Teacher Azam – Telegram
Teacher Azam
40.7K subscribers
1.12K photos
721 videos
8 files
1.03K links
TEACHER AZAM (Qahramoniy)

👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam

☎️ Englify online maktabim:
+998781136969
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉+998 97 831 11 11
Download Telegram
🥲 Bu grafik oddiy va achinarli darajadagi haqiqatni aytmoqda: Yangi yil - biror odatni boshlash uchun ajoyib, lekin uni davom ettirish uchun eng yomon payt. Buni tushuntirish uchun pianino o‘rganuvchilar misol sifatida keltirilgan. Ko‘pchilik dekabr oxiri yoki yanvarda jo‘shqin bo‘lib bir odatni boshlaydi, lekin tezda tashlab qo‘yadi

Psixologik tarafdan qaralganda Yangi yil, tug‘ilgan kun yoki dushanba kabi sanalar ongimizda “yangi sahifa ochish” imkoniyatidek tuyuladi. Chunki o‘tmishdagi A’zam ortda qoldi, endi yangi A’zam bo‘ladi degan tuyg‘uni his qilish mengayam osonda. Aynan shu his-tuyg‘u ishni boshlashga yordam beradi, lekin pianino chalish kabi ko‘nikmalar bir martalik g‘ayrat bilan emas, insonlar yoqtirmaydigan, zerikarli narsa - muntazam mashq qilish odati asosida shakllanadi.

🎹 Skoove DataPulse Research bilan hamkorlikda 2021-2024 yillar oralig‘idagi 1,137,446 foydalanuvchining harakatlarini tahlil qilgan. Turli oylarda boshlagan odamlarni taqqoslab, ularning olti oydan keyin ham o‘rganishni davom ettirish ehtimoli tekshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra: dekabr va yanvarda boshlagan odamlar o‘rganishni tez tashlab qo‘ygan, aprel-iyun atrofida boshlaganlar esa ko‘proq davomiy o‘rgangan.

Xulosa shuki: yanvar oyida ko‘pchilik “Men endi yangi odamman” degan “ideal shaxs” tasavvuri bilan boshlaydi, ammo bu har doim ham haqiqiy kundalik hayot bilan mos kelmaydi. Bahor oxirida shov-shuv va bosim kamroq bo‘lgani uchun, odamlar ko‘proq o‘ylab ish boshlashi mumkin, bu esa o‘rganishni davom ettirishni osonlashtiradi.

🙂 Shuningdek, odamlarning Yangi yil qarorlaridan umuman tez-tez voz kechishlari haqida ham so‘z yuritilgan. Masalan, YouGov tomonidan 2017 yilda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, qaror qabul qilgan britaniyaliklarning 22 foizi uni olti kun ham to‘liq bajara olmagan, yil oxiriga kelib esa atigi 27 foizi unga to‘liq amal qilganini aytgan.

Bu muammoga yechim esa sanaga emas, odatga tayanish kerak. O‘zingizga chindan yoqadigan musiqani tanlang (yoqsa, qayta-qayta mashq qilgingiz keladi), kichik va aniq maqsadlar qo‘ying (masalan, bir haftada bitta qisqa asarni o‘rganish) va oz-ozdan, lekin muntazam mashq qilishga e’tibor bering. Bu tavsiya nafaqat pianino uchun, balki deyarli har qanday ko‘nikmani o‘rganish uchun kerak.

👉 Kam-kamdan, davomiy bajarish, amallarning eng yaxshisi

Manba

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
193🔥32👍15👏8😁4🎅2😱1
Trampning “Board of Peace”i nima?

🇺🇸 AQSh prezidenti Donald Tramp dunyodagi urush va mojarolarni “tinch yo‘l bilan hal qilish” uchun yangi xalqaro guruh tuzish g‘oyasini taklif qildi. Bu guruh “Board of Peace” (so‘zma-so‘z: “Tinchlik kengashi”) deb ataladi. Dastlab bu g‘oya G‘azodagi urush bo‘yicha tinchlik rejasiga bog‘langan edi, keyin esa Tramp uni “faqat G‘azo emas, boshqa mojarolar ham” degan ma’noda kengroq loyiha sifatida ko‘rsatgan.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra Tramp bu kengashning birinchi rahbari (chairman) bo‘ladi va kengash “butun dunyoda tinchlikni targ‘ib qilish, mojarolarni hal qilish” bilan shug‘ullanadi.

🪙 Maqolada aytilishicha, a’zo davlatlar odatda 3 yilga kiradi. Lekin agar davlat 1 milliard dollar to‘lasa, u “doimiy a’zo” bo‘lishi mumkin

Kengashning “asosiy boshqaruv guruhi” sifatida Oq uydagi odamlar tilga olingan:

• AQSh davlat kotibi Marko Rubio;
• Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff;
• Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler;
• Trampning kuyovi Jared Kushner.

🫢 Bu yog‘i “tanish bilishchilikka” o‘xshayapti

Qo‘shilganlar orasida Yaqin Sharqdagi hamkorlar: Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Misr. Shuningdek NATO a’zolari Turkiya va Vengriya ham rozi bo‘lgan. Boshqa ro‘yxatda Marokash, Pokiston, Indoneziya, Kosovo, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Paragvay, Vetnam ham bor, deb yozadi Reuters.

Reutersga ko‘ra:

🌍 Norvegiya va Shvetsiya taklifni rad etgan, Italiya o‘ylab ko‘ramiz degan, Fransiya ham qo‘shilmaslik niyatida ekani aytganda, Tramp Fransiya qo‘shilmasa, fransuz vino va shampaniga 200% boj qo‘yishi mumkinligini aytgan.

🌏 Rossiyaga ham taklif jo‘natilgan, ular to‘liq tafsilotlar bilan tanishishni istagan. Ukraina taklifni o‘rganayotganini aytgan, lekin Zelenskiy “Rossiya bilan bir stol atrofida bo‘lishni tasavvur qilish qiyin” degan.

Manba

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥92🤣6132😁7👍5👏4🎅2😢1
Jahon Chempionatiga boykot e’lon qilishmoqchi

🇪🇺 Yevropa Ittifoqi Trampning “Grenlandiya bo‘yicha bosim”iga javob izlayapti: bir tomondan gaplashib muammoni yumshatmoqchi, ikkinchi tomondan esa AQSh tarif qo‘ysa, javoban o‘zi ham zarba berishga tayyorlanyapti.

Tramp: “1-fevraldan Daniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya (EU a’zolari) va Britaniya, Norvegiyadan keladigan mahsulotlarga qo‘shimcha import tarif (boj) qo‘yaman, keyin kelishuv bo‘lmasa yanada oshiraman”, - degan.

⚫️ Sabab qilib esa: “AQSh Grenlandiyani sotib olishi kerak” degan talabni bog‘lagan. Yevropadagi yirik davlatlar buni “bosim/blackmail” deb qoralagan.

Yevropaning qo‘lida ham javob xatlari bor. Bular 93 milliard yevrolik AQSh importiga tarif qo‘yish. Bu paket avval 6 oyga to‘xtatilgan edi, lekin yana ishga tushishi mumkin.

🇺🇸 AQSh kompaniyalarining davlat buyurtmalarida qatnashishini cheklashi, investitsiya yoki bank faoliyatiga to‘siqlar qo‘yishi, hatto xizmatlar savdosi (masalan, digital xizmatlar) bo‘yicha ham chora ko‘rishi mumkin.

Agar vaziayt faqat yomonlashadigan bo‘lsa, bir nemis siyosatchisi “oxirgi chora” sifatida Jahon chempionatini boykot qilish fikrini aytgan, lekin bu hali rasmiy EU qarori emas, lekin siyosiy taklif darajasida tilga olingan.

