UzGeeks Community – Telegram
UzGeeks Community
2.91K subscribers
519 photos
38 videos
13 files
215 links
UzGeeks Community - rasmiy kanali
Download Telegram
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da .NET kuni!

📆 24-fevral shanba kuni Toshkent shahri Mohirdev'da "UzGeeks February2024 .NET Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:


3️⃣. ".NET ilovalarini himoyalash" - Mukhammadkarim Tukhtaboev(Exadel, Senior Software Engineer)

🎉 Meetupda qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi.
🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks(uzgeeks.uz) saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(IT-Park oldi)


Hamkorlar:
Mohirdev
Thinkland

🏷 Tadbir Facebookda
🌐 UzGeeks.uz
👍6🔥4👎3
Tez orada Meetupni boshlaymiz!

@UzGeeksCommunity
🔥6👍4
Biz boshladik!

@UzGeeksCommunity
👍16🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
24-fevral kuni UzGeeks Community'ning navbatdagi "UzGeeks February2024 .NET Day Meetup"'i bo'lib o'tdi.

@UzGeeksCommunity
7👍3👎1🔥1
Assalom alaykum.

Sardor og'aning takliflariga binoan so’rovnoma tashkil etayapmiz.
Bu so'rovnomadan maqsad O’zbek axborot texnologiyalari segmentidagi yetakchi mutaxassislarni aniqlash va ommaga e'lon qilish.

So’rovnomani to'ldirish uchun quyidagi havolaga o'ting.
https://forms.gle/qkDwmeM2MCzR1Hny5

@UzGeeksCommunity
🔥16👍4👎1🎉1
Assalom alaykum
Mart oyida PM mavzusida, ya’ni loyihalarni boshqarish mavzusida UzGeeks Meetupini tashkil qilishni reja qilganmiz.
Agar shu mavzu bo’yicha doklad qilmoqchi bo’lsangiz yoki biron taklifingiz bo’lsa, @UzGeeksGroup shu yerda yozishingiz mumkin.

@UzGeeksCommunity
👍17
Ucozda sayt ochib ko'rganmisiz?

@UzGeeksCommunity
🔥4
Dastur ishlab chiqishda ishlatiladigan tizimlar

Hozirda dasturlash tillarini oʻrganishga qiziqish ortgan. Foundation'dan tortib PM boʻlishgacha turli mavzularda suhbatlar boʻlib oʻtmoqda.

- Men dasturlashni oʻrgandim. ABC tilini yaxshi bilaman. Oʻzimni Jun/Mid/Sen hisoblayman, - deydiganlar ko'p.

Lekin amaliyotga kelganida, ishlab ketish uchun yana yarim yil ish oʻrganishi kerak boʻlmoqda.

Endi oʻzingizga savol bering: Nima uchun

Shu va boshqa sizni qiynayotgan savollarning javobini Angliyaning Moneff korxonasida, IT direktor (CTO) bo'lib ishlab yurgan hamyurtimiz Saidolim Djurayevdan eshitasiz.

GITA dasturchilar akademiyasining youtube kanalida "Dastur ishlab chiqishda ishlatiladigan tizimlar" nomi webinar bo'ladi.

📅 Sana: 9 mart
Vaqt: 20:00

👉 Webinarda qatnashish uchun havola @gitauz - kanaliga joylanadi.

Telegram | You tube | Instagram
👍5
Forwarded from e shoppingg
#HayrliIsh, #Ramazon

Assalom alaykum! 

Dasturlashni o‘rganayapsiz, tirishqoqsiz, lekin o‘z shaxsiy kompyuteringiz yo‘q.

Afsus, kompyuterim bo‘lganida edi, undan-da shijoat bilan o‘rganardim, kelajakda o‘z kasbimning mutaxassisi, oilasmga foydasi tegadigan yetuk inson bo‘lib yetishardim deb fikr qilayabsizmi? Moliyaviy imkoniyatingiz chegaralanganmi?

Bir eskiroq, lekin boshlang'ich dasturlash uchun kuchi yetib ortadigan holatdagi Desktop hadya qilish niyatimiz bor. Shunday imkoniyatni berishimiz uchun haqdor odam qidirayabmiz. Agar shu odam siz bo'lishni hohlasangiz, shu habar izohlarida nima uchun sizni tanlashimiz haqida 2, 3 jumla yozib yuboring.

Desktopni sizga hadya, ehson ko‘rinishida berishga tayyormiz.

Xarakteristika:
CPU: Core i7 2600K,
Video Card: MB ga integraciya qilingan,
RAM: 16GB DDR3,
SSD: 120 GB SSD, 1TB HDD
Display: 17 inch Display,
Keyboard + Mouse.

Kamchiliklari: bir nechta USB portlari ishlamayabti.

Murojaat uchun: shu habar izohlarida yozib qoldiring.
👍51
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Project Management kuni!

📆 30-mart shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “Loyiha menejeri kim, u nimalarni bilishi kerak?” - Elbek Bahromov(PM, Sinaps);

2️⃣. “Jamoa boshqarish usullari” - Anvar Narzullaev(CEO, Mohirdev).

3️⃣. "AyTi jamoa qurish va loyihani boshqarish bo'yicha maslahatlar" - Sardor Dushamov(CTO, Workly)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Mohirdev
Thinkland
Tadbir facebookda
🌐 UzGeeks.uz
🔥15👍5👨‍💻1
Forwarded from EDU.DIGITAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Loyiha boshqaruvi bo’yicha uchrashuv o’tkaziladi

🗣

30-mart soat 14:00 da Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi «UzGeeks hamjamiyati» bilan hamkorlikda «Project Management» mavzusiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazadi.


💬«Meetup»da «Mohirdev» asoschisi Anvar Narzullaev “Jamoa boshqarish usullari” haqida qimmatli bilim va tajribalarni ulashadi.

🕰 Ishtirok etish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
📍Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi)

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
👍13🔥3👎1
Assalom alaykum.

Joylar to'lib qolganligi munosabati bilan, 30-mart shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida bo'lib o'tadigan "UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup" tadbiriga ro'yxatdan o'tish yopildi!

Meetupda ko'rishguncha!

@UzGeeksCommunity
👍15😁3😡2
Assalom alaykum!
Ertaga(bugun) 30-mart shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida UzGeeks Community'ning navbatdagi "UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup" tadbiri bo'lib o'tadi.

Meetupda ro'yxatdan o'tganlar ko'pligi va joylar soni chegaralanganligi munosabati bilan, meetupga vaqtliroq kelishingizni maslahat beramiz.

O'ylaymizki, meetupda Siz o'zingiz uchun kerakli bo'lgan bilim va ko'nikmalarni olasiz, yangi tanishlar, do'stlar topasiz va boshqa hamkasblaringiz bilan tanishib, fikr almashasiz.

Meetupda ko'rishguncha!

@UzGeeksCommunity
8👍5🔥2
Meetup bo’ladigan zalga kirish mana shu yerdan.

@UzGeeksCommunity
👍14😁5
Ichkarida shu joy!

@UzGeeksCommunity
😁28👍7
Kelyapsizmi?

@UzGeeksCommunity
😁14👍6
Tez orada boshlaymiz!

@UzGeeksCommunity
👍9🔥2