Muhammadislom - AyTi Blog – Telegram
Muhammadislom - AyTi Blog
1.27K subscribers
613 photos
48 videos
10 files
215 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Dunyoning eng yosh dasturchisi

Hindistonlik Arxam Om Talsaniya 7 yoshga to‘lishiga bir kun qolganda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng yosh dasturchi sifatida Hikiritildi.

U o‘z maqomini tasdiqlash uchun Python dasturlash tili o‘quv kursida o‘qidi va Microsoft sertifikatlash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Dastlab Arxam kichik-kichik o‘yinlar dasturini yozishni boshlagan va Ginnesning rekordlar kitobi vakillari bilan aloqaga chiqib, ularga o‘z ishlarining namunalarini yuborishini aytgan. Olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng bolaga dunyodagi eng yosh dasturchi unvonini tasdiqlovchi sertifikat berildi.

Arxamning orzusi tadbirkor bo‘lish va hammaga yordam berish. “Men tadbirkor bo‘lishni istayman va hammaga yordam bermoqchiman. Dasturlash uchun ilova, o‘yin va tizimlar yaratmoqchiman. Shuningdek, muhtojlarga yordam berishni xohlayman” – degan yosh dasturchi.

@Muhammadislom_Dev
👍9
Muhammadislom - AyTi Blog
Dunyoning eng yosh dasturchisi Hindistonlik Arxam Om Talsaniya 7 yoshga to‘lishiga bir kun qolganda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng yosh dasturchi sifatida Hikiritildi. U o‘z maqomini tasdiqlash uchun Python dasturlash tili o‘quv kursida o‘qidi…
Shu boladan bizning qayerimiz kam nega Amerika, Hindistonda shu kabi yoshlar oʻz sohasini zoʻrlari boʻlib chiqmoqda dasturlash sohasi boʻyicha.
Koʻpchilik dasturlashni oylik yoki puliga qiziqib tanlash emas ishingizdan rohatlanish uchun tanlang.
Oʻz manfaatingiz yoʻlida egri ishlardan foydalanishni tavsiya qilmayman.
Nafaqat dasturchi yoki marketing va boshqa soha boʻlishidan qat'iy nazar hayotingizda pul sizni oʻyinchoq qilmasin.

Shaxsiy fikrim.
👍7🔥2🤯1
Web dasturchilar da bo'ladigan asosiy muammo .
"class" larga nom berish endi yanada oson.Marhamat bemalol nom berishingiz mumkun
1=> Rasm uchun image, img, picture, pic- rasm
icon - belgi
logo - logotip
userpic, avatar- userpic - foydalanuvchining kichik surati
thumbnail, thumb- kichik rasm

2=> Matn
noscript, subject, heading, headline, caption- nom
subnoscript - subtitr
slogan - tagline
lead, tagline- matnda xat boshi
text - matn tarkibi
desc - tavsif, matn tarkibining varianti
excerpt - odatda "Ko'proq o'qing ..." havolasidan oldin ishlatiladigan matn parchasi.
quote, blockquote- tirnoq
snippet - misol kodi
link - havola
copyright, copy- mualliflik huquqi

3=> Ro'yxatlar
list, items- ro'yxat
item - ro'yxat elementi

4=> Bloklar
page - sahifaning ildiz elementi
header - sarlavha (sahifa yoki element)
footer - altbilgi (sahifa yoki element)
section - tarkib bo'limi (bir nechta)
main, body- asosiy qism (sahifa yoki element)
content - element tarkibi
sidebar - yon panel (sahifa yoki element)
aside - qo'shimcha ma'lumotlar bilan blokirovka qilish
widget - vidjet, masalan, yon panelda

5=> Maket
wrapper, wrap- o'rash, odatda tashqi
inner - ichki o'ram
container, holder, box- bir konteyner
grid- panjara shaklida (sahifa yoki element) (odatda rowva col)
row - ip shaklidagi idish
col, column- ustun shaklidagi idish


@Muhammadislom_Dev
👍4
6=> Boshqarish elementlari
button, btn- masalan, formani yuborish uchun tugma
control - boshqaruv elementi, masalan, fotogalereyadagi "oldinga / orqaga" strelkalar, slayderni boshqarish tugmalari
dropdown - ochiladigan ro'yxat

7=> Media ifodalari
phone, mobile- mobil qurilmalar
phablet - katta ekranli telefonlar (6-7 ")
tablet - planshetlar
notebook, laptop- noutbuklar
desktop - statsionar kompyuterlar

8=> O'lchamlari (tahrirlash)
tiny - kichik, mayda
small - kichik
medium - o'rta
big, large- katta
huge - juda katta
narrow - tor
wide - keng
miscellanea
search - Qidirmoq
socials - ijtimoiy media piktogramma bloki
advertisement, adv, commercial, promo- reklama (Adblokom kesilgan, ichki reklama bloklari bilan bunday sinflar uchun tavsiya qilinmaydi)
features, benefits- mahsulot, xizmatning asosiy xususiyatlari ro'yxati
slider, carousel- slayder, aylantiruvchi tarkibga ega bo'lgan interaktiv element
pagination - sahifa navigatsiyasi
user, author- foydalanuvchi, post yoki sharh muallifi
meta - qo'shimcha ma'lumotlarga ega blok, masalan, postdagi teglar va sanalar bloki
cart, basket- savat
breadcrumbs - non po'sti, non
more, all- to'liq ma'lumotga havola
modal - modal (dialogli) oyna
popup - ochiladigan oyna
tooltip, tip- ko'rsatmalar
preview- e'lon, ko'chirma, masalan yangiliklar yoki post, sarlavha, tavsif va rasmdan iborat bo'lishi mumkin. To'liq havola taxmin qilingan
overlay - qatlamlarni qoplash, masalan, rasmlarni qoraytirish yoki modali oynalarni yaratish

9=> Shtatlar
active, current- faol element, masalan, joriy menyu punkti
visible - ko'rinadigan element
hidden - yashirin element
error - xato holati
warning - ogohlantirish holati
success - vazifani muvaffaqiyatli bajarish holati
pending - kutish holati, masalan, vaziyatni xato yoki muvaffaqiyatga o'zgartirishdan oldin

@Muhammadislom_Dev
👍5🔥1
JavaScript nima?

Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to'g'rirog'i veb dasturlash tili, undan ham to'g'rirog'i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya'ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server(Apache, ngnix) kerak emas, oddiy brauzerda(Javanoscript'da yozilgan kodlar) ishlayveradi.

Bu til nima uchun kerak?

Bu dasturlash tili orqali serverga so'rov jo'natmasdan, so'rovlarni(javanoscript kodlarini), ya'ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz mumkin. Asosan interaktiv(dinamik) saytlar tuzish uchun kerak.

JavaScript veb dasturlash tilini qachon o'rgangan ma'qul?
Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o'rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o'rganish ham oson bo'ladi. Ko'pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o'rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javanoscript'ni o'rgangan yaxshi va yengil.


@Muhammadislom_Dev
👍2
5-dars Amaliyot. Html kodi

@Muhammadislom_Dev
5-dars Amaliyot. CSS kodi

@Muhammadislom_Dev
Dasturlash yoki 3D modeling?

Ko'pchilikda bunday muammo yuzaga keladi. Shu sabab ushbu maqolani tayyorladik.

Dasturlash:
— Bu soha IT'ning eng rivojlangan sohalaridan. Ushbu soha vakillari veb sahifalar, mobil va kompyuter ilovalari, sun'iy ong va hokazo narsalarni yaratishadi. Maosh ham chakki emas. Bu soha juda qiziq, ammo ba'zilarga qiyinroq tuyulishi mumkin.

3D modeling:
— Juda yaxshi soha. Yurtimizda endi rivojlanayotgan soha. Soha vakillari 3D turidagi narsalar yasab daromad ko'rishadi. Ish o'rinlari ko'p, yuqori daromad va frilansda ham talab katta. Ushbu sohaga talab borgan sari oshmoqda.

@Muhammadislom_Dev
Diqqat Diqqat❗️❗️❗️
Assalomu alaykum!!!
Dasturlash sohasiga qiziquvchilar uchun Web dasturlash Frontend yo'nalishini biz bilan online o'rganing. Har kuni yangi video darslar va yangi real proyektlar. Har dars so'nggida qo'shimcha yangi amaliyot olib boriladi. Darslar yozib olinib You Tube hamda telegram kanalga joylab boriladi. Biz bilan dasturlashni o'rganing.

Ushbu kanalda:
@Muhammadislom_Dev

You Tube manzilimiz:
https://youtube.com/channel/UCAcwG2UqM1woRiuV3JY1Ang
👍1
Google Chrome brauzerida Dino o'yinini vzlom qilamiz 😁

Chrome'dagi dinozavr o'yini Internet o'chirilganda avtomatik ravishda paydo bo'ladi. Lekin uni manzil satriga chrome://dino yozish orqali ham o'ynash mumkin.

Istasangiz o'yinni buzish uchun:
1. O'yin oynasi ochilganda F12 tugmasini bosing.
2. «Консоль» yorlig'iga o'ting.
3. Runner.instance_.gameOver = function(){}; buyrug'ini kiriting.
4. Enter tugmasini bosing.

Shundan so'ng, dinozavr barcha to'siqlarni jimgina bosib o'tadi.

@Muhammadislom_Dev
👍6🔥2
❗️ Youtube haqida qiziqarli faktlar

1.YouTube butunlay Python dasturlash tilida yozilgan.

2.2011-yilning 14-dekabr kuni YouTubeda eng davomiy video (596 soat, 31 daqiqa va 21 sekund) yuklangan.

3.YouTubedagi eng birinchi yuklangan video —"Me at the zoo"

4. YouTubeda eng birinchi fikr quyidagicha bo'lgan: «Interesting.…»

@Muhammadislom_Dev
👍6👎1🔥1
Blog yuritib odamlarga nima bera olaman?

Blog yuritishimdan maqsad dasturlash, ya'ni IT sohasiga qiziquvchi yoshlarga texnologiyalar olamidagi yangiliklar, bu sohaning yo’nalishlari haqida ma’lumot berib, ularga yo’nalish tanlashda qo’ldan kelgancha yordam berish.

@Muhammadislom_Dev
👍5
Portfolio, portfolio, portfolio. Nima o'zi bu?

Portfolio
— bu inglizchadan tarjima qilinganda hujjat, jild (papka) degan ma'nolarni anglatadi. Ya'ni biror kasbda ish olib boruvchi shaxs yoki jamoaning qilgan ishlari, tajribasi, yutuqlari yig'ilgan ma'lumotlar yig'indisi.

Portfolio ishga kirishda yordam beradi. Ya'ni mijoz muammosini qay darajada hal qila olishingizni bilish uchun mijoz sizdan portfolio so'raydi va qilgan ishlaringizdan o'zi bir yechimga keladi.

Portfolio'siz pulga hech kim sizni ishga olmaydi, shu sabab deyarli hamma kasb egalari boshida portfolio yig'ish uchun tekinga ishlashadi. Sizda ham bu "matah" bo'lmasa tekinga ishlab turishingizga to'g'ri keladi.

Portfolio'ni hamma turlicha shakllantiradi. Misol uchun dizaynerlar Instagram'da yoki platformalarda, dasturchilar GitHub'da, 3D'chilar har xil platformalarda. Buning ahamiyati yo'q, muhimi nimalar qilganingizni ko'rsatib bersa bo'ldi.

@Muhammadislom_Dev
🔥5👍2
Assalomu alaykum hayrli kun.
Sizlarga gaplarni yozishga mendan haqli insonlar bordur, ammo yozmasam ham bo'lmaydi. Ko'pchilik hali ham bu narsalarni bilmaydi.
Musulmon dindoshlarimga kichik eslatma deb qabul qilasizlar. Zero, Alloh bizga eslatishni buyurgan.

1. allox, ollox, olloh emas Alloh bo'ladi.
2. alxamdulillo, alhamdulillo emas Alhamdulillah bo'ladi.
3. inshollo, inshallox, insholoh emas, InShaaAlloh bo'ladi.
4. Shuningdek, kelajakdagi bo'ladigan narsalarga InshaaAlloh so'zi ishlatiladi. Hech qachon "Ertaga bir ishni qilaman" demang. Balki, "Ertaga bir ishni qilaman InshaaAlloh" deng.
5. Nima bo'lsa Allohdan, qolganlar sababchi xolos. Shuning uchun, "falonchi meni qutqardi", "o'zim falon narsaga erishdim","falon narsa bo'lmaganida falon bo'lardi", "falonchi oxirgi najotni berdi" demang. Balki, "Alloh berdi, Alloh yetkazdi, Alloh xohlagani bo'ldi, Alloh izni bilan bo'ldi, falon narsalar yoki falonchilar sababchi bo'ldi xolos" deng.

"Bas, Agar eslatma manfaat bersa, eslatgin..."
A'ala surasi

Alloh siz-u bizga foydali ilm olib, unga amal qiluvchi, O'zi suygan bandalaridan qilsin.
👍13🔥2
#muhim 📌

Sizni nima oldinga harakat qilishga undaydi 🤔

Bir do’stimiz shu so’rovnomani Instagramda o’tkazdi. Insonlarning javobi juda ham qiziqarli bo’ldi. Ulardan ba’zilarini rasmda ko’rishingiz mumkin.

Siz ham savolga javob qoldiring 👇

@Muhammadislom_Dev
👍2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻WORD dasturida ishlashni osonlashtiradigan 17 ta foydali klavishlar.

@Muhammadislom_Dev
👍51