Qudrat – Telegram
Qudrat
188 subscribers
136 photos
74 videos
12 files
209 links
Oʻrganish - o'zgarish demakdir. Agar o'zgarmagan bo'lsak demak, o'rganmabmiz.

Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/qudrat

Tarmoqlar:

https://youtube.com/@UstozQudrat

https://instagram.com/UstozQudrat

Murojaat: @Qudratjon_Bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taleb Nassim: Zamonaviylikning la'nati shundaki - biz tushunishdan koʻra tushuntirishga, bajarishdan koʻra gapirishga moyil boʻlib qoldik.

@Qudrat
8💯2🫡1
25 yoshga kirib, hayotda unchalik katta yutuqlarga erishmagan odam sifatida shuni qat’iy ayta olaman: biror narsani chuqur o‘rganib, tayinli ish bilan shug‘ullanish kerak. Bugun atrofga qarasangiz, juda ko‘pchilik “nimadir qilib yuribdi”, lekin nima qilayotgani noma’lum. Kimgadir o‘xshashga harakat, trendga moslashish, “men ham bormanda” deyish - aslida yo‘qotilgan yo‘lning belgisi.

Nassim Taleb aytgan gap bor: “Agar biror ovqatni dadangning onasi - ya’ni buving - ovqat deb hisoblamasa, uni yema.” Bu oʻzimizcha metafora qilib tushunadigan bo‘lsak, shuni aytish mumkinki: agar qilayotgan kasbingni bobong tushunmasa, nabirangga bir so‘z bilan tushuntira olmasang - u haqiqiy kasb emas. U vaqtinchalik trend, o‘ziga o‘xshagan millionlab g‘oyib bo‘ladigan mashg‘ulotlardan biri, xolos.

Kasb - bu oddiygina: “Men muhandisman”, “Men shifokorman”, “Men quruvchiman”, “Men sartaroshman”deb ayta olish. Bu oddiylik orqasida yillar, mehnat, qat’iyat, mas’uliyat yotadi. Bugungi trendlar esa bizni bunday yo‘lga boshlamayapti. Blogerlik, frilans, kontent yaratuvchilik, “influencer”lik… bu sohalarning ham o‘z yulduzlari bor, lekin ko‘pchilik bu yo‘nalishga o‘z yo‘lini topa olmay kirib ketyapti - sababi: u yerda “oson” ko‘rinadi.

Ammo jamiyat uchun muhim bo‘lgan kasblar har doim qiyin bo‘lgan. Muhandislik, tibbiyot, ta’lim, texnologiya, tadqiqot - bu yo‘llar sabr, tizim va intizom talab qiladi. Aynan shular xalqni, davlatni va kelajakni tiklaydi. Aynan shular bir so‘z bilan ifodalanadi. Aynan shular trend emas, lekin abadiy qadrlidir.

Miyamiz har doim yengil yo‘lni tanlaydi. Bu biologik haqiqat. Shuning uchun ham oson narsalar trendga chiqadi. Lekin hayotingning yo‘lini trendlar belgilamasligi kerak. Chunki trendlar o‘zgaradi, lekin kasb - bu hayot tarzingga aylanadi.

Agar bugun sen o‘z kasbingni bir so‘z bilan ayta olmasang - to‘xtagin. Yana bir bor o‘ylagin. Ertaga bu kasb seni xalq ko‘zida ustoz qiladimi? Yoki trendlar o‘zgarganda yo‘q bo‘lib ketasanmi?

Chuqur kasb tanlagan odam bugun qiynaladi, lekin ertaga suyanadigan tayanchi bo‘ladi. Oson mashg‘ulot tanlagan esa bugun ko‘rinadi, ertaga yo‘q bo‘ladi.

Yaxshi hayot - bu nimadir qilib yurish emas. Bu tayinli bir ishni mukammal qilishdir.

(Biznesmenman deyish ham normal boʻlishi mumkin, lekin, ta'limda emas. InshaAlloh bu yoʻldan tezda chiqaman imkonini qilib)

@Qudrat
7💯4🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yomonlikni eng birinchi eng yaqin odamlarimizga qilayotganimiz haqida kelib qolgan fikrlar.

@Qudrat
93💯1
Qiziqish

Agar yoqmay qolsa,
Ters bo‘lsa dunyo,
Sugʻirib o‘tirmas biror tishingni.
Tayyor ishtahangni bo‘g‘ib mutlaqo,
Yo‘qotar taomga qiziqishingni.

Tag‘in sen ko‘ziga ko‘rinsang yomon,
Tortib olmasa ham amal, ishingni.
Bormaydigan qilar idorang tomon,
O‘chirar hafsalang, qiziqishingni.

Maydalashib yurmas dunyo yuz bursa,
To‘kin ham qilgaydir yozing-qishingni.
Va lekin loqaydsan gullar qulf ursa,
Soʻndirar borliqqa qiziqishingni.

Bir kuni zerikar o‘zi kajraftor,
Unutar kelajak va o‘tmishingni.
Unga o‘yin kerak, o‘yinchoq darkor,
Yana tiriltirar qiziqishingni.

© Abdulla Oripov
1441💯1
"Aql bovar qilmas darajadagi yolg‘onlarga ishongan jamiyat - haqiqatdan qo‘rqadi."

