Ma’ruf | معروف – Telegram
Ma’ruf | معروف
834 subscribers
45 photos
13 videos
4 files
135 links
«Eshitgan narsalaringning eng yaxshisini yozib qoʻy, yozgan narsalaringning eng yaxshisini yodlab ol, yodlagan narsalaringning eng yaxshisini soʻzla».

Taqyidul ilm, 141.


Manba berilgan postlar manba bilan olinsin!
Download Telegram
يَوْمًا مَا سَيَكُونُ اِسْمُكَ مُقْتَرِنًا بِكَلِمَة
  «  رَحِمَهُ اَللَّهُ »

لِذَٰلِكَ ، أَحْسِنْ  .

Bir kun kelib sening isming
«Alloh rahmat qilsin» degan
kalima bilan birga tilga olinadi.

Shuning uchun, yaxshilik qilib qol.
Shariat
O’zing to’g’ri deb bilgan ishni qil, odamlar fikri har kuni o’zgaradi..
Ma'siyat gunohlar qalbdan Allohga bo‘lgan ulug‘vorlik hissini ketkazib yuboradi. Shunday bo‘lsa, Alloh taolo ham boshqalarni qalblaridan unga nisbatan bo‘lgan haybatni ko‘tarib qo‘yadi va Allohni buyruqlarini past sanagani uchun odamlar ham uni past sanay boshlashadi.

•Allohni muhabbati qancha bo‘lsa odamlar ham uni shuncha yaxshi ko‘radilar,

•u Allohdan qancha qo‘rqsa odamlar ham undan shuncha hayiqadilar,

•Alloh harom qilganlaridan qancha tiyilsa odamlar ham unga hush kelmaydigan ishni qilishdan tiyilib qoladilar.

Dard va Davo, 170.
Haromga qaragan shu ko’zlaring bilan jannatda Allohni ko’raman deb o’ylaysanmi?
G’ofir surasi, 19.


U zot ko’zlarning xiyonatini ham, dillar maxfiy tutgan narsalarni ham bilur.

@maruf
Hech kim (senga taqdir qilingan hayot yo‘lingda) seni quvib o‘tolmaydi va sen ham hech kimdan o‘zib ketolmaysan.

Har bir kishi o‘z taqdiri sari yuradi va har kimga o‘z rizqi muyassar qilib qo‘yilgan. Senga nasib bo‘lmagan narsa sen uchun yaratilmagan, sen uchun yaratilgan narsa esa seni hech qachon chetlab o‘tmaydi.
- Qayerda o’zingni qulay his qilasan?

- Birovlarning duosida.
Hech o’ylab ko’rganmisan?
Shuncha yaxshiliklarim bor deb borsangu, Alloh hech birini qabul qilmaganman desa. Holing qanday bo’ladi?
Rofeiy ◾️ aytadilar:

«Kimning o‘zi fosiq bo‘lsa, u barcha ayol-qizlar haqida yomon gumonga boradi».

Vahyul qalam, 1/184.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abu Hurayra ◾️dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ☪️ning duolaridan biri
shunday edi:

«Allohim, men Sendan:
— yomon qo‘shnidan,
— meni qarilik yetishidan avval qaritadigan (qiynab, mashaqqatga qo‘yadigan) juftdan,
— menga halokat bo‘ladigan farzanddan,
— menga azob bo‘ladigan mol-dunyodan,
— ko‘zi meni ko‘rib turadigan, ammo qalbi menga xiyonat qiladigan, yaxshilik ko‘rsa uni ko‘mib (yashirib) tashlaydigan, yomonlik ko‘rsa uni yoyib (oshkor qilib) yuboradigan makkor do‘stdan
panoh tilayman».


Tabaroni, “Duo”, 399.


Boshqa bir rivoyatda ushbu duo
Dovud
⚫️
ga nisbat berilgan.

(Hanad, “Zuhd”, 1038.)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko’p o’ylash insonni halok qiladi.
Zino (fahsh) yomg’ir kabi yog’ayotgan zamonda quruq qolish iffatdir.