StudentHunter – Telegram
StudentHunter
2.26K subscribers
107 photos
25 videos
3 files
175 links
2025-26 o'quv yili uchun qabul ochiq👇🏻

More about grants: @studenthunter_grants
Contact us: @studenthunteraloqa_bot
Download Telegram
Forwarded from President Tech Award
#event #DigitalStartupsWeek

👍 IT Park Uzbekistan launched the Digital Startups Week

🐦 The series of events began with the Demo Day President Tech Award, where 54 startup teams competed for a spot in the finals, presenting their innovative ideas, from which 15 finalists had already been selected.

The event was opened with a welcoming address by Olimjon Umarov, the First Deputy Minister of Digital Technologies and was supported by Plug and Play as the event’s partner.

🕸 Read more on our website
______

👍 IT Park Uzbekistan Digital Startups Week'ga start berdi

🐦 Tadbirlar ketma-ketligi “Demo Day President Tech Award” bilan ochildi, unda 54 ta startap jamoasi o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini taqdim etib, finalga 15ta ishtiroqchi tanlab olindi.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir hamkori sifatida “Plug and Play” ishtirok etdi.

Batafsil veb-saytimizda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤‍🔥43🔥2🤩1
📢 Short-Term Paid Internship Opportunity at StudentHunter!

🌟 About StudentHunter:
StudentHunter is a dynamic centralized admission platform connecting students and universities globally. Our innovative approach simplifies the admissions process, making education more accessible. We've partnered with leading institutions and earned recognition through achievements like the President’s Tech Award!

🖥️ Internship Details:

Duration: 5-7 days
Location: Office space will be provided
Type: Paid internship
Requirements:
Proficiency in English
Own a laptop

Benefits:
Hands-on experience with a growing startup
Certificate of completion from StudentHunter
Competitive pay

🎯 Join us for an exciting short-term experience and contribute to shaping the future of global education.

👉 How to Apply: Submit your application @AzizbekKarimjanov

Hurry! Limited slots available.
6🔥5👍2
Dunyoning top universitetlari endi orzu emas!

🌎 Xalqaro universitetlarga ariza topshirish har doimgidan osonroq. StudentHunter platformasi orqali ro’yxatdan o’ting va dunyo bo’ylab 600 tadan ko’proq universitetlarga BEPUL ariza topshiring.

🔗 Ro’yxatdan o’tish

StudentHunter - iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog'laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍12🔥61
❄️Singlisi uchun mos universitetlarni so’rab bizga Elza yozdi.

Ushbu videoda Amerikada jo’ylashgan TOP 3ta shinam va qulay universitetlarni ko’rib chiqdik.

Berilgan 3 ta universitetga studenthunter.org saytida ariza topshirishingiz mumkin.

🔗 Ro’yxatdan o’tish

StudentHunter - iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog'laymiz.

_______________________

❄️Elza wrote to us looking for a university for her younger sister.

In this video, we reviewed the TOP 3 most comfortable and convenient universities in the U.S.

You can apply to these universities via studenthunter.org

🔗 Register here

StudentHunter – We link talents with opportunities.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥8👍21
Kelajak shu yerda boshlanadi☄️

📂 StudentHunter platformasi orqali AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Malayziya va boshqa davlatlarda joylashgan 600 dan ortiq nufuzli universitetlarga bepul hujjat topshirish imkoniyatini qo‘lga kiriting.

Xoziroq StudentHunter platformasida ro‘yxatdan o‘ting va dunyoning eng nufuzli ta’lim muassasalarida tahsil oling.

🔗 Ro’yxatdan o’tish

StudentHunter - iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog'laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥8
New York University Abu Dhabi (NYUAD)

NYUAD is a branch campus of the prestigious New York University, located in Abu Dhabi, United Arab Emirates. It offers top-tier programs in liberal arts, sciences, engineering, and social sciences. While NYU's main campus in New York City is ranked #32 in Best Global Universities by U.S. News & World Report, NYUAD upholds the same academic excellence and rigorous standards.

🏫 The campus features state-of-the-art facilities and a highly diverse student body from over 120 countries. NYUAD is a key part of Abu Dhabi's initiative to establish itself as a global education and research hub.

