Linux_uz_Learn – Telegram
Linux_uz_Learn
50 subscribers
120 photos
3 videos
3 files
24 links
Bu yerda Linuxga aloqador tajribadan o'tgan va sizga foydasi tegishi mumkin bo'lgan kontentlar joylab boriladi.
Download Telegram
Linux_uz_Learn
Linux operatsion tizimida hammamiz bilgan "root" foydalanuvchi yani superuser mavjud. SuperUser dasturiy taminotni o'rnatishi foydalanuvchi hisoblarini boshqarishi va butun tizimga o'zgartishlar kiritishi mumkin. Root huquqiga kirish uchun => su/sudo 😂😂
qo'lim og'rib ketdi 😂😂 Lekin 2 kun ichida Beginnerlar uchun juda ko'p narsa yozdim men birichi Linuxni boshlagan paytim bunaqa Uzbekcha kontent yo'q edi. Shuning uchun aktiv va yangi userlar qo'shilsa hali ko'p foydali kontentlar qo'yiladi
Linux o'rganishga rostdan arziydi boshida qiyin hamma narsa terminalda jinnichaga o'xshaydi lekin o'rganib olsez Windows ni oldin qandaqy qilib sabr qilib ishlatganizdan hayron qolasiz. Vaqtni tejaydi barcha dasturlar uzida mavjud Windowsga o'xshab dabba saytlardan tortilmaydi, Antivirus kerek emas.

@Linux_uz_learn
👍2👎1
bugun 2 kunlik narsa yozib qo'ydim chunki ertaga CSGO bo'yicha Final mani shaxrimga kelib qolibdi bu yil. Hoxlaganlar kelaversin uzim kutib olaman chiroyli o'yin ko'rib ketaszlar
👍1
Buni ko'proq linux userlar yaxshi tushunadi🤣
😁6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turnir juda ham zo'r yakun topdi nihoyat G2 chempion. Hudo hoxlasa ertadan kontentlarni davom ettiramiz.
👍2
Terminalda turib qidirish buyruqlari.
locate => faylni qidirish uchun. Misol => locate index.js
whereis => faylga tegishli bo'lgan yagona Folderni qidiradi. Misol => whereis Postgress bu buyruq orqali siz Postgresni asosiy folderini topasiz.
which => juft fayllardan birini qidirish uchun. Misol which bash => bu misol orqali siz hozr qaysi bash da ekanligingizni topasiz.
find => Find buyrug'i fayllarni nom, tur, o'lcham va sana bn qidirish uchun ishlatiladi. Misol => find -name "Sasha.html" => bu buyruqda siz "Sasha.html" fileni topasiz.


@Linux_uz_learn
👍2
Linuxda debianda ko'proq qaysi mavzuda qiynalyatganizni yozing men shunga moslab yechim topib yoki uzim bilsam yozib qoldiraman
Ertaga hudo hoxlasa Granting Permissions (fayllarga ruxsatlar berish) ni ko'rib chiqamiz
👍1
(Granting Permissons) Linux tizimidagi foydalanuvchilar va guruhlar uchun fayllar va kataloglarga kirish huquqlarini belgilash jarayonini ifodalaydi . Linux fayl va kataloglarni kim o'qishi, yozishi va o'zgartirishi mumkinligini boshqarish va ruxsat berish uchun ishlatiladi.
u (user) => foydalanuvchi.
g (group) => guruh uchun.
o (other) => boshqalar uchun.
a (all: u, g, and o) => barchaga.

r => o'qish ruxsati (read).
w => yozish ruxsati (Write).
x => bajarish ruxsati (Execute).
- =>ruxsatni olib qo'yish (remove access).
+ => Ruxsat qo'shish (add access) .
chmod => change permission(rusxsat o'zgartirilishi).
chmod a+r myfile => bu misol orqali siz "myfile" ga "a => hamma va -r => o'qish" huquqini qo'shdiz.
chmod go-rw myfile
=> bu misolda myfile uchun guruh va boshqa foydalanuvchilar uchun o'qish va yozish ruxsatini olib tashladiz ( endi faqat o'zingizda o'qish va yozish ruxsati bor )
ls -l => buyrug'i orqali siz filelarni tekshirib ko'rishiz mumkin.
<Raqamlar orqali >
‼️ bunda taqiqlangan yoki ishlatishdan oldin chuqur o'ylash kerak bo'lgan "777" mavjud.
777 => har kim hamma narsani qila oladi (o'qish, yozish yoki bajarish).
755 => siz hamma narsani qila olasiz; boshqalar faqat o'qishi va bajarishi mumkin .
755 => siz hamma narsani qila olasiz; boshqalar faqat o'qishi va bajarishi mumkin .
644 => siz o'qishingiz va yozishingiz mumkin; boshqalar faqat o'qiy oladi.


Yuqoridagilar bn juda ko'p duch kelasiz ozgina uzingiz ham amaliyot qilib ko'ring bitta yangi fayl ochib sinab ko'rsez yaxshiroq esda qoladi.

@Linux_uz_learn
Desktop Application larni qisman o'chirish va butkul o'chirishni ham yozib qoldiraman uzim eng yaxshi ko'rgan misol orqali😅.
sudo apt-get remove => Bu buyruq Aplikatsiyani tizimingizdan olib tashlaydi, lekin konfiguratsiya fayllari buzilmaydi.
Misol => sudo apt-get remove steam => qilib men Steamni o'chirib yuborsam Steam Desktop yo'qoladi, o'chadi lekin men Steamni qayta o'rnatsam yana O'yinni tortib olishim shart emas yani CSGO turgan bo'ladi 😅 .
<!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!>
sudo apt-get purge => Bu buyruq Aplikatsiya va uning konfiguratsiya fayllarini tizimingizdan olib tashlaydi. Konfiguratsiya fayllari butunlay o'chiriladi, shuning uchun kelajakda Appni qayta o'rnatsangiz, uni qayta sozlashingiz kerak bo'ladi.
Misol => sudo apt-get purge steam => Agar bu buyruq bn Steamni o'chirib keyin Steamni yana qayta o'rnatsam yana Usha CSGO ni qaytadan 13GB ga tortib olishim kerak 😂 yani Steamga tegishli barcha fayllar o'chib ketgan bo'ladi .

Va bu buyruqlarni men har oyda kamida bir marta ishlataman CSGO o'ynamayman deymanuu lekin qo'l ketib qolaveradi😁.

@Linux_uz_learn
👍2
Blog ochilganiga 1 hafta bo'ldi ammo ancha narsa yozdim sal bo'lsa ham foydasi tegdimi?. Hali yana ko'rib chiqishimiz kerak bo'lgan ko'p mavzular bor.
Final Results
92%
Ha yangi narsalar o'rgandim yaxshi ketyammiz👌
8%
Yoq bir tiyinga qimmat hammasi😂