StudentHunter – Telegram
StudentHunter
2.26K subscribers
107 photos
25 videos
3 files
175 links
2025-26 o'quv yili uchun qabul ochiq👇🏻

More about grants: @studenthunter_grants
Contact us: @studenthunteraloqa_bot
Download Telegram
Siz kutgan yangilik! Olimpiada sanasi va unga oid barcha ma’lumotlar berishni boshlaymiz.

Ingliz tili fan olimpiadasi iyul oyining 20-21 kunlari StudentHunter platformasida bo’lib o’tadi. Kutilayotgan olimpiada qatnashuvchilari soni ko’pligi sababli, olimpiada 2 kun ushbu saytda www.studenthunter.org o’tkaziladi.

Olimpiada test savollari uchun namunalarni yuqoridagi postlarimizda topshingiz mumkin. Eslatib o’tamiz. Bu savollarni ishlash sizning test formati bilan tanishish imkoni beradi va g'olib bo'lish imkoniyatingizni oshiradi!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
❤‍🔥7👍7🔥6🥰1
Olimpiadaga oid muhim yangilik!

Olimpiada bo'yicha juda ko’p savollar kelayotganligi sababli, vebinar tashkil qilmoqdamiz. Ushbu vebinarda siz olimpiadaga doir hamma kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Eslatma! Agar olimpiada haqida sizni qiziqtirgan savollar bo’lsa, izohlarda yozib qoldiring.

Sana: 13 Iyul
Vaqt: 20:30
Location: https://news.1rj.ru/str/StudentHunter

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍6🔥51❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Singapur ta'limini O'zbekistonda oling.

TMC Academy dastlab 1981-yilda Singapurda tashkil topgan. Keyin esa 2021–yil Toshkent shahrida TMC Academy o’z faoliyatini boshlagan va bu ikkala ta’lim muassasi ham Singapurning Advanced Investment Holding Pte Ltd kompaniyasiga tegishli.

TMC universitetida siz quyidagi yo’nalishlarda hujjatlar topshirishingiz mumkin.

Bakalavriat yo’nalishlari:
1. International Accounting
2. Computer Science
3. International Logistics and Trade Finance
4. Business Management.

Eng asosiysi sifatli ta’lim va mukammallik ana’analarini TMC universitetida his eting.

Hujjat topshirish uchun havola.

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
❤‍🔥7🔥6👍31
Live stream started
Vebinarimiz boshlandi!

Olimpiada haqidagi istalgan savolingizga javob oling!
🔥16👍21❤‍🔥1👏1
Olimpiada g’oliblari nimalar bilan taqdirlanadi?

Biz olimpiada shartlari hamda uning formati bilan sizlarni tanishtirib o’tdik. Keling, endi bugun olimpiada sovrinlari haqida ma’lumot bersak.

🥇 Top 5 G’olib:
Universitet o'qish to'lovi uchun bir martalik voucher.

📚 Keyingi 5 nafar G’olib:
IELTS yoki SAT imtihonlaridan birini bepul topshirish imkoniyati.

🎁 Keyingi 20 nafar G’olib:
StudentHunter tomonidan esdalik sovg'alari hamda sertifikatlar.

Ingliz tilidagi ko’nikmalaringizni namoyish etishga va ajoyib sovg’alarni yutib olishga tayyorlaning. Mana, jamoamiz sizlar uchun qanday sovg’alar tayyorlagan.

Ishtirok etish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting va ko’proq ma’lumotlar uchun bizni kuzatib boring.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍13🤯8🔥2
🌟 StudentHunter Olimpiadasiga 5 kun qoldi!

Ingliz tili bilim darajangizni ko'rsatishga va sovrinlarni qo'lga kiritishga tayyormisiz?

📅 Sana: 20-21 iyul
📍 Joy: www.studenthunter.org

Hisoblash boshlandi! 🕒

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍91
Olimpiada uchun foydali manbalar!

🎓📝 StudentHunter olimpiadasiga tayyorgarlik ko'ryapsizmi? Olimpiadaga tayyorlanish uchun ushbu ajoyib veb-saytlarni ko'rib chiqishni tavsiya qilamiz!

