Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov – Telegram
Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
354 subscribers
168 photos
75 videos
22 files
201 links
— Backend boʻyicha maʼlumotlar ulashib boraman.

— “Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.” — Imom G'azzoliy.

Guruh: @pyuzgroup
Aloqa: @pyuz_bot
Download Telegram
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1🎉1
YouTubedagi short videolar va YouTube tavfsiya qiladigan bosh sahifadagi videolarni unhook.app bilan yopib qo'yganman. Sababi boshqa narsalarga chalg'imaslik uchun, o'zimga kerak paytda kiraman obunalarmni tekshiraman yoki qidirib kerakli videolarni ko'raman ortiqcha chalg'ishlarsiz.

Bugun negadur bu pluginni o'chirib qo'ygan ekanman YouTubega kirdim va 15 daqiqa YouTubega kirayotgan paytimdagi, maqsadimga ta'luqli bo'lmagan videolar ko'rdim.

Bugun ishonchim komil bo'ldi ancha foydali ekan tavfsiya qilaman.

unhook.app

@Py_uz
👍3
Bugun bir ingliz tili bo'yicha vebinarda zo'r reja tuzib qanday to'g'ri o'qish bo'yicha tushuntirib berdi. Xamma ma'lumotlar yaxshi berildi va vebinar oxirida kurs reklamasi ham bo'ldi, lekin izohlarda shuni tekin qilsangiz bo'lmaydimi degan fikrlar ham bo'ldi😀.

Ko'pincha bu kabi vebinarlarda bundan ko'proq bu kabi fikrlarni izohlarda ko'rardim, sezishimcha ancha kamaymoqda bu yaxshi.

O'zimiz va boshqalar vaqtini qadrlaylik vaqt bu eng qimmat resurs albatta.

@Py_uz
Forwarded from Xurshidbek Kurbanov
Case (2024):

O'tgan yili koreys do'stimning taklifi bilan Koreyaga borgan edim. U bilan futbolda tanishganmiz va ilm sohasida ham umumiy qiziqishlarimiz borligini bilganman. Manda Fintech sohasida mobil #Accessibility bo'yicha tajriba bor, unda esa Naver bilan bog'liq ishlarda #AutoHotKey bo'yicha tajribaga bor. Do'stim, "Xurshid, sizning Accessibility bo'yicha qilgan ishingizni eshitganimdan so'ng, Androidni ham bemalol AutoHotKey yordamida boshqara olyapman," degandi. U Computer Networking va BackEndda tajribaga ega bo'lib, o'z kompaniyasini ochib ishlab kelmoqda. Seulda kofe ichib, asosiy ishlarimizni hal qilgach, do'stimga #Network #Engineering bo'yicha kurs yozmoqchi ekanligimni aytdim. U menga kitob yozishni maslahat berdi, chunki u o'zi ham kitob chiqargan edi. 8 oy oldin qilgan yaxshi niyat bilan bugun ishimni tugatdim, ya'ni "Tarmoq va xavfsizlik asoslari" kitobimni yozib bo'ldim.

Kontent yozish man uchun sevimli hobbigacha aylangani bilan, manga sportchilar tili bilan aytganda #Trener kerak edi. Sportchilar qanchalik kuchli bo‘lmasin, ular Trener bilan ishlaydi. Sababi tajriba tufayli u o’zi ko‘ra olmagan kamchiliklarini trener ko‘radi. #Sirojiddin aka #Network #Security bo‘yicha PhD darajasini yoqlagan va nazariy jihatdan chuqur bilimga ega. Manda esa tajriba asosan amaliyotdan kelgan. Man o‘z ishimni tugatdim, shayba Sirojiddin akada. Yaqin kelajakda birgalikda o‘zbek dasturchilari uchun amaliy yondashuv bilan kitob chiqarish hozirgi orzuyimiz bo‘lib turibdi.
O‘zbek segmentida dasturlashga oid kitob yozgan insonlardan faqat Anvar akani bilaman. Suhbatdan so‘ng, #Anvar akadan ham yaxshi maslahatlar oldim va ularni Sirojiddin aka bilan ishlarimizni tugatgandan so‘ng qo‘llashni reja qildim.

Case (2025):

Hard tipdagi DB masalalarni ham bemalol ishlay oladigan #Database #Engineering kursini yozib qo'ygan edim. Bu kursni #Rustam akaga ko'rsatib, birgalikda kitob yozishni taklif qilganimda, akaga maqul bo'ldi. Rustam aka ham Koreyada PhD qilganlar va Rustam aka bilan biz #DB bo'yicha qilgan seminarlarida Mashhur aka tufayli tanishganmiz. Koreya universitetlari ham Rustam akani DB bo'yicha seminarlar o'tkazishga taklif qilardi. Men bu taklifni berganimda, Rustam aka Microsoft kompaniyasidan chiqib, Fintech sohasiga kirgan edi.

#Mashhur akaga katta rahmat aytaman. Manga kerakli insonlarning ko'pchiligini Mashhur aka sababli taniganman. Aka #hardware dan chiqib, #software da tajriba olganliklari sababli juda ko'p narsani biladi. Mashhur akani man shunchaki suhbat qilib o’tirsez ham nimadur o’rgansa bo’ladigan inson deb tarif beraman. Yana bir kontent g'oyam bor, lekin hali oxiriga yetmagani uchun Mashhur akaga chiqib borishga tayyor emasman. Yaqin kelajakda Mashhur aka bilan birgalikda unikal kontent yaratish niyatim bor.
😱1
Dasturlash o'ldi tan olish kerak...

Kecha Adham Zokirov kanalida Ustoz-Shogir kanalidagi ish e'lonlarini Prompt Engineering bilan tahlil qilib chiqqanini e'lon qildi. Bu ma'lumot Sardor Og'a kanalida ulashgandan keyin qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi. Va ulardan eng asosiysi Sardor Og'a o'zi ham alohida e'tibor qaratgan quyidagi fikr

Dasturlash o'ldi tan olish kerak, 3 karra ish kamaygan



Dasturlash rostdan ham "o'ldi"mi?


Yuqoridagi fikrda jon bor. Chunki jadval 2020-yildagi ish e'lonlari soni 900 dan 2023-yilga kelib 300 taga tushganini yaqqol ko'rsatib turibdi. Lekin umumiy holatni tahlil qilmay turib faqat bu sondan xulosa chiqarish xato bo'lishi mumkin.

2020-yil

Bu yerda eng muhim va esdan chiqayotgan jihat jadval aynan 2020-yildan boshlangani. Pandemiya nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda birdaniga kompaniyalarni onlayn rejimga o'tishga majbur qildi. Onlayn xizmatlarga ehtiyoj ortishi natijasida esa dasturchilarga bo'lgan talab ham osmonga sakradi (qolgan ishlar esa "o'ldi").

Tasvirni kattaroq olish uchun esa AQSHdagi yangi ish o'rinlari statistikasiga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Pandemiya dunyoga tarqalgan mart oyidan ish o'rinlari keskin kamayib, aprelda 6 yillik minimumga (4637 ta) tushgan. Ammo o'sha yil iyul oyidayoq o'zini ancha tiklab olgan (6439 ta) va bu aynan texnologik ishlar hisobiga amalga oshgan.


2021-yil

2021-yil boshida pandemiya cheklovlari kamayishni boshladi va AQSH hukumati "o'tirib qolgan" iqtisodni tiklash uchun kredit foizini minimum darajaga tushirib qo'ydi. Natijada kompaniyalar katta miqdorlarda kreditlar olib, o'z faoliyatini tiklashga kirishib ketdi. Ustoz-shogirdda ham 2021-yil pik bo'lganini ko'rish mumkin.

Ammo buning natijasida 2021-yil oxiri va 2022-yil boshlarida AQSHdagi inflyatsiya "osmonlarga" ko'tarilib ketdi.

2022-yil

Izdan chiqayotgan inflyatsiya (7-8%) ni jilovlash maqsadida 2021-yil oxiridan boshlab FED keskin tarzda kredit foizini ko'tarishni boshladi. Natijada kompaniyalar moliyalaviy holati cheklandi, bozor keskin qisqarishni boshladi va xarajatlarni kamaytirish ehtiyoji paydo bo'ldi.

Moliyaviy bosim sababli endi kompaniyalar yoppasiga dasturchilarni ishdan bo'shatishni boshladi (layofflar mavsumi). O'zi shundoq ham ishdan bo'shatib turganda esa yangi ish o'rni ochish ham sezilarli tarzda pasaydi.

2023-yil

Inflatsiya tezda pasayib qolmadi va 2023-yilda ham 5-6% atrofida qoldi. Layofflar ancha kamaygan bo'lsa ham, kompaniyalar yangi xarajatlar haqida juda ehtiyot bo'lib harakat qilishni boshladi.

