“Kasalliklarsiz ham yashay olgan bo’larmidik?”
"Hayvonlar ham kasal bo’lishadi, lekin faqat insonlar kasallikdan og’rib, yotib qolishadi."
“Oyog’i yoki ko’zini yo’qotgan inson nimadan mahrum ekanligini biladi; shaxsini yo’qotganida esa, inson hech narsani bila olmaydi, sababi buni biladigan hech vaqosi qolmagan bo’ladi.”
“Populus vult decipi, ergo decipiatur." – Insonlar aldanishni istaydilar, qo’yavering, aldanaversinlar.
Oliver Sacks, "Xotinini shapka bilan adashtirgan odam"
Kitobdagi boshqa hikoyalarni bu yerda o'qishingiz mumkin: https://medium.com/@pulatovaaziza/xotinini-shapka-bilan-adashtirgan-odam-85142344af1c
Medium
Xotinini shapka bilan adashtirgan odam
Oliver Sacks’ning shu nomli kitobiga taqriz
❤4❤🔥1👍1
47 yoshida autizm tashxisi qo’yildl
Shifoxonaga Ehlers-Danlos Sindromi uchun tekshiruvdan o’tishga borgan Laure James’ga autizm sindromi tashxisi qo’yildi.
James’ga yoshlikdan notog’ri tashxislar qo’yilib kelingan. Ishtaha sustligi, vahimaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi va muloqotdagi qiyinchiliklar kabi simptomlar har gal boshqa kasallik simptomlari bilan adashtirib yuborilgan.
Buyuk Britaniya Milliy Autizm Birlashmasi boshlig’i Carol Povey’ning aytishicha, bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Autistik qiz va ayollar qarshilashgan bu holatni niqoblangan va kamuflyaj(yashirin) so’zlari bilan ta’riflagan Povey, qiz va og’il bolalardagi autizm o’rtasida bunday tafovutning paydo bo’lishida ijtimoiy hayot muhim rol tutishini ta’kidlaydi.
Povey, autizmga chalingan qizlar tashqaridan “aqilli, xotirjam va xushfe’l” bo’lib ko’rinishadi va shu sababdan autizm belgilarini og’il bolalardan ko’ra yaxshiroq yashirishadi, deydi.
Laure James o’zidagi autizmdan xabar topgandan keyin hayoti butunlay o’zgargani va o’zini yaxshiroq anglay boshlanganini aytadi. U o’zining “Odd Girl Out” nomli kitobida autistik ayol bo’lish tajribalari haqida bo’lishadi.
@pslog

“Qiz bolalarga yanglish tashxis qo’yish juda ko’p uchraydi.”
Buyuk Britaniya Milliy Autizm Birlashmasi boshlig’i Carol Povey’ning aytishicha, bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Autistik qiz va ayollar qarshilashgan bu holatni niqoblangan va kamuflyaj(yashirin) so’zlari bilan ta’riflagan Povey, qiz va og’il bolalardagi autizm o’rtasida bunday tafovutning paydo bo’lishida ijtimoiy hayot muhim rol tutishini ta’kidlaydi.
“O’zimdagi farqliliklarni nihoyat tushuna boshladim.”
Povey, autizmga chalingan qizlar tashqaridan “aqilli, xotirjam va xushfe’l” bo’lib ko’rinishadi va shu sababdan autizm belgilarini og’il bolalardan ko’ra yaxshiroq yashirishadi, deydi.
Laure James o’zidagi autizmdan xabar topgandan keyin hayoti butunlay o’zgargani va o’zini yaxshiroq anglay boshlanganini aytadi. U o’zining “Odd Girl Out” nomli kitobida autistik ayol bo’lish tajribalari haqida bo’lishadi.
@pslog
Medium
47 yoshida autizm tashhisi qo’yilgan ayol
bookstr
👍6❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bostirilgan his-tuyg’ular sehrli emaski, ular o’z-o’zidan yo’q bo’lib qolsa…
Bostirilgan hissiyotlarning barchasi tanamizda “yashaydi.”
Buning sababi shunda: biror voqea yoki hodisa sizga qattiq ta’sir qilganda, bu holat tanangizda kortizol, adrenalin va yurak zarbining ortishiga sabab bo’ladi.
Hissiy zo’riqish va u ta’sirida yuzaga kelgan fiziologik reaksiya, miyaning hissiy reaksiyalarga javob beruvchi qismi bo’lgan amigdalani gippokamp(miyaning xotirani boshqaruvchi qismi) yordamida, o’sha xotira va uning hissiy ahamiyatini ongga muhrlashga majbur qiladi.
Bunday holatda sizda ikkita yo’l mavjud: Bu his-tuyg’uni bostirishingiz mumkin yo bo’lmasa, o’zingizga shu tuyg’uni his qilish imkonini berib, undan ozod bo’lishingiz mumkin.
Ko’pchilgimizga yoshlikdan his-tuyg’ular bilan qanday ishlashni hech kim o’rgatmagan. Shu sababdan, aksariyat insonlar hissiyotlarini ichida to’plab yuradi.
Bu esa vaqti kelib, o’tmishdagi tajribani takror-takror yodga olishga va asab tizimining haddan ziyod qo’zg’alishiga sabab bo’ladi.
Oqibatda, bu narsa asab tizimingizni doimiy ravishda “ur yoki yugur” stress reaksiyasi ta’sirida qoldiradi.

