Jamshid Muslimov – Telegram
Jamshid Muslimov
2.8K subscribers
203 photos
73 videos
13 files
948 links
Jamshid Muslimov fikrlari, tavsiyalari, prinsiplari

Murojaat uchun:

https://news.1rj.ru/str/subnazargatbot

jamshidmuslimzargar@gmail.com

Kanal guruhi
https://news.1rj.ru/str/+s-gWi1_tOO1hM

https://www.facebook.com/JamshidMuslimovZargar/

https://twitter.com/subjectnazar
Download Telegram
Forwarded from Zarnigorbegim ⚜️
Аллоhдан гулзор сўраган эдим, ёмғир берди


Шу гап мазмунини англаган ҳар бир қалб яшашдан маъно ва хотиржамлик топади.

#Жумамуборак💚
@zarnigor1
16👍15🎉52🤩1
Buddizm falsafasi - Melinda savollari - Men kim yoki nimaman
Jamshid Muslimov
"Melinda savollari" kitobidan parcha o'qish va sharhlash | #1000kitob

Eduard Kreyg (Edward Craig) "Falsafa. O‘ta qisqa tanishtiruv" kitobing 4-bobi bo‘yicha suhbat.

Yunon shohi Milinda (Menandr I) va buddaviy rohib Nagasana dialogi.

Loyihani quvvatlash uchun:

HUMO 9860 0101 0562 6500
Jamshid Muslimov

00:00 — Кириш: Эдвард Крейг китобининг 4-боби ҳақида, Милинда ва Нагасена суҳбати таништируви
03:05 — Тарихий контекст: Йиллар чизиғи — Буддизм, Юнон-Бақтрия давлати, Александр Македонский даври
13:17 — "Ўқ замон" (Axial Age): Будда, Гераклит, Пифагор, Конфуций — бир даврда яшаган мутафаккирлар
15:32 — Милинда (Менандр) ким? Юнон подшоҳи ва Милиндапаньха китоби ҳақида
18:09 — "Милиндапанья" - "Милинда саволлари" — китобининг мақсади нима? Китоб таржимаси
19:45 — Диалог бошланиши: "Исмингиз нима?" — Нагасенанинг жавоби: "Нагасена фақат атама, доимий шахсият йўқ"
34:54 — Арава мисоли: Подшоҳ аравада келди, лекин арава нима? Қисмларми ёки бутунми?
37:00 — Хулоса: Атамалар айтилади, лекин уларнинг ортида доимий моҳият йўқ
44:55 — Буддизм фалсафаси асослари: Тўртта ҳақиқат, азоб табиати, ўзлик (атман) масаласи
58:52 — Қайта туғилиш муаммоси: Агар ўзлик йўқ бўлса, нима қайта туғилади? Шам мисоли
01:06:02 — Якунлаш ва кейинги видеоларга таклиф
👍10🔥321
Axloq nazarilalari - Natijachilik istilohi - Qadimiy ta'limotlar

Eduard Kreyg (Edward Craig) "Falsafa. O‘ta qisqa tanishtiruv" kitobing (#1000Kitob) 5-bobi bo‘yicha suhbat.

https://youtu.be/-Ui76VRQYGA

Loyihani quvvatlash uchun:

9860010105626500

Jamshid Muslimov
👍174🔥2
Tramp - "Yuliy Qaysar (Cesar)" bo‘lsa, Rubio - Vens ikkiligi Oktavian - Antoniy ikkiligini eslatadi. Shu uchtasi respublikaning shaklini saqlab, mohiyatini o‘ldirib, yangi imperiyaga asos soldi.. Darvoqe, Yuliydan so‘ng vorislar ikkiligi bir biriga urush ochgan... Tarix qiziq arxetiplar (qolip rollar) xaritasi.

https://news.1rj.ru/str/HaydarJamol/105
👍5🔥41
Qaysar so‘zi o‘zbek tilida asosan ikki xil ma’noda ishlatiladi:

1. Sifat ma’nosida (O‘jar, gap uqmas)

Kundalik hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan ma’nosi bo‘lib, o‘z bilganidan qolmaydigan, gapga kirmaydigan insonlarga nisbatan aytiladi.

