UzGeeks Community – Telegram
UzGeeks Community
2.92K subscribers
519 photos
38 videos
13 files
215 links
UzGeeks Community - rasmiy kanali
Download Telegram
17-noyabr TATUda UzGeeks Communityning navbatdagi "UzGeeks November2018 Meetup" tadbiri bo'lib o'tdi. Ushbu meetupda o'z bilimlari bilan taqdimot o'tib bergan dokladchilarga, meetupga tashrif buyurgan eshituvchilarga va meetupni tashkil etishda yaqindan yordam bergan TATU rahbariyatiga, UzGeeks o'z minnatdorchiligini bildiradi!!!
UzGeeks November2018 Meetup.zip
6.4 MB
UzGeeks November2018 Meetup prezintatsiyalari
Ba'zi texnik sabablarga ko'rsa, meetupda rejalashtirilgan 3-doklad bo'lmadi. Nasib etsa, keyingi meetupda ushbu (VertX texnologiyasi: 5 daqiqada web server - kuching yetsa buzib ko'r!) dokladni taqdim etishga harakat qilamiz. Bizni kuzatib boring!
UzGeeks Communty kanali: @UzGeeksCommunity
UzGeeks Communty guruhi: @UzGeeksGroup
Assalom alaykum!!

📆 16-mart shanba kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida UzGeeksning navbatdagi "UzGeeks March2019 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Bu galgi meetupimizda quyidagi mavzular bo'yicha dokladlar bo'ladi:
1. Yosh dasturchilar yo'l qo'yadigan 5ta xato va ularning yechimlari - Islomjon Tursunov (CITY MEDIA);
2. How to write your own Python web framework - Jahongir Rahmonov (Super Dispatch);
3. VertX texnologiyasi: 5 daqiqada web server - kuching yetsa buzib ko'r! - Saidolim Djuraev (Net Extensions).

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/mar2019
Forwarded from Ustoz-Shogird
📆 16-mart shanba kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida UzGeeksning navbatdagi "UzGeeks March2019 Meetup" bo`lib o`tadi.

Mavzu:
1. Yosh dasturchilar yo`l qo`yadigan 5ta xato va ularning yechimlari - Islomjon Tursunov (CITY MEDIA)

✍️ Ro'yxatdan o`tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/mar2019

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish: https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAD7sfMQWkI7IudW6eg
Forwarded from Ustoz-Shogird
📆 16-mart shanba kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida UzGeeksning navbatdagi "UzGeeks March2019 Meetup" bo`lib o`tadi.

Mavzu:
2. How to write your own Python web framework - Jahongir Rahmonov (Super Dispatch);

✍️ Ro'yxatdan o`tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/mar2019

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish: https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAD7sfMQWkI7IudW6eg
Forwarded from Ustoz-Shogird
📆 16-mart shanba kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida UzGeeksning navbatdagi "UzGeeks March2019 Meetup" bo`lib o`tadi.

Mavzu:
3. VertX texnologiyasi: 5 daqiqada web server - kuching yetsa buzib ko`r! - Saidolim Djuraev (Net Extensions)

✍️ Ro'yxatdan o`tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/mar2019

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish: https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAD7sfMQWkI7IudW6eg
Forwarded from Ustoz-Shogird
Assalom alaykum, Farg`onalik qadrdonlar!!

📆 16-mart shanba kuni UzGeeksning navbatdagi "UzGeeks March2019 Meetup" Farg`ona shahrida ham bo'lib o'tadi.

Qayerda: Sirius innovatsion markazi

Savollar bo`yicha:
+998 99 995 66 93
+998 93 640 30 09

Mo`ljal: Fag`ona shahar, "Turon bank" va Doner kafesi oldida

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi.