If you want to learn more about universities like this, leave some 🔥


StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website

________________________________

New York University Abu Dhabi (NYUAD)

NYUAD — bu nufuzli New York universitetining Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklaridagi filiali. U liberal san'at, tabiiy va ijtimoiy fanlar, muhandislik yo'nalishlarida yuqori darajadagi dasturlarni taklif etadi. NYUning Nyu-York shahridagi asosiy kampusi U.S. News & World Report tomonidan "Eng yaxshi global universitetlar" reytingida 32-o'rinni egallagan bo'lsa-da, NYUAD ham xuddi shunday yuqori akademik standartlarni saqlaydi.

🏫 Kampus zamonaviy infratuzilma va 120 dan ortiq mamlakatlardan kelgan talabalarning yuqori darajadagi xilma-xilligiga ega. NYUAD Abu-Dabining global ta'lim va tadqiqot markazi sifatida o'zini namoyon etish tashabbusining muhim qismidir.

Bunday universitetlar haqida ko‘proq ma’lumot olishni xohlasangiz, 🔥 qoldiring!


StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥18👍5🤯3😎2🎉1🆒1😘1
Forwarded from StudentHunter | Grants
Bu maqolani o’qisangiz kamida 1 yil vaqtingizni tejaysiz!

Hamma inson ham xato qiladi, ammo bu xatolarning natijasi qay darajada qimmatga tushishiga qarab xatoning katta-kichikligi aniqlanadi. Menimcha biz uchun eng oliy ne'matlardan biri bu-vaqt! Demak vaqt bilan to'lash talab qilnadigan xatolar eng qimmat xatolardan sanaladi va barchamiz bunday xatolarning oldini olishga doim harakat qilamiz.

Keling bugun aynan TOP universitetlarga hujjat topshirishda siz qilmasligingiz shart bo'lgan, agar qilsangiz sizni kamida 1 yil vaqtingiz bilan to'lashga majbur qiladigan xatolar haqida gaplashamiz:

Chet elda o'qimoqchi bo'lsangiz bu xatolarni qilmang!

Agar ushbu post 100 ta "share" yig'a olsa, keyingi postimiz 100% grant taqdim etadigan oliygohlar va ularning talablari haqida bo'ladi


Kanalga qo'shilish - StudentHunter Grants
👍26❤‍🔥3
💲 Kontrakti qimmat bo’lgan TOP 3 ta universitet:

3-o‘rin: Harvard university. Yiliga 80 ming dollar! - Bu narxga nobel mukofotli professorlardan dars olasiz.

2-o‘rin: University of Chicago. Yiliga 85 ming dollar! AQShning eng murakkab o‘quv dasturlaridan biri sifatida tanilgan, ayniqsa iqtisodiyot, huquq va matematika sohalarida.

1 chi o’rin: Columbia University. Nyu-Yorkda joylashgan bo‘lib, bu yerda nafaqat o‘qish narxi yuqori, balki talabalar uchun yashash sharoitlari ham anchagina qimmat. Kontrakti qancha deb uylaysiz? Izohlarda yozib qoldiring.

😉 Postni chet elga universitetiga topshirmoqchi bo’lgan ortog’ingizga tashlab qo’ying

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.
9👍5🔥1🤯1😈1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Many students when applying abroad:

📇 Send this to a friend working on their application!

StudentHunter –
We link talents with opportunities.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🆒12👍32😈2😎2🤯1🌚1
University of Adelaide

University of Adelaide — Avstraliyaning eng qadimgi va nufuzli universitetlaridan biri bo‘lib, dunyoning TOP-100 oliygohlari qatoriga kiradi. Universitet tadqiqot va innovatsiyalar sohasida yetakchi hisoblanadi hamda bitiruvchilari yuqori bandlik darajasi bilan ajralib turadi.

📌 Asosiy ma’lumotlar:
🎓 Dasturlar soni: 30
📑 Talablar: Minimum IELTS 6.5
💰 Kontrakt summasi: $18,500+
📅 Deadline: Yo‘nalishga qarab farqlanadi

Ushbu universitetga hujjat topshirish uchun Student Hunter platformasida ro‘yxatdan o‘ting!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍4😈411🕊1
💯 Universitetni grant ajratishga majbur qiluvchi faktorlar!

