StudentHunter – Telegram
StudentHunter
2.27K subscribers
107 photos
25 videos
3 files
175 links
2025-26 o'quv yili uchun qabul ochiq👇🏻

More about grants: @studenthunter_grants
Contact us: @studenthunteraloqa_bot
Download Telegram
Assalomu Alaikum everyone,

My name is Java, and I am a freshman at the University of Mississippi, a.k.a. Ole Miss. My major is Computer Science, especially in the Cybersecurity principle area.

I simply adore traveling around the world, and I have been to 15 countries so far. A fun fact about myself is that I have taken 3 gap years before starting my university journey in the US.

Feel free to ask any type of questions, and I will try to show you my past educational background and current university life.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
5👍1👏1
Hey everyone,

My name is Fakhrinur and I am a student at the University of Heidelberg, studying foundation in medicine.

I'm interested in reading, travelling and love intellectual board games.

I'll be happy to answer all of your questions about living and studying in Germany!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
10👍4🔥31👏1
🌙 Ramazon muborak bo'lsin!

💫 "StudentHunter" jamoasi barcha musulmon ahlini muqaddas Ramazon oyi bilan qutlaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
8👍31🔥1
Merhabalar! 🇹🇷

I’m Bakhrombek. I’m pursuing my bachelor’s degree in Ankara, Türkiye with a full-ride scholarship.

I enjoy reading, photography and traveling.

I’ll be glad to answer your questions about my life as an international student in Türkiye!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥63👍2
Universitetga hujjat topshirishda qanday sertifikatlar kerak bo’lishini bilasizmi?

IELTS
• Bu sizni ingliz tilini qay darajada bilishingizni bildirib turadi.
• IELTS dunyoning deyarli barcha universitetlarida tan olingan.
• Sertifikatning eng yuqori ko’rsatgichi 9.0 ni tashkil qiladi.
• Imtihonlar offline formatda bo’ladi.

Duolingo
• Ushbu sertifikat ham ingliz tilini bilish darajangizni bildiradi.
• Bu Sertifikat asosan Amerika universitetlariga hujjat topshirmoqchi bo’lganlar uchun.
• Sertifikatning eng yuqori ko’rsatgichi 160 etib belgilangan.
• Imtihon online formatda bo’lib o’tadi.

SAT
• SAT sertifikati imtihonlari matematika va ingliz tili fanlaridan bo’ladi.
• Bu sertifikat deyarli dunyoning barcha universitetlarida tan olingan.

📌 Agar sizda
- IELTS 5.5+
- Duolingo 80+
Bo’lsa, “Studenthunter” platformasi orqali ko’plab universitetlarga bepul hujjat topshirib, talaba bo’lishingiz mumkin!


Telegram | Instagram | Facebook | Website
5🔥2👍1
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 19-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Rossiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Uchrashuvda shuningdek, vazir oʻrinbosari Shahlo Turdikulova ham ishtirok etdi.

Tomonlar oʻzaro munosabatlarda toʻplangan ijobiy tajribaga asoslanib, universitetlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalasini muhokama qildilar.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Website
👍61
Hello everyone,

My name is Yasmina. I'm a first-year student at Charles University in Prague, which is the TOP 1 University in Czech Republic.
I'm majoring in Politics, Philosophy, and Economics program. This degree programme is based on the Oxford-style PPE. It aims to provide students with a solid grounding in political science, including international relations, and philosophy with a focus on political philosophy, social science, and economics.

My area of interest is economic history and I am planning to do the research on Economic Growth of Central Asia

Please feel free to ask any questions about Charles University and life in Prague. I would be happy to share my experience with you!)

Telegram | Instagram | Facebook | Website
7👍3🔥1
Navro’z bayrami muborak bo’lsin!

🎉 Barchangizni bahor faslining o’ziga xos bayramlaridan biri, navro’z bayrami bilan “Studenthunter” jamoasi nomidan qutlaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Website
7👍1
Top universitetlar haqida qiziqarli faktlar!