✍️ Ro'yxatdan o`tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/mar2019

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish: https://news.1rj.ru/str/joinchat/AAAAAD7sfMQWkI7IudW6eg
Jamoamizga xush kelibsiz!
Jamoamiz haqida uzgeeks.uz da ma'lumot olishingiz mumkin
Qisqacha tartib-qoida va savol berish odob-ahloqi haqida:
1. Jamoadagilar telepat emas, savolni aniqroq, qo’shimcha ma’lumotlari bilan bering, biz siz nima istayotganingizni tushuna olaylik. Bu yerga to’liq savolni berishga erinsangiz, jamoamiz tomonidan yaratilgan http://yordam.uz ga savolni joylab yoki http://ideone.com/, http://codepen.io/ servislarida kodni ishlatib, ushbu guruhga havolani tashlashingiz mumkin.
2. Biz siz uchun uy vazifangizni bajarmaymiz.
3. Sizdan savolingizni o’rtaga tashlashdan oldin u bo’yicha o’zingiz qandaydur izlanish olib borib, kamida googlelab, keyin o’rtaga tashlashingizni kutamiz.
4. Xuda-behuda oldi-qochdi, ITga aloqasi yo’q mavzularni ko’tarib, shuncha insonni bekorga bezovta qilmaysiz deb umid qilamiz.
5. Savollarni bir xabar ko’rinishida, bo’laklarga bo’lmay, imkon qadar imloviy xatolarsiz("odno" stilda yozish qat'iyan qoralanadi), #savol tegi bilan tashlashingiz maqsadga muvofiq. Javoblarni ham #javob tegi bilan ko’rsatish nur ustiga a’lo nur bo’lur edi.
6. Jamoadagilar bilan xushmuomala, o’zaro hurmat va izzat bilan munosabatda bo’lishingizga ishonamiz.
7. Jamoamiz guruhdagi xabarlarni siyosiy, diniy, sevgi-muhabbat, reklamalar, dastur yoki saytlarni buzish(umuman buzg'unchlik mavzusidan) va stickerlardan holi bo’lishi tarafdori.
8. Ushbu qoidalarimizga rioya qilasiz deb umid qilamiz va adminlar tomonidan keskin chora ko’rish darajasigacha olib bormasligingizga ishonamiz.
UzGeeks March2019 Meetup.zip
1.4 MB
UzGeeks March2019 Meetup prezintatsiyalari
Assalom alaykum!
Iyul oyining 27-sanalarida(shanba) "UzGeeks July2019 Meetup"ni o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Shu munosabat bilan, malakali dasturchilarni ushbu meetupimizga o'z bilim va malakalari bilan doklad ko'rinishida bo'lishishga taklif qilamiz. Agar meetup mavzulari bo'yicha takliflar, fikrlar bo'lsa, shu yerga yozsangiz, muhokama qilib, ko'pchilik uchun foydali, qiziqarli va ma'qul bo'lgan mavzularni meetupimizga tanlab olamiz. Meetup 27-iyul shanba kuni bo'lishi rejalashtirilgan. Unda doimgidek 3 mavzu bo'yicha doklad bo'lib o'tadi.
@UzGeeksGroup
Assalom alaykum. UzGeeks Community'ning navbatdagi meetup tadbiri qayerda bo'lib o'tsa Sizga qulay bo'ladi?
anonymous poll

TATU (Faollar zali yoki O'zbek-Hind markazi) – 66
👍👍👍👍👍👍👍 66%

Platforma C-Space co-working(BIY metro) – 22
👍👍 22%

Boshqa joy – 8
👍 8%

TDIU(Narxoz) – 4
▫️ 4%

👥 100 people voted so far.
UzGeeks so'rovnoma

Assalom alaykum.
UzGeeks Community faoliyatini yaxshilash, uni yanada rivojlantirish hamda mavjud kamchiliklarni aniqlash maqsadida, so'rovnoma o'tkazishga qaror qildik.

Iltimos, ushbu so'rovnomada imkon qadar to'liq qatnashing!
Oldindan katta rahmat!

http://s.yordam.uz/uzgeeks1
"32GB oling va muommolarni unuting" - degani shu bo'ladi!
© Sag'indiq Kenjebaev
Men uchun eng gʻalati sport turi bu - boks: ustida shimi yoʻq, yana kamar uchun jang qiladi.
Assalom alaykum Aziz do'stlar!
Juma muborak bo'lsin!
Kuningiz mazmunli o'tsin!
Forwarded from Ustoz-Shogird
Assalomu alaykum hurmatli do`stlar.

Kanalimizda e'loni chiqmagan aka-ukalarimiz uchun alohida post yozishga qaror qildik.

1. Qayday qilib kanalda e'lon chiqarsam bo`ladi?
E'lon berish uchun @UstozShogirdBot botiga kirasiz va o`zingizga kerakli bo`limni tanlashingiz kerak. Savollarga javob berasiz va oxirida HA tugmasini bosishingiz kerak. Shu bilan e'lon bizga kelib tushadi.

2. Bergan e'lonim qancha vaqtda ko'rib chiqiladi?
Tushgan arizalar 24-48 soat ichida kanalga qo`yiladi.

3. Qayta e'lon bersam bo`ladimi?
Albatta bo`ladi. Har 2 haftada 1 marta e'loningizni qayta berishingiz mumkin.

4. O`quv markazim bor, qaydan qilib e'lon beraman?
Adminimiz @yordam_uz ga murojaat qiling, sizga O`quv kurslari uchun shaklni beradilar. Shuni to`ldirib bersangiz, ertasiga e'loningizni chiqarib beriladi.

Savollaringiz yoki takliflaringiz bo`lsa, o`qib hursand bo`lamiz.
@UstozShogirdFikrBot orqali o` fikrlaringizni yozishingiz mumkin.


👉 @UstozShogird kanali bilan birga bo`ling
Assalom alaykum!!

📆 24-avgust shanba kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti "UzGeeks August2019 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Bu galgi meetupimizda quyidagi mavzular bo'yicha dokladlar bo'ladi:
1. Scrum metodologiyasi yordamida dasturiy ta’minot ishlab chiqishni boshqarish - Sardor Dushamov (Newmax Technologies, Workly);
2. API texnologiyalari haqida batafsil - Odilbek Mirzayev (PDP);

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: http://uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/2019avg