UzGeeks Community – Telegram
UzGeeks Community
2.92K subscribers
519 photos
38 videos
13 files
215 links
UzGeeks Community - rasmiy kanali
Download Telegram
Assalom alaykum Aziz do'stlar!
Juma muborak bo'lsin!
Kuningiz mazmunli o'tsin!
Forwarded from Ustoz-Shogird
Assalomu alaykum hurmatli do`stlar.

Kanalimizda e'loni chiqmagan aka-ukalarimiz uchun alohida post yozishga qaror qildik.

1. Qayday qilib kanalda e'lon chiqarsam bo`ladi?
E'lon berish uchun @UstozShogirdBot botiga kirasiz va o`zingizga kerakli bo`limni tanlashingiz kerak. Savollarga javob berasiz va oxirida HA tugmasini bosishingiz kerak. Shu bilan e'lon bizga kelib tushadi.

2. Bergan e'lonim qancha vaqtda ko'rib chiqiladi?
Tushgan arizalar 24-48 soat ichida kanalga qo`yiladi.

3. Qayta e'lon bersam bo`ladimi?
Albatta bo`ladi. Har 2 haftada 1 marta e'loningizni qayta berishingiz mumkin.

4. O`quv markazim bor, qaydan qilib e'lon beraman?
Adminimiz @yordam_uz ga murojaat qiling, sizga O`quv kurslari uchun shaklni beradilar. Shuni to`ldirib bersangiz, ertasiga e'loningizni chiqarib beriladi.

Savollaringiz yoki takliflaringiz bo`lsa, o`qib hursand bo`lamiz.
@UstozShogirdFikrBot orqali o` fikrlaringizni yozishingiz mumkin.


👉 @UstozShogird kanali bilan birga bo`ling
Assalom alaykum!!

📆 24-avgust shanba kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti "UzGeeks August2019 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Bu galgi meetupimizda quyidagi mavzular bo'yicha dokladlar bo'ladi:
1. Scrum metodologiyasi yordamida dasturiy ta’minot ishlab chiqishni boshqarish - Sardor Dushamov (Newmax Technologies, Workly);
2. API texnologiyalari haqida batafsil - Odilbek Mirzayev (PDP);

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: http://uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/2019avg
Assalom alaykum. Bugungi UzGeeks August2019 Meetup TATU O'zbek-Hind markazida soat 14:00 da bo'lib o'tadi!
Assalom alaykum!

Sentabr oyining 21-sanalarida (shanba) "UzGeeks September2019 Meetup"ni o'tkazishni rejalashtiryapmiz.

Shu munosabat bilan, malakali dasturchilarni ushbu meetupimizga o'z bilim va malakalari bilan doklad ko'rinishida bo'lishishga taklif qilamiz. Agar meetup mavzulari bo'yicha takliflar, fikrlar bo'lsa, shu yerga yozsangiz, muhokama qilib, ko'pchilik uchun foydali, qiziqarli va ma'qul bo'lgan mavzularni meetupimizga tanlab olamiz.

Meetup 21-sentabr shanba kuni bo'lishi rejalashtirilgan. Unda doimgidek 3 mavzu bo'yicha doklad bo'lib o'tadi.

@UzGeeksGroup
01. Dastur o'zi nima? | Dasturlash haqida (5:26 daqiqa)
Bu videoda dastur va dasturlash haqida umumiy ma’lumot va bir nechta misollar beriladi.
YouTubeda: https://youtu.be/cBxax8t6mS8
Moverda: https://mover.uz/watch/wrNGRqDm/

===

02. Dasturlash sohalari | Dasturlash haqida (5:11 daqiqa)
Bu videoda dasturlashning qanday sohalari borligi haqida gaplashamiz.
YouTubeda: https://youtu.be/JlznTeemBJM
Moverda: https://mover.uz/watch/EMIHpEE/

===

03. Dasturlovchi kim va kimlar dasturlovchi emas? | Dasturlash haqida (2:40 daqiqa)
Bu videoda asosan kimlarni dasturlovchi deb bo'lmasligini va kichik misolda kimlar dasturlovchi ekani haqida gaplashamiz.
YouTubeda: https://youtu.be/cSTtSQ6CNcc
Moverda: https://mover.uz/watch/KCsT7uDm