❤5👍4❤🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anamorfik illyuziya
Ushbu anamorfoz portret Istanbuldagi Rahmi M. Koch muzeyining asoschisi sharagiga yaratilgan bo’lib, undagi har bir detal shu kishining shaxsiyati, odatlari va qiziqishlarni ko’rsatib bergan.
Soat – vaqt qadri, globus va chamadonlar – sayohatga oshuftalik, kema maketlari va kema ruli – dengiz va dengizchilikka bo’lgan muhabbat timsoli. Asarda ishlatilgan yorug’lik, soyalar, rang va tasvirlar portretning tugal tasvir jozibasini yaratgan.
Ushbu asar chexiyalik haykaltarosh Patrik Prosko tomonidan 3 oy davomida yaratilgan bo’lib, uni tamomlashga 913 xil buyum kerak bo’lgan.

❤🔥4❤3😍2👍1
Kafkani o’qing! Kafkani uqib o’qing! Bir umr o’qing! Qayta-qayta o’qing!…Zero, u kabi ijodkorlar hamisha,
🖊️ Ulug’bek Hamdam
https://azizapulatova.medium.com/kafkaning-ko-nglida-qolgan-kechinmalar-dacec82dd61e
hamma vaqt inson va zamon yuziga ko’zgu tutib turadilarki, goh-gohida hayot quvonchlari-yu tashvishlaridan andak bosh ko’tarib, oynadagi aksimizga ko’z tashlab olsak, chakki bo’lmasdi…🖊️ Ulug’bek Hamdam
https://azizapulatova.medium.com/kafkaning-ko-nglida-qolgan-kechinmalar-dacec82dd61e
Medium
Kafka’ning ko’nglida ko’milmish kechinmalar
Kafka’ning ko’nglida ko’milmish kechinmalar Har bir yozuvchining asar va kitoblarini, uning hayotdan olgan kichik kuzatuvlari, sezgilardan orttirilgan shaxsiy tajribalari asosiga qurilgan bir …
❤7👍3❤🔥2
Zeygarnik effekti bilan kundalik hayotda ko’p qarshilashamiz. Biror qo’shiqning davomini eslay olmasak, uni kun bo’yi xirgoyi qilib yurishimiz, tugallanmagan ishlar qalashib qolsa, samarali ishlashga xalaqit bera boshlashi, chala qolgan sevgi hikoyasi varaqlarini qayta-qayta ochaverish – bularning bari Zeygarnik effektiga kundalik hayotdan olingan oddiy misollardir. (Zeigarnik, 1927).
https://azizapulatova.medium.com/zeygarnik-effekti-misolida-muhabbat-283a03e2f2f4

