Ali. Blog – Telegram
Ali. Blog
304 subscribers
336 photos
78 videos
4 files
208 links
Shaxsiy hudud.

Maqtanchoq, jizzaki, kompyuter o'yinlari jinnisi, sobiq dasturchi, bo'lajak 3D modellashtiruvchi, tarjimon. Ingliz va o'zbek tillarida erkin so'zlasha olaman.

Shaxsiy xabar uchun: @HarryAli

Mening proyektlarim: TheHarryAli.com
Download Telegram
Telegramdagi blogimni yuritmay qo'yganimga ham yarim yil bo'libdi. Shu o'tgan yarim yil davomida hayotimda bo'lgan ishlarni qisqacha aytib bersam:

-Ajrashdim
-3D dizaynerlik faoliyatimdan sal chetlashdim
-Telegram Bot Developerlik faoliyatimni qayta tikladim
-Portfolio uchun TheHarryAli.com saytini tuzib qo'ydim
-UzNetflixni bot ko'rinishidagi videokatalogga aylantirish harakatlarini boshladim: @UzNetflixBot


Albatta, twitterdagi kuzatuvchilar bularning baridan xabari bor allaqachon)
Roppa-rosa yarim yildan keyin yozyapman))

Epic Games magazinida "Hogwarts Legacy" video-o'yini bu haftalik bepul o'yinlar qatoriga qo'shilibdi. Hoziroq o'yinni 100% chegirmada olib qolishga ulguringlar.

Harry Potter olamiga qiziquvchilar uchun Hogwarts qasrini aylanib yurishga ajoyib imkoniyat!

P/s: kompyuteringiz bo'lmasa ham, telefondan akkaunt ochib, olib qo'yaveringlar. Keyinchalik asqotib qoladi))
Chang bosib turgan blogimda hech bo'lmasa serial va kinolar haqida fikrlarimni yozib tursammi, nima deysizlar? 🤔 Albatta, xorij film va seriallari haqida.
1-2 kun oldin "Now You See Me" filmining 3-qismi internetga chiqdi. Shunda tushunib yettimki, filmning 2-qismini hali ko'rmagan ekanman, oradan salkam 10 yil o'tgan bo'lsa ham. Shu sabab, birato'la 1-qismdan qayta ko'rib chiqyapman. Sizlar ham filmni boshidan yoki shunchaki 3-qismini ko'rib chiqinglar. Ertaga shu film haqida gaplashamiz))

Agar qayerdan ko'rishga ikkilanayotgan bo'lsanglar, shunchaki itvdan bosvorsangizlar bo'ladi)
Roblox degan o'yin haqida ko'p eshitgandim, "Dharmann" roliklarida ayniqsa, lekin hecham o'ynab ko'rmagandim. Taxminan Fortnitega o'xshash o'yin hayolimga kelardi.

Lekin yaqinda qizim sababli qanday o'yinligini bilib oldim. Qisqacha aytganda, simulyator desa ham bo'ladi. Hamma unda o'z dunyosini yaratishi, o'z missiyalarini yaratishi, o'sha o'zlari yaratgan dunyodagi nimadir funksiyalarni pulga sotish evaziga pul ishlashi mumkin ekan.



Xullas, qizim bilan Roblox o'ynab ko'rdik, qizim telefonda, men kompyuterda))
https://www.instagram.com/reel/DSie1sSDOnh/
Ali. Blog
1-2 kun oldin "Now You See Me" filmining 3-qismi internetga chiqdi. Shunda tushunib yettimki, filmning 2-qismini hali ko'rmagan ekanman, oradan salkam 10 yil o'tgan bo'lsa ham. Shu sabab, birato'la 1-qismdan qayta ko'rib chiqyapman. Sizlar ham filmni boshidan…
Manovi filmni 3-qismi menga uncha yoqmadi to'g'risi. Men kino va seriallarni tahlil qilib, ulardagi yashirin ma'nolarni tushunishga harakat qilib, miyamni charchatib ko'rmayman. Balki shu uchun unchalik yoqmagandir balki)
Kirib kelgan yangi yil hammamizga omadli kelsin. Boshlagan va boshlamoqchi bo'lgan ishlarimiz barakali bo'sin🤲
Instagramda video-o'yinlar strimi uchun yangi akkaunt ochdim:

https://www.instagram.com/_cyber_ali_/

Like, podpiska, share va Alishare))
Telegramda aynan video-o'yinlar dunyosidagi yangiliklar haqida gaplashish uchun, kanal ochdim. Aniqrog'i, sobiq Techno Ali kanalimni rebrending qildim. Yangi nom ostida: @TheCyberAli

Shuningdek, youtube kanalni ham yo'lga qo'ydim va undagi 1-videoyimni hozirgina chop etib bo'ldim😑 Bu haqida ham yuqoridagi telegram kanalda bilib olishinglar mumkin.
Youtubedagi 1-videoyimni tayyorlash uchun, Watch Dogs o'yinini o'ynab chiqish jarayonimni to'liq yozib olgandim. Qayta ko'rib, hikoya senariysini yozish va montajda shu videolardan foydalanish uchun. Natijada, 245GBlik 54ta videofayl paydo bo'ldi.
Bugun shu serialni ko'rib tugattim. Zo'r chiqibdi. Ko'rishni tavsiya qilaman. 2-mavsumni kutishga arziydi. Breaking Bad serialini ishlagan rejissor Vince Gilligan ishlagan.

Serial nima haqida? Serialda butun dunyoda virus tarqaladi. Odamni kasal qiladigan, xavfli emas, boshqacha. Virus yuqtirib olgan odamlarning barchasini ongi umumlashib qoladi. Huddi bitta serverga ulanib qolgandek bo'ladi. Hech kimda "men" degan tuyg'u bo'lmaydi, hammada faqat "biz" bo'ladi. Chunki butun insoniyatni ongi 1ta ongga birlashib ketgan bo'ladi va o'sha markaziy ong orqali boshqariladi butun insoniyat.

Serial qahramoni bo'lgan Carol ismli ayol esa, shu virus ta'sir qilmagan 12ta odamlardan biri. Qolgan 11ta odamdan farqli tarzda bu virusni davolash, unga qarshi kurashishni xohlaydi. Serial shu haqida. Ko'ringlar, achinmaysizlar.
Zootopia 2ni ko'rib chiqdim. Kinoteatrda ko'rishga sherik bo'lmagandi))

Multfilm menga juda yoqdi, zo'r ishlangan, yaxshi g'oya o'ylangan. Huddi yahudiylar nazarda tutilgandek qilib ko'rsatilgan yovuz qahramonlar ham))

Eng quvonarlisi esa, Disney nihoyat lgbt propagandasidan voz kechgan ko'rinadi. Chunki oxirgi yillarda chiqqan multfilmlarini barida shunaqa personajlar qo'shilganiga qaramay, Zootopia 2ga bu qo'shilmagan. Harqalay, men sezmadim) Shu ishini deb aksiyalar narxi tushib, milliardlab dollarlar zarar ko'rgani haqida o'qigandim) Aqlini yig'ib olishgani rost bo'lsin)