Muhammadislom - AyTi Blog – Telegram
Muhammadislom - AyTi Blog
1.27K subscribers
613 photos
48 videos
10 files
215 links
"IT sohasidagi influencer, nazariy va amaliy loyihalar asoschisi."

• Middle Frontend (React va Nextjs) dasturchi
• Freelancer 30+ proyekt

Soham bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni ulashib boraman.
Download Telegram
CSS3 xiyla varaqa

CSS yoki Cascading Style Sheet - bu sizning saytingiz elementlari qanday ko'rinishini belgilaydigan uslublar varag'i tili. CSS-faylni HTML-hujjatga qo'shish orqali siz o'zingizning saytingiz tarkibining dizayni, joylashuvi, shrifti va rangini boshqarishingiz mumkin.

@Muhammadislom_Dev
👍2😱2
​​🖥 Dasturchilar bemalol ishlashi uchun qanday kompyuter tanlashi kerak?

Dasturchilar kompyuterni o'zlari tanlagan yo'nalish bo'yicha tanlashlari kerak. Yani, qaysidir dasturlash tillari uchun kuchliroq, boshqalariga esa boshlanishiga oddiyroq kompyuter ham bo'ladi.

👉 Web dasturchilar (JavaScript, Python, PHP, Nodejs) uchun quydagi ko'rsatkichga ega komputer tavsiya etiladi:

▪️Core i3-8145U Protsessor (xotira tezligi) 3.9 GHz
▪️4GB RAM DDR4
▪️500GB xotira
▪️128GB SSD (Boshlanishiga SSD bo'lamasa ham bo'ladi)
▪️15.6 dyumli ekran

💵 Narxi Komputerni modeliga qarab (HP, ACER, LENOVA, SAMSUNG) $350 dan $550 gacha.

👉 Android dasturchilar (Android Studio, Java) uchun:
▪️Core i5-10210U Protsessor Gersi (xotira tezligi) 4.2GHz gacha
▪️8GB RAM DDR4
▪️500GB xotira
▪️128GB SSD (Boshlanishiga SSD bo'lamasa ham bo'ladi)
▪️15.6 dyumli ekran
▪️ Kamida 1GB li GPU

💵 Narxi Komputer modeliga qarab (HP, ACER, LENOVA, SAMSUNG) $500 dan $700 gacha.

Dizaynerlar uchun ham Android dasturchilar uchun ko'rstagan tavsiya asosida kompyuter olsa bo'ladi faqat, GPU kamida 2GB bo'lishi kerak.

IOS dasturchilarda ko'p tanlash imkoniyati yo'q! Ular MacBook Pro yoki Air olishlari shart.

💵 Narxi $1500 dan $3500 gacha.

@Muhammadislom_Dev
Assalomu alaykum.
Dasturlash sohasiga endi kirib kelayotgan yosh dasturchilar uchun👨‍💻👨‍💻 bugundan boshlab shu kanalda FRONT-END boʻyicha video darslarini joylab boraman kimdir ushbu darslar orqali oʻziga bilim koʻnikma olsa men bundan hursandman.

@Muhammadislom_Dev
👍3
Dasturchilar qancha maosh oladi?

Mahalliy bozorda Frontend, Backend dasturchisining ish haqi o‘rtacha 8-10 million so‘mdan 20-30 million so‘mgacha, 1S dasturchida 3 million so‘mdan, Fullstack dasturchida 10-15 million so‘mdan 20-30 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Miqdorlar farq qiladi. Shunga qaramay, barchasi tajribaga, ish hajmiga va kompaniyaga bog‘liq. Bunda mutaxassislik muhim rol o‘ynaydi.

Dasturchi yangi va kam tajribaga ega bo‘lsa, unda ish haqi juda kam bo‘lishi mumkin. Ammo tajriba va bilimlarni oshirishi bilan ish haqi ham tezlikda o‘sishni boshlaydi. O‘zbekistonda tajribali dasturchilar oyiga o‘rtacha 1000-1500 dollar olishi qayd etilgan.

@Muhammadislom_Dev
#qiziqarli 📌

Google haqida siz bilmagan faktlar 🔥

🔹 Google umumiy 3 mlrddan ziyod veb-saytlar va indexlar mavjud. Agar qog'ozga yozib chiqsan qog’oz uzunligi 200 kmdan osharkan.

🔸 1997-yil Google qidirish tizimini 2 mln dollarga Yahoo kompaniyasi sotmoqchi bo'ladi.

🔹 2014-yil gigantning 89% foydasi reklama orqali bo'lgan.

🔸 Google homepage i 80 ta tilda mavjud.

@Muhammadislom_Dev
00:00🕛
Assalomu alaykum kirib kelgan 2022-yil bilan barchangizni tabriklayman ushbu yilda barcha ezgu niyatlaringizga erishish yoʻlingizda tilakdoshman.
2021-yilda qolib ketkan rejalaringizni 2022-yilda oʻz nihoyasiga yetkazish nasib qilsin.

