UzGeeks Community – Telegram
UzGeeks Community
2.92K subscribers
519 photos
38 videos
13 files
215 links
UzGeeks Community - rasmiy kanali
Download Telegram
Jamoamizga xush kelibsiz!
Jamoamiz haqida uzgeeks.uz (https://uzgeeks.uz/) da ma'lumot olishingiz mumkin
Qisqacha tartib-qoida va savol berish odob-ahloqi haqida:
1. Jamoadagilar telepat emas, savolni aniqroq, qo’shimcha ma’lumotlari bilan bering, biz siz nima istayotganingizni tushuna olaylik. Bu yerga to’liq savolni berishga erinsangiz, jamoamiz tomonidan yaratilgan http://yordam.uz ga savolni joylab yoki http://ideone.com/, http://codepen.io/ servislarida kodni ishlatib, ushbu guruhga havolani tashlashingiz mumkin.
2. Biz siz uchun uy vazifangizni bajarmaymiz.
3. Sizdan savolingizni o’rtaga tashlashdan oldin u bo’yicha o’zingiz qandaydur izlanish olib borib, kamida googlelab, keyin o’rtaga tashlashingizni kutamiz.
4. Xuda-behuda oldi-qochdi, ITga aloqasi yo’q mavzularni ko’tarib, shuncha insonni bekorga bezovta qilmaysiz deb umid qilamiz.
5. Savollarni bir xabar ko’rinishida, bo’laklarga bo’lmay, imkon qadar imloviy xatolarsiz("odno" stilda yozish qat'iyan qoralanadi), #savol tegi bilan tashlashingiz maqsadga muvofiq. Javoblarni ham #javob tegi bilan ko’rsatish nur ustiga a’lo nur bo’lur edi.
6. Jamoadagilar bilan xushmuomala, o’zaro hurmat va izzat bilan munosabatda bo’lishingizga ishonamiz.
7. Jamoamiz guruhdagi xabarlarni siyosiy, diniy, sevgi-muhabbat, reklamalar, dastur yoki saytlarni buzish(umuman buzg'unchlik mavzusidan) va stickerlardan holi bo’lishi tarafdori.
8. Jamoadagilar Siz uchun kompyuter tanlash, Windows o'rnatish, Word, Excel kabi dasturlarda hujjatlarni o'zgartirish, kompyuterni virusdan tozalash kabi ishlarni bajarishmaydi(bunday mavzular uchun maxsus https://news.1rj.ru/str/uzgeeksflood guruhimiz mavjud)!
9. Ushbu qoidalarimizga rioya qilasiz deb umid qilamiz va adminlar tomonidan keskin chora ko’rish darajasigacha olib bormasligingizga ishonamiz.
Forwarded from Ustoz-Shogird
Bitta dasturiy mahsulot davlatimizga qancha naf keltiradi, korrupsiya, byurokratiyani bartaraf etadi, odamlarga qulaylik yaratadi.

Har doim yodda tutinglarki, sizlarning ishingiz judayam muhim.

👉 @UstozShogird
Forwarded from Ustoz-Shogird
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari!!!

Bugun bizda 2 ta yangiligimiz bor. Birinchisi Jamoamiz a'zolari 5000 dan oshdi.

Sizga yordamimiz tegayotgan bo`lsa, bundan ruhlanib, biz yanada ko`proq ishlashimiz va ko`proq yangi loyihalarni amalga oshirishga quvvat bo`ladi!!!

Birga ekaningizdan katta rahmat !!!

👉 @UstozShogird kanalida batafsil
Forwarded from Ustoz-Shogird
🔆 Assalomu alaykum do`stlar,

👨🏻‍💻👩🏻‍💻 Kuni kecha 1 000 000 Uzbek Coders loyihasi ochilishi bo`lib o`tdi.
Loyiha doirasida UzGeeks jamoasi ham qatnashib keldik.

🇺🇿 🇦🇪 10^6 Uzbek Coders loyihasining maqsadi, o`zbek yoshlariga IT sohasida ilm berish bo`lib, hozirda Udacity tashkiloti va Dubai Future Foundation va O`zbekiston hukumati hamkorligida amalga oshirilmoqda.