1 examenglish.com: TOEFL, IELTS va Cambridge kabi imtihonlar uchun mashg'ulot testlari va mashqlar uchun juda yaxshi. Grammatik va lug'at mashqlari, tinglash va o'qish amaliyoti, yozish va gapirish bo'yicha maslahatlar topasiz.

2 test-english.com: Interaktiv mashqlar, batafsil grammatik darslar, lug'at boyitish mashqlari va o'qish, tinglash va tushunish uchun juda yaxshi. Shuningdek, insho yozishda yordam beradigan yozish vazifalari va namunaviy javoblar mavjud!

3 Test Master qo’llanmasi: bu kitobda Ingliz tili darajangiz uchun testlar, lu’gat boyitish uchun mashqlar topishingiz mumkin.

Ushbu saytlarni ko'rib chiqing va mashq qiling.

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍137🕊2
🌟 StudentHunter dan ajoyib yangilik! 🌟

StudentHunter kompaniyasi a'zolari “Alchemist Accelerator” tomonidan tashkil etilgan nufuzli Silicon Valley Residency dasturiga qabul qilinishdi! 🚀

Bu dastur Alchemist va Astana Hub hamkorlikda olib boriladi va start-up’larni innovatsiya markazi Silicon Valleyda rivojlantirish uchun imkoniyatlar taqdim etadi.

Alchemist Accelerator va ularning Silicon Valley Residency dasturi haqida ko'proq ma'lumotni shu havola orqali topishingiz mumkin.

Bu ajoyib muvaffaqiyat bilan jamoamiz a'zolarini tabriklaymiz! 🌍


StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍12🎉11🔥43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇯🇵Japan Digital Universityga biz bilan o'z arizangizni topshiring.

🔖 Universitetdagi yo’nalishlar:
IT management fakulteti
1.Muhandis dasturchi
2.Komputer grafikasi va dizayn
3.Suniy intellect (AI)
4.Kiberxavfsizlik

Turizm va ijtimoiy fanlar
1.Filologiya va tillarni o’qitish(yapon tili)
2.Turizm.

🌟 Universitet afzalliklari:
1.Yaponiyada ishga joylashish imkoniyati
2.Yapon kompaniyalarida amaliyot
3.Yuqori tajirbaga ega Yapon o’qituvchilaridan dars olish imkoni
4.IT-ga asoslangan amaliy ko’nikmalar
5.Yaponlar bilan ishlash orqali siz ishbilarmonlikm va odob-axloq etikasini o’rganishingiz mumkin.


📜Talablari:
• 11 yillik maktab, litsey yoki kollej bitiruvchilari; (2024 yil bitiruvchilari)
• 2024-yil 1-oktabrda yoshi 17 dan 23 gacha bo'lganlar.
• Japan Digital University'ni bitirib, Yaponiyada ishlamoqchi bo'lganlar

O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada kafolatlangan ishga joylashing.

StudentHunter - iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog'laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍8❤‍🔥3🔥32🥰1
Ertaga Olimpiada!

Xo'sh olimpiadadan avval siz nimalarni bilishingiz kerak?
Olimpiada online tarzda www.studenthunter.org platformasida bo'lib o'tadi. Qatnashish uchun platformada ro'yxatdan o'tish va shaxsiy ma'lumotlarni to'ldirish kifoya! Bu ishni qanday bajarishni esa ushbu qo'llanma video orqali bilib olishingiz mumkin.

Olimpiada Ingliz tili fanidan bo'lib o'tadi va turli darajalardagi Multiple Choice test turi orqali bilim darajangiz sinaladi.

Olimpiada g'oliblari qanday sovrinlarga ega bo'lishadi?
Ushbu savolga javobni bu postimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

Aytgancha, sizga bonus ball ham qo'shib berishimiz mumkin. Buning uchun
ushbu postdagi shartni bajarishingiz kerak bo'ladi.

Hoziroq platformada ro'yxatdan o'ting va olimpiada uchun tayyorgarlikni boshlang.


StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
5🔥4👍32👏1
StudentHunter Olimpiadasiga "start" berildi.

Sovrinlarni qo'lga kiritishga va eng asosiysi ingliz tili bilim darajangizni namoyish etishga tayyormisiz?

📍 Eslatma. Olimpiada, StudentHunter platformasida, 22.07.2024 | 00:00 gacha bo’lib o’tadi.

🖲️ Imtihonda
ushbu link orqali ishtirok eting!

‼️ Imtihon vaqti 1 soat!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
8👍5🔥32
❗️Hurmatli obunachilar! Hozirda web sahifamizda bo'layotgan ba'zi texnik uzulishlar sababli, Olimpiadaning boshlanishi kechiktiriladi. StudentHunter Olimpiadasining boshlanish vaqtini shu sahifamizda e'lon qilamiz!

Agar sizda shu paytgacha turli xil muammolar chiqib qolgan bo'lsa, xavotir olmang, sizga yana bir imkoniyat beriladi!

Olimpiadani boshlashdan avval sizlarga bir necha ko'rsatmalarni ulashmoqchimiz:

1. Studenthunter.org dan ro’yxatdan o’tishingiz, agar ro’yxatdan o’tib bo’lgan bo’lsangiz “log in” qiling.

2.
Bosh sahifadan “Vacancies” bo’limiga o’ting.

3.
Bu bo’limda Olimpiada haqida ma'lumotni ko'rsangiz bo’ladi.

4.
Olimpiada sahifasiga o’tganingizdan so’ng, o’zingizni tayyor deb bilganingizda “Start test” tugmasini bosishingiz kerak, sababi “Start Test” tugmasini bosganingiz so’ng bu sahifadan chiqib ketsangiz yoki sahifani yangilab yuborsangiz siz Olimpiadadan chetlatilib yuborilasiz.

5.
“Start Test” tugmasini bosganingizdan so’ng siz Instruction videoni ko’rishingiz kerak bo’ladi. Videoni ko’rib bo’lganingizdan keyin “Davom etish” tugmasini bosing.

6.
“Davom etish” tugmasini bosganingizdan so’ng sizga qanday rasmga tushish kerak ekanligi tushuntiriladi. Qanday rasmga tushish kerak ekanligini bilib olganingizdan so’ng “Davom etish” tugmasini bosing.

7.
Keyin sizga imtihon davomida qanday o’tirish va imtihon boshlanishidan oldin nimalarni bajarish tushuntiriladi. So'ng, “Testni boshlash” tugmasini bosing

8.
Testni boshlashdan oldin sizni o’z shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz bilan platforma bir marotaba rasmga oladi va platforma sizni rasmga olishi uchun sizdan qurilmasini kamerasidan foydalanishga ruxsat berishingizni so’raymiz.

9.
Rasmga tushib bo’lganingizda so’ng “Testni boshlash” tugmasini bosish orqali testni boshlashingiz mumkin.

❗️Testni boshlashingizdan oldin o’zingizning shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz oldingizda bo’lishi talab etiladi.

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🤯9👍42👌2❤‍🔥1🕊1🫡1
❗️Test davomida paydo bo'lgan nosozliklar bartaraf etildi

Havolani bosish orqali siz Olimpiada sahifasiga o'tishingiz mumkin!

❗️Eslatma
- Test boshlanishidan oldin Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz oldingizda bo'lishi kerak!
- Olimpiada sahifasidagi "Take Test" tugmasini bosganingizdan so'ng sahifadan chiqib ketsangiz yoki yangilab yuborsangiz siz avtomatik ravishda testdan chetlatilasiz va qayta test topshira olmaysiz!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍74🫡41
StudentHunter pinned «❗️Hurmatli obunachilar! Hozirda web sahifamizda bo'layotgan ba'zi texnik uzulishlar sababli, Olimpiadaning boshlanishi kechiktiriladi. StudentHunter Olimpiadasining boshlanish vaqtini shu sahifamizda e'lon qilamiz! Agar sizda shu paytgacha turli xil muammolar…»