Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov – Telegram
Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
355 subscribers
168 photos
75 videos
22 files
201 links
— Backend boʻyicha maʼlumotlar ulashib boraman.

— “Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.” — Imom G'azzoliy.

Guruh: @pyuzgroup
Aloqa: @pyuz_bot
Download Telegram
#operators

Operatorlar — o'zgaruvchilar yoki qiymatlar ustida matematik, mantiqiy yoki boshqa turdagi amallarni bajarish uchun ishlatiladigan belgilar yoki kalit so'zlar.

https://farruxnet.uz/python/module-1/python_operators/

@Py_uz
👍2
#django

Djangoning manage.py skripti, loyiha ishlab chiqishda foydali bo'lgan buyruqlarni taklif qiladi. Bu buyruqlar bilan loyiha ustida ishlash ancha osonlashadi.

https://farruxnet.uz/blog/2025/01/04/django-managepy-buyruqlari-1-qism/

@Py_uz
👍1
#django

Djangoning manage.py skripti, loyiha ishlab chiqishda foydali bo'lgan buyruqlarni taklif qiladi. Bu buyruqlar bilan loyiha ustida ishlash ancha osonlashadi.

https://farruxnet.uz/blog/2025/02/21/django-managepy-buyruqlari-2-qism/

@Py_uz
👍2🔥1
#django

Djangoning manage.py skripti, loyiha ishlab chiqishda foydali bo'lgan buyruqlarni taklif qiladi. Bu buyruqlar bilan loyiha ustida ishlash ancha osonlashadi.

https://farruxnet.uz/blog/2025/02/22/django-managepy-buyruqlari-3-qism/

@Py_uz
👍5
Forwarded from Azim Pulat
YouTubeda stream!

Nimalar haqida gaplashamiz?
- '25 Yozgi reja
- 42FaangPrep
- 42 va Maytab
- Savol & Javob

1-iyun, soat 18:00da
Albatta youtube.com/@azim da
🔥4
#python

Barcha dastrurlash tillarida ma'lumotlarni to'plam ko'rinishda saqlash uchun ma'lumotlar turlari mavjud, misol uchun Java, C, JS kabi dastrulash tillarida massiv(array) ma'lumotlar turi mavjud. Bu tur o'zida bir qancha ma'lumotlarni bitta o'zgaruvchida saqlash imkonini beradi. Python da bu ma'lumot turi ro'yxat(list) deb nomlanadi.

https://farruxnet.uz/python/module-4/list/

@Py_uz
🔥1
#system #design

System design – bu ma'lum talablar va biznes ehtiyojlarini qondirish uchun dasturiy yoki texnik tizimning arxitekturasi, komponentlari, modullari va interfeyslarini loyihalash jarayoni.

https://farruxnet.uz/system-design/

@Py_uz
👍4
Forwarded from Otabek’s I/O
#announcement

cloud.42.uz bir vaqtni o'zida 500 ta odamga xizmat ko'rsata olardi. Nimaga ko'proq emas? Chunki cloud tekin emas, 500 ta odamni har biriga VM (virtual machine) bering. Va har bir VM narxi $5 xisoblaganizda ham jami $2500 har oy pul to'lashingizga to'g'ri keladi.

Biz jonajon talabalarimiz uchun, jamoamiz bilan yangicha yechim ishlab chiqdik. Endi u 500 ta emas, 5 million odamga ham xizmat ko'rsata oladi.

Bu yechim, bizga qanday qiymat olib keladi? Sizga biz yanada ko'proq Cloud, AI, Security, DevOps, Backend, Frontend va boshqa bilmlarni amaliy yetkazishimizdagi to'siqlarni olib tashlaydi.

Sinab ko'ring
👍3
#http #status

HTTP status kodlarida 301 va 302 farqi.

301 (Moved Permanently) yo'naltirilayotgan manzil doimiy boshqa manzilga yo'nalganini anglatadi. U doimiy ravishda boshqa manzilga yo'naltirilganligi sababli, brauzer uni keshlaydi va bu manzil uchun keyingi so'rovlar to'g'ridan-to'g'ri yo'nalgan manzilga yuboriladi.