🎩 UzGeeks ham o`zining loyihalari haqida gapirib berdi va yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Loyihalarimiz:

1. UzGeeks.uz - MeetUp tadbirlarimiz.

2. @UzGeeksGroup - Savollarga Online javob qaytaradigan guruhimiz.

3. Yordam.uz - Savollar va ularning batafsil javoblari sayti.

4. @UstozShogird - Ustoz Shogird telegram kanalimiz.

🎬 Bo`lib o`tgan tadbirni Facebook kanalimizda Video streaming qildik. Shu videoni ham havola qilamiz:
http://s.yordam.uz/22

👍👍👍 Bu anjuman biz uchun bayram bo`ldi. Hursandchilikni do`stlaringizga ham ulashing !!! 👍👍👍

👉 @UstozShogird kanali
Forwarded from Ustoz-Shogird
🖼 Tadbirdan fotolavhalar...

👉 @UstozShogird kanalida batafsil
Forwarded from Nusratulla L
“Bir Million O‘zbek Dasturchilari” Tashabbusining ochiq platformasi
http://uzbekcoders.uz/
Assalom alaykum!

Yanvar oyining 25-sanalarida (shanba) "UzGeeks January2020 Meetup"ni o'tkazishni rejalashtiryapmiz.

Shu munosabat bilan, malakali dasturchilarni ushbu meetupimizga o'z bilim va malakalari bilan doklad ko'rinishida bo'lishishga taklif qilamiz. Agar meetup mavzulari bo'yicha takliflar, fikrlar bo'lsa, shu yerga yozsangiz, muhokama qilib, ko'pchilik uchun foydali, qiziqarli va ma'qul bo'lgan mavzularni meetupimizga tanlab olamiz.

Meetup 25-yanvar shanba kuni bo'lishi rejalashtirilgan. Unda doimgidek 3 mavzu bo'yicha doklad bo'lib o'tadi.
@UzGeeksGroup
Assalomu alaykum.
Bir yangilik bilan tanishtirmoqchimiz. O'zbekistonda dasturlashni rivojlantirishga ozroq bo'lsa ham xissa qo'shish maqsadida, Havola.uz loyihasini ishga tushirdik. Loyiha dasturlashga qiziquvchilarga tanlov qilishda yordam berish, axborot texnologiyalarga oid dunyoning yetakchi manbalari hamda, o'zimizning dasturchilar tomonidan yaratilgan materiallarni bir joyga jamlash, loyihalarni ulashish uchun maydon yaratishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Bu uchun sizlar ham o'z xissangizni qo'shishingizni kutib qolamiz.
Forwarded from Ustoz-Shogird
Kam ta'minlangan oila farzandlari bepul IT ta'lim olishlari mumkin

12-14 yoshdagi kam ta'minlangan oilalar farzandlari IT STEP kompyuter akademiyasida bepul IT ta’lim olishlari mumkin.

O'quvchilar test sinovlari asosida o'qishga qabul qilinadi.

🏢 Idora: IT STEP Academy
🇺🇿 Telegram: @itstep_tg_manager
📞 Aloqa: +998 78 113 33 43
🌐 Hudud: Toshkent sh

#oquvKursi #Toshkent

👉 @UstozShogird kanaliga ulanish
Assalom alaykum!!

📆 29-fevral shanba kuni C-Space kovorking markazida "UzGeeks February2020 Meetup" bo'lib o'tadi.

📚Meetup quyidagi mavzulardan tashkil topgan:

1. “Bad Practice(Java)” - Ulug'bek Ro'zimboyev (Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi, dasturchi);

2. “WebAssembly, balki JavaScript kerak bo'lmas...” - Xurshid Rustamov (JET SYSTEMS, CTO);

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi va unda ishtirok etish uchun oldindan ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

✍️ Ro'yxatdan o'tish: www.uzgeeks.uz
🏷 Tadbir Facebookda: http://s.yordam.uz/28
🗺 Manzil: Toshkent, Chust ko'chasi 1-uy(mo'ljal Buyuk Ipak Yo'li metro bekati)
Ertaga shanba kuni 14:00 da UzGeeks February 2020 Meetup bo'lib o'tadigan joy manzili.