Manba

@teacherazam
🔥9330👍21🤣9👏7😱2
🇺🇸 YouGov degan so‘rov kompaniyasi AQShdagi yoshi kattalardan: “Hozir bilganlaringizni hisobga olsak, AQSh armiyasining falon joyga aralashishi to‘g‘ri qarormi?”, - deb so‘ragan.

So‘rovnoma 2026-yil 5–6-yanvar kunlari 1,097 ta katta yoshli odam orasida o‘tkazilgan. Odamlar o‘zini qaysi partiyaga yaqin deb bilsa (Respublikachi, Demokrat yoki Mustaqil), shunga qarab natijalar ajratilgan.

💲 Respublikachilar va Demokratlar AQShdagi ikki katta siyosiy partiya. Mustaqillar (Independents) esa “men hech qaysi partiyaga kirmayman” deydiganlar.

🇻🇪 Venesuelada Maduro’ni olib tashlash operatsiyasini (2026)

• Respublikachilar: 70.4% to‘g‘ri degan
• Demokratlar: 7.4% to‘g‘ri degan

🇮🇷 Eronning yadroviy obyektlarini bombardimon qilish

• Respublikachilar: 74.2% to‘g‘ri degan
• Demokratlar: 17.4% to‘g‘ri degan

Bundan tashqari boshqa urushlarda ham bu ikkala partiya a’zolarining AQShni qo‘llab quvvatlashi bir-boridan tubdan farq qiladi:

• Iroq urushi: Respublikachilar 40.3%, Demokratlar 16.2% qo‘llab quvvatlagan
• Afg‘oniston va Fors ko‘rfazi urushi (Gulf War)da ham Respublikachilar ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi
• Vetnam urushida ham ko‘proq Respublikachilar AQSh to‘g‘ri qaror qilgan degan

🇺🇸 Mustaqillar (Independents) umuman olganda AQShning boshqa davlatlarga harbiy aralashuviga shubha bilan qaraydi.

Ular ko‘p urushlarda “to‘g‘ri” degan fikrni kam qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning ko‘pchiligi faqat Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari kabi hamma biladigan, aniq tarixiy urushlarni ko‘proq oqlaydi.

Qolgan ma’lumotlarni grafikda ko‘rishingiz mumkin

Manba

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4819👍5👏2😱2🎅1
🔥 Teacher Azam bilan master-klass

📅 28-29-yanvar kunlar "Sun’iy intellekt orqali ingliz tilini 0 dan, 30 kunda o'rganish" mavzusida onlayn master-klass.

🎯 Bu master-klassda:

• Sun'iy intellekt orqali ingliz tili o'rganishni tezlashtirish yo'llarini,

• 30 kunda ingliz tilida gapirishni boshlashni,

• Kuniga 50 ta so'z yodlab, amalda ishlatishni o'rganasiz.

⚠️ Qatnashish bepul lekin maxsus kanalga qo'shilishga ulgurish kerak. Chunki kanal yopib qo'yiladi.

Joy band qilish 👉https://news.1rj.ru/str/+WUzWJ2E09gUzY2Ey
Joy band qilish 👉https://news.1rj.ru/str/+WUzWJ2E09gUzY2Ey
Joy band qilish 👉https://news.1rj.ru/str/+WUzWJ2E09gUzY2Ey
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2918🔥5🎅1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5🔥16244👏24👍13😁11🤣5🎅3😱2
🔼 Oxirgi bir necha yil dunyo iqtisodiyotida “tebranishlar” (narxlar, foizlar, urushlar, energiya muammolari) ko‘p bo‘ldi. Shu sababli 2026-yilda ham o‘sish hamma joyda bir xil bo‘lmaydi.

Umuman olganda, dunyo bo‘yicha o‘sish bir xildek ko‘rinadi, lekin har bir davlatda vaziyat boshqacha bo‘ladi. Bunga quyidagi narsalar ta’sir qiladi:

• davlatda neft-gaz, energiya bor-yo‘qligi
• boshqa davlatlar bilan savdo (import-eksport) qanchalik kuchli
• davlatning byudjeti (qarz, soliq, xarajatlar)
• aholi (yoshlar ko‘pmi yoki qarib boryaptimi)

Shu sabab ba’zi davlatlar tez o‘sadi, ba’zilari esa sekinroq.

