Bismillah
Ismim Muhammadrasul. Hozirda dastrulashning Backend yo’nalishida faoliyat olib boraman. Asosan Golang dasturlash tilidan foydalanaman.
Ushbu blogda IT sohasiga oid foydali postlar, fikrlarim va munosabatlarimni joylab boraman. Manfaatli bo’ladi degan umiddaman!

🔥5👍1
Kiber ogohlik
Hozirda turli saytlar orqali istalgan “virtual qahramon”ni yaratishingiz mumkin ekan. Bu kabi texnologiyalarning bir qancha foydalari bilan bir qatorda ba’zi xavfli taraflari ham bor. Aynan sizning yoki yaqinlaringizning rasmini qo‘llab turli maqsadlarda video yoki foto tayyorlashsa-chi?
SI (sun’iy intellekt) va umuman texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda “shaxsiy kiberxavfsizlik” haqida har bir insonda tushuncha bo‘lishi lozim. Shaxsiy ma’lumotlaringiz, rasmlaringizni xavfsiz yerlarda saqlang. Parollaringizni o‘zgartirib turing. Ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik sozlamalarini doimiy tekshirib yuring.
Yuqoridagiga o‘xshash platformalar orqali sizning rasmlaringizdan firibgarlar va boshqa yomon niyatli insonlar foydalana olmasligi uchun har yerda shaxsiy rasmlaringizni ulashavermang, ayniqsa sifatli rasmlaringizni. Undan tashqari kundan-kun chiqayotgan turli SI texnologiyalar va ularning foyda va zararlari haqida doimo xabardor bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring.
Bu, ayniqsa, opa-singillarimiz uchun juda muhim deb hisoblayman. Ularning sha’nini himoya qilishlikka jiddiy e’tibor qaratilishi kerak. Buzuq nusxalar tarafidan ushbu texnologiyalar yordamida musulmon ayollarini sha’niga allaqachon hujumlar uyushtirilyapti.
O‘zimizning va atrofimizdagilarning kiberxavfsizligini ta’minlash har birimizning burchimiz. Buning uchun hozirdan harakat qiling.
@abusulaymaan_dev

👍8🔥5🤔1
Procrastination
Procrastination - ishni orqaga surish, yoki bir talay ish bo‘lsa-da bekorchilik bilan vaqt o‘tkazish, zamonimizning eng global muammolaridan bo‘lsa kerak. Xossatan, IT sohasidagilarda ham ko‘p uchraydi. Menimcha, procrastinationga xastalik deb qarasak ham bo‘ladi.
Bu xastalikning sabablari turli bo‘lishi mumkin - qattiq charchoq, perfeksionizm, yoki uddalay olmaslikdan qo‘rqish. Buni aniqlash qiyin bo‘lsa-da bundan qutulishning nisbatan oson uslublari bor:
1. Ishni kichik qadamlarga bo‘ling, har birini bitirganda bir yutuqqa erishgandek bo‘lasiz.
2. Aniq deadline qo‘ying va unga ulgurishga qilishga qattiq harakat qiling.
3. Ish paytida barcha chalg‘ituvchi narsalardan xalos bo‘ling.
4. Youtube shorts, reels, doomscrollingdan o‘ta ehtiyot bo‘ling, bular fokus qila olish qobiliyatiga qattiq zarar beradi.
5. Biror ishni boshlay olmayotgan bo‘lsangiz 5 gacha sanab boshlab keting. Bu holatda miyaga bahonalar o‘ylab topish uchun vaqt qolmaydi.
“O‘ychi o‘ylagancha tavakkalchi ishini bitiradi” deyishadi-ku, shu gapga hayotiy misollar talaygina. Qaysidir kuchli potensialga ega odam o‘ylab yurgan ishni o‘rtacha, lekin harakatchan inson amalda bajarib yutuqlarga erishganini uchratgan bo‘lsangiz kerak.
Har ishni vaqtida bajarish - muhim ko‘nikma. Cho‘zilib yurmang, shunda hayotdagi fursatlarni qo‘ldan boy bermaysiz inshaaAlloh.

🔥5💯3👍1
Golang
Go dasturlash tili o’zining bir nechta ustunliklari bilan juda ko’p kompaniyalar va dasturchilarning tanlovi bo’lib kelmoqda. Ushbu til asosan backend yo’nalishida ishlatiladi.
Golang tilining tarixi 2000 yillar oxiriga borib taqaladi. Robert Griesemer, Rob Pike, Ken Thompson kabi computer science olimlari tomonidan Googleda dasturchilarning samaradorligini oshirish maqsadida, boshqa tillarning kamchiliklaridan xulosalar olib ishlab chiqilgan.
Go dasturlash tili bir nechta tamoyillarga asoslangan:
1. Simplicity - soddalik
2. Readibility - o’qishga oson bo’lishi
3. Productivity - samaradorlik
Keyingi postlarda nega aynan shu tamoyillarga asoslanganligi va Go kod yozishdagi best practicelar haqida gaplashamiz.

👍4
Mock Interview
Headstarterda Problem Solving bo’yicha AI bilan mock interview bo’lib o’tdi.
Ba’zi noqulayliklarni hisobga olmaganda ajoyib tajriba bo’ldi.
Arrays&Hashing mavzusida masala berildi. Masalani o’qib, og’zaki tushuntirib, qanday yechishingizni aytib berib, so’ng code implementation yozib uni ham og’zaki tushuntirib berish kerak bo’larkan. Code implementation faqat Pythonda qabul qilinishi ham o’ziga yarasha challenge, bahonada Python bilan ham ancha tanishib olaman.
Interview natijasi umuman olganda yaxshi. Conceptlarni tushunib oldik, keyingilari bundan ham yaxshi bo’ladi inshaaAlloh

👍3
New achievement unlocked: 100 problems solved ✅
Oxirgi oyda har kun bir dona Leetcode masala yechisga harakat qildim. Maqsad - odat shakllantirish.
Hozircha odatga aylanganicha yo’q. Bundan keyin ham har kuni vaqt ajratishga harakat qilaman inshaaAlloh

🔥10👍1