1. The university of Chicago -
👩‍🎓AQSHda, 19-asr oxiriga kelib xotin-qizlarga o’qish imkonini bergan dastlabki universitet hisoblanadi.

2. Cambridge university -
🏛️ Dunyodagi eng qadimiy universitetlar ro’yxatida 3-o’rinda turadi. 1209-yilda, ma’lum sabablarga ko’ra “Oxford”dan ketgan olimlar oliygohga asos solishgan. 1231-yilda esa qirol “Genrix 3”universitetga rasmiy maqom hadya etgan.

3. Harvard university -
📚 Bu oliygoh ingliz vaziri John Harvard nomiga qo’yilgan.
Universitet dastlab kollej sifatida tashkil qilinib, 19-asr birinchi choragida universitetga aylantirilgan.

4. London university collage -
🏆
Ushbu universitetda 26 nafardan ortiq Nobel mukofotini olgan o’qituvchi va o’quvchilar bor.

5. Stanford university -
🏢 Bu universitet 1885-yilda “Lalend Stanford” va “Jane Stanfordtomonidan Tifold istmasidan o’lgan 15 yoshli o’g’lining xotirasiga bag’ishlab tashkil qilingan.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Website
4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoning eng boy insonlari qaysi universitetlarda o’qishgan?

• Ilon Mask
• Stiv Jobs
• Mark Zuckerberg
• Jeff Bezos

kabi top milliarderlar qaysi universitetlarda o’qishgani haqida videoda batafsil ma’lumot berib o’tganmiz.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Website
6👍6
«StudentHunter»: Hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo‘lida

StudentHunter.org orqali Binary universiteti talabasi bo'ling

Malayziyaning Puchong shahrida joylashgan "Binary University of Management&Enterpreneurship"ga endilikda bizning plaltforma orqali hujjat topshirishingiz va talaba bo'lishingiz mumkin.

2012-yilda Universitet statusini qo'lga kiritgan Binary universiteti Sanoat tarmog'idagi mutaxassislarni tayyorlaydigan dunyodagi birinchi universitet hisoblanadi. Ushbu universitet tayyorlav kurslaridan Doktoranturagacha bo'lgan ilmiy darajalarni taklif etadi.

Nima uchun siz aynan Binary universitetini tanlashingiz kerak?

•Malayziyadagi birinchi tadbirkorlik universiteti
• Bitiruvchilarning ish bilan ta'minlanish darajasi - 96%
• Arzon ta'lim to'lovlari
• MQA tomonidan 5 yulduz taqdim qilingan universitet


«StudentHunter» - iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog‘laymiz!

Hoziroq
StudentHunter.org saytidan ro'yxatdan o'ting va Talabaga aylaning!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
👏43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAT natijalar chiqdi🎉

O’z natijamni ko’rishga tayyorlanayotgan men:

✈️ Videoni “SAT” si bor tanishingizga yuborib qo’ying

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🤣11👍54🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Millat Umidi Universiteti sizga o'zining zamonoviy va jahon standardlariga javob beradigan o'quv kurslarini taklif etadi.

•Universitetda qanday yo'nalishlar mavjud?
•Universitetga qabul qilinish talablari qanday?
•Grant yutish imkoniyati bormi?

Shu va shunga o'xshash savollarga videomiz orqali javob olishingiz mumkin.

«StudentHunter» - iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog‘laymiz!

Hoziroq StudentHunter.org saytidan ro'yxatdan o'ting va Millat Umidi universitetining talabasiga aylaning!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
5👏2
"Ivy League" va "Yashirin Ivy" universitetlar


Hammamiz umrimizda bir marta bo'lsa ham "Ivy League" iborasini eshitganimiz aniq. Lekin, Ivy League o'zi qanday guruh?

Bu guruh Amerika Qo'shma Shtatlaridagi akademik mukammalligi, boy tarixi va yuqori raqobatli qabul jarayoni bilan tanilgan sakkizta universitetlardan iborat. Bu universitetlar ro'yxatiga: Brown, Columbia, Cornell, Dartmouth, Harvard, Pennsylvania, Princeton va Yale universitetlari kiradi.

