Josh*Developer – Telegram
Josh*Developer
4.73K subscribers
451 photos
40 videos
13 files
697 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Spread operatorining Time Complexity'si qanday?
Anonymous Quiz
18%
O(1)
44%
O(n)
26%
O(n^2)
12%
O(h, I dunno)
🏆22👍2🌚2
Ishga topshirish

Ish joylari hali ham chiqishyapti. Ammo, avvalgidek ko'p emas. Ish qidirish jarayonida shuni tushundimki, kandidatlar soni juda ham ortib ketgan. Ularni ichidan sizni qidirib topish amri mahol. Endi shunchaki chiroyli Linkedin profil qilishni o'zi yetmaydi.

Endi tanish-bilish ancha ahamiyatga ega.(Referral deyiladi rasmiy tilda :D)
Shu qatorda, tanish bo'lmasa, o'zingizni borligingizni bildirish uchun o'zingiz ularga aloqaga chiqishingiz kerak.

Aloqaga chiqishni eng yaxshi yo'llaridan biri, shu joyda ishlaydigan kimdirga bog'lanib, referral qilib berishini so'rash. Qila olsangiz shunday qiling.

Djinni.co ham ancha aktivlashib qolibdi. Shuyerdan 2 ta joyga topshirgandim. Hozir "muzokaralar" ketyapti. :)

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
👍252🤝2
Odamlar Frontint.uz da o’qib Team lead bo’lyapti. Sen esa Junior holingda yuribsan.🥲

#frontint

@JoshDeveloper
😁67👍10😢5🔥2🌚1
"Ko'p Senior va Lead'lar "Code review" jarayonida agar siz freymvork yoki tildagi yangi chiqqan "feature"larni ishlatgan bo'lsangiz, shunga izoh qoldirishadi. "Nega buni ishlatyapsan?" deya.

Bunga sabab, ularga hali sinovdan o'tmagan narsalar dasturga muommo bo'lib qolishi yoqmaydi.

Ammo, ba'zi "Senior" va "Lead"lar esa ancha "zamon"dan ortda qolib ketishadi. 1-2 yil oldin chiqqan va yaxshi ishlaydigan yangi "feature"larni ham ishlatishga qo'yishmaydi."
degan ekan yangi "feature" ishlatib, "code review"da shunday izoh olgan dasturchi.

#someFantasticHashtag

@JoshDeveloper
😁54👍14🌚3💯31
Stackoverflow survey 2023 chiqibdi.

Dasturlashga oid ko'plab qiziqarli statistikalar keltirilgan.

Check it out: https://survey.stackoverflow.co/2023/

#statistics

@JoshDeveloper
👍20🗿51
Uylanmoqchi bo'lib yurgan Junior'larga jo'natib qo'yamiz 😄

Ishqilib qizni otasi @SardorOga_blog bo'lmasa bo'ldi 😄 "Juniorbachcha" deb haydagan bo'lsa 😄

#hazil

@JoshDeveloper
🤣123👍10😐4👀4🤨2💔1
Nimalarni o'rganyapman?

Bozorni holini ko'rgandan so'ng, o'quv rejalarim ancha o'zgarib ketdi. .NET o'rganishni boshlagandim esingizda bo'lsa. Uni bir muddatga to'xtatib turishga to'g'ri keldi. Keyinroq davom ettiraman. Hozir "Basic" bilimlar oldim.

Uni o'rniga nimani o'rganyapman?
- React.js

Bugun React'chilar mahallasida bayram :)

Nega bu qarorni qildim?
Chunki, hozir boshqa ishga o'tishim uchun kam muddat bor. Shu muddat ichida .NET Backend'chi sifatida ishga kirish yoki Full-stack dasturchi sifatida ishga kirish biroz qiyin. Shu sabab Frontend'ni o'zidagi bozorni kattaroq qismini egallashga qaror qildim. Hozir masalan 1/5 qismidagi vakansiyalar ayni menbob bo'lsa, React.js'dan keyin bu ko'rsatkich tahminan 3/5 ga ko'tariladi. So'ng Backend va Cloud(bulutli ☁️ texnologiyalar)larni ham davom ettirmoqchiman.

InshaaAlloh

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
🔥66👍9🌚8👏5🤨5👀3🤣21👌1🤝1🗿1
React'chilar, juda unaqa hursand bo'lmang 😄

Tepadagi qarorim Angular yomonligidan degani emas, React kuchli degani ham emas.
Shunchaki bozordagi kattaroq o'rinni egallash maqsadim. Texnologiyalar oddiy bir vosita xolos. Shu narsa orqali bozorda o'zim istagan narsaga erisha olamanmi? Why not to learn it too?

Kengroq qamrovni egallamoqchiman. React va Angular'ni o'rgansam, Frontend o'zida tahminana 60-70%+ bozor qamrovini bemalol egallay olar ekanman. Maqsadim shu.

React'ni o'rganishda yaqin akamiz Azizbek aka'dan mavzularni yozib berishlarini iltimos qilgandim. Ajoyib qilib list qilib yozib berdilar, https://news.1rj.ru/str/itsr4y/153. Shuni birma-bir qilib chiqishim kerak endi. :)

Angular'ni o'rganmoqchi bo'lib yurganlar bo'lsa, bemalol o'rganaverishsin. Juda kuchli freymvork. Bozori ham ancha yaxshilanyapti. Bir yo'nalishda master bo'lsangiz yetadi boshlanishiga. Angular esa hali ham juda yaxshi tanlov. Keyinchalik qamrovlaringizni kengaytiraverasiz. Like me.
Xuddi shu maslahat React va Vue dasturchilariga ham. Yaxshi darajaga chiqqan bo'lsangiz, sekin qamrovlaringizni kengaytirib boravering. Bitta freymvork yoki kutubxonaga bog'lanib qolish shart emas. Bozorni holatidan kelib chiqib, shaxsiy maslahatimni beryapman. Lekin bittasida master bo'lmasdan turib sakrab yurish hali ham xato.

Shunaqa :)

@JoshDeveloper
👍425🗿2
Google'da ishlayotgan Vohid aka, o'z resumelarini ulashgan ekanlar. Shundan ko'rib resume to'ldirsangiz bo'ladi.

Link: https://news.1rj.ru/str/vovopapcom/130

#resume

P.s: Resume'larida Angular degan chaqnab turgan yozuv ham bor ekan 🌚

@JoshDeveloper
🔥10🗿4👍3🌚32
🤣15👍101👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerikaliklarning 24 soat davomida nimalarga band bo'lishi animatsion ko'rsatkichlarda.

Bizda qanday bo'lar edi bu holat deb o'ylaysiz?

Manba

#offTopic

@JoshDeveloper
👍162🔥2😁2
AbduazizPy ancha vaqt o’tib yana qiziqarli maqola yozibdi.

Python’chilar bo’lsa taklif qilaman kanalni.

“Latest” maqola: https://news.1rj.ru/str/AbduazizPy/196

#reklom

@JoshDeveloper
👍5👀31
Ofisni yo'lida "Mardikor bozor" oldidan o'tdim. Halol mehnat uchun chiqqan insonlar bilan to'la.

Ba'zilarimizni otalarimiz, ba'zilarimizni onalarimiz, balki akalarimiz...

Ushbu kanalda ko'pchilik kuzatuvchilar hali yoshlar bo'lgani sabab, ulardan bir savolni so'ragim keldi. Ba'zilariga tegishli. Balki ba'zi kattalarga ham tegishlidir.

Siz uchun o'lib tirilib, issiqni issiq demasdan, sovuqni sovuq demasdan ishlab, o'qitishyapti, yeb-ichirishyapti, kiyintirishyapti. Sizni esa vaqtingizni bekor o'tkazishga, bekorchi o'yinlar(nomlarini o'zingiz bilasiz) o'ynab yurishingizga, ko'chada bekordan bekor sang'ib yurishingizga, sevdim-o'ldim qilib yurishga, qizlar bilan yurishingizga vijdoningiz qanday chidayapti?

Shu edi savolim.

@JoshDeveloper
🔥86👍31😢243
Vaziyat balki boshqacha-dir?!

Ikki qalin do’st bir biri bilan hazillashib urushgandek tonda gaplashib turganda, chetdan ularni orasidagi vaziyatni bilmagan odam ularni urushyapti deb o'ylaydi. Ular orasidagi yaqinlikni chetdagi odam his qilmaydi.