===

04. Dasturlash tillari | Dasturlash haqida (4:34 daqiqa)
Frontend uchun qaysi dasturlash tili ishlatiladi? Backend uchunchi? Bu videoda shu mavzuda gaplashamiz va boshlovchi dasturchilar uchun kichik bir tavsiya berib o'tamiz.
YouTubeda: https://youtu.be/7xXxW0m95kM
Moverda: https://mover.uz/watch/d188E7Dm/

===

05. Dasturlashni o'rganish bo'yicha tavsiyalar | Dasturlash haqida (06:57 daqiqa)
Dasturlash sohasiga endi kirib kelgan qiziquvchilarda ba'zi xatolar ko'p uchrab turadi. Shular tufayli ular dasturlashni o'rganishda qiynalishlari yoki biror natijaga erishishgacha bo'lgan vaqtlari cho'zilib ketishi mumkin. Bu videoda aynan dasturlash sohasiga yangi bo'lganlar uchun asqotishi mumkin bo'lgan tavsiyalar berilgan.
YouTubeda: https://youtu.be/YgsqC-DZpdM
Moverda: https://mover.uz/watch/T49IuXDm/

===

06. Dasturchilarda kuzatiladigan xatolar | Dasturlash haqida (10:38 daqiqa)
Dasturchilarda uchrab turadigan ba'zi xatolar haqida gaplashamiz. Ingliz tilining ahamiyati, yozma muloqotdagi qoidalar va boshqalar haqida.
YouTubeda: https://youtu.be/BxqPpG63mr0
Moverda: https://mover.uz/watch/11QYW4Em/
(c) @mayoquz
Assalom alaykum!!

📆 21-sentabr shanba kuni “Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti” da "UzGeeks September2019 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚Meetup quyidagi mavzulardan tashkil topgan:

1. Frontend dasturchi nimalarga eʼtibor berishi kerak? Xatolar, yechimlar, tavsiyalar...” - Muhammadjavohir Sur'atov (Najot Taʼlim);

2. Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?” - Qudrat Abdurahimov (Merit Kimyo, dastur.uz);

"UzGeeks September2019 Meetup" tadbiri homiysi - “Progress Academy” tanlov asosida, eng qiziqarli savol egalariga esdalik sovg'alar topshiradi.

