Brogrammist – Telegram
Brogrammist
1.2K subscribers
110 photos
10 videos
2 files
111 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Konsultatsiya: https://connected.uz/x/DiyorbekSadullaev

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
Forwarded from The Bugs
🤣36🔥1🤔1🤯1
Forwarded from Diyorbek
Docker Desktop orniga OrbStack ishlatyapman. Self hosted server doim yoniq turadi macbookda. doim 10gb ram band qilib. OrbStack o'rnatidim. hech qanaqa config kerak emas. Ozini builtin docker instanceini ishlatarkan. hozir 2-3 gb ram olyapti xolos.
👍8🔥4
Forwarded from Diyorbek
yana bir observation. Node docker image juda kop joy olarkan. O'zini base linux imagega alohida install qilinsa ancha ka joy olarkan. Hozir faqat Bun inshlatyapman. Bun docker image ancha kichik ekan.
🔥9👍4
Forwarded from Diyorbek
tepadagi 2 tasi Bun server, eng pastdagisi Node
👍10🤯4
Browsers are the new OS.pdf
2 MB
GDGdan
🔥18👍3
CSS bo'yicha Chrome 2025-yil qilgan yangiliklari.

Eng yoqqani `corner-shape` bo'ldi.

https://youtu.be/rnT1XBZWHMk?si=jajkYGfHk-fAGpje
🔥9
Frontendchilar backend yozsa shunaqa bo'ladida 🙂 (hazil)

https://youtu.be/s81dVUM-cQM?si=2ZU4RPehGqyjR1vE
🔥4
Assalomu alaykum do'stlar. Shu kunlarda qattiq betobman. Isitmam 39 dan tushushi qiyin bo'lyapti. Dorilar ta'siri juda sekin. Virus hamma joyimga tarqalgan. Yo'tal yo'q, lekin opkada pnevmoniya. Xullas, maska kiyib, saqlanish uchun nima bo'lsa qilinglar, meni sabrim yaxshigina sinalyapti.
👍29🤯15
😄🥲
1😁52🤣3🎉1
Brogrammist
Browsers are the new OS.pdf
AFTERTHOUGHTS

Ba’zida client-side qilsa bo‘ladigan narsalarni, serverda qilish to‘g‘riroq bo‘ladi. Eng avvalo bu qaror sizning dasturingiz qiladigan ishga bog‘liq. Shuni yanada aniqroq aytsam, dasturingiz hal qilishi kerak bo‘lgan muammoga bog‘liq.

Misol:

PDF fayldan rasmlarni ajratib oluvchi dastur yasamoqchisiz. Buning uchun brauzerda ishlaydigan tayyor JS kutubxona ishlatasiz. Kichik fayllar uchun dastur yaxshi ishlashi mumkin. Lekin 500 betlik 20MB fayl yuklansa, foydalanuvchi kompyuteri “qizishni” boshlaydi. Chunki katta faylni analiz qilyapsiz. Agar foydalanuvchi telefonda bo‘lsa, telefon rostakamiga qiziydi va quvvati keskin kamayishni boshlaydi. Web Worker ishlatib UX ni yaxshilashingiz mumkin, lekin bu bilan dastur tezlashib qolmaydi. Baribir shuncha resurs ishlatiladi, balki ko‘proqdir.

Bu holatda yechim dasturning texnik implementatsiyasiga bog‘liq emas. Agar shu dasturni C/C++ yozsangiz ham, “time-complexity” baribir o‘zgarmaydi. Javob esa, yana qaytaraman, dasturingiz hal qilishi kerak bo‘lgan muammoga bog‘liq!

PDF analiz dasturimiz misolini olsak, deylik, asosiy xususiyat, bir payt o‘zida 10 tagacha fayl analiz qilish mumkin. Agar bu xususiyatdan maqsad, foydalanuvchi ishini tezlashtirish bo‘lsa, kuchsiz kompyuterlar, telefonlarda bu aksiga aylanishi mumkin. “Undan ko‘ra qo‘lda qilganim yaxshi edi” deydigan darajada!

Demak, maqsad odamlarning vaqtini tejash va ishini tez hal qilib berish bo‘lsa, balki ularga tezroq ishlaydigan kompyuter ham taklif qilish kerakdir? Ya’ni ishni ularning qurilmasiga emas, o‘zimizning tez ishlaydigan serverga yuklash kerakdir?

Bu savolga javob esa, loyiha va foydalanuvchilar hajmidan, va albatta cho‘ntak hajmidan kelib chiqib beriladi. 😬
🔥5👍2
KISS - Keep It Simple, Stupid

Shuni qilish uchun "stupid" bo'lmaslik kerak.
🔥10😁9🎉1
Streamdan tashqari ham ancha progress qilgandim. Davom ettirish niyatim bor. Balki keyinroq stream emas, recap video chiqararman. Bo'sh vaqtingiz bo'lsa contribute qiling, chunki bu loyiha men o'ylagandan ancha katta va murakkab ekan.

https://github.com/diyorbek/canvas-native
🔥6👏1