Endi aytmoqchi bo'lganimni aytsam, hali asl mohiyatini tushunmagan narsangizga fikr bildirishga shoshilmang. Osmondan tushib qolib, biror narsaga darrov "reaction" qilmang. Kimdir haqida noto'g'ri ma'lumot tarqagan bo'lsa, darrov uni yomon inson demang. Mazmunini bilmasangiz aralashmang. Balki siz bilmassiz... Balki... Balki... degan savollarni berib, yaxshi gumonga borishga urunib ko'ring.

Odamlar haqida qilayotgan birinchi gumoningiz, sizning qanday inson ekanligingizni bildiradi.

#tanqid

@JoshDeveloper
👍46🔥6💊3🤷‍♂2💯2👀2🗿2🤯1👌1🐳1👨‍💻1
Vakansiyalarga quyidagi "requirement"larni qo'yishni boshlashsa xayron qolmayman.

We'd consider if the candidate:
- Can search and find a solution to the simple issues using Google, ChatGPT or other.
- Can learn fast after mistakes and helps from teammates without re-asking the same thing.

Nima deb o'ylaysiz, yana qanday "skill"lar borgan sari kamayib ketyapti?

@JoshDeveloper
👍24💯8
Microfrontend arxitekturasi haqida avval ham bir gaplashgan edik. Adashmasam kanalda "Live" qilib.

Hozir "Module federation" orqali qilish haqida qiziq video ko'rib o'tirgan edim. Ng-conf'dan.

Angular ichida React, Vue, Angularni boshqa versiyalarini ham ishlatib ko'rsatgan 😄 Such a huuuugeee 😮

Link: https://www.youtube.com/watch?v=CDKK6FVvqvs&ab_channel=ng-conf

@JoshDeveloper
👍13🤝11
Qanday qilib juda tez "Senior" bo'lish mumkin?

Aslida, "Senior"larni bilim darajasiga birnecha oyda chiqsangiz bo'ladi. Agar miyyangiz shu qadar "ochiq" bo'lsa va hamma ma'lumotni tushunib o'rgana olsangiz.

Lekin miyangiz kamida 2-3 yil ustingizda qattiq ishlab, tajriba orttirgandagina ochilishni boshlaydi. 😅

Demak, No way! :')

#joke

P.s: "Senior" nisbiy tushuncha, kompaniyalarga qarab farqlanadi, ammo ommaviy kommunikatsiyada hamma tushunadi "Senior" deganda kimni nazarda tutilishini. Shunday ekan, kommentda boshlamang janjalni shu gapimdan ham "bug 🪲" topib.

@JoshDeveloper
👍26🫡3🔥1😢1
Angular bo'yicha telegram kanallar biroz kam. Biladigan 2 ta kanalim quyidagilar:

1. https://news.1rj.ru/str/your_ngbro
2. https://news.1rj.ru/str/angular_fox

O'rganayotganlar bo'lsa marhamat.

@JoshDeveloper
👍6
Shuncha sohalar bor ekan "IT"da. Balki bundan ham ko'proq.

Bizda hali ham Frontend va Backend "hype"da.

#someIncredibleHashtag

@JoshDeveloper
💯40👍16😁111
O'zbekistonda ishlayotgan chet-ellik hamkasbim bilan gaplashib qoldim.

Musaffo osmonimizni tark etayotgan ekan. Gruziya tomon.

"Iya, ha?" desam, shunday ma'noda aytdi:

"Svet juda ko'p o'char ekan. Toshkentni markazida bo'lsa ham. Soat 2 dan kechki 8 gacha ham o'chdi xatto. Yana, havo juda iflos ekan.(Yaxshiyam hali havodan boshqa ifloslar borligini bilmaydi.)
Internet tezligi ham dabdala. 4G ko'rsatsa ham, lekin..."

Afsus, musaffo osmonni qadriga yetmadi. IT Park shuncha harakat qilib, olib kelyapti bularni. Bular esa arzimagan narsalarga ketishyapti. Axir svetsiz ham yashasa bo'ladiku? Avvalgilar yashashganku?
Yana nima kerak bularga? Sham yoqib ishlasa bo'lmaydimi axir bu allambalo dasturlash degan sohasida?

#tanqid #sarkazm

@JoshDeveloper
😁112🤣33👍18😢8🗿4🤯2💔2👀21👨‍💻1
Forwarded from Josh*Developer
Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana.

Share

#maslahat

@JoshDeveloper
💯52👍251🗿1