302 (Temporary Redirect) vaqtinchalik yo'naltirishni anglatadi. Ya'ni har brauzer uni keshlamaydi va bu manzil uchun keyingi so'rovlar to'g'ridan-to'g'ri yo'nalgan manzilga yuborilmaydi.

Ikkalasini ham o'z ijobiy va salbiy tomonlari bor, agar server yukini kamaytirish kerak bo'lsa 301 dan foydalanish tog'ri bo'ladi. Agar keshlash muhim bo'lmasa yoki manzilda o'zgarish bo'lish extimoli bo'lsa 302 ni tanlash to'g'ri bo'ladi.

@Py_uz
👍2🔥2👏1
Forwarded from UzGeeks Community
📌 UzGeeks November2025

29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeksning navbatdagi tadbiri UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.

⚜️Meetupʼda quyidagi mavzular bo'yicha chiqishlar bo'ladi:
1️⃣ Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2️⃣ IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3️⃣ Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.


❗️Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida ro'yxatdan o'tish kerak.

🗓 29 Noyabr, Shanba
🕰 14:00 da
📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Hamkorlar:
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️ Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi;
➡️ Thinkland.

Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
👍1
Forwarded from Dr. Algorithm
Tadbir zoʻr oʻtdi

UzGeeks MeetUp Nov2025 tadbiri juda zoʻr ruhda oʻtdi.


Mavzular biroz oʻgʻir kelsa kerak, - deb oʻylagan edim. Ammo juda koʻpchilik savol berdi. Demak mavzuni tushunishgan va balki qiziq boʻldi.

Tadbir vaqtida 2 vazir kirib kelishgani ajoyib hayajon olib keldi. Yoshlarimizni Sunʼiy Intellekt davrida qilgan loyihalari uchun taqdirlashdi. Davomli boʻlsin.

UzGeeks rasmiy kanalida tadbirdan lavhalar berib borildi. Online qizish bildirganlar bilan suhbat uyushtirildi. Stream qilib, online uzata olmadik. Nasib qilsa videosini chiqarib berishsa kerak.

Taqdimot fayllarini soʻraganlar bor. Shu yerga tashlab qoʻyaman.


1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari

https://docs.google.com/presentation/d/1DFtKPGXN2wv3FHaS1iHJmVk04j-2O_wkKwHVEAVasQE


2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish

https://docs.google.com/presentation/d/1ZrWpC3MV-OPqr9FglcqboLUQLYwAEkNI2lcj1VQfEdo


3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.

https://docs.google.com/presentation/d/14LbYi2WtZlUKG8Bg4jtU6sSWUa3ROO59nQsT7BF8vJs


Agar biror savol yoki taklif boʻlsa, shu kanalim tagidagi shaxsiy xabar orqali murojaat qilsangiz boʻladi.

Dam olish kuni maroqli oʻtsin.

30.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍2
Forwarded from Otabek’s I/O
Oddiy dasturchi emas, o’z ishini maromiga yetkazib, oshig’i bilan qiladigan inson sifatida shakllaning. Mavzularni “ish topish” uchun emas, sohaga yangilik qilish va katta muammolarni tushunish, ularni yecha olish uchun o’rganing.

Faqat gap yoki taklif emas, sizga darslik ham bermoqchiman. HTTP ni ishlatib serverlar qurasizu lekin, uni ostidagi jarayonni tushunmasligingiz mumkin. Ammo bugundan bular o’zgarishini va bunga o’z xissam qo’shilishini istayman.

Hech bir qurgan loyiham cho’natgim uchun qilinmagan. Bo’lmasa bu blogni ham tekinga o’qimasdingiz, men otabek.io ni palon pulga sotib olmasdim. Tajribalar oddiydir lekin bular men uchun bir qiyinchilik ortidagi hikoyalar. (Siz shunday emassiz lekin shunday fikrlaydiganlar yetarlicha ekan)

HTTPni 0dan quramiz - Go dasturlash tilida
HTTPni 0dan quramiz - Python dasturlash tilida

Faqat Java/Node.js yo’q ekan demang. O’rganing va qiling, omad : )

Bu bilmni ulashing, zora ko’plab dasturchilarga qiziqish uyg’otishda foydamiz tegsa
🔥4