#hazil

@JoshDeveloper
🤣29😁21👍4🥱3🤷‍♂2👌2🆒2🤔1🤨1👀1
Biroz og'ir ish haftasi bo'ldi 😢😄

Ishdan tashqari C# .NET o'rganishga ham vaqt ajratishga harakat qildim.

Komfort zonaga tushib qolibman. Passiv o'rganish jarayonidan, aktivga o'tish biroz charchatib qo'yarkan odamni.

Endi sekin sekin qaytib olaman aktivga inshaaAlloh

C# yoqyapti, biroz qiyin joylari ham bor ekan. Juda "strict" til ekan.

Ammo, umumiy dasturlashni bilganim uchun juda tez bo'lyapti, faqat C#ni o'ziga aloqador funksiya va boshqa narsalarni ko'rish qiynab qo'yarkan.

Udemy'da "Mosh Hamedani"ning Beginner kursini ko'ryapman. Tugay deb qoldi.

Shunday gaplar :)

#updates

@JoshDeveloper
👍73🏆8🌚3😁2🤝1
🌚13👀11💔3🗿3
Josh*Developer
Qaysi dasturlash tilini ko'p ishlatasiz ?
Qaysi dasturlash tilini tanlay deganlarga javob mana 👆

10-100 tacha odam bosganni tanlayvering. 😄

#joke

@JoshDeveloper
😁32💊2
Resume.AddSkill("C#");

🌚
🌚35👍18❤‍🔥2💯2💔1😴1
C# ni qanday tez o'rgandim ?

Umuman olganda tez emas, ~1 haftacha deganda bo'ldi, ammo, ish bilan bo'lib juda kam vaqt ajratdim.
Udemy'da kurs ko'rdim ozgina. Tushunmasam ChatGPT orqali o'rgandim.

ChatGPT bilan juda juda tez o'rgansa bo'lar ekan. Bitta tilni asoslarini 1-2 kunda ham bemalol o'rgana olishimni his qildim. Undan to'g'ri foydalansangiz, o'sishingiz 10x ga ham oshishi mumkin.

Endi C#'da Advanced mavzularni ham yo'l-yo'lakay ko'rib ketaman, .NETni ham boshlayman inshaaAlloh.

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
73👍367💔1