Haqiqat hech qachon shirin bo‘lmagan. U hech qachon o‘zini reklama qilmagan, trend bo‘lmagan, brend darajasida sotilmagan. Haqiqat bozor talabiga emas, vijdon talabiga javob bergan.

Bugun dunyo - algoritmlar boshqarayotgan, ko‘zga ko‘rinmas trendlar dunyosi. Kim balandroq baqirsa, o‘sha eshitiladi. Kim marketingni yaxshi o‘rgansa, shuni "donishmand" deb tan olishadi. Fikrlashning o‘zi endi kamlik qiladi. Fikr sotilishi kerak. Haqiqat esa - sotilmaydi. U kuydiradi. Ichingni kuydiradi. Shu sababli, ko‘pchilik uni rad etadi.

Ammo muammo bu emas. Eng dahshatlisi - haqiqatni eshitganda ham, odamlar uni ko‘rmaslikka urinadi. Chunki haqiqat - o‘zini oqlashga imkon bermaydi. U oynadek. Ko‘rsatadi. Haqiqatga qaragan odam - o‘zining zaifligini, yolg‘on ustiga qurilgan hayotini, manipulyatsiyalangan e’tiqodini ko‘rib qoladi.

Shuning uchun u tanilmaydi. U yakkalashadi.

Yolg‘on esa quchoq ochadi. Odamlarga aybdor emasligini, muammo ularda emasligini, jamiyat, davlat, ota-onalar, taqdir, shayton - barchasi aybdorligini isbotlaydi. Yolg‘on - taskin beradi. Haqiqat - uyg‘otadi. Yolg‘on - yupatadi. Haqiqat - ruhingni bezovta qilib, larzaga soladi.

Va eng achinarlisi: insonning psixologik ehtiyoji - haqiqat emas, ruhiy tinchlik. Shu bois odamlar “afsonalarni” haqiqat deb qabul qiladi. Qanday bo‘lmasin, o‘zini qutqaradigan, hozirgi holatini oqlaydigan, hozirgi xatolarini poklaydigan istalgan fikr - ular uchun “rost” bo‘laveradi.

Endi savol: haqiqatni kim aytadi? Va yana og‘irroq savol: haqiqatni kim eshitadi?

Kimdir aytgan edi: “Haqiqatni gapiradigan odamdan ko‘ra, uni eshitishga tayyor odam kamroq” deb.

Aytadiganlar kam, eshitadiganlar undan ham kam. Qabul qiladiganlar esa - yo‘q darajada. Shu bois haqiqat trend bo‘lmaydi. Chunki u pul keltirmaydi. Yolg‘on esa keltiradi. Har safar.

Ammo shunday bo‘lsa-da, haqiqat yashaydi. U jim turadi. Reklama qilmaydi. Faqat kutadi. Chunki u vaqt bilan do‘st. Kun kelib, bari ochiladi. Yolg‘on o‘zini yeydi. Haqiqat esa - yana o‘sadi. Yana chiqadi. Yana qutqaradi.

@Qudrat
331💯1
😁3🤔31💯1
Sunk Cost Fallacy - O‘tmishga sodiqlik niqobi ortidagi kelajakdan voz kechish

Inson o‘z qarorini noto‘g‘ri ekanini bilsa ham, unga juda ko‘p narsa sarflagani uchun uni davom ettirishga majbur bo‘ladi.

Bu - sunk cost fallacy.
O‘zbekchasi: “Shunchaki ortga qaytolmaslik” sindromi.

Buni biz har yerda ko‘ramiz:

- Tadbirkor ishlamayotgan loyihani yopolmaydi, chunki ko‘p pul sarflagan.
- Xodim yoqtirmagan ishi bilan 10 yilni o‘tkazadi, chunki diplomini olish uchun 4 yil o‘qigan. Yoki ishga kirish uchun, lavozimni egallash uchun turfa chig'iriqlardan o'tgan.
- Ota-ona bolani tushunish o‘rniga, “senga shuncha narsa berganman” deydi.
- Odamlar o‘tmishdagi tanlovlarini oqlash uchun baxtdan voz kechadi.

Putin - urushni to‘xtatsa, halok bo‘lganlar befoyda o‘lganini tan olishi kerak bo‘ladi

Ukrainadagi urush allaqachon Rossiyaga minglab o‘lim, iqtisodiy qulash va global yakkalanish olib keldi. Ammo Putin to‘xtamaydi. Nega? Chunki u “agar orqaga qaytsam, bu barcha qurbonliklar (qariyb 200 ming rus askari) befoyda bo‘ladi” deb o‘ylaydi. Yutqazilgan jangni tan olishdan ko‘ra, yana o‘n minglarni yuborish osonroq tuyuladi. Bu - sunk costning qonli shakli.

Netanyahu - zo‘ravonlikni davom ettirish orqali avvalgi qurbonliklarni oqlamoqchi
Isroil G‘azodagi harakatlari bilan bir necha o‘n minglab tinch fuqarolarni qirib yubordi.
Ammo hukumat to‘xtamayapti. Har bir bomba - o‘zidan oldingini oqlash uchun.
Har bir qurbon - avvalgilar befoyda o‘lmaganini isbotlash uchun. Bu ham sunk cost.

Hayotingizda-chi? Siz nimani faqat “shuncha vaqt, shuncha yurak, shuncha pul ketdi” deganingiz uchun davom ettiryapsiz?

- Sevmay qolgan insoningiz bilan hayotingizni o‘tkazyapsizmi?
- Yuragingiz qabul qilmaydigan ishga har kuni borayapsizmi?
- Tugashi kerak bo‘lgan loyihani “obro‘ ketadi” deb yopa olmayapsizmi?

Ketgan vaqt - ortga qaytmaydi.
Ammo qolgan vaqtni o'zimizniki qilishimiz mumkin. Xato yo'lning qayeridan qaytsangiz ham foydadasiz. Ortga qaytish qachon imkonsiz bo'ladi, qachonki siz Putin yoki Netanyahu bo'lsangiz.

@Qudrat
422💯2
Kapitalizm faqat iqtisodiy tizim emas. U hayot tarzi. Va bu hayot tarzi - yutqazuvchilar sonini har doim ko'paytiradigan o‘yin.

Gohida kapitalizm haqida o‘ylaganda, ko‘z oldimga bir qopga tosh ortayotgan odam keladi. U har kuni bir qop tosh ortadi, lekin halqa ichidagi kuchlar uning yelkasidan bu toshni olib, tepadagi bir necha kishining uyiga toshdan minoralar quradi. Ular har kuni u minoralardan pastga qarab: “Ko‘proq harakat qil!” deydi. U esa ishongan: harakat qilsa, minoraga chiqadi. Ammo minoraga zinapoya yo‘q. Faqat tepada tug‘ilganlar chiqadi.

Kapitalizmning eng o‘tkir yolg‘onlaridan biri shuki: har kim harakat qilsa, boyib ketadi. Lekin bu go‘yoki 100 kishilik o‘yinda 10 ta mukofot qo‘yilib, qolgan 90 nafarga: “Ko‘proq harakat qil!” deb qichqirishga o‘xshaydi. Bu tizim matematik jihatdan adolatsiz, lekin hissiy jihatdan umid uyg‘otadi. Va odamlar aynan shu umidni sotib olishadi. Har kuni.

Qadimda inson yer bilan tirik edi. U ekadi, sugʻoradi, hosil yigʻadi. Mehnati natijasini o‘zi ko‘rardi. Kapitalizm esa mehnatni o‘zlashtirib, foydani ajratadi. Yaratilgan qiymat bilan o‘sha qiymatdan kelgan foydaning egasi bir odam emas.

Masalan, bir tikuvchi bir oyda 1000 dona ko‘ylak tikadi. Har biri $30 dollardan sotiladi. Yaratilgan umumiy qiymat: $30,000. U esa oylik maosh sifatida atigi $500 oladi. 29,500 dollar qayerga ketdi? Kapitalga. Brendga. Egaga. Bu yerda tenglik yo‘q - “iqtisodiy zo‘ravonlik” bor.

Bu faqat korxonada emas. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ham shunday. Bir million odam vaqtini va e’tiborini berib, bir kontentni tomosha qiladi. Kimdir bu e’tiborni pulga aylantiradi. Bu million kishining energiyasi kimningdir reklama daromadiga aylanadi. Lekin hech kim ularga “vaqtingiz qiymatga ega edi” demaydi.

Shu sababli ham kapitalizmda eng katta daromad mehnat qilgan odamga emas, egalik qilgan odamga tegadi. U yer egasi bo‘lsa - ijaradan, u patent egasi bo‘lsa - royalitydan, u platforma egasi bo‘lsa - ma’lumotlaringizdan daromad oladi. Siz mehnat qilasiz - ular daromad qiladi. Bu insoniyat tarixidagi eng zo‘r ixtiro: “qonuniy parazitlik”.

Kapitalizm ko‘p hollarda o‘zini adolatli deb ko‘rsatadi. Ayniqsa, soliq tizimi "to‘g‘ri" bo‘lsa (bizda unday emas) . Ammo bu xavfli holat. Chunki bu adolatli ko‘ringan notenglikni legallashtiradi. U endi tanqid ostiga olinmaydi. "Axir ular soliqlarini to‘layapti-ku" degan illuziya, tizimning mohiyatini yashiradi. Hamma barobar soliq to‘laydi, lekin daromad manbai teng emas. Bu tengsizlik - tuzumda emas, imkoniyatda.

Tarix davomida ko‘plab insonlar “yangi adolatli tizim quraman” deb kapitalizmga qarshi chiqdi. Lekin ular o‘zlari kuchga ega bo‘lib qolganlarida - ayni o‘yin qoidalarini takrorladi. Chunki kuch - ifloslantiradi. Pul esa inson axloqini butunlay buzadi. Bu kimdir aytgani: “Mahluqlar bilan kurashsang, ehtiyot bo‘l - o‘zing ham mahluqqa aylanishing mumkin”.

Netflix'dagi "The Boys" - kuch va boylik egalari qanday insoniylikni yo‘qotishini ko‘rsatadi. "Parazit" - bir oilaning umidli, begunoh harakatlarining qanday qilib yangi parazitlikka aylanishini. "Kalmar o‘yini" - odamlarni hayotdan shunchalik umidsiz qildiki, ular o‘z jonini ham garovga qo‘yishga tayyor. Bular badiiy asarlar emas. Bular tizimning ichki faryodi. Davlatlar, elatlar, odamlar bu tizimga qarshi kurashayotganday ko‘rinadi, aslida esa - uni jonli saqlab turadigan elementga aylanib borishmoqda.

Ha, kapitalizm yaratadi. Biroq u avval ochlik yaratadi, keyin esa o‘zining mo‘jizasini: nonni. U o‘zi yondirgan o‘rmon o‘rniga daraxt ekib, o‘zini qutqaruvchi sifatida ko‘rsatadi. Va hammamiz bu “yangi daraxt” uchun minnatdor bo‘lamiz.

Haqiqiy muammo: biz uni boshqa yo‘l yo‘q deb qabul qilib bo‘ldik. Endi kapitalizmni tanqid qilish - orqaga qaytishdek tuyuladi.

Endi biz biror narsani oʻzgartira olmaymiz. Bu shunday katta kuchki biz (kichik zarralar) hech narsa qila olmaymiz.
Chunki biz qabul qilib boʻlganmiz.
O‘qish - investitsiya.
Salomatlik - sug‘urta.
Iste’dod - monetizatsiya.
Orzular - biznes-reja.

Bular endi oʻz ma'nosini yoʻqotgan. Birinchilari ikkinchisisiz yashamaydi va qabul qilinmaydi.

@Qudrat
8💯411🤯1
"Din – xalq uchun afyun". Marks bu gap bilan nima demoqchi bo’lgan?

Karl Marksning eng ko‘p tilga olinadigan jumlalaridan biri bu – “din xalq uchun afyundir” (aslida yun. abijum – mudra-tuvchi, uxlatuvchi) degan gapidir. Ko‘p odamlar bu iborani faqatgina dinni qoralash deb tushunishadi. Ularning fikricha, Marks dinni yomon va yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan narsa deb bilgan. Ammo, bu jumlaning asl ma’nosi bundan ko‘ra chuqurroq va murakkabroqdir. Buni anglash uchun Marksning insoniy azob-uqubat va dinning odamlar hayotidagi roliga qanday qaraganini tushunish lozim.

Marksning fikricha, dinning ikki tomoni bor. Bir tomondan, u haqiqiy azob-uqubatning belgisi. Qashshoqlik, zulm va adolatsizlikda yashayotgan odamlar o‘z dardini yengillashtirish uchun tabiiy ravishda dinga murojaat qiladilar. Din “ezilganing nidosi”ga aylanadi, ya’ni odamlar uchun shafqatsiz dunyoda qayg‘ularini to‘kib solish va ma’no topish vositasi bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, din odamlarga tasalli beradi. U umid, tasalli va hayot befoyda emas degan tuyg‘uni beradi. Shu sababli, Marks uni og‘riqni kamaytiradigan doriga, ya’ni afyunga o‘xshatadi. Dori singari, din ham odamlarning azobini yengillashtiradi va ularga yashashga yordam beradi.

Biroq, Marksning xavotiri shundan iborat bo’lganki, din kasallikning ildizini emas, faqat belgilarini davolaydi. Unga ko‘ra, din odamlarga “xayoliy baxt” beradi – ya’ni faqat tasavvurda mavjud bo‘lgan baxt. Masalan, kambag‘al ishchi o‘zining bu dunyodagi azoblari oxiratda mukofotlanishiga ishonishi mumkin. Bu e’tiqod unga ruhiy yengillik beradi, ammo aslida ishchining adolatsiz va og‘ir hayotini o‘zgartirmaydi. Demak, din odamlarni tom ma’noda xotirjam qiladi, lekin zulm va adolatsizlikka sabab bo‘layotgan tizimni o‘zgartirmaydi.

Marks buni kuchli bir o‘xshatish bilan tushuntiradi. U aytadiki, din – bu zanjir ustiga qo‘yilgan gullarga o‘xshaydi. Gullarning go‘zalligi zanjirni yumshoqroq va chiroyliroq ko‘rsatadi, ammo zanjir baribir o’sha yerda mavjudligicha qolaveradi. Marksning fikricha, odamlar xayoliy gullar bilan zanjirda yashash o‘rniga, gullarni chetga surib, zanjirni sindirib tashlashi va so‘ngra haqiqiy gullar – ya’ni haqiqiy erkinlik va baxtni yaratishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, Marks dinni butunlay yomon narsa deb bilmagan. U dinga odamiy dardlardan kelib chiqadigan va azob chekkanlarga tasalli beradigan hodisa sifatida qaragan. Shu bilan birga, Marks odamlarga faqat dinga suyanib qolmaslikni uqtirgan. Ularning fikricha, odamlar tasallidan tashqari, azob va adolatsizlikni tug‘dirayotgan jamiyatni o‘zgartirishlari kerak. Marks uchun haqiqiy baxt illyuziyalardan emas, balki adolatli va teng huquqli dunyodan keladi. Shunda, odamlar azoblarini yengillashtirish uchun afyunga muhtoj bo‘lmaydi.
🤔3💯21
Erix Fromm, Ozodlikdan qochish(1).pdf
1.8 MB
14-sentabr nasib qilsa Qudrat + dagilarni bir joyga yigʻmoqchiman va bu kitobni muhokama qilishni oʻylayapman.