Xalqaro olimpiadalardagi g‘alabalar
IMO, IPhO, ICPC, SEAMO, IOI, IBO va shunga o‘xshash xalqaro olimpiadalarda medal sohibi bo‘lgan talabalar universitetlar uchun juda muhim. Bunday olimpiada g‘oliblari grantni avtomatik ravishda yoki minimal talablar bilan olishadi.

• Yuqori akademik ko‘rsatkichlar
SAT 1500+ yoki ACT 34+
IELTS 8.0+ / TOEFL 110+
IB 40+ / A-Level (barcha fanlardan A) / GPA 4.0
Bu natijalar o’quvchini yuqori darajadagi intellektual tayyorgarlikka ega ekanligini tasdiqlaydi, ayniqsa agar universitet TOP-100 ichida bo‘lsa.

• Ilmiy maqolalar, startaplar, tadqiqotlar
Universitetlar xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari bor, startap ishga tushirgan yoki ilmiy tadqiqotga katta hissa qo‘shgan talabalarni qadrlaydi.

Moliyaviy ehtiyoj + yuqori yutuqlar
Ko‘plab universitetlar kam daromadli oilalardan chiqqan, ammo akademik va ijtimoiy faoliyati kuchli bo‘lgan o’quvchilar uchun need-based grantlar ajratadi.

• Liderlik va ijtimoiy faoliyat

Agar o’quvchi muhim ijtimoiy loyihaga asos solgan, yirik tadbirlarni tashkil qilgan yoki yetakchilik lavozimlarida ishlagan bo‘lsa (maktab prezidenti, yoshlar harakati rahbari va h.k.), bu grant olish imkoniyatini sezilarli oshiradi.

Agar talaba ushbu mezonlardan 2–3 tasiga mos kelsa, universitet grant ajratishi deyarli kafolatlangan.

🫵🏻 Postni grant yutib olmoqchi bo’lganlarga yuborib qo’ying!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍12🔥3🙏21🐳1
Geniy bo'lmasangiz qanday qilib grant yutish mumkin?

Grantni faqat geniylar yutadi deb o’ylasangiz adashasiz! Har qanday o’quvchi grantni yutishi mumkin!

1️⃣ Hop, birinchi bolib siz Grants kanali orqali o'zingizga mos grant dasturlarini topib olishingiz kerak bo’ladi. Chet elda hamma universitet ham grant bermaydi.

2️⃣ Keyin har bir o’quvchida bo’lishi kerak bo’lgan narsalar:
-IELTS, Essay yoki motivatsion xat va universitetga qarab SAT.

3️⃣ So’ng - portfolio! Volontyorlik, konferensiyalar va amaliyotlar kabi xar xil mashg’ulotlarda qatnashing – bular hujjat topshirishda ustunlik beradi.

🗺 Ularni ushbu manzil orqali topishingiz mumkin.

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
4👍1
📈 Moliya sohasida o’qimoqchi bo’lganlar uchun TOP univerlar ro’yxati.

Ushbu ro'yxat karyerasini moliya sohasida qurmoqchi bo'lganlar uchun tuzilgan.

1. The University of Melbourne
– Jahon reytinglarida doimiy ravishda TOP-50 talikda.
– Kuchli biznes maktabi va iqtisodiyot fakulteti💲
– Bitiruvchilarning 85–90% i yirik moliyaviy korxonalarda ish topadi.

2. The University of New South Wales (UNSW)
– Biznes maktabi, dunyo bo‘yicha TOP-50 talikda.
70% dan ortiq talabalarga yirik kompaniyalarda stajirovka imkoniyatini beradi.
– Yuqori akademik obro‘ va zamonaviy tadqiqotlarga boy💸

3. The University of Sydney
– Jahon reytinglarida 40–45-o‘rinlarda.
– Bitiruvchilarning 80% i 6 oy ichida ishga joylashadi💼
– Real moliyaviy muammolar bilan ishlash imkoniyati.

4. University of Warwick (Buyuk Britaniya)
Financial Times reytingida Evropaning TOP-10 biznes maktablari orasida.
– Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha yuqori natijalar.
Londonning moliyaviy markaziga yaqinligi tufayli ishga joylashish imkoniyati katta🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿

Bu universitetlar bilim darajasi, amaliy tajriba va ishga joylashish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

💰 Postni moliyachi yoki iqtisodchi bo'lmoqchi bo'lgan tanishlarga yuborib qo'ying!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍631🔥1
Most students be like:

📇 Send this to that one friend who’s always on “I’ll start tomorrow” mode!

StudentHunter –
We link talents with opportunities.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
15👍3🌚3🎃2
🤫 Qanday qilib kamroq harakat bilan, ko’proq natijaga erishsa bo’ladi?

Italiyalik iqtisodchi Vilfredo Pareto 1896-yil tadqiqot o’tkazib, Italiya davlatining 20% aholisi 80% yerni egallab olganini aniqlandi.


Natijada shu texnika ishlab chiqildi:
80% natija - 20% harakatlardan kelib chiqadi.

Misollarda ko’rib chiqamiz.

📚 Imtihonga tayyorgarlik paytida 20% mavzular 80% bilimni beradi (masalan, matematikada asosiy formulalar).

🕒 Huddi shunday 20% kitoblar (imtihon dasturiga mos) 80% materialni qamrab oladi.

🎧 IELTS imtihonida esa 20% ko‘p ishlatiladigan so‘zlar 80% muloqotni hal qiladi.

Qanday amalga oshirish mumkin:
• Asosiy 20% mavzularga fokusni qarating.
• Ortiqcha vaqt sarflovchi mashqlarni olib tashlang.
Har 7 kunda rejangizni tekshiring. Tahlil qiling.

Pareto o’zi bu qoidani ishlatmagan va natijada qarzga botgan💸


💪 Ushbu texnikani o’qishga, vaqtga va pulga nisbatan qo’llang.

Postni o’qiydigan va ishlaydigan tanishlaringizga yuborib qo’ying!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🌚6👍4🔥1
🌙 Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

StudentHunter jamoasi bu muborak kunda sizga kelajakda yorqin natijalar, muvaffaqiyatli o‘qish va ulkan yutuqlar tilab qoladi.

Ilmga bo‘lgan ishtiyoqingiz, qat’iy mehnatingiz va orzularingiz ijobat bo‘lsin. Qilgan barcha ibodatlaringiz qabul bo’lsin!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
7👍4🕊2❤‍🔥1🥰1
💰 Bir so'msiz chetga ketib o'qisa bo'ladimi?

Ha bo’ladi. Qanday qilib? “El-Yurt Umidi” fondi orqali!

“El-Yurt Umidi” — iste'dodli va intiluvchan studentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan xayriya fondidir. Fond xorijda to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi: ta’lim, yashash va hattoki aviachipta xarajatlarini ham qoplaydi!


📝 Fondning talablari:
• Akademik yutuqlar: Maktabdagi yuqori baholar va xalqaro imtihonlarda (IELTS, TOEFL, SAT va hokazo) ajoyib natijalarga erishish.
• Qo‘shimcha faoliyat: Olimpiadalarda qatnashish, ilmiy tadqiqotlar, startap loyihalari va ijtimoiy faoliyatda faol ishtirok etish.
• Shaxsiy yutuqlar va liderlik: Loyihalarni boshqarish tajribasi, muhim tadbirlarda faol ishtirok etish (maktab prezidenti, yoshlar harakati rahbari va h.k.).

🗃️ Qanday qilib ariza topshirish mumkin?
1. “El-Yurt Umidi” rasmiy saytiga tashrif buyurib, dastur shartlari va talablar bilan tanishing.
2. Onlayn ariza to‘ldiring, o‘z yutuqlaringiz, shaxsiy xususiyatlaringiz va xorijda o‘qish istagingizni batafsil bayon eting.
3. Kerakli hujjatlarni tayyorlang: maktab shaxodatnomasi, imtihon natijalari, tavsiyanomalar va boshqa isbotlovchi hujjatlar.
4. Arizangiz ko‘rib chiqilib, tanlov natijalari bir necha oy ichida e’lon qilinadi.

200 dan ortiq talaba allaqachon “El-Yurt Umidi” fondidan grant olgan va dunyoning yetakchi universitetlarida o'qimoqda.

Post foydali bo’lgan bo’lsa - 🔥

👉 Postni grant yutmoqchi bo’lganlarga yuborib qo’ying.

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥93👍21
🇺🇸 Qanday qilib AQSHdagi universitetlarga BEPULga hujjat topshirsa bo’ladi?

Ko’pchilik sertifikat, shaxodatnomalarni qo’lga kiritib, qanday qilib ariza topshirishni bilmaydi. Keyin boshqalarga pul to’lab hujjat topshirtiradi. Aslida bu juda oddiy “process”, hattoki 5 sinf bolayam qila oladi.👶🏻


Xo’sh buning uchun: 
- studenthunter.org saytiga kiramiz, ro’yxatdan o’tish uchun ma’lumotlarni kirgizamiz. 
- Pochtamizga havola keladi, shu havola orqali platformaga kiramiz.
- Asosiy bo’limga o’tib universitetlar ro’yxatini bosamiz va xalqaro universitelani tanlaymiz.
- O’ng tarafda manzil digan joydan United States tanlaymiz. Tamom, AQSHdagi univerlar ro’yxatini ko’rishimiz mumkin. 

🏳️ Huddi shunday siz boshqa davlatlagayam hujjat topshirishingiz mumkin.

Postni chetga topshirmoqchi bo’lganlarga jo’natib qo’ying.

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍3🌚2
🩺 Tibbiyot sohasida o’qimoqchi bo’lganlar uchun TOP univerlar ro’yxati.

Moliya sohasidagi TOP univerlar ro’yxati ko’pchilikka yoqibti. Shu sababli rubrikani davom ettiramiz!

1. University of Adelaide.
- Tibbiyot sohasida uzoq tarixga ega: 1885-yilda tashkil topgan.
- Bitiruvchilarning ishga jo’ylashish ko’rsatkichi ~ 92%

2. University of Sydney.
- Tibbiyot sohasida QS 2024 reytingida dunyoda 18-o’rin egallagan📈
- Talabalarga 1000 dan ortiq klinik amaliyot joylar taklif etadi.

3. Monash University (Avstraliya)
- QS tibbiyot reytingida dunyoda 31-o‘rin (2024).
- Bitiruvchilar Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiyada ishlash imkoniyatiga ega.
- Yirik kasalxonalar bilan hamkorlikda olib boriladigan treninglar mavjud👨🏻‍⚕️

4. University of Western Australia (UWA)
- Bitiruvchilari Avstraliya va xalqaro bozor uchun talabgir.
- Talabalarga real amaliyot, ilg‘or tadqiqot va klinik trening taklif etiladi.

Ha aytkancha, ushbu universitetlarga studenthunter.org platformasi orqali BEPUL hujjat topshirishingiz mumkin🤫


Postni shifokor bo'lmoqchi bo'lgan tanishlarga yuborib qo'ying!

🔥 Endi qaysi sohaga TOP univerlar ro'yxatini tuzamiz? Izohlarda yozib qoldiring!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍2🌚2🔥1
Ayol-qizlarimizga imtiyoz va imkoniyatlar taqdim etadigan universitetlar🌟

Dunyodagi ko’plab yetakchi universitetlar ayol-qizlarni qo’llab quvvatlaydi. Quyida imtiyozlar taqdim etib kelayotgan TOP 3 ta universitetlarni ko’ramiz:

1. Massachusetts Institute of Technology — MIT (AQSH)

Faqat qizlar uchun mo‘ljallangan grant va stipendiyalar mavjud — masalan, AnitaB.org, AAUW va L’Oréal jamg‘armalari orqali.
• MIT Google, Microsoft, NASA kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi — bu yerda o‘qigan qizlar o‘sha joylarda amaliyot o‘tab, ishga taklif oladi💻

2. Technische Universität München (Germaniya)

Women in Engineering (Ayollar uchun muhandislikda) dasturlari, DAAD stipendiyalari va turli xil mamlakatlardan kelgan ayollar uchun TUMning ichki grantlari bor.
• Germaniyada davlat universitetlarida kontrakt to‘lanmaydi — buning o‘zi katta imtiyoz.

3. University of Toronto (Kanada)

• Ayollar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan qizlar uchun maxsus stipendiyalar va imtiyozlar bor.
Women in Science & Engineering (WISE) dasturi — mentorlik, amaliyot va ishga joylashishda yordam ko‘rsatadi.
Bolali qizlar yoki o‘qish bilan ishni birga olib borayotganlar uchun yengillashtirilgan sharoitlar bor💼

Yana qanday universitetlar haqida ma’lumotlar olishni istaysiz, izohlarga yozib keting!

🌷 Postni chet el universitetlariga topshirmoqchi bo’lgan qizlarga tashlab qo’ying!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
😘3🥰1🌚1😈1