❗️ Grafik 2026-yil uchun global YAIM (GDP) o‘sish prognozlarini ko‘rsatadi. Bu prognozlar Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) ma’lumotlariga asoslangan.

GDP (YAIM) o‘sishi degani: davlatning iqtisodiyoti bir yilda qanchaga “kattalashdi” degani.


Gayana degan davlatda juda katta neft topilgani uchun, 2026-yilda uning iqtisodiyoti 23% ga o‘sadi deb taxmin qilinyapti. Bu juda katta raqam. Grafikda bir nechta Afrika davlatlari 6% yoki undan yuqori o‘sishi mumkinligi aytiladi. Bunga sabab sifatida barqarorlik oshayotgani (tinchroq siyosat, tartib, iqtisodiy ishonch) ko‘rsatilgan.

🇮🇳 Hindiston 2026-yilda 6.2% ga o‘sadi deyilyapti. Bu dunyoda 14-o‘rindagi eng tez o‘sish degani. Xitoyda o‘sish 2025-yilda 4.8%, 2026-yilda 4.2% bo‘ladi deb kutilyapti. Xitoyda ichki bozor (odamlarning ko‘p xarid qilishi) kuchsizroq, uy-joy bozori ham sekin. Lekin eksport kuchli bo‘lishi, davlatning moliyaviy yordami shu muammolarni biroz “yopib turishi” mumkin.

🇪🇺 Yevropa davlatlarida 2026-yilda o‘sish juda past bo‘lishi mumkin. Ayniqsa Italiya: 0.8%, Avstriya: 0.8% (bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlar qatorida), Germaniya va Fransiya esa 0.9% atrofida o‘sadi deb kutilyapti.

🇺🇿 Bu ro‘yxatda O‘zbekiston 17-o‘rin olgan. Unda 6% o‘sish kutilyapti. Bizda ham iqtisodiyot tez o‘smoqda.

Manba

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
75🔥19👍6😱3🤣3🎅3😢2
Onlayn ro‘yxatdan o‘ting — sovrinlar yuting!

2026-yil 15–31-yanvar kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan tasodifiy g‘oliblar aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Har kuni har bir hududdan:

💻 noutbuklar
📱 planshetlar egasi aniqlanadi.

🏘 Hududlar bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlar:

Qashqadaryo: eng faol mahallaga yo‘l, elektr, piyodalar yo‘lagi yoki mini stadion.

Toshkent viloyati (Piskent): birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan mahallaga sport, stritbol va vorkaut maydonchasi.

Farg‘ona: ro‘yxatdan o‘tganlar orasida 36 ta televizor.

Toshkent shahri: faol OTM talabalari uchun kontraktning 50% qoplanadi (20 nafar).

🎉 Maxsus sovrinlar:

• Ko‘p a’zoli oilalar — “Toshkent Akva bog‘i”ga 4 kishilik bepul vaucher (50 ta).
• Eng keksa ro‘yxatdan o‘tgan erkak va ayollar — AKFA Medline’da bepul tibbiy ko‘rik (20 ta).
• Eng yoshlar ota-onalari — Uzum Market’da chegirma promokodlari (100 ta).
• Faol talabalar va volontyorlar — Korzinka’da 2 mln so‘mlik vaucher (20 ta).
• Faol yoshlar — Cambridge o‘quv markazida 3 oylik bepul ta’lim (20 ta).

Batafsil.

👉 Xullas, onlayn ro‘yxatdan o‘ting, sovrinlar yutish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@teacherazam
22🔥14😁4🎅1
💰 Bu infografika keyingi 12 oy ichida dunyo bozoriga eng ko‘p zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan omillarni ko‘rsatadi. Ma’lumotlar UBS’ning 2025-yildagi milliarderlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomadan olingan: turli hududlardagi juda boy odamlar “yaqin kelajakda bozorlarga eng katta xavf nima?” degan savolga javob bergan.

🤑 Eng katta xavotir tariflar, ya’ni import tovarlarga qo‘yiladigan bojlar bo‘lib chiqadi. Milliarderlarning 66 foizi tariflarni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Sababi tariflar oshsa, davlatlar orasidagi savdo qimmatlashadi, mahsulot narxlari ko‘tarilishi mumkin, kompaniyalar esa “qimmatroq xarajat” bilan ishlashga majbur bo‘ladi.

⚔️ Tariflardan keyingi eng katta xavf geopolitik mojarolar: urushlar, mintaqaviy beqarorlik va yirik davlatlar o‘rtasidagi keskin raqobat. 63 foiz milliarder aynan shuni katta xavf deb ko‘rsatgan.

⚠️ Uchinchisi siyosiy noaniqlik: qoidalar tez-tez o‘zgarib turishi, kutilmagan qarorlar, soliq va savdo siyosatidagi “bugun boshqacha, ertaga boshqacha” holatlar. Buni 59 foiz respondent xavf deb hisoblagan.

Yana 44 foiz milliarder inflyatsiya, ya’ni narxlar yana ko‘tarilib ketishi mumkinligidan xavotir bildirgan. So‘nggi yillarda ko‘p mamlakatlarda narxlar ko‘tarilgani uchun “hammasi tinchib qoldi” degan ishonch hali kuchli emas.

🌏 Hududlar bo‘yicha qarasak, hamma joyda bir xil emas. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida milliarderlarning 75 foizi tariflarni eng katta xavf deb bilgan. Bu mintaqa ko‘p mahsulotni eksport qiladi va global yetkazib berish zanjirlariga juda bog‘langan, shuning uchun tariflar oshishi ularning iqtisodiyotiga tez ta’sir qiladi.

🇺🇸 Amerikalar hududida esa respondentlarning 70 foizi asosan inflyatsiya va yirik geopolitik mojarolardan qo‘rqishini aytgan, ya’ni u yerda narxlar va siyosiy keskinliklar masalasi kuchliroq seziladi.

🍀 Pastroq o‘rinda turgan, lekin baribir muhim xavflar ham bor: qarz inqirozi (34 foiz), soliqlar oshishi (28 foiz) va global retsessiya, ya’ni butun dunyo bo‘yicha iqtisodiy pasayish ehtimoli (27 foiz). Qiziq tomoni shundaki, texnologik o‘zgarishlar va iqlim o‘zgarishi ro‘yxatda ancha past chiqadi: mos ravishda 15 va 14 foiz.

Bu ularni muhim emas degani emas, ko‘proq shuni anglatadi: milliarderlar bu ikki masalani uzoqroq muddatli yoki boshqarish osonroq deb ko‘rishi mumkin, tariflar, urushlar, siyosiy noaniqlik va inflyatsiya esa “hozirning o‘zida uradigan” zarba sifatida ko‘rinadi.

Manba

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3621👍6😱1🎅1
Forwarded from Learn with Englify
🗣 Ingliz tilini bilasiz, lekin SPEAKING kelganda gapira olmaysizmi?

Biz Englifyda aynan siz kabi insonlar uchun yangi “Oson Speaking” darslarini boshladik! 🚀

Dars davomiyligi: 50 daqiqa
👥 Guruh: 6 nafar o‘quvchi + ustoz bilan individual mashqlar

Bu darsda siz:
Ingliz tilida gapirish mahoratingizni oshirasiz
O‘zingizga bo‘lgan ishonchni kuchaytirasiz
Gapirishdagi qo‘rquvni yengasiz
Suhbatlar orqali amaliy tajriba olasiz

📅 Sana: 30-yanvar
Vaqt: 19:30 va 21:00
💰 Narxi: 29 000 so‘m

Ro’xatdan o’tish uchun link: r.englify.uz

🔥 Joylar cheklangan! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
🔥17🤣75👏5🎅1
Forwarded from Learn with Englify
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‘Oson Speaking’ dasturiga ro’yxatdan o’tishni bilmayotganlar uchun maxsus video.
19👍8🔥5👏4🎅1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
37🔥25👏11🤣11👍5🎅2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
48🔥24🤣12👍8🎅2
🇺🇸 Bu infografika AQShda uy xo‘jaligi (bir uyda birga yashaydigan odamlar) soniga qarab o‘rtacha daromadni ko‘rsatadi.