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/sep2019

👉 @UstozShogird kanalida batafsil
Assalom alaykum.
Bugun 21-sentabr soat 14:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida UzGeeks Communityning navbatdagi "UzGeeks September2019 Meetup" tadbiri bo'lib o'tadi.
Meetup TDIUning 7-binosida joylashgan Majlislar Zalida bo'lib o'tadi! Sizni ushbu tadbirga taklif etamiz!
Va albatta kech qolmaslikni iltimos qilamiz!
Manzil: https://maps.google.com/maps?q=41.309057,69.248860&ll=41.309057,69.248860&z=16
UzGeeks September2019 Meetup onlayn tomosha qilish uchun quyidagi havolaga kiring: http://s.yordam.uz/uzgeeks
Jamoamizga xush kelibsiz!
Jamoamiz haqida uzgeeks.uz (https://uzgeeks.uz/) da ma'lumot olishingiz mumkin
Qisqacha tartib-qoida va savol berish odob-ahloqi haqida:
1. Jamoadagilar telepat emas, savolni aniqroq, qo’shimcha ma’lumotlari bilan bering, biz siz nima istayotganingizni tushuna olaylik. Bu yerga to’liq savolni berishga erinsangiz, jamoamiz tomonidan yaratilgan http://yordam.uz ga savolni joylab yoki http://ideone.com/, http://codepen.io/ servislarida kodni ishlatib, ushbu guruhga havolani tashlashingiz mumkin.
2. Biz siz uchun uy vazifangizni bajarmaymiz.
3. Sizdan savolingizni o’rtaga tashlashdan oldin u bo’yicha o’zingiz qandaydur izlanish olib borib, kamida googlelab, keyin o’rtaga tashlashingizni kutamiz.
4. Xuda-behuda oldi-qochdi, ITga aloqasi yo’q mavzularni ko’tarib, shuncha insonni bekorga bezovta qilmaysiz deb umid qilamiz.
5. Savollarni bir xabar ko’rinishida, bo’laklarga bo’lmay, imkon qadar imloviy xatolarsiz("odno" stilda yozish qat'iyan qoralanadi), #savol tegi bilan tashlashingiz maqsadga muvofiq. Javoblarni ham #javob tegi bilan ko’rsatish nur ustiga a’lo nur bo’lur edi.
6. Jamoadagilar bilan xushmuomala, o’zaro hurmat va izzat bilan munosabatda bo’lishingizga ishonamiz.
7. Jamoamiz guruhdagi xabarlarni siyosiy, diniy, sevgi-muhabbat, reklamalar, dastur yoki saytlarni buzish(umuman buzg'unchlik mavzusidan) va stickerlardan holi bo’lishi tarafdori.
8. Jamoadagilar Siz uchun kompyuter tanlash, Windows o'rnatish, Word, Excel kabi dasturlarda hujjatlarni o'zgartirish, kompyuterni virusdan tozalash kabi ishlarni bajarishmaydi(bunday mavzular uchun maxsus https://news.1rj.ru/str/uzgeeksflood guruhimiz mavjud)!
9. Ushbu qoidalarimizga rioya qilasiz deb umid qilamiz va adminlar tomonidan keskin chora ko’rish darajasigacha olib bormasligingizga ishonamiz.
Forwarded from Ustoz-Shogird
Bitta dasturiy mahsulot davlatimizga qancha naf keltiradi, korrupsiya, byurokratiyani bartaraf etadi, odamlarga qulaylik yaratadi.

Har doim yodda tutinglarki, sizlarning ishingiz judayam muhim.

👉 @UstozShogird
Forwarded from Ustoz-Shogird
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari!!!

Bugun bizda 2 ta yangiligimiz bor. Birinchisi Jamoamiz a'zolari 5000 dan oshdi.

Sizga yordamimiz tegayotgan bo`lsa, bundan ruhlanib, biz yanada ko`proq ishlashimiz va ko`proq yangi loyihalarni amalga oshirishga quvvat bo`ladi!!!

Birga ekaningizdan katta rahmat !!!

👉 @UstozShogird kanalida batafsil
Forwarded from Ustoz-Shogird
🔆 Assalomu alaykum do`stlar,

👨🏻‍💻👩🏻‍💻 Kuni kecha 1 000 000 Uzbek Coders loyihasi ochilishi bo`lib o`tdi.
Loyiha doirasida UzGeeks jamoasi ham qatnashib keldik.

🇺🇿 🇦🇪 10^6 Uzbek Coders loyihasining maqsadi, o`zbek yoshlariga IT sohasida ilm berish bo`lib, hozirda Udacity tashkiloti va Dubai Future Foundation va O`zbekiston hukumati hamkorligida amalga oshirilmoqda.

🎩 UzGeeks ham o`zining loyihalari haqida gapirib berdi va yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Loyihalarimiz:

1. UzGeeks.uz - MeetUp tadbirlarimiz.

2. @UzGeeksGroup - Savollarga Online javob qaytaradigan guruhimiz.

3. Yordam.uz - Savollar va ularning batafsil javoblari sayti.

4. @UstozShogird - Ustoz Shogird telegram kanalimiz.

🎬 Bo`lib o`tgan tadbirni Facebook kanalimizda Video streaming qildik. Shu videoni ham havola qilamiz:
http://s.yordam.uz/22

👍👍👍 Bu anjuman biz uchun bayram bo`ldi. Hursandchilikni do`stlaringizga ham ulashing !!! 👍👍👍

👉 @UstozShogird kanali
Forwarded from Ustoz-Shogird
🖼 Tadbirdan fotolavhalar...

👉 @UstozShogird kanalida batafsil