Fromm nazdida inson qanday boʻlishi kerak va hozirgi jamiyatimizda u aytgan sirtmoqlarning analogi nimalar ekanligi haqida taqdimot ham tayyorlamoqchiman.

@Qudrat
6💯1
Qudrat + | 2-reklama post

Esingizda boʻlsa Qudrat + degan kanal ochgandim. U yerga imkon darajasida postlar yozib bordim. Shu kanalga yanada mehr bermoqchiman. Bu 2-chorlov boʻlgani uchun narxi biroz koʻtariladi. Oyiga 19 900 soʻm. Narx keyingi chorlovgacha amalda. 1-chorlovdan qoʻshilganlarniki oʻzgarmaydi.

A’zo bo‘lish uchun:
i
5614 6812 0309 5710
(Qudratbek Maxkamov)

Toʻlov qilib, "screen"ni
@Qudratjon_Bot ga yuboring
3💯2😁1
Farzandlar haqida

Bunda endi jujug‘ini bag‘riga bosgan ayol so‘zlandi:
- Bizga Farzandlar haqida so‘ylarmisan?

Va u javobga hozirlandi:

- Sizlarning farzandingiz – sizniki emasdir. Ular o‘zini-o‘zi kamol topdirish ila masrur Hayotning o‘g‘il va qizlaridir. Ular sizlar orqali tavallud bo‘lmishlar, ammo zinhor sizning qa’ringizdan emas. Va garchi ular sizga taalluqlidir, ammo zinhor siz ularga sohib emassiz.

Siz farzandlarga muhabbatingizni in’om etarsiz, ammo o‘y-xayollaringizni emas. Shuki, ularning o‘z o‘y-xayollari bordir. Siz ularning vujudlariga boshpana berarsiz, ammo zinhor ruhlariga emas, illo, ularning ruhi Ertaning qasrida istiqomatdadir va ayni qasrga xayollaringizda-da yo‘l topishsiz uchun dushvordir. Siz ularga o‘xshashga intilgaysiz, ammo zinhor ularni o‘zingizga o‘xshatmang. Illo, hayot faqat oldinga ildamlagay va Kechmishni kutmagay. Siz bir kamonsiz, o‘zingiz farzand atamish jonli paykonlarni ilgari yo‘llaguvchi.

Mangulik aro miltillagan nishonni mo‘ljal olgan Kamondor O‘z qudrati ila iplaringizni tortgay, toki Uning o‘qlari shitob ila olisliklar sarid ucha bilsin. Kamondor ilkida egilarsiz, buni shodon qabul aylang, illo, U nishon sari yo‘naltirilgan o‘qlarnigina emas, garchi o‘rnida qolsa-da, kamonini ham ardoqlagay.

"Al Mustafo" Jubron Halil Jubron
522
Egalik va Mavjudlik holatlari haqida

“Egalik” modusidagi odam - tashqi bog‘liqlik va qo‘rquv dunyosi


Frommga ko‘ra, odam hayotni "egalik qilish" asosida qurishni boshlasa, u darrov tashqi narsalarga qaram bo‘ladi: mulk, obro‘, boshqa odamning muhabbati yoki tasdig‘i.

Qaramlik: U boshqalar orqali o‘zini qadrlashni his qiladi. “Menda bu bor” yoki “u meniki” - bu uning mavjudlik mezoni.
Yo‘qotish qo‘rquvi: Agar narsalar, odamlar yoki mavqe undan ketib qolsa, o‘zi ham bo‘sh qoladi.
Manipulyatsiya va kuch ishlatish: U boshqalarni nazorat qilish, o‘ziga tegishli qilib olishga urinadi. Muhabbatni ham “menda” deb biladi, ya’ni odamni shaxs sifatida emas, "mulk" sifatida ko‘radi.

Shunday qilib, egalik modusida odam boshqa odamlar bilan haqiqiy aloqa emas, balki hukmronlik va qaramlik o‘rtasidagi sarsonlikni boshdan kechiradi.

“Mavjudlik” modusidagi odam - ichki erkinlik va chinakam munosabatlar

Bunga qarshi, *mavjudlik* asosida yashovchi odam o‘zining ekzistensial yolg‘izligini tan oladi. Ya’ni, u anglaydi: hech kim mening mavjudligimni mening o‘rnimgacha yashab bermaydi, hech kim mening o‘rnimgacha fikrlay olmaydi. Bu yolg‘izlik qo‘rqinch emas, balki erkinlikning boshlanishi.

Yolg‘izlikka sho‘ng‘ish: Odam o‘zining mustaqilligini qabul qiladi.
Chinakam dialog: Endi boshqa odam bilan munosabat - egallash emas, balki uchrashuv. U ikkinchining mavjudligini mustaqil qadriyat sifatida tan oladi.
Muhabbat va bag‘ishlanish: Muhabbat bu holda mulk emas, balki harakat, mavjudlikning o‘zini boshqaga ochishidir.

Shunday qilib, mavjudlik modusida odam boshqalar bilan chinakam insoniy birlikka erishadi, chunki u endi nazorat qilishni emas, borliqni baham ko‘rishni xohlaydi.

Yolg‘izlik - mavjudlik sharti

Frommning eng qiziq g‘oyasi shuki: mavjudlikdagi haqiqiy aloqalar uchun yolg‘izlik zarur.

Agar men ichki yolg‘izligimni qabul qilmasam, boshqaga yopishib, uni egallashga urinaman.
Agar men yolg‘izlikni anglasam, boshqani meniki emas, balki o‘zligini saqlagan mavjudot sifatida sevaman.

Demak, "yolg‘izlik" bu yerda ajralish emas, balki boshqa odamga chinakam ochilish imkoniyati.

Fromm tanqid qilayotgan zamon ruhi

Fromm bu tahlilni XX asr iste’molchilik jamiyati fonida qilgan. Uning nazarida, kapitalistik dunyoda odamlar ko‘proq “egalik” modusida yashashga majbur:

“Menda qancha pul bor?”
“Menda qanday unvon bor?”
“Bu odam meniki bo‘lishi kerak.”

Natijada insoniylik yo‘qoladi, muhabbat ham, do‘stlik ham bozorga o‘xshab qoladi. Fromm esa yechimni mavjudlik modusida yashashga qaytishda ko‘radi - bu esa yaratish, sevgini berish, boshqani tinglash, chinakam suhbatda bo‘lish orqali namoyon bo‘ladi.

Frommning bu fikridan chiqadigan eng katta savol: biz boshqalar bilan aloqada egallashni xohlayapmizmi yoki haqiqiy mavjudlikni?

Agar egalik modusida bo‘lsak, doimo qo‘rqamiz va boshqalarni nazorat qilishga urinib, oxir-oqibat yolg‘iz qolamiz.
Agar mavjudlik modusida bo‘lsak, yolg‘izlikdan qochmaymiz va aynan shu orqali boshqalar bilan samimiy, erkin, sevgi va hurmatga asoslangan munosabatlarni qura olamiz.
33🫡1
Ta’lim - bu bilim emas, intizom industriyasi. Bilim ommaviy va tekin, intizom esa kamyob va qimmat. Insonlar bilim emas, balki o‘zini boshqarish illyuziyasini sotib oladi. Bu illyuziya esa tobora mukammal, algoritmik, biologik va ijtimoiy shakllarda qadoqlanib, bozorlashib boraveradi.

👉🏻 To'liq postni o'qish

@Qudrat
11262🫡1
1-sentabrda @Qudrat Telegram kanaliga oxirgi marta post joylagan ekanman.
Shundan keyin uzoq vaqt yozmadim.

Buni faqat “vaqt topilmadi” yoki “mavzu yo‘q edi” deb tushuntirish oson, lekin rostini aytganda, sabablar ancha chuqurroq.

Mavzular yo‘q emas - aksincha, haddan tashqari ko‘p. Muammolar ham, savollar ham yetarli. Lekin qanchalik ko‘p o‘ylab ko‘rsam, shunchalik bitta narsa ayon bo‘la boshladi: deyarli har bir muammo tizimli, har bir savolning esa o‘nlab, yuzlab sababchilari bor. Va aynan qaysisidan boshlashni bilmaslik odamni harakatsiz qilib qo‘yadi.

Yana bir sabab bor - balki eng og‘iri ham shu.
Ba’zida o‘zimni yozishga haqli emasdek his qildim. “Bu mavzu yozishga arziydimi?”, “Buni mendan ko‘ra yaxshiroq tushuntiradiganlar bor-ku”, degan fikrlar kelardi.

Hatto ba’zan bu fikr oxir-oqibat shunga olib bordiki, umuman hech narsa yozishga arzimaydi, degan xulosaga kelib qolardim. Shu holatning o‘zi ham yozishni to‘xtatib qo‘ydi.

Keyin o‘qishga harakat qildim. Chuqurroq, sekinroq, o‘ylatadigan matnlar izladim.
Ammo o‘zbek tilida bunday materiallar juda kam ekanini yana bir bor sezdim. Borlari ko‘pincha cho‘zilgan, lekin yengil, ko‘p gapli, ammo mazmunsiz bo‘lib chiqdi.

Telegramda ko‘p aylanib yurganingizda, bir payt kelib shunday tuyg‘u paydo bo‘ladi: go‘yo bu yerda o‘ylashga majbur qiladigan narsa qolmagandek. Balki muammo platformada emasdir, balki mening atrofimdagi muhit shunaqadir.

“Muhit hamma narsani hal qiladi”, deyishadi.
Lekin o‘ylab qarasam, hayotimda o‘zim xohlagandek muhitda yashagan davrimni aniq eslay olmadim. Balki bu ko‘pchiligimizga tanish holatdir.

Aslida esa savollar juda ko‘p.
Hayotning ma’nosi.
Falsafa.
Psixologiya.
Simulyatsiya g‘oyasi.
Koinot.
Energiya.
Sotsializm va kapitalizm.
Inson va tizim o‘rtasidagi munosabat.

Men hamma odam shu savollar bilan yashashi kerak demoqchi emasman. Odamlar dam olishni ham turlicha qiladi: kimdir Instagram ko‘radi, kimdir serial tomosha qiladi, kimdir esa o‘ziga savollar beradi. Aslida bularning bir-biridan mutlaq ustun tomoni ham yo‘q.

Lekin bitta muhim farq bor:
odamning o‘ziga beradigan savollari darajasi.
Savollarni sekin-asta chuqurlashtirib boradigan, tez hazm bo‘lmaydigan, o‘qigandan keyin ham odamni qo‘yib yubormaydigan matnlar juda kam. Aynan shu joyda, menimcha, katta bo‘shliq mavjud.

Qudrat + kanalini ochishimning sababi ham aynan shu bo‘shliq bilan bog‘liq. Kimnidir ishontirish yoki o‘zgartirish uchun emas. Balki shu bo‘shliqni ozgina bo‘lsa ham to‘ldirish uchun.

Hozir u yerda tarjimalar ham mavjud. Taxminan 20 ga yaqin top maqolalar, matnlar va kichik kitoblar tarjima qilib qo‘yilgan. Hozircha 3 tasi kanalga joylandi:
- David Foster Wallace - Bu suv
- Eric Jorgenson - The Almanack of Naval Ravikant
- Paul Graham - Buyuk ishlar qanday qilinadi

Bular allaqachon Qudrat + da mavjud.

Agar siz kattaroq, jiddiyroq, tez o‘qilib ketmaydigan matnlarni o‘qishni istasangiz, oyiga 29 900 so‘m evaziga kanalga qo‘shilishingiz mumkin. Oldindan yoqib qolishiga kafolat berilmaydi.

Chunki bu tez iste’mol qilinadigan kontent emas - ko‘proq ko‘p chaynalgandan keyin mazasi chiqadigan ovqatga o‘xshaydi.

Bu joy hamma uchun emas.
Lekin agar vaqti-vaqti bilan sizda ham “boshqacharoq o‘ylab ko‘rsamchi” degan savol paydo bo‘lsa, ehtimol bu joy aynan siz uchun.

Qoʻshilish uchun toʻlov qilasiz:

5614 6846 0737 9698
[Qudratbek Mahkamov]

Chekini yuborasiz 👉 @Qudratjohn
2411🫡1
Qudrat
Ta’lim - bu bilim emas, intizom industriyasi. Bilim ommaviy va tekin, intizom esa kamyob va qimmat. Insonlar bilim emas, balki o‘zini boshqarish illyuziyasini sotib oladi. Bu illyuziya esa tobora mukammal, algoritmik, biologik va ijtimoiy shakllarda qadoqlanib…
🌍 Dunyodagi eng yaxshi universitet

Dunyodagi eng yaxshi universitet -
Harvard emas.
MIT emas.
Oxford ham emas.
Uning kampusi yo‘q.
Diplomi yo‘q.
Rektori ham yo‘q.

Lekin bitta katta ustunligi bor:
u har kim uchun ochiq.
Bu universitetning nomi - Self-study, self-paced.

Bu yerda sizni hech kim majburlamaydi.
Dars jadvali yo‘q.
“Bugun topshirmasang, yiqilding” degan gap yo‘q.
Siz nimani o‘rganishni o‘zingiz tanlaysiz,
qachon o‘rganishni o‘zingiz belgilaysiz,
qanchalik chuqur ketishni o‘zingiz hal qilasiz.
Bu erkinlik emas - bu javobgarlik.

An’anaviy universitetlar shunday ishlaydi:
- hammani bir tezlikda yuritadi,
- bir xil dastur beradi,
- bir xil imtihon bilan baholaydi.

Self-study esa boshqacha:
- qiziqqan odamni uchirib yuboradi,
- qiziqmagan odamni o‘z holiga qo‘yadi.
Bu tizim sustlarni ko‘tarmaydi.
Lekin chin qiziqqanlarni to‘xtata olmaydi.

Bu universitetda baho yo‘q.
Chunki hayotning o‘zi baho qo‘yadi.
Agar o‘rganganingiz ishlasa - o‘tdingiz.
Ishlamasa - yana o‘rganasiz.
Bu yerda diplom so‘ralmaydi.
Bu yerda bitta savol bor:
“Qoʻlingizdan nima keladi?”

Self-paced degani - sekinlik emas.
Bu degani:
- miyangiz qachon tayyor bo‘lsa, o‘shanda o‘rganasiz.
- tushunmaguncha to‘xtamaysiz.
- tushunganingizda esa hech kimdan tasdiq so‘ramaysiz.

Bu tizimda shoshilish yo‘q,
lekin vaqtni isrof qilish ham kechirilmaydi.

Eng qizig‘i shundaki,
siz allaqachon shu universitetdasiz.
Telefoningiz - kutubxona.
Follow qilayotgan odamingiz - ustoz.
Ko‘rayotgan kontentingiz - o‘quv dastur.
Savol bitta:
siz nimani “o‘qiyapsiz”?

Kimdir har kuni drama va shovqinni o‘qiydi.
Kimdir g‘iybat va mayda fikrlarni.
Kimdir esa fikrlashni, yozishni, qurishni.
Bir xil universitet.
Turli natija.

Self-study - bu eng adolatli tizim.

U hech kimga yolg‘on va’da bermaydi.
Va hech kimni aldamaydi.

“Agar chindan xohlasangiz - hammasi bor.
Agar xohlamasangiz - bahona ham yetarli.”


Dunyodagi eng yaxshi universitet shu.
Unda faqat bitta kirish talabi bor:
Ichki intizom.

Ichki intizomi bor odamni
hech qaysi tizim to‘xtata olmaydi.

@Qudrat
17💯31
Scott Adamsning - "Xudoning parchalari" dan parcha


- “Yaxshi, unda qanday qilib qiziqarliroq odam bo‘lishim mumkin?” deb so‘radim.
- “Agar sizga maslahat bersam, uni bajargan bo‘larmidingiz?”
- “Ehtimol. Maslahatga qarab…”
- “Yo‘q. Siz mening maslahatimga amal qilmaysiz. Aslida, hech kim hech qachon boshqa odamning maslahatiga chinakam amal qilmagan.”
- “Endi oshirib yuboryapsiz,” dedim. “Albatta odamlar maslahatga amal qiladi. Bu xomxayol emas.”
- “Odamlar maslahatga amal qilyapman deb o‘ylashadi, lekin aslida unday emas. Inson faqat ma’lumot qabul qila oladi, xolos. Keyin esa shu ma’lumotlar asosida o‘zi xulosa chiqaradi va o‘z ‘maslahatini’ yaratadi. Agar kimningdir xatti-harakatiga ta’sir qilmoqchi bo‘lsangiz, maslahat berishga vaqt sarflamang. Siz odamning nima qilayotganini emas, faqat nimani bilishini o‘zgartira olasiz.”
Shu payt men o‘ylab qoldim:
- “Unda muhim deb hisoblagan fikrlarimni aytishim kerakmi? Men doim odamlar bilan bahslashib qolaman. Go‘yoki haqiqatni yaxshiroq tushunayotgandekman va boshqalarni to‘g‘ri yo‘lga solish mening vazifamdek tuyuladi. Ba’zan esa shunchaki jim bo‘lgim keladi. Lekin ko‘p odamlarning - juda ko‘p odamlarning - mantiqsiz qarashlarini eshitib, qanday qilib indamay o‘tib ketish mumkin?”
U shunday dedi:
- “Svetoforda yashil chiroq yonganida oldingizdagi mashina yurmay turgan holat bo‘lganmi? Siz signal berasiz. Keyin esa mashina buzilib qolganini va haydovchi aslida hech narsa qila olmaganini tushunasiz.”
- “Ha, signal berganman. Juda noqulay holat edi,” dedim.
- “Odamlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning aksariyati ham xuddi shunday. Ikki odamda ma’lumot boshqacha bo‘ladi. Lekin ular muammoni boshqasining yomon niyati, noto‘g‘ri qarori yoki yomon qadriyatlarida deb o‘ylaydi. Aslida esa, agar ular bir xil ma’lumotga ega bo‘lishganida, ko‘pchilik siz bilan bir fikrda bo‘lardi. Bahslashib, boshqaning fikrini noto‘g‘ri deb isbotlash - vaqtni isrof qilish. Yagona foydali ish - farq nimada ekanini aniqlash va bir-biringizdagi ma’lumotni to‘ldirish. Ba’zan vaqt o‘tib, shu jarayonning o‘zi qarashlarni yaqinlashtiradi.”

***

Odamlar sizni tushunmagani uchun haqorat qilganda, kamsitganda yoki noto‘g‘ri baholaganda, javoban o‘sha ohangda reaksiya qilish eng oson yo‘ldek tuyuladi. Ammo bu kamdan-kam hollarda foyda beradi. Chunki bunday vaziyatlarda muammo so‘zlarda emas, balki ma’lumot yetishmasligida bo‘ladi. Siz aytayotgan narsani hamma ham bir vaqtda anglay olmaydi.

G‘iybat, xiyonat deb talqin qilingan holatlar, omadsizlikka yuklangan ayblar ko‘pincha yomon niyatdan emas, balki noto‘g‘ri tushunishdan kelib chiqadi. Rahbar xodimni mas’uliyatsiz deb o‘ylaydi, xodim esa rahbarni adolatsiz deb biladi. Ota-ona farzandini beparvo deb hisoblaydi, farzand esa ota-onani tushunmaydi deb o‘ylaydi. Aslida esa har kim o‘zida bor bilim, tajriba va qo‘rquvlar asosida to‘g‘ri ish qilyapman deb hisoblaydi.

Shu sababli bunday vaziyatlarda yoki sokinlik bilan tushuntirishga urinib ko‘rish kerak, yoki jim qolib, yechimni vaqt va ma’lumotga topshirgan ma’qul. Chunki odamlarning empatiya darajasi, tushunish qobiliyati va o‘rganish tezligi bir xil emas. Kimdir aytilgan gapni bir daqiqada anglaydi, boshqasi uchun bu yillar talab qiladi, yana kimdir esa umuman hech qachon tushunmasligi mumkin.

Eng muhimi - bu yo‘l sizni asraydi. Siz asabingizni, kuchingizni va e’tiboringizni behuda bahslarga sarflamaysiz. Har bir haqoratga javob qaytarish majburiyat emas. Ba’zan javob bermaslik - o‘zini hurmat qilishning eng yuqori ko‘rinishidir. Siz odamlarning xatti-harakatini emas, faqat ularning bilganini o‘zgartira olasiz. Qolganini esa vaqt hal qiladi.

Jimlik bu yerda yutqazish emas. Bu - uzoq o‘yinni tanlash. Odamlarni yengish emas, vaziyatni tushunish orqali o‘zingizni saqlab qolishdir.

@Qudrat
15