Ma’lumotlar AQSh Aholini ro‘yxatga olish idorasi (U.S. Census Bureau)ning American Community Survey (ACS) 2024, 1 yillik hisobotidan olingan.

💲 2024-yilda AQSh bo‘yicha median uy xo‘jaligi daromadi $81,604 ekan.

Infografikadagi raqamlar uyda nechta odam yashashiga qarab farqlanadi:

• bir kishi yashaydigan uy xo‘jaliklarida median daromad $42,124;
• ikki kishilik uy xo‘jaliklarida esa bu $90,465;
• uch kishilikda $107,126;
• to‘rt kishilikda $124,990;
• besh kishilik $119,003;
• olti kishilik $118,348;
• eng yuqorisi “yetti yoki undan ko‘p odam” bo‘lib, median daromad taxminan $126,072 atrofida.

👨‍👩‍👧‍👧 Bu yerda juda oddiy mantiq bor: uyda odam ko‘p bo‘lsa, ko‘pincha ishlaydigan odamlar ham ko‘proq bo‘ladi (ota-ona, katta farzandlar va hokazo), shuning uchun uyga kiradigan jami pul ko‘payadi.

🚫 Lekin bu “katta oila boyroq” degani emas. Chunki katta oilada pul ko‘proq odamga bo‘linadi. Shu sababli, uy xo‘jaligining umumiy daromadi balandroq ko‘rinsa ham, har bir odamga to‘g‘ri keladigan ulush ko‘pincha kichik oilalarnikidan pastroq chiqadi.

Yana bitta qiziq narsa yolg‘iz yashaydigan odamlar daromadi, ikki kishilik uy xo‘jaliklarinikidan yarmidan ham kam. Bu ham ko‘pincha “bitta odam = bitta ish haqi” bo‘lgani uchun.

Manba

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
161👍13🔥12👏2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏62🔥3618😁17🤣16🎅4👍2😢2😱1
Hindiston 2026-yilda necha foizga o‘sishi kutilyotgani haqida post qilgan edim.

🇮🇳 Bu infografikada 2020-2025-yil davomida Hindiston 1 rupiy daromadni qayerlardan olishi ko‘rsatilgan

O‘rtacha hisobda, hukumat topadigan har ₹1ning 55–60 foizi soliqlardan keladi.

📈 Bu soliqlarga odamlarning daromadidan olinadigan foyda solig‘i, kompaniyalardan olinadigan korxona solig‘i va mahsulot-xizmatlarga qo‘shiladigan QQS kiradi.

Soliqlar ichida foyda solig‘i + korxona solig‘i birga hisoblanganda har ₹1 ning taxminan 30–35 foizini beradi.

🔺 Bu Hindiston pulning katta qismini tobora ko‘proq odam va kompaniya daromadidan olinadigan soliqlarga tayanyotganini bildiradi

Lekin soliqlar yaxshi yig‘ilsa ham, hukumat baribir katta miqdorda qarz olaveradi.

2020–2025 oralig‘ida har ₹1 ning taxminan 25–35 foizi hukumat olgan qarzlar hisobiga keladi

🦠 COVID-19 yillarida (2020–21) iqtisodiyot sekinlashib, davlat xarajatlari ko‘paygani uchun qarzga tayanish eng yuqori darajaga chiqqan. Keyinroq, 2024–25 ga kelib daromadlar yaxshilangani sari bu tayanish asta-sekin kamaygan.

Hukumatning qolgan daromadi, ya’ni har ₹1 ning taxminan 8–10 foizi soliqdan tashqari manbalardan keladi.

🏦 Masalan, Markaziy bank (RBI) va davlat korxonalari foydasidan tushadigan dividendlar, turli to‘lovlar va yig‘imlar, foiz daromadlari va ba’zan davlat o‘z aktivlarini sotish orqali tushadigan pul bo‘lishi mumkin.

Manba

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
45👍12🔥8🎅2👏1😁1
Mushuksevarlar, qanisizlar?

🐈‍⬛ Siz uchun bitta telegram kanal tavsiya qilmoqchiman. U yerda mushuklaringizni xarid qilishingiz yoki tekinga olishingiz mumkin. U yerda har xil turdagi mushuklarni topasiz.

Bundan tashqari o‘zlarining telegram boti ham bor ekan. Agar siz mushuk sotmoqchi yoki hadiya qilmoqchi bo‘lsangiz, botga kerakli ma’lumotlarni kiritasiz va hammasi tayyor bo‘ladi.

#HADIYAGA yoki #SOTILADI heshteglari bilan sizga keraklilarini topish esa yanada oson

🐈 Faqat mushuklarni tekinga olyotganingizda mas’uliyatli bo‘ling. Keyin ko‘chaga qo‘yib yuboradigan bo‘lsangiz, olishni tavsiya qilmayman.

Telegram kanal: @cats_hub_uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
55🔥8😁8👍5😱3😢2🎅1
🧠 Anthropic degan AI kompaniyasi bu oy “Claude Cowork” degan yangi AI agentini e’lon qilgandi.

U oddiy odamlarning ish kunini yengillashtirish uchun mo‘ljallangan: masalan, vazifalarni tartibga solish, yozishmalarni tezlashtirish, ishni tezroq bajarishga yordam berish. Shu yangilik anchagina shov-shuv bo‘lgandi.

📺 Ayrim dasturiy ta’minot kompaniyalari aksiyalari tushib ketdi, dunyo bo‘ylab ko‘plab startap asoschilari qo‘rqib qoldi, chunki “AI agentlar bizning ishimizni (yoki mahsulotimizni) bosib ketmaydimi?” degan xavotir kuchaydi.

Lekin Gallup kompaniyasining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, amerikalik xodimlar bu texnologiyani allaqachon ishlatib kelayotgan edi, hatto “Cowork” chiqishidan oldin ham.

🖥 Ularning kecha e’lon qilingan natijalariga ko‘ra, 2025-yilning 4-choragida (Q4) ish joyida AI ishlatish yana oshgan: har kuni ishlatadiganlar ham, tez-tez ishlatadiganlar ham, deyarli ishlatmaydiganlarning umumiy ulushi ham ko‘paygan.

Eng qiziq joyi: Gallup ma’lumotiga ko‘ra, bor-yo‘g‘i taxminan 2,5 yil ichida AQShda ishda AI’ni har kuni ishlatadigan xodimlar foizi uch baravar bo‘lib ketgan.

👨‍💻 “Haftasiga bir necha marta” ishlatadiganlar ham, “yiliga bir necha marta” bo‘lsa ham ishlatadiganlar ham ikki baravardan ko‘proq oshgan. Ya’ni AI ish hayotiga juda tez kirib kelyapti.

Bu o‘sish sizga “katta yangilik” bo‘lib tuyuladimi yoki yo‘qmi, bu siz ishlaydigan joyga bog‘liq. Ba’zi ofislarda AI oddiy kalkulyator kabi doim ishlatiladi, boshqa joylarda esa hali “bizga kerak emas” deyishadi. Qaysi kompaniyada va qaysi sohada ishlashingiz ham bu farqni o‘zgartiradi.

Siz ham ishingizda qanchalik ko‘p AI’dan foydalanyapsiz?

Manba

@teacherazam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
122🔥14👍2👏2