Ammo AQSHda "Ivy League" tarkibida yo'q, lelkin ta'lim sifati yuqoridagi sakkizta universitetlardan qolishmaydigan ba'zi universitetlar bor.

1. Massachusets Tehnologiya Instituti (MIT)

Bu oliy o'quv markazi Ivy Ligasi universitetlar qatoriga kirmasliga qaramay, QS reytingida nafaqat Amerika va dunyoda ham 1-o'rinda turadi.

2. Stanford Universiteti

Kremniy vodiysining qoq markazida joylashgan bu universitet tadbirkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirishda yuqori o'rinlarda turadi. Google asoschilari Larry Page va Sergey Brin aynan Stanford Universitetida o'zining qidiruv tizimi konseptini tuzishgan.

3. Kaliforniya Tehnolgiya Insitituti(CalTech)

1891-yilda tashkil topgan bu universitet hozirgi kunda Nasaning Reaktiv Harakatlar Labaratoriyasi(JPL)ni boshqaradi.

4. Duke Universiteti

Bu universitetning basketbol jamoasi qolgan universitetlar orasida katta obro'ga ega. Kyrie Irving va Jayson Tatum kabi mashhur basketbolchilar aynan Duke Universitetida tahsil olishgan.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
4🔥2👍1👏1
StudentHunterdan yangilik!

Endilikda siz bizning platforma orqali nafaqat mahalliy va xorijiy universitetlarga, balki bir qator notijorat tashkilotlarning bo'sh ish o'rinlariga ham hujjat topshirishingiz mumkin.

Bunday tashkilotlar ro'yxatini "SATashkent" xususiy korxonasi ochib beradi.

"SATashkent" asosan AQSH universitetlariga hujjat topshirish jarayonida muhim rol o'ynaydigan SAT imtihoniga tayyorlov kurslari bilan bir qatorda, o'zining bo'sh ish o'rinlariga malakali mentorlarni taklif etadi.

Hoziroq StudentHunter.org dan ro'yxatdan o'ting va o'z bilimlaringizni boshqalar bilan ulashing!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥83👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qishni tamomlab Yaponiyada ishlashni istaysizmi?

Japan Digital University sizga bu imkoniyatni taqdim etadi.

JDU afzalliklari:

"Double Degree" dasturi asosida naqd 3ta diplomni qo'lga kiritishingiz mumkin

Coworking - ikkinchi kursning ikkinchi yarmidan boshlab masofaviy ravishda Yaponiya kompaniyalarida ishlash imkoniyati

IT Engineering, Kompyuter grafikasi va dizayn, va Sun'iy intellekt kabi zamonaviy yo'nalishlar mavjudligi

• Bitiruvchilarga Yaponiyada ishga joylashish jarayonlarida ko'mak berilishi


«StudentHunter» - iqtidorlarni imkoniyatlar bilan bog‘laymiz!


Hoziroq StudentHunter.org saytidan ro'yxatdan o'ting va JDU universitetining talabasiga aylaning!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
5👍1🔥1👏1
Mashhur universitetlarning g'ayritabiiy urf-odatlari!

1. Cambridge University - Cardboard Boat Race

Hozirda imtihonlar mavsumi ohirida o'tqazilib kelinadi. Bu poygada ko'plab o'quvchilar karton qog'ozdan yasalgan qayiqlarda poyga o'ynashadi.

2. Columbia University - Primal Scream

Har semestrning so'nggi yakshanbasida tunning yarmida o'tqaziladigan bu sershovqin an'ana imtihonlar tugaganini nishonlash ramzi. Bu paytda hamma xohlovchilar o'z yotoqxonasi oynalarini ochib baland ovozda baqirib turishadi. Ko'pincha bu 5 daqiqalar atrofida davom etadi va yotoqxonaning hamma burchagida eshitilib turadi.