Yosh dasturlash sohasiga kirib kelayotgan developerlarga ham Omad tilab qolaman.
Tasavvur qilaylik, sizda 6100$ bor. Qaysi variantni tanlagan bo'lardingiz .

@Muhammadislom_Dev
☑️ CSS nima u?

Kaskadli uslublar jadvallari (CSS) — bu foydalanuvchiga hujjatlarning vizual taqdimoti uchun mas'ul bo'lgan til.

Hujjat deganda biz belgilash tili bilan tavsiflangan sahifaning tuzilishi haqidagi ma'lumotlar to'plamini tushunamiz.

Hujjatni foydalanuvchiga taqdim etish esa, o'z navbatida, uni o'qish uchun qulay shaklga aylantirishni anglatadi. Firefox, Chrome yoki Internet Explorer kabi brauzerlar hujjatlarni vizual ko'rsatish uchun yaratilgan, masalan, kompyuter ekranida, proyektorda yoki printerdan chiqarish uchun.

@Muhammadislom_Dev
📜 Dasturlash haqidagi TOP 10 afsonalar:

1️⃣ Matematikani bilmaydiganlar uchun dasturlash eshigi yopiq.
2️⃣ Dasturlashni oʻzlashtirish uchun siz juda aqlli boʻlishingiz kerak.
3️⃣ Sizda kod yozish qobiliyati boʻlishi kerak.
4️⃣ Dasturchilar jim yuradigan va muloqotga kirishmaydigan odamlardir.
5️⃣ Dasturlash - bu zerikarli.
6️⃣ Dasturchi sifatida ishga kirish uchun juda uzoq vaqt oʻqish kerak.
7️⃣ Siz oʻzingiz dasturlashni oʻzlashtira olmaysiz.
8️⃣ Dasturlash - bu erkak kishi kasbidir.
Kompyuter oʻyinlarini ishlab chiquvchilar
9️⃣ IT sohasidagi eng boy va baxtli odamlardir.
🔟 Dasturlashda yosh chegarasi mavjud.

@Muhammadislom_Dev
Universitet bilim uchun emas

1. Universitetning asosiy maqsadi bilim berish, kirishdan asosiy maqsad bilim olish yoki ishli bo’lish degan odam adashadi.

2. Universitetlarning asosiy maqsadi bilim berish emas, Standfordda ham, Cambridge, Harvard, o’zimizning Westminsterda ham.

3. Bilim hammasi necha yillardan beri kitoblarda, ustozlarda, kurslarda, onlayn leksiyalarda bemalol turibdi. Uni o’rganish uchun motivatsiya kerak xolos.

4. Universitet ana shu motivatsiyani beradi. O’zingga o’xshagan maqsadli bollarni atrofingga yig’ish, diplom berish, o’qimasang haydab yuborish xavfi orqali.

5. O’zingni o’zing qamchilay olasanmi? Har kuni to’xtamay o’rganishga undaydigan nima bor? Nazoratsiz ham rivojlana olasanmi? Sohangdagi eng zo’r ustozlarni va rivojlanishga tayyor odamlar muhitini topa olasanmi?

6. Javoblar «ha» bo’lsa oilangga bir necha ming dollar tejab berasan. «Yo’q» bo’lsa — kirish uchun yaxshiroq joy tanlashni boshlayver.

@azizrakhimov_blog
2🔥1
Tushungan tushundi...

@Muhammadislom_Dev
😢2🤩1
Frontend dasturlash o'zi nima?

💻 Frontend dasturlash — bu sayt yoki dasturning foydalanuvchi uchun atalgan qismini, ya'ni foydalanuvchi interfeysini yaratishdir. Bunda sayt dizayni va foydalanish qulayligi asosiy omillar hisoblanadi.

🧑🏻‍💻Frontend dasturlash nima ekanligini tushunish uchun istalgan web-sahifaning kodini ochish kifoya. Sahifaning kodi — bu frontend dasturchining ish mahsulidir.

Frontend dasturlash uchun qaysi tillar ishlatiladi?

Frontend dasturlash uchun HTML, CSS va JavaScript tillari ishlatiladi. Shulardan faqat bittasi — JavaScript dasturlash tili hisoblanadi.

CSS — bu web-sahifalarning ko'rinishini tasvirlash uchun ishlatiladigan til. Aynan ushbu kod sahifadagi alohida elementlarni brauzer tomonidan tanib olinishi uchun xizmat qiladi.

JavaScript — bu ko'p paradigmali dasturlash tili bo'lib, u brauzerlarda foydalanish uchun mo'ljallangan. JavaScript sahifalarni tom ma'noda jonlantiradi va ularga interaktivlik qo'shadi.


@Muhammadislom_Dev
1👏1