Zeygarnik effekti misolida muhabbat
Zeygarnik effekti misolida muhabbat Zeygarnik effekti rus psixologi Blyuma Zeygarnik nomidan olingan. Yakuniga yetmagan ishlar xotirada oxirigacha bajarilgan ishlarga qaraganda uzoqroq muddat …
❤🔥7👍6
🌹 Senga atirgul bog’ini va’da qilmaganman(“I never promised you a rose garden”) — 16 yoshli Deborah’ning ruhiy kasalliklar shifoxonasida boshidan kechirganlari haqida hikoya qiluvchi yarim avtobiografik asardir.
O’ta yosh bo’lishiga qaramay, ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqqan yozuvchi Joanna Greenberg o’z kechinmalarini ushbu romanda qalamga oladi.
https://azizapulatova.medium.com/senga-atirgul-bogini-va-da-qilmagandim-09192e0e99bd

Senga atirgul bog’ini va’da qilmagandim
Joanna Greenberg’ning shu nomli kitobiga taqriz
❤8🥰1
Teleologiya
Goldstein xonim ikki nabirasi bilan sayr qilgani ko’chaga chiqishadi. Yo’lda bir o’rtog’i bilan uchrashib qoladi. Dugonasi undan nabiralarining yoshini so’raydi. Goldstein xonim javobni cho’rt kesadi: “Shifokor 5 yoshda, advokat esa 7 ga kirgan.”
Nima deb o’ylaysiz? Inson hayotining qandaydir bir telos’i mavjud bo’ladimi?
Buni Aristoteldan so’rasangiz, u “ha” deb javob beradi. Uning fikricha, inson umrining telos’i baxtdir. Aristotel davridan 7 asr o’tib, Aziz Augustine hayotning telos’i Tangriga bo’lgan muhabbat deb tushuntiradi. Yigirmanchi asr ekzistensialisti Martin Heiddeger esa, telos’ni inson o’zining “haqiqiy men”ini topishi, eng muhimi esa, o’limni inkor qilmasdan yashash fikrini ilgari suradi. Baxtli hayotmi? U allaqachon urfdan qolib bo’lganku!
🖋️ Thomas Katheart & Daniel Klein’ninb Platon bir kuni qo’lida o’rdakburun bilan barga kirib keladi…(Falsafani mutoyiba yo’li bilan tushunish) kitobidan
Sizningchachi? Hayotdan maqsad nima? Insonning hayotidan maqsadi nima?

❤9❤🔥2👍2
Alice Miller’ning barcha kitoblari markazida bolalikda boshdan kechirilgan og’riqlarning inkor etilishi mavzusi asosiy o’rinni egallaydi.
Tana aslo yolg’on so’zlamas(The Body Never Lies) kitobining ilk bobi ko’plab daho insonlarning o'ta shaxsiy hayoti haqida: mashhur yozuvchi (Dostoyevskiy, Anton Chehov, Kafka), shoir (Arthur Rimbaud va Marcel Proust), faylasuf (Nietzsche)ning hayoti davomida ko’p kasallangani va barvaqt yoshda vafot etgani yoki o’z joniga qasd qilganini ota-onasi va oilasi tomonidan ko’rgan jabr, zo’ravonlik oqibati ekanligi yoritilgan.
https://medium.com/@pulatovaaziza/tana-aslo-yolgon-so-zlamas-f5e26f58f119

TANA ASLO YOLG’ON SO’ZLAMAS
TANA ASLO YOLG’ON SO’ZLAMAS Psixoterapevt Alice Miller’ning shu nomli kitobi haqida Alice Miller haqida Alice Miller psixologiya va sotsiologiya sohasidagi tahsilni Basel universitetida olgan …
❤7👍4
Jahl ortida jarohat yashirin
☘️ Hissiy intellekting oshgani sayin, odamlarning gap-so’zlaridan ranjimay qo’yasan. Chunki, ular senga nega bunaqa munosabatda bo’layotganini, uning qanaqa insonligini bilib turasan. Hamma uni kap-katta odam deb o’ylasa, sen o’sha ulg’aygan odam tanasida hali hamon yaralangan bolakay yashayotganini tushunasan. Ana shunda har bir gapni shaxsiy olaverishga shoshilmaysan.
Odamlar o’z qayg’ulari, travmalari va qo’rquvlarini – o’zlarining ojiz tomonlarini boshqalarga ko’chirib o’tkazishlarini anglab yetasan. Yaralangan odam boshqalarni ham yaralaydi. Odamlar o’z ichki dunyosidan kelib chiqib, atrofdagi narsalarga baho beradi. Bunday vaziyatda, bir qadam ortga chekinib, qarshingdagi insonni o’z holiga qo’yasan. Bu bilan, uning siniqlari seni sindirishga yo’l qo’ymaysan 💔
Rob Dial