Bundan tashqari 2023-yil boshida ommalashishni boshlagan Generative AI bozordagi noaniqlikni kuchaytirib yubordi. Umumiy shov-shuv ortidan AI bilan bog'liq kompaniyalar narxi uchib ketishiga qaramay, unga tezda moslasha olmaganlar biroz tahlikali vaziyatga tushib qoldi (Google va Apple ham shular qatori).

Natijada kompaniyalar xarajatlari judayam konsentratsiyalashib ketdi. Deyarli barcha mablag'lar AI uchun mos serverlar va qurilmalarga yo'naltirildi. Natijada dasturlash ish o'rinlari ham juda tor mavzuda bo'lib qoldi.

2024-yil

Bu yilga kelib AQShdagi inflatsiya stabil pasayishni boshladi va hozirda 3% atrofida. Ammo FED o'zi maqsad qilgan 2% ga yetmaguncha foiz stavkalarini baland ushlab turishda davom etyapti.

Bozordagi noaniqliklar ham ancha bosildi. Kompaniyalar ham, dasturchilar ham AI plyus-minus tomonlarini tushunib oldi va ikkisi ham "hali beri vahima qilish shart emas ekan" degan xulosaga keldi.

Tech ish o'rinlari ham 2024-yilda stabillashib, sekin o'sishni boshlayotganini ham ushbu jadvaldan ko'rish mumkin.


Xulosa

Dunyoning eng katta IT bozoridagi holat butun dunyo qatori O'zbekistonga ham, Ustoz-Shogirddagi e'lonlar soniga ham ta'sir qildi. Shu sababli ham

Dasturlash o'lmadi, u shunchaki o'ziga kelib oldi )


#software_engineering #financial_markets #economics

@Janob_Musayev
Forwarded from Dr. Algorithm
Janob Musayev | Engineering Life
Dasturlash o'ldi tan olish kerak... Kecha Adham Zokirov kanalida Ustoz-Shogir kanalidagi ish e'lonlarini Prompt Engineering bilan tahlil qilib chiqqanini e'lon qildi. Bu ma'lumot Sardor Og'a kanalida ulashgandan keyin qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi. Va…
Juda ham zoʻr tahlil boʻlibdi. @janob_musayev ga alohida rahmat!

Oʻtgan yili Londonda bir korxona bilan uchrashgan edim. Dasturchilarni tavsiya qilib kelgan edi. Toshkentda ham dasturchilari bor ekanini aytgan edi.

Bozorga qanday kirding, hozir 3-4 ta katta korxonalar bor-ku dedim.
- Biz ham x1.5 bilan kirdik (maoshni 1.5 marta koʻtarib jalb qildik), - dedi
- Nahotki x1.5 silaga koʻtarsa, - desam.
- Koʻtarmaydi. Lekin odam yigʻish kerak-ku. Loyiha topamiz, mana oldingizga keldik-ku, - dedi.

Demak 2022 larda Oʻzbekistonda narxlar sunʼiy koʻtarildi.

Oradan biroz vaqt oʻtib, Toshkentda outsource ga ishlaydigan tanishlarim yozdi. ʼChet el IT kompaniyasiʼ (otini etmiman) oʻzbek dasturchilarga ish bermay qoʻydi. 4 oydan beri loyiha yoʻq deb.

Hullas, 2 yilda bozor qanday sunʼiy koʻtarilgan boʻlsa, shunday tezlikda joyiga tushdi. Vaziyatdan unumli foydalangan ham boʻldi, ulgurmagan ham.

Asosiysi, bu oddiy statistika. Mutaxassis doim kerak. Unga doim ish bor. Mutaxassis boʻlishga harakat qilaylik, ilm olishga hech qachon kech emas va toʻxtamaslik kerak. Qolgani oʻzi hal boʻladi.

@janob_musayev ga yana bir bor tashakkur.

@DrAlgorithm
Forwarded from UNICON SOFT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱“Keldim, ishladim, ketdim...”

Oʻqituvchi, frilanser dasturchi Muhammadjavohirbek Sur'atov bilan
#texnosuhbat

✔️Premyera ertaga soat 11:00da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

📱Videoni to'liq tomosha qilish👉 https://youtu.be/3XUpHC0TsS4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Hamma tog'da(mi?).