3. Cornell University - Dragon Day

Ajdarho kunida Cornell Universitetining Arxitektura talabalari tomonidan hashamatli ajdarho yasaladi va butun bino bo'ylab ajdarho yurishi tashkillashtiriladi. Yurishning so'nggida esa Muhandislik talabalari tomonidan yasalagn Qaqnus qushi o'z raqibini kutib oladi va ular o'rtasida ramziy jang bo'lib o'tadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🔥52
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
When a random relative asks why I took a gap year😒:

Share with your friends who are also taking a gap year.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🤣29🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoni IELTS olib chet elga ketaman deb yurgan do'stlarimizga yuboramiz😁

Telegram | Instagram | Facebook | Website
🤣182👍1
“Surish” kerakmi?

Hozirgi kunda ko’plab yoshlar orasida chet elga o’qishga ketish va o’sha yerda ishlab qolish yoki qisqa qilib aytganda “surish” kerak degan g’oya ommalashmoqda.
Bugungi postimizda chet elga ketishning afzalliklari va o’ziga yarasha qiyinchiliklarini ko’rib chiqamiz.


Boshlanishiga afzalliklar haqida gapirsak.

1. Grantlar mavjudligi
Chet el o’qishlari xalqaro talabalar uchun juda ko’plab qulayliklarni yaratib beradi. Masalan AQSh, Kanada, Yaponiya va Koreya kabi davlatlarda kontrakt pulini to’lamasdan tekinga o’qish va bepul turar-joy, oziq ovqat va hattoki oylik stipendiya qo’lga kiritish imkoniyatlari mavjud. Kim ham chet elda tekinga o’qishni istamaydi deysiz.

2. Yangi til va madaniyatni chuqurroq o’rganish imkoniyati
Masalan ingliz tilini O’zbekistonda 3 oy o’rgangandan ko’ra Amerika yoki Angliyada 3 oy vaqt o’tkazsangiz ko’proq bilimga ega bo’lasiz. Chunki siz o’rganayotgan tilingiz bilan yashayapsiz. Do’konga kirsangiz ham, universitetga borsangiz ham, shunchaki ko’chada sayr qilib yursangiz ham siz o’rganayotgan tilni eshitasiz va bu sizga amaliyot sifatida yordam beradi.
Mahalliy aholi bilan muloqot qilganingizda esa sizning dunyo qarashingiz kengayadi va ularning madaniyati haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lasiz.

3. Mustaqillik
Xorijiy davlatga ketganingizda sizni har kuni tergab turadigan ota-onangiz yoki akangiz bo’lmaydi. Bu esa ba’zilar uchun ayni muddao. Ma’lum bir muddat siz kattalar tomonidan qilinadigan nazoratsiz yashasangiz vaqtni to’g’ri taqsimlash, ma’suliyatni his qilish, ovqat qilish kabi ko’nikmalarga ega bo’lishingiz mumkin. Bu esa katta hayotga tayyorlanishingizga o’z hissasini qo’shadi.

4. Ishlash imkoniyati
Ko’plab davlatlarda talabalarga o’qish davrida haftasiga 20 soatdan 40 soatgacha ishlashga ruxsat bor. Ham o’qib ham qo’shimcha daromad topish ko’plab talabalarni e’tiborini tortadi.


Ammo, O’zbekistonda o'qishni ham ustun jihatlari bor. Undan tashqari chetda o’qishning bir qancha salbiy taraflari ham mavjud.

1. Halol ovqat
Bu bilan Yevropa yoki Amerikada halol ovqat yo’q demoqchi emasmiz, ammo ko’chadagi duch kelgan joyga kirib ovqatlanib ketishni iloji yo’q. Ba’zida bozorlarda sotiladigan somsa yoki shirinliklarni qumsab qolishingiz ham mumkin.

2. Xalqaro muhit
Xalqaro talabalarga yaratib beriladigan qulayliklar tufayli ko'plab davlat vakillarini uchratishingiz mumkin. Qadriyatlar turfa xilligi esa ba'zilar uchun qiyinchilik tug'dirishi mumkin.

3. Vatan sog'inchi
Chet el o'qishlarining qulayliklari, afzalliklariga qaramasdan sizda albatta Vatan sog'inchi bo'ladi. Ko'chada yurganingizda behosdan qulog'ingizga ona tilingiz eshitilib qolsa o'zingizda yo'q xursand bo'lasiz. Undan tashqari ota-ona nazorati yo'qligi mustaqil hayot kechirishga yordam berishi mumkin, lekin ba’zida ertalab onangiz uyqudan uyg'otib:"Choyingni sovitmasdan ichginda, darsga kechga qolmay bor." degan gaplarini qumsaysiz. To'y, tug'ilgan kun, do'stlar bilan yig'ilish kabi tadbirlarda ham qatnasha olmasligingiz alam qiladi.

4. Moliyaviy holatni nazorat qilish
Pulni behudaga sarflamaslingizni oldini olish uchun tergab turadigan otangiz yoki akangiz bo'lmaganligi sababli bu ish ham o'z zimmangizga tushadi. Agar universitet yotoqxonasida emas, ijaraga alohida uy yoki xona olib tursangiz kommunal to'lovlarni ham o'zingiz to'lashga majbur bo'lasiz.

Bu post orqali kimnidir chetga ketishga yoki O’zbekistonda qolishga undamoqchi emasmiz. Shunchaki, bir qarorga kelish jarayonida o’z hissamizni qo’shmoqchimiz.

Shuni yodda saqlang, barcha muammolarga yechim bu chet elga ketish deb o'ylash har doim ham eng to'g'ri qaror bo'lmasligi mumkin!

Telegram | Instagram | Facebook | Website
82👍2🔥1
Universitet tanlashda muammolarga duch kelyapsizmi?

Bugungi postimizda ushbu jarayonda hisobga olish kerak bo'lgan muhim omillar haqida gaplashamiz.

1. Universitet yo'nalishlari
Universitetda sizning qiziqishlaringiz va kelajakdagi maqsadlaringizga mos keladigan dasturlar borligiga ishonch hosil qiling. Undan tashqari tadqiqot imkoiyatlari, amaliyot yoki kooperativ dasturlar mavjudligi bilan ham qiziqib ko'ring.

2.Reyting
Universitet reytingi ham sizga universitet haqida yetarlicha ma'lumot berishi mumkin. Top 500talik va top 1000talikka kiradigan universitetlardan top 500talikdagi universitetning reputatsiyasi yaxshiroq hisoblanadi. Ammo ikki universitet reytingi 30 yoki 40 pog'onaga farq qiladigan bo'lsa faqatgina reytingga e'tibor qilib qaror chiqarish ham noto'g'ri bo'ladi.

3. Kampus joylashuvi
Hoh O'zbekistonda hoh chet elda bo'lmasin universitet binosi qayerda joylashgani muhim omillardan biridir. Chunki shahar markazida joylashgan universitet bilan chekkaroqda joylashgan universitet qulaylik tomonlama farq qiladi. Universitet yonida oshxonalar, kutubxonalar, sport zallari va qulay transport vositalari bo'lishi juda muhim.

4. Kontrakt summasi va grantlar
O'qishingiz uchun qancha miqdorda pul to'lashingiz, universitetdagi mavjud grantlar va ularni qo'lga kiritish talablari universitetlar ro'yxatingizni qisqartirishga yordam beradi.

5. Ish bilan taminlanish darajasi
Yuqoridagi hamma talablarga mos keladigan, ammo universitet bitiruvchilarining ish bilan taminlanish darajasi pas bo'ladigan bo'lsa 3-4 yil umringizni behuda sarflashingiz mumkin. Chunki universitet bu faqat bir sohada 3-4 yil o'qish emas, balki kelajakda shu sohada ishlab, o'zingiz va davlatingiz rivoji uchun hissa qo'shish demakdir.

Bir qarorga kelishdan oldin ko'p o'ylab, izlanib va albatta ustozlaringiz va ota-onangiz bilan maslahatlashing. Chunki oddiy bo'lib ko'rinishi mumkin bo'lgan bu qaror kelajak yo'lida qo'yilgan birinchi qadam hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | Website
4🔥3👍2