👍5💔4❤1
❤5👍3🎉1
Muvaffaqiyatli psixologik tahlillari bilan klassik adabiyot tarixida o’chmas iz qoldirgan Stefan Zweig’ning melonxoliyaga yo’g’rilgan hikoyalaridan biri bo’lmish “Amok” insoniyatning umidsizlik, adashish, xiyonat va qadrsizlik kabi hislar qa’riga qanday tortilishini ko’rsatuvchi, yetti inson hayotiga yakun yasagan yetti suiqasd sababini izohlab beruvchi ta’sirli asardir…
https://azizapulatova.medium.com/amok-chopqirlari-va-suitsid-031acb3fc17e

Amok chopqirlari va suitsid
Stefan Zweig’ning ‘Amok’ novellasiga taqriz
❤🔥4👍4🎉1
Diqqat! Bu kitobning ichida falsafasprey bor!
Falsafami? Falsafani tushunish uchun ancha aqilli bo’lish kerak. Bu notog’ri! Ushbu kitob falsafani sodda va tushunarli tilda, xilma-xil mavzularni hazil-mutoyibaga o'rab tushuntiradi.
https://azizapulatova.medium.com/platon-bir-kuni-qolida-o-rdakburun-bilan-barga-kirib-keladi-a3bacc504e80

Platon bir kuni qo’lida o’rdakburun bilan barga kirib keladi…
Thomas Katheart & Daniel Klein’ning Falsafani mutoyiba yo’li bilan tushunish kitobidan parchalar
❤5👍5🎉2
— O'zing "oddiy" bir pingvin bo'la turib, nega podadan ajralding?
— Shunchaki qalbim buyurganini qildim. Unga qanday ma’no-mazmun berishni o’zim hal qilmoqchiman.
Zamonaviy falsafiy qarash, optimistik nigilizm haqida: https://azizapulatova.medium.com/optimistik-nigilizm-eb964c797a5e
❤6
Stoiklar insonning baxtsizligi sababini avvalo uning zehniyatiga bog'lashadi. Bir qarashda, bu hozirgi Kognitiv-xulqiy psixoterapiyani eslatadi. Ana shu psixoterapiyaning ilk namoyandalari stoiklar bo‘lishgan edi.
https://azizapulatova.medium.com/yaxshi-hayot-yolchi-yulduzi-6acb9b254ada

Yaxshi hayot yo’lchi yulduzi
William B. Irvine’ning shu nomli kitobiga taqriz
❤8
#kitobtaqrizi
Bu kitobda keltirilgan hikoyalar real voqealarga asoslangan.
Muallif: Dr. Bruce perry
Kitob: It misoli o’stirilgan bola
https://azizapulatova.medium.com/it-misoli-ostirilgan-bola-0f772555c08f

Olov insonni isitishi yoki yondirib kulga aylantirishi mumkin. Suv chanqoqni bosishi yoki cho’kkan odamni bog’ib o’ldirishi mumkin, shamol yoqimli shabadani yo bo’lmasa, chang-to’zonni olib kelishi mumkin. Insonlar orasidagi munosabatlarni ham xuddi shu narsalarga qiyoslash mumkin.
Biz ham yaratishga, ham yo’q qilishga qodirmiz. Biz ham o’stirishga, ham tag tomiri bilan sug’urib tashlashga kuchimiz yetadi. Yaralar qoldirishimiz yoki aksincha, bir-birimizning yaralarimizga malham bo’lishimiz mumkin.

2❤🔥3❤2👍1