Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации – Telegram
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4.59K subscribers
3.26K photos
451 videos
29 files
2.72K links
Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali
Download Telegram
#rahbar_va_yoshlar

Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi


Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b. A.Norov ishtirok etdi hamda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan va innovatsion sohalarda faoliyat yuritish, kasbiy o‘sish imkoniyatlari, shuningdek, iqtidor va salohiyatlarini namoyish etish uchun yaratilgan sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, direktor yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini ilgari surish, startap loyihalarini amalga oshirish va innovatsion dasturlar orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shish imkoniyatlari kengaytirilayotganini ta’kidladi.

🌐Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
🇨🇭CERN Summer Student Programme — 2026

Shveytsariyaning Jeneva shahridagi CERN — bakalavr va magistratura talabalari uchun to‘liq moliyalashtiriladigan yozgi amaliyot o‘tash imkoniyati.

📆 Amaliyot 2026-yil yozida bo‘lib o‘tadi va 2 oy davom etadi. Ishtirokchilar dunyoning eng yirik ilmiy markazlaridan birida tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ladi.

🎓 Kimlar qatnasha oladi?
Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, matematika yoki shu yo‘nalishlarga yaqin sohalarda tahsil olayotgan bakalavr va magistrlar.
Ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

🗂 Dastur nimalarni taklif qiladi?
Ishtirokchilarga kuniga 115 AQSh dollari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Shuningdek, safar xarajatlari, tibbiy sug‘urta qoplanadi va turar joy topishda yordam ko‘rsatiladi.

Ariza topshirish muddati:
2026-yil 26-yanvar

⚪️ Batafsil: https://www.smartrecruiters.com/CERN/744000092334016-cern-summer-student-programme-2026-member-and-non-member-state-

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#foydali

1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🇪🇺Erasmus Mundus: faol stipendiyali dasturlar
(3-qism)

Mazkur qismda tibbiyot, ta’lim, filologiya va jurnalistika yo‘nalishlariga oid Erasmus Mundus’ning to‘liq stipendiyali magistratura dasturlari jamlangan.

1️⃣ Tibbiyot

Europubhealth: tibbiyot, sogʻliqni saqlash yoʻnalishida
Dedlayn: 8-yanvar, 2026 | ➡️ Havola

2️⃣ San’at va Arxitektura

MAGMa – Managing Art & Cultural Heritage. San’at menejmenti, madaniy meros, global madaniyat
Dedlayn: 19-Yanvar, 2026 | ➡️ Havola

TERRA – Earthen Architecture. Barqaror arxitektura, yer qurilishi, ekologik dizayn yo'nalishlari
Dedlayn: 15-fevral, 2026 | ➡️ Havola

DocNomads – Documentary Filmmaking. Hujjatli kino, rejissura, vizual hikoya yo'nalishlari
Dedlayn: 20-Yanvar, 2026 | ➡️ Havola

Choreomundus – Dance & Cultural Heritage. Raqs, xoreografiya, nomoddiy madaniy meros
Dedlayn: 1-fevral, 2026 | ➡️ Havola

3️⃣ Tilshunoslik, Ta’lim va Jurnalistika

TELME – Teaching & Multilingual Education. Filologiya, ko‘p tilli ta’lim, pedagogika
Dedlayn: 20-Yanvar, 2026 | ➡️ Havola

GLOBED – Education Policies for Global Development. Ta’lim siyosati, xalqaro ta’lim tizimlari
Dedlayn: 12-Yanvar, 2026 | ➡️ Havola

Mundus Journalism. Jurnalistika va media yo'nalishlari
Dedlayn: 10-Yanvar, 2026 | ➡️ Havola

🔵Batafsil ma’lumot uchun: "Erasmus Mundus mentorlik kursi"

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Robototexnika va nanotexnologiya sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!

💎AgiBot roboti rekord o‘rnatdi;

💎Xitoy chegarani robotlar bilan mustahkamlamoqda;

💎Nanotexnologiya sut bezi saratonini davolash samaradorligini oshirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#ilmiy_stajirovka

🟦🟦🟦

Balikesirda stajirovka o‘tang!


Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilindi!

G‘oliblar Turkiyaning “Balikesir” universitetiga 2026-yil davomida 1 oylik muddatga stajirovkaga yuboriladi.

Hujjatlar 2026-yilning 28-fevral (mazkur sanada ham qabul qilinadi) sanasiga qadar “internship.ilmiy.uz” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.


☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203 32 23 (541)

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”

Bugun, 26 dekabr, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, iqtisodiyot va sanoatdagi yangilanishlar, shuningdek innovatsiya va texnologik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Asosiy ustuvorliklar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, raqobatbardosh ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga qaratildi.

Innovatsiyalar va startaplar bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar:

— 2026-yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan mahsulot ishlab chiqarish va eksportgacha bo‘lgan jarayonni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi tizim joriy etiladi.
— Xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan 5 yilga qadar 5 mlrd so‘m foizsiz ssuda ajratiladi.
— Markaziy bank huzurida Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, xalqaro tajriba, jumladan Singapur mutaxassislari jalb qilinadi.
— Yiliga 15–20 ta fintech startapni tashqi bozorga olib chiqish va ularga 1 mlrd dollargacha investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
— Venchur fondlar, startaplar va fintech sohasida yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlash zarurligi ta’kidlandi.
— Shu maqsadda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
#bilasizmi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Gvinn Shotvell — SpaceX’ni boshqarayotgan asosiy kuchlardan biri


Forbes jurnali SpaceX kompaniyasining prezidenti va bosh operatsion direktori Gvinn Shotvellni 2025-yilda dunyodagi eng ta’sirli 100 ayol ro‘yxatiga kiritdi. Ushbu reytingda u 20-o‘rinni egalladi va siyosat, moliya hamda texnologiya sohalaridagi yetakchi ayollar bilan bir qatorda qayd etildi.

Gvinn Shotvell SpaceX’ga 2002-yilda, kompaniya endigina tashkil topgan davrda qo‘shilgan. Bugungi kunda u kompaniyaning operatsion boshqaruvi, yirik xalqaro shartnomalar hamda NASA va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlik uchun mas’ul hisoblanadi. Aynan uning boshqaruvi ostida SpaceX dunyodagi eng faol va ishonchli kosmik kompaniyalardan biriga aylandi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Shotvell SpaceX aksiyalarining taxminan 0,3 foiziga ega.

Forbes talqiniga ko‘ra, 2025-yildagi eng ta’sirli 5 ayol:

1. Ursula fon der Lyayen — Yevropa Komissiyasi prezidenti;
2. Kristin Lagard — Yevropa Markaziy banki prezidenti;
3. Sanae Takaichi — Yaponiya Bosh vaziri;
4. Jorja Meloni — Italiya Bosh vaziri;
5. Klaudiya Sheynbaum — Meksika Prezidenti.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1
#diqqat_tanlov

2026-yilning 15-yanvar kuni muddati tugaydigan tanlovlar!

1. Tatariston Respublikasining Qozon Federal universiteti;

2. Eron Islom Respublikasining Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari, ta’lim va kengaytirish tashkiloti;

3. Tatariston Respublikasining Innopolis universiteti;

4. Shveytsariyaning Jeneva xalqaro instituti;

5. Rossiya Federatsiyasining “Xalqaro kvant optikasi va kvant texnologiyalari” tashkiloti;

6. Malayziyaning “Sultan Idris” universiteti;

7. AQShning Dallas shahridagi Texas universiteti.

G‘oliblar tanlov shartlariga ko‘ra belgilangan muddatlarda stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.

Hujjatlar 2026-yilning 15-yanvar (shu kuni ham 23:55gacha) sanasiga qadar “internship.ilmiy.uz” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203 32 23 (413 / 425)

🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob_2025

2025-yilda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi:

🔤Davlat ilmiy dasturlari doirasida umumiy qiymati 577,1 mlrd so‘m bo‘lgan 323 ta ilmiy loyiha moliyalashtirildi;

🔤Agentlik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tijoratlashtirish loyihalari natijasida qiymati 51,83 mlrd so‘m bo‘lgan innovatsion mahsulot (xizmat)lar sotilib, davlat byudjetiga 6,2 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘landi;

🔤Ilmiy-tadqiqot natijalarida yaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan olimlarni tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi innovatsion (spin-off) korxonalar soni 30 taga yetkazildi;

🔤Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan yangi ishlanmalar soni 300 taga yetdi;

🔤Ilm-fan va innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan yangi ishlanmalar va texnologiyalar soni 250 tani tashkil etdi;

🔤Yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar tanlovlari tashkil etilib, 145 nafar yosh olim 12 ta xorijiy mamlakatga ilmiy stajirovkaga yuborildi;

🔤“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida 4,43 mlrd so‘mlik 64 ta loyiha moliyalashtirildi.

📱 YouTube’da ko‘rish

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1