Bu galgi meetup ishtirokchilarining cho'g'i kam...

Yaxshi mavzular va tajribali spikerlar tanlangan. Katta muzdek "konsert" zalini band qilib meetup qilinayotgan bo'lsa...
Bepul bo'lsa...

Yana bizda o'zbechka kontent yo'q, komunitylar yo'q, rivojlanmagan deb nolib ham qo'yamiz.

Tog'da tog' bormi?!

Mobilechilarga qoyil qolmadim, hamma yoqtirmaydigan PHP bo'yicha meetupda ham bundan 10-12 barobar ko'p odam kelgandi.

Networking haqida yozmochi edim, foydasi yo'q deb yozmay qo'ya qoldim keraksiz narsa u deb.
😢1
Forwarded from Dr. Algorithm
PHP bormi?

Kitob doʻkonidaman. Java bor. Python bollari bilan turishibdi. PHP qani?

Koʻzim Pythonga tushganida darrov UzGeeks tashkil etayotgan Avgust oyidagi MeetUp esga tushdi.

Kelish esdan chiqmasin.


PHP hali tirik. 4:7 coordinatada turibdi.

Til muhim emas. Kalla butun boʻlsa boʻldi.

@DrAlgorithm
👍3
Forwarded from Sariq Dev
Angliyaga kelib, Saidolim akani koʻrmasdan ketsa boʻladimi. Saidolim aka Londonda joylashgan Moneff kompaniyasida CTO, Oʻzbekistondagi juda koʻp senior dasturchilarning ustozi.

Yoshlar bilmasligi mumkin, lekin Saidolim aka UzGeeks hamjamiyati va @UstozShogird kanali kabi loyihalari bilan Oʻzbekistonda AyTi sohasi rivojiga beminnat hissa qoʻshib kelayotgan insonlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oʻzlarining @DrAlgorithm kanallarida ham foydali maslahatlar berib boradilar.

Xullas, har tomonlama hurmatga va oʻrnak olishga sazovor inson.
👍1
#problem
Linux da bazida kuzatiladian muamo:

error: command '/usr/bin/x86_64-linux-gnu-gcc' failed with exit code 1
[end of output]

note: This error originates from a subprocess, and is likely not a problem with pip.
ERROR: Failed building wheel for psycopg2
Running setup.py clean for psycopg2
Failed to build psycopg2

Yechim:
sudo apt-get install libpq-dev
sudo apt install python3-dev
sudo apt install libcairo2-dev pkg-config python3-dev


@Py_uz
👍1🔥1
Forwarded from Dr. Algorithm
CrowdStrike muammosi va Blue Screen of Deathni Windows va MacOS da tuzatish bo`yicha ko`rsatma.

Windows uchun:
1. Safe mode da ishga tushiring.
2. Fayl tizimida quyigadi papkaga boring: C:\Windows\System32\drivers\Crowdstrike directory
3. Barcha `C-00000291` bilan boshlangan file larni o`chirib tashlang: C-00000291*.sys
4. Restart bersangiz ishlab ketishi kerak.

MacOS uchun:
1. Kompyuterni qopqogini ko`taring va ishga tushiring
2. Ishlavuring, behavotir. Sizga aloqasi hozircha yo`q. 😂💯💻


Ko`pchilik uchun kunguli tuyulgan narsa, AT mutaxassislari uchun juda katta dars, biznes egalari uchun esa katta yo`qotish bo`ldi. Ma'lumotlarga qaraganda 8,500,000 ta kompyuterga ziyon yetgan.

Muxandis admin (Kompyutershik)lar necha minglab qurilmalarni qo`lda tuzatishlari kerak bo`lmoqda. Faqat 19 Iyul emas, hozirda ham tuzatayotganlar bor.

Rasmda:
* 120 ta noutbuklar tahlanganini ko`rishingiz mumkin. Bu 2,000 tadan 120 tasi holos. Barcha kompyuterlarni bir yigit ishxonasida tuzatib o`tiribdi.
* bechora admin
* bechora muxandislar

* Assembler tilida muammoning nimada ekani ko`rsatilgan.
“mov r9d, [r8].” - bu yerda r9d dagi qiymat [r8] da joylashgan manzildagi o`zgaruvchiga saqlanishi kerak. Muammo, r8 da o`zgaruvchi manzili mavjud emas. Yo`q joyga ma'lumotni saqlamoqchi bo`lgan, va ....

Uyqusiz tunlarimda....

Ishingizdan nolimang,
IT oson deb hursand bo`lmang.

Kuningiz hayrli bo`lsin!

@DrAlgorithm #BSOD
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 42⚡️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️42Code va 42Cloud

42.uz da o'rgangan bilimlaringizni amaliyotda qo'llash uchun jamoamiz bilan ushbu ikki mahsulotni ishlab chiqdik.

Foydalanish uchun havola:
- 42Code: 42.uz/course/express-algoritm
- 42Cloud: 42.uz/course/express-backend

@qirikki dan qaysi kurslarni kutyapsiz, izohlarda qoldiring👇
🔥1🎉1
2014-yil Dadam va Ayam kompyuter sovg'a qilishgan, bu rasmdagi usha kompyuterim sichqonchasi. 10 yil bo'libdi lekin haligacha ishlataman yaxshi ishlaydi.

Hozir u kompyuterim yaxshi ishlamaydi bir qaraganimda ustoz Qudrat akani darslari, PHP da qilgan mayda ishlarim va HTML saytlarim bor edi. Qiziqishga kechalari uxlamasdan nimalardur qilib ko'rardim internetda malumotlar juda kam edi faqat ucoz.ru va lark.ru dan qanday qilib sayt ochish va odnoklassniki.ru saytidan hisob ochish kabi ma'lumotlar edi 😄. Yana 2G internet :).

Ota onamni menga qilgan eng yaxshi investitsiyasi shu kompyuter bo'lgan.

@Py_uz
👍4🔥3
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Siz shu rasmda ko‘rib turgan lava lampalar internetning katta qismini xavfsiz qilishga juda katta yordam beradi.

Internetdan foydalanganingizda ma’lumot browseringizdan bir serverga, u serverdan boshqa serverga, boshqa serverdan esa yana bir boshqa serverga jo‘natilishi mumkin. Shu ma’lumot jo‘natilayotgan vaqtda yomon maqsadli odamlar ma’lumotni ushlab olib, uni o‘qiy olishi mumkin. 

Buni oldini olish maqsadida ma’lumot shifrlanadi. Ya’ni masalan “Mening adresim Qo‘shtepa ko‘chasi, 35-chi uy” deyishning o‘rniga uni shifrlab “TWVuaW5nIGFkcmVzaW0gVzaSwgMzVjaGkgdXk=” shaklida yuborish kerak bo‘ladi.

Bunday shifrlash uchun esa randomlik ya’ni tasodifiylik xususiyati juda muhim. Bo‘lmasi bu shifringizni bemalol asil holatiga qaytarib olish mumkin bo‘ladi.

Mana shu yerda bir katta muammo bor. Kompyuterlar 100% random ma’lumot yarata olmaydi. Kompyuterlarning dizayni o‘zi shunaqa, ular mantiqqa asoslangan. Ularning tagida if/else lar yotadi. Ularga bir xil input bersangiz u sizga har doim bir xil natija beradi. Shuning uchun ham kompyuterlar 100% random bo‘lgan ma’lumot bera olmaydi. Bu esa shifrlash uchun yaxshi xabar emas.

Shuning uchun ham xavfsizlik muhim bo‘lgan loyihalarda randomlikni kompyuterdan emas, tashqi manbadan olish kerak bo‘ladi.

Cloudflare bunga yaqqol misol. Dunyodagi millionlab loyihalar Cloudflareni ishlatadi. Ular uchun xavfsizlik suv va havodek muhim. Aynan mana shu kompaniya rasmdagi lava lampalarni randomlik manbasi sifatida ishlatadi.

Sababi oddiy. Ushbu lampalardagi “lava” hech qachon ikki marta bir xil shaklga ega bo‘lmas ekan va natijada shu lava lampalarni kuzatish tasodifiy ma’lumotlar uchun ajoyib manba hisoblanar ekan.

Cloudflare kompaniyasi shu lampalarni kuzatish uchun rasmdagi xonaga kameralar o‘rnatib qo‘ygan. U kameralar ora-orada lampalarni rasmga olib serverlarga yuboradi va u serverlar rasmni random string ga aylantirib ushbu stringni keyin shifrlashda ishlatadi.

Natijada hackerlar Cloudflare tomonidan shifrlangan ma’lumotlarni o‘qiy olmaydi. Beautiful.

@jakhonrakhmonov