Sinonimlari: O‘jar, taysal, xaysar, gap uqmas.

Iboralar: "Eshakday qaysar" (juda o‘jar).

2. Ot ma’nosida (Tarixiy unvon va uning talaffuzi)

Tarixiy manbalarda "Qaysar" so‘zi qadimgi Rim imperatorlariga (lotincha: Caesar) nisbatan ishlatilgan unvon hisoblanadi. Bu so‘zning lotincha asl talaffuzi va uning "qaysar"ga aylanish tarixi quyidagicha:

Asl lotincha talaffuzi: Klassik lotin tilida (Yuliy Sezar yashagan davrda) Caesar so‘zi taxminan "Kay-sar" (IPA: [ˈkae̯sar]) deb talaffuz qilingan.

"C" harfi har doim "K" deb o‘qilgan.

"ae" birikmasi "ay" yoki "ay-e" kabi diftong (qo‘sh tovush) bo‘lgan.
O‘zbekchaga kirib kelishi: Lotincha "Kaisar" talaffuzi yunon tiliga ham shunday o‘tgan (Καῖσαρ - Kaisar). Sharq xalqlari, jumladan o‘zbeklar ham bu unvonni arab va fors tillari orqali "Qaysar" shaklida qabul qilgan.

Boshqa tillarda: Ushbu "Kay-sar" talaffuzi nemis tilida Kaiser (kayzer), rus tilida esa Tsar (chor) so‘zlarining kelib chiqishiga asos bo‘lgan. Ingliz tilidagi "See-zer" (Sezar) talaffuzi ancha keyin, o‘rta asrlardagi fransuz tili ta’sirida paydo bo‘lgan.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Ism sifatida: "Qaysar" erkaklar ismi sifatida ham qo‘llaniladi.

Toponim: Afg‘onistonning Faryob viloyatida Qaysar tumani mavjud.

Imlo: So‘zda 2 ta bo‘g‘in bor: qay-sar.

Gemini
👍247
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aynan shu esi og‘ib qolgan Angliya qiroli (asli nemis) vaqtida va balki u tufayli shimoliy amerika koloniyalari ajrab AQSh paydo bo‘lgandi.. endi AQShni boshqa “tagi” nemis boshqarmoqda.

Eng qizig‘i, asos solgan otalar prezident jinni bo‘lib qolsa nima qilish kerakligi haqida qoidalar qoldirishgan. Ammo bu qoidalarni qo‘llay oladigan xalq yoki elita chiqmasligi haqida o‘ylashmagan (va balki elita/xalq buni istadi?). Demak ular shunga loyiq. Ammo saylovlariga aloqasi yo‘q boshqa xalqlar va davlatlar aybi nima? Ular nima qilsin?
👍10😁43🤯2
Forwarded from NeoJadid
Jamshid Muslimov
Eng qizig‘i, asos solgan otalar prezident jinni bo‘lib qolsa nima qilish kerakligi haqida qoidalar qoldirishgan. Ammo bu qoidalarni qo‘llay oladigan xalq yoki elita chiqmasligi haqida o‘ylashmagan (va balki elita/xalq buni istadi?). D
Jamshid aka, asoschi otalar bu haqida o'ylagan. Masalan, AQSH ikkinchi prezidenti Jon Adamsning fikricha, AQSH Konstitutsiyasi va undagi iqtidorlar bo‘linishi tizimi axloqiy hamda diniy qadriyatlardan yiroq xalqni boshqarish uchun mo‘ljallanmagan. Tamal axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lmagan jamiyatda odamlarning jilovlanmagan ehtiroslari va illatlari pirovardida davlatchilik tizimini izdan chiqarishi, respublika asoslarini vayron qilishi haqidagi Adamsning havotirlariga bugungi kunda amerikalik ko‘plab huquqshunoslar va olimlar ham qo‘shilmoqda. Aslida, fozil odamlarsiz har qanday jamiyat tezda tanazzulga uchrashini Forobiy Jon Adamsdan bir necha asr avvalroq ta’kidlagan. Tramp shucnhaki amerikaliklar ongidagi inqirozning tashqi ko'rinishi. Sic gloria mundi, yetar endi, Amerika imperiyasining tanazzulini ham bir ko'raylik :).
🔥10👍81💯1
Forwarded from NeoJadid
Dunning-Kruger duosi:

Xudoyim, naqadar ahmoq ekanligimni anglash uchun yetarli aql va shu bilimga qaramay davom etishga yetarli jur’at ber.
👍21😁147
Forwarded from Paradoks Media
PODKAST CHIQDI

Avval aytganimzidek, Paradoks Podkastning ilk sonida Farengeyt Press tomonidan nashr qilingan "Behalovat avlod" kitobi haqida suhbatlashdik.

Nega Z avlodi ko‘proq xavotir va tushkunlikka tushmoqda? Ijtimoiy tarmoqlar erkinlikmi yoki qafas? O‘zbek jamiyati uchun Haidtning ogohlantirishlari qanchalik dolzarb?

Umuman "Behalovat avlod" va telefonlar bizni qayerga yetaklamoqda? Iqtisodchilar Jamshid Muslimov va Behzod Alimov bilan shu mavzular doirasidagi suhbatimizni YouTubega joyladik.

📺 To'liq videoni bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/46oJpYLWiqU

#1SON

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥8🎉32
Kimdan ingliz tilini o'rganmoqchisiz?

- Ingliz tilini xalqaro o'qitish imkoniyatini beradigan TEFL sertifikatiga ega
- Ingliz tilini xalqaro o'qitish darajasidagi magistratura bitiruvchisi
- Amerikaning xalqaro Webster Universiteti bitiruvchisi
- Ikki marotaba C1 sohibasi
- 7 yillik ingliz tilini o'qitishda va o'qitishga oid material tayyorlashda tajribaga ega

mendan dars olmoqchisiz. Hozir onalik ta'tilida bo'lganligim sababli, bilmimni online tarzda ulashmoqchiman. Edutopia kanalimda o'z online oilamni yaratmoqchiman💚
👍124🔥4
Forwarded from Haydar Jamol
Ko‘z o‘zini faqat oynada ko‘ra oladi. Ya’ni u hamma narsani ko‘radi, u “ko‘rish” vositasidir, ammo o‘zini o‘zi ko‘rmaydi.

Ong ham hamma narsaga guvohlik beradi, lekin o‘zi haqida hech narsa bilmaydi.

Xo‘sh, ong o‘zini qaysi oynada topa oladi?

Til oynasida.

Til — bu ong o‘zini topa oladigan oyna, va aynan shu oynada u o‘zini ma’no sifatida, aniqrog‘i, ma’no bilan bog‘liq tushunish sifatida kashf etadi.

© Haydar JamolMonoteizm mantig‘i
👍18🔥16💯532
Forwarded from Farengeyt Press
Barchangizni “Behalovat avlod” kitobi yuzasidan bo‘lib o‘tadigan audiochatga taklif qilamiz.

🎙 Suhbat ishtirokchilari:

Madina Musayeva (moderator)
Mahin’s World
Farengeyt Press nashriyoti bosh muharriri Xurshid Yo‘ldoshev
— Nashriyot jamoasi
@bookclubuz a’zolari va boshqa kitobxonlar

Kitobni o'qigan, mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalaringiz bo'lsa, albatta ishtirok eting, xursand bo'lamiz.

👉 https://x.com/bookclubuz/status/2016544231771218366?s=20

🗓 31-yanvar, shanba
21:00
8👍6🔥1