Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov – Telegram
Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
355 subscribers
168 photos
75 videos
22 files
201 links
— Backend boʻyicha maʼlumotlar ulashib boraman.

— “Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.” — Imom G'azzoliy.

Guruh: @pyuzgroup
Aloqa: @pyuz_bot
Download Telegram
Forwarded from IT Made🤖
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, O'zbekiston nomidan finalda qatnashmoqda.

2024-yil 5-8 sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan final bosqichida "Baykar technology" kompaniyasi Texnologiyalar bo'yicha bosh direktori Selçuk Bayraktar ham qatnashmoqda.
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#UZINFOCOM plays a crucial role in achieving our ambitious target of being in TOP-30 in the e-Government ranking by 2030, so join our team to be a part of Uzbekistan’s exciting digital transformation to make people’s lives easier!

Apply online: https://uzinfocom.uz/en/company/career or contact: https://www.linkedin.com/in/shakhzoda-nosirova/

Also if you would like to partner with UZINFOCOM to export our #GovTech solutions, which helped us improve +18 positions in the latest ranking, please contact: https://www.linkedin.com/in/timur-miyassarov-35924989/

Follow in LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/sherzod-shermatov/

#Digital_transformation #Dreamjob #e_Gov_ranking
Forwarded from Digital.uz
✒️O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi

🇺🇿 O'zbekiston terma jamoasi Misrda o'tkazilgan informatika bo'yicha 36-xalqaro olimpiadada qatnashdi. Jamoa a'zolari 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan olimpiadada sovrinli o‘rinni egallashdi.

🥉 Olimpiadada terma jamoamiz vakili Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Asilbek Sunnatov esa "Honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

✅️ Terma jamoalarni tayyorlashda TATU universiteti Sport dasturlash yo'nalishida ko'zga ko'ringan murabbiylar va talabalar ham jalb etilgan. Xususan, TATU doktoranti Sunatullo Hojiyev, TATU talabasi Miroqilov Davlatbek va boshqalar shular jumlasidandir.

Eslatib o’tamiz, IOI olimpiadasi 2026-yil ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. Unda 100 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Bugungi kunda ushbu olimpiadani yuqori darajada o'tkazish uchun tayorgarlik ishlari olib borilmoqda.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ustoz-Shogird
Dasturchilar kuni bilan tabriklaymiz!

🎉💻 Bu kun – fikrlarni kodga aylantirib, o'z mahorati va tirishqoqligi bilan kelajakni yaratadigan barcha dasturchilarni tabriklash uchun ajoyib sabab. Har bir loyihangiz sizga quvonch va mamnuniyat keltirsin, har bir xato oson va tez tuzatilishiga tilakdoshmiz. Texnologiyalar rivojiga qo'shgan hissangiz va mukammallikka bo'lgan tinimsiz intilishingiz uchun rahmat!

Sizga cheksiz ilhom, muvaffaqiyatli loyihalar va mustahkam sog'liq tilaymiz! 🚀

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉2👍1
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#ARM #ochilish_marosimi

🖥 TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

💻 Hozirgi kunda talabalar ilm olishlari uchun qulayliklarni kengaytirish borasida Toshkent axborot texnogiyalari universitetida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun, 20-sentyabr kuni Universitetda yangidan barpo etilgan, 1120 kv.m. maydonga ega zamonaviy Axborot-resurs markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida TATU rektori B.Maxkamov ishtirok etib, barchani samimiy qutladi.

🗒 Markaz barcha zamonaviy jihozlarga ega bo‘lib, 450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv xonalari, 170 o‘ringa moslashgan 4 ta kompyuter xonasidan iborat.

🤫 ARMda "Silent hall" (sukunat xonasi) mavjud bo‘lib, u yerda shovqinlarsiz dars qilish, fikrlarni jamlash, online uchrashuvlar o'tkazish mumkin.

🎮 Bundan tashqari, mazkur markazda davlat OTMlari ichida yagona bo'lgan, kibersportchi talabalar uchun "Cyber club" tashkil etilgan. Unda universitet kibersport jamoalari eng yuqori tezlikli internetdan, so‘nggi rusumdagi kompyuterlardan hamda xalqaro musoboqalarda malakaga ega mentorlar maslahatlaridan foydalangan xolda yirik musobaqalarga tayyorlanishlari mumkin.

👥 Ahamiyatlisi, bir vaqtning o‘zida 600 nafar talaba markaz qulayliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazi jami 47 000 nomda 350 000 nusxadagi ilmiy, o‘quv va xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan hamda darsliklar bilan boyitilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM