Shokir Tursun qarashlari – Telegram
Shokir Tursun qarashlari
5.62K subscribers
842 photos
134 videos
219 files
1.04K links
Shokir Tursunning shaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza olish uchun bu guruhga qoʻshiling:
https://news.1rj.ru/str/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til oʻqitish metodikasi
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Download Telegram
😁17🤩6👍3😢21
Shokir Tursun qarashlari
Qay biri toʻgʻri?
Qirchiningda qiyilgur – yoshlik paytingdayoq oʻlib ket maʼnosidagi qargʻish.

Qirchinnihol, navqiron maʼnolarini beradi. Yaʼni nihol paytingdayoq qirqib tashlashsin degani boʻladi.

Biz bu qargʻish oʻrnida juvonmarg boʻlgur deymiz. Juvonmarg tojikcha soʻz: juvon – yosh; marg – oʻlim.

P.S. qirchiningdan qiyilgur boʻlsa, maʼno chiqmay qoladi.

@birgap
👍18😱97
Mana shu aʼzoning nomi qushtomoq.

Rus tilida кадык deyiladi. Кадык ham turkiy soʻz ekan, boʻrtib turgan qattiq narsa maʼnosini berarkan.

@birgap
👍227😁4🔥1
Fevral oyining dastlabki ikki haftasida Ustoz+ kanalida ulashib boriladigan maʼlumotlar rejasi.

Endi har 15 kunda mana shunday reja eʼlon qilaman va ana shu rejaga qatʼiy ergashaman.

Kanalga obuna boʻlish uchun @shtmenejer ga Ustoz+ soʻzini yozing.

P.S. Obuna pulli

@birgap
👍96🔥1🥰1👏1
Ona tilidan yangi darsliklarning qaysi mavzulariga keldinglar?

Masalan, 5-sinf, falon nutqiy mavzu, falon topshiriq yoki falon soat / bet deb yozib ketsangiz xursand boʻlardim. Yaxshi yangiliklar boʻlib qoladigan.

@birgap
👍12
Chet ellik oʻqituvchilarga koʻproq haq berib, mahalliy oʻqituvchilarga kamgina haq toʻlashayotgani uchun ish tashlash qilisharkan.

Istanbul Italyan litseyi oʻqituvchilari maosh tayinlashdagi haqsizlikdan norozi boʻlib ish tashlash qilishmoqchi. Aytishlaricha litsey chet ellik oʻqituvchilarga 300 000 TL, mahalliy oʻqituvchilarga 65 000 TL toʻlayotgan ekan. Turkiyaliklar buni adolatsizlik deb baholamoqda.

Manba

@birgap
32😁28👍12🤔4
"San'at" bobi.pdf
2.4 MB
5-sinf ona tili fanidan o’qituvchi uchun metodik yordam

“San’at” bobi uchun mo’ljallangan.
👍201
"Yil o‘qituvchisi" tanlovi qanday tartibda o‘tkaziladi?

Xabaringiz bor, bu yil “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga mukofot sifatida 50 ming AQSh dollariga yaqin pul mablag‘i berish reja qilinmoqda.

Xo'sh, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi qachon va qay tartibda o'tkaziladi? Bu haqda saytimizda o'qing.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1478

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
1👍1
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
"Yil o‘qituvchisi" tanlovi qanday tartibda o‘tkaziladi? Xabaringiz bor, bu yil “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga mukofot sifatida 50 ming AQSh dollariga yaqin pul mablag‘i berish reja qilinmoqda.…
Har bir gʻoliga 610 000 000 atrofida pul mukofoti. Zoʻr. Mana shu tanlov adolatli va uzoq davom etadigan boʻlaversin. Bitta uyning puli.

Oʻzimni ham qatnashgim keldi. Ammo ruxsat berisharmikin, xususiy maktabda ishlayman-ku.

Oramizda oʻtganlar bormi?

@birgap
7🏆1
Forwarded from Ta'lim nazorati
Yil o'qituvchisi maktablar ro'yxati.pdf
249.2 KB
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 4-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichida nomzodlarning sinov darslari oʻtkaziladigan maktablar va ularga biriktirilgan tuman (shahar)lar roʻyxati tasdiqlandi.

Tanlov ishtirokchilari ushbu roʻyxat asosida oʻz tuman (shahar) hududi qaysi maktabga biriktirilganligi va shu maktab dars jadvali orqali tegishli fan boʻyicha qaysi mavzularga tayyorlanib borishlari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari mumkin.

2026-yil uchun “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari: 👉 https://news.1rj.ru/str/uztdi/10654

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM