Said LIVE! – Telegram
Said LIVE!
464 subscribers
1.19K photos
215 videos
30 files
687 links
💠 Grafik dizaynga oid ma’lumotlar va foydali manbalar.

Boshqa sahifalarimga havolalar: https://zaap.bio/Saidmakhmud

⚠️ Kanaldan ma’lumot olganingizda manba koʻrsating, iltimos!
Download Telegram
Mijozlar, dedlaynlar va loyihalar o‘z yo‘liga. Ba’zida ishdan bosh ko‘tarib, hamkasblar bilan ko‘rishish, sohada nimalar bo‘layotganini muhokama qilish kerak.

31-yanvar, shanba soat 15:00 da Design Club'da yig‘ilyapmiz. Maqsad — real tajriba almashish. Mahorat darslari, keyslar tahlili va eng muhimi — ochiq muloqot bo‘ladi.

Sahnada o‘zimiz bilgan, keyslari estetik zavq ulashish bilan birga chindan-da samarali, ta’sirli bo‘lgan tajribali mutaxassislar. 7 nafar mahorat egalari + ularning har birida o‘n yildan ziyod tajriba:

Temur Sa’diy — Ma’no Branding rahbari

Jamshid Xoliqulov — Fido Studio asoschisi va CEO

Ahmad Sobitov — art direktor, dizayner

Saidmahmud Sharipov — Agrosanoatni raqamlashtirish markazi dizayn bo‘limi boshlig‘i

Mansur Nabiyev — Ma’no Branding dizayneri

Komol Kuchkarov — Pixsellz asoschisi

Alen Zagardinov — Ma’no Branding, Sublimation Lab art direktori

Albatta, e’tibor va savollaringizni tayyorlab keling, netvorking uchun ham yaxshi imkoniyat.

Manzil: Navoiy ko‘chasi, 11-A uy
Kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish kifoyahttps://forms.gle/aUR2dVCgrGKBchqD6
2👍2🔥1🤩1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Design Club'dagi har bir chiqish — bu yillar davomida sayqallanib kelayotgan tajriba bagajidan bir tadbir davomida ilhom olish imkoniyati.

Galdagi mehmonimiz — dizayn sohasida 15 yillik tajribaga ega mutaxassis Komol Kuchkarov.

Bu galgi suhbatimiz vizual estetika va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligiga bag‘ishlanadi. Unda qulay interfeys yaratish tamoyillari, shrift va ranglar bilan ishlash madaniyati, shuningdek, bugungi kunning muhim vositasi — sun’iy intellekt (AI)dan unumli foydalanish haqida so‘z boradi.

Tajriba va zamonaviy yechimlar haqida fikr almashishga marhamat.

📍 Manzil: Design Club, Alisher Navoiy ko‘chasi, 11-A uy
🗓 Vaqt: 31-yanvar, soat 15:00
Kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish kifoyahttps://forms.gle/aUR2dVCgrGKBchqD6
1🔥1👏1🤩1
Kecha Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan uzoq kutilgan Design Club loyihasining yangi mavsumiga start berildi. Tadbirda zalning to‘liq band bo‘lgani va bo‘sh o‘rinlar qolmagani — bugungi kunda ijodkor yoshlarning sifatli muloqot hamda professional muhitga naqadar ehtiyoji baland ekanini ko‘rsatdi.

3.5 soatdan ko‘proq davom etgan uchrashuvda 7 nafar grafik dizayner va art-direktorlar — Temur Sa’diy, Jamshid Xoliqulov, Ahmad Sobitov, Saidmahmud Sharipov, Kamol Qo‘chqorov, Mansur Nabiyev hamda Alen Zagardinov o‘z tajriba, bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ma’ruza hamda mahorat darslari shaklida o‘tgan chiqishlar shunchaki nazariya emas, balki real keyslar, akademik uslubdagi yondashuv, amaliy tavsiyalarga boy bo‘lgani bilan barchaning diqqatini tortdi.

Tadbirning muhim yangiligi ✦ Design Lab loyihasining taqdimoti bo‘ldi. Yakunda loyihaning mazmun-mohiyati va tafsilotlari to‘liq ochib berilib, sohada endi o‘sib borayotgan yoshlar uchun endilikda rivojlanishning yangi bosqichi boshlanayotgani ma’lum qilindi.

Ushbu loyihada ishtirok etishni istovchi yosh ijodkorlarga sinov vazifalarini tez orada e’lon qilamiz. Bizdan uzoqlashmang va do‘stlaringizni ham chorlang!

@designclubuz
👍5🔥4🫡1😎1
Vaqtni rejalashtirish va undan unumli foydalanish

Design Club tadbiridagi chiqishimda ishlatilgan taqdimot slaydlari.

P.S.: Bu yerdagi ma’lumotlarning asosiy qismini Aleksandr Lagutaning ma’ruzasidan olingan

P.S.S.: Foydali bo‘lgan bo‘lsa ota-onamni haqlariga duo qilib qo‘yasiz

#design #club #event #time #management #presentation

🔥 Dprofile👍 Behance🤗 YouTube☺️ Dribbble😎 Instagram⚡️ Zaap🙂 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🫡1
Said LIVE! × Design Club.pdf
2.4 MB
Vaqtni rejalashtirish va undan unumli foydalanish

Design Club tadbiridagi chiqishimda ishlatilgan taqdimot slaydlari.

P.S.: Bu yerdagi ma’lumotlarning asosiy qismini Aleksandr Lagutaning ma’ruzasidan olingan

P.S.S.: Foydali bo‘lgan bo‘lsa ota-onamni haqlariga duo qilib qo‘yasiz

#design #club #event #time #management #presentation

🔥 Dprofile👍 Behance🤗 YouTube☺️ Dribbble😎 Instagram⚡️ Zaap🙂 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍2