StudentHunter – Telegram
StudentHunter
2.27K subscribers
107 photos
25 videos
3 files
175 links
2025-26 o'quv yili uchun qabul ochiq👇🏻

More about grants: @studenthunter_grants
Contact us: @studenthunteraloqa_bot
Download Telegram
Hujjatlar ro'yxati..png
111.5 KB
Chet el universitetlariga ariza topshirish uchun qanday hujjatlar kerak?

Bu savol bizga ko‘plab o‘quvchilar va ota-onalardan tez-tez keladi.

Quyidagi rasmda standart bakalavriat talablari keltirilgan. Uni saqlab qo‘yishingiz mumkin

❗️Shuni unutmang, har bir universitetning o‘ziga xos qabul muddati mavjud. Aksariyat hollarda bu muddat 1-dekabrdan 15-yanvargacha davom etadi.


Hujjatlarni topshirishga kamida 1–1,5 yil oldin tayyorgarlikni boshlash tavsiya etiladi, chunki baʼzi hujjatlarni olish uchun 2–3 oy vaqt talab qilinadi.

Hozirdanoq studenthunter.org saytiga kirib, turli universitetlarning talablari va deadline’lari bilan tanishib chiqing. Vaqtingiz borligida uni to‘g‘ri va samarali ishlating

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏅 Bu medal – har kuni ota-onasining ishonchini oqlashga va maqsadlariga erishishga harakat qilayotgan, ba’zida charchagan, lekin hech qachon taslim bo‘lmagan abituriyentga.

Videoni abituriyentlarga yuborib qo’ying!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👍6🔥42🥰1🙏1🐳1😇1🤗1🆒1
University of New Orleans (UNO)

University of New Orleans – bu ijtimoiy fanlar, muhandislik, biznes va sanʼat sohalarida innovatsion dasturlarni taklif etuvchi, tadqiqotga yoʻnaltirilgan universitetidir.
U korxona va jamoat sektori bilan birgalikda real loyihalarda ishlash hamda ilg‘or laboratoriya va markazlarda zamonaviy uskunalar bilan amaliyot oʻtash imkoniyatini beradi. Talabalar Kanadadan Yaponiyagacha boʻlgan hamkor universitetlarda xalqaro almashuv dasturlarida ishtirok eta oladi🌍

📌 Asosiy ma’lumotlar:
🎓 Dasturlar soni: 30+
📑 Talablar: Minimum IELTS 6.0+ (Sohaga qarab o’zgarishi mumkin)
💰 Kontrakt summasi: 20.000+
📅 Deadline: 07.08

🔗 Ushbu universitet haqida ma’lumot

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥21🕊1🐳1
StudentHunter pinned «💯 Universitetni grant ajratishga majbur qiluvchi faktorlar! • Xalqaro olimpiadalardagi g‘alabalar IMO, IPhO, ICPC, SEAMO, IOI, IBO va shunga o‘xshash xalqaro olimpiadalarda medal sohibi bo‘lgan talabalar universitetlar uchun juda muhim. Bunday olimpiada g‘oliblari…»
🍅 Samaradorlikni kafolatlaydigan metod.

Ko‘p ishlash har doim ham samarali natija bermaydi. Pomodoro texnikasi haqida bilsangiz kerak. Bilmaganlar uchun – ushbu texnika diqqatni jamlash, charchashni kamaytirish va ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.


🤨 Nimaga 1 soat emas, 25 daqiqa davomida diqqat jamlash unumliroq?
• Vazifaga ajratilgan vaqt 25 daqiqa bo‘lsa, miyada uning bajarilishi mumkinligini his qilishga yordam beradi.
• Bu xavotirni va "ishlar ko‘pligi" hissini kamaytiradi, dofamin motivatsiyasi mexanizmini ishga tushiradi.
• Natijada ishni boshlash ishtiyog’i ortadi. Ayniqsa, ishni keyinga qoldiruvchilar uchun samarali usul🤓

Ushbu texnika ishlab chiqilgan so’ng, keyingi 30 yil davomida uni boshqacha turlari paydo bo’ldi:
Ultra‑Pomodoro (90 + 20 daqiqa) – tadqiqotlar va chuqur o'rganish uchun.
Micro‑Pomodoro (10 + 2 daqiqa) – juda qiyin yoki zerikarli vazifalar uchun.

Garvard universitetiga kirgan Azizbek Zaylobiddinov ham aynan shu texnikani o’qish jarayonida ko’p qo’llagan.

🍅 Siz-chi, ushbu texnikani ishlatasizmi? Izohlarda javobingizni yozib qoldiring!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
1😈1
1
💯 Kanada universitetlari va ularning grantlari!

Instagramda obunachimiz Kanada universitetlari va ularning grantlari haqida ma’lumot so’rabdi. Oyladikki, bu ro’yxat ko’pchilikga qiziq bo’ladi.

1. University of Toronto

Kanada universitetlari haqida gapirganda bu universitet eslab o’tmasak bo’lmasdi)


Dunyoning TOP 25 ta universitet qatoriga kiradi. Innovatsiyalar bo‘yicha Kanadada 1-o‘rinni egallaydi. Jahon darajasidagi Ayvi ligasiga erishmoqchi bo’lganlar uchun ideal tanlov.

📌 Grant dasturi:
Lester B. Pearson xalqaro stipendiyasini taqdim etadi.(to‘liq harajatlaringizni qoplab beradi)

2. McGill University
Tibbiyot va ilm-fandagi programmalari dunyo miqyosida tan olingan. Ko‘pincha "Ikkinchi va Shimol Garvardi" deb aytishadi.

📌 Grant dasturi:
2 xil stipendiya mavjud: boshlang’ich stipendiya va to’liq qoplanadigan stipendiya

3. Queen’s University
O’z biznes maktabi bilan tanilgan. Universitet talabalarini ijtimoiy hayoti yaxshi rivojlangan. Tez do’st topib olsa va yaxshi muhitga ega bo’lsa bo’ladi.

📌 Grant dasturi:
Queen’s International Admission Scholarship’ni taqdim etadi.

Yana qanday davlat universitetlari haqida ma’lumot olishni xohlaysiz, izohlarda yozib qoldiring!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍1🐳1
🤔 O’zbeklar uchun o’qishga eng yaxshi davlat qaysi?

Biz Sun’iy intellektga shunday savol berdik: O‘zbeklarning tabiati va qadriyatlaridan kelib chiqib, ularga qaysi davlat ko‘proq mos keladi?

Uning javobi AQSH ham emas, Koreya ham emas edi)


Bizga – qadriyatlarimizga to’g’ri keladigan, o’zbeklar ko’p bo’lgan davlat kerak bo’ladi. Shunday ekan, sun’iy intellekt avvalo shuni ta’kidladi:

“O‘zbeklarga eng mos davlat — bu O‘zbekistonning o‘zi🇺🇿

🇰🇿 Keyingi o‘rinda – Qozog‘iston.
Bu davlatda o‘zbeklar ko‘p va o‘zbek tili ham keng tarqalgan.

🇹🇷 Undan so‘ng – Turkiya.
Yashash sharoiti qulay va o‘zbeklar uchun do‘stona muhit mavjud.

🇷🇺 Rossiya esa migrantlar soni yuqoriligi bois ro‘yxatdan joy oldi.

Siz nima deb o‘ylaysiz?
Sun’iy intellektning javobi qanchalik to‘g‘ri deb hisoblaysiz?

📝 Fikringizni izohlarda qoldiring!

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎃10👍4🤯42😈2😎1
🇨🇦University of Prince Edward Island (UPEI)

University of Prince Edward Island (UPEI)
— bu Kanada davlatida joylashgan innovatsion universitet. UPEI o‘qitish sifati, kichik guruhlarda individual yondashuvi va xalqaro imkoniyatlari bilan ajralib turadi 🌐

UPEI’da biologiya, ekologiya, veterinariya va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlarda nazariyani ham, amaliyotni ham chuqur o’rganasiz. Ayniqsa, veterinariya yo‘nalishi butun Kanadada eng kuchlilardan biri hisoblanadi💪

📌 Asosiy ma’lumotlar:
🎓 Dasturlar soni: 30+
📑 Talablar: Minimum IELTS 6.5+ (Sohaga qarab o’zgarishi mumkin)
💰 Kontrakt summasi: $10.000 - $12.500
📅 Deadline: 30.06

👉🏻 Universitetga haqida ko’proq ma’lumot olish

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5
🔥 StudentHunter’dan yirik yangilik va super taklif!

StudentHunter — Rasman IDP Education tashkilotining O‘zbekistondagi yagona va rasmiy eksklyuziv hamkori!
Bu sizning hujjatlaringiz dunyodagi eng yirik ta’lim tashkiloti standartlari asosida ko‘rib chiqilishini anglatadi.

🎓 Endi StudentHunter orqali:
Buyuk Britaniya, AQSh va Kanadaning TOP–300 universitetlariga hujjat topshirishingiz mumkin!


- Dunyo bo'yicha TOP 600+ universitetga professional hujjatlar
- Rasmiy IDP hamkori
- Eng arzon narx kafolati
- Tez, shaffof va ishonchli jarayon

Eng arzon narxni toping — biz undan ham arzon qilamiz.

Ko'proq ma'lumot olish uchun - @studenthunteraloqa_bot

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥3
Xabaringiz bor StudentHunter kompaniyasi, dunyoning yetakchi ta'lim tashkilotlaridan biri - IDP Education bilan eksklyuziv hamkorlikka erishgan. Ushbu hamkorlik orqali siz Amerika, Kanada, Angliya, Avstraliya kabi dunyoning rivojlangan davlatlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Hujjat topshirish jarayonida StudentHunter jamoasi to'liq xizmatingizda bo'ladi!

Hoziroq o'zingizga mos oliygoh toping va biz orqali TOP universitet talabasiga aylaning!

Ko'proq ma'lumot olish uchun - @studenthunteraloqa_bot

StudentHunter – iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog’laymiz.

Telegram | Instagram | Facebook |
6
⚠️ Warning

A security issue has been detected on our platform. There is a problem with the domain of our platform. Currently, the content displayed through the domain does not belong to our official operations, and no user information has been leaked.

For security reasons, we strongly recommend not accessing the platform.

Once full control of the platform is restored, an official announcement will be made through this channel.

Thank you for your understanding!
👍5🔥43❤‍🔥1
⚠️ Diqqat

Platformamizda xavfsizlik bilan bog‘liq holat aniqlangan. Platformamiz domeni bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda domen orqali ko‘rsatilayotgan kontent bizning rasmiy faoliyatimizga tegishli emas va hech qanday foydalanuvchi ma’lumotlari tarqalmagan

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, platformaga kirmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz.

Platforma ustidan to‘liq nazorat tiklangach, rasmiy xabar ushbu kanal orqali e’lon qilinadi.

Tushunganingiz uchun rahmat!
👍6😎52🔥1