Muhammadislom - AyTi Blog – Telegram
Muhammadislom - AyTi Blog
1.27K subscribers
613 photos
48 videos
10 files
215 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
Singlim bilan suhbatdan:

— 2 oylik stipendiyamni oldim universitetdan kecha
— Men: Ha yaxshi, endi men pul bermay qo'yaverarkanmanda-a?
— Yo'q men pulimni to'playman, peshona terim bu meni
— Men: ☺️🙂‍↕️
😁263
Toshkentga qaytyapman, taksist akani playlisti faqat Hamdam Sobirov

Janzeni 3-4 marta qayta eshitdik, tushimda kelib Hamdam aka soʻrasa aytib beradigan darajada yod oldim ☺️

– Orasida Rayhon opa qizil koʻylagim deb qoladi Hamdam aka bilan

@Muhammadislom_Dev
😁15
Toshkent Anjan yana 4-5 marta qatnasam:

– Bemalol vodiyni to'ylariga chiqaversam bo'ladi, Hamdam aka bilan Jaloliddin aka larni playlistini aytib beraman.

@Muhammadislom_Dev
🤣12😁7
Monovi Toshkent vodiy taksistlariga mazza

— Har safar oshxonaga kiramizda qaytishda ketishda
— Xizmat ko'rsatadiganlar kelib, shofyer kim deydi
— Haligi yo'l bo'yi bitta playlisti qo'yib bergan taksist
— Men deydida, hammadan arzon shot to'laydi

— Eng qizig'i shofyor hamma bilan barobar ovqatlangan bo'ladida

@Muhammadislom_Dev
🤣18😁2
Boshlangan yangi haftangiz fayzli bo'lsin!

Toshkent o'zgarib ketibdi-a, Anjanda baland binolar yo'q


@Muhammadislom_Dev
7❤‍🔥2😁2
Assalomu alaykum barchaga!

Boshlangan haftangiz fayzli va barakali bo'lsin. Uzoq vaqt blogda ko'rinmadim albatta sabablar bor.

Sizlar nima gaplar, o'qishlar chiki chikimi ✌️

Sovuqda yuribmiz - "🌚"
O'qiyapman - "😎"

@Muhammadislom_Dev
😎24🌚7❤‍🔥1👍1👏1
Mobodo metroda yelkasiga sumka osvolib, jimgina ketayotgan bolani ko'rselar joy beringlar 😊

Menam o'tirib ketay 🙂‍↕️

@Muhammadislom_Dev
😁17🤣11🔥2🎉1
Muhammadislom - AyTi Blog
Assalomu alaykum barchaga! Boshlangan haftangiz fayzli va barakali bo'lsin. Uzoq vaqt blogda ko'rinmadim albatta sabablar bor. Sizlar nima gaplar, o'qishlar chiki chikimi ✌️ Sovuqda yuribmiz - "🌚" O'qiyapman - "😎" @Muhammadislom_Dev
Menga bir haqiqatni rost yoki yolgʻonligini aytishilar kerak

Metro, avtobuslarda jimgina oʻtirib koʻzini yumib oladiganlar bo'ladiku 🙂‍↕️

Shunday insonlar rostandan ham mazasi yo'q boʻlarmikan. Eng qiziq joyi tushadigan joyiga kelganda koʻzini ochadi.

Haqiqiy aktyorlar metroda 😊

@Muhammadislom_Dev
🤣15😁2
Ertalabgi atmosfera boshqacha ❤‍🔥

@Muhammadislom_Dev
6❤‍🔥6👍2🔥1🤩1
Social mediadan cheklaning

Bilamiz, social media tez rivojlanib bormoqda. Buni natijasi bizga qanday bog'liq?

Bizni o'ziga yanada torta boshladi, instagramda turli xil vinelar, motivation video va hk. Shaxsan o'zim telegram foydalanaman, instagram profilimni tikladim ammo undagi muhit yoqmadi. Instagramda qisqa serialdan iborat videolar trendda va bu insonlarni o'ziga tortadi.

O'zbek xalqiga birovning hayoti qiziq va qisqa serialni tomosha qiladi. Ko'pchiligimiz videodagi ssenariyni o'zimizda bo'lishini xohlaymiz.

Sen kimnidir boshqarmasang, seni boshqarishadi bu jumla Ta'sir psixologiyasi kitobida keltirilgandi (adashmasam).

Xulosalarim, aloqa manbai telegram bo'lganligi uchun foydalanyapman. Ko'proq vaqtni o'z ustilarda ishlashga sarflashni tavsiya qilaman. Kimdir successga erishadi, menam deb ichimizda aytamiz ammo harakat 0 ga teng.

Long post bo'ldi sorry)

@Muhammadislom_Dev
14🔥42💯1
Telegramga Instagramdek liveStream qilish imkoniyati qoʻshildi.

App Store yoki Play market orqali yangilab sinab koʻrishilar mumkin.

@Muhammadislom_Dev
7❤‍🔥4🔥2
Universitetdagi 4 yilni qadrlang

Universitetda tanlagan yoʻnalishiz toʻgʻri yoki siz xato qilganizi tushunasiz. Bu xatoni toʻgʻrilash uchun 4 yil vaqtingiz bor.

Oʻzingiz uchun yangi sohalarni oʻrganing, tavsiya qilardim birinchi til oʻrganishni. Siz oʻylamang Iqtisod yoʻnalishiga kirdim Iqtisodchi boʻlaman deb.

Yaxshi mutaxassis boʻlmoqchimisiz til oʻrganishdan boshlang, keyin soha va mehnat. Oʻyin kulguga vaqt topiladi, bahona doim topilgan ammo vaqt...

Pulingiz yoʻqmi, youtube yaxshi yordamchi va AI. Pulni oʻylamang, oʻz ustizda ishlang pul oʻzi keladi.


Universitet doirasida yozdim, long post yozadigan davrimga qaytyapmanov)

@Muhammadislom_Dev
🔥12💯85
WIUT 🔥

For me, Wiut is the best university in Uzbekistan.


@Muhammadislom_Dev
❤‍🔥7🔥42
ChatGpt foydalanadiganlar uchun yangi funksiyasi qo'shildi

Bir nechta yaqinlariz bilan guruh shakllantirish mumkin, o'zaro suhbat yoki Pro versiyasini birgalikda sinash imkoniyati. Mobodo universitetda yoki bekor qolganda kirib suhbat qiladiganlar uchun yaxshi bo'libdi.

@Muhammadislom_Dev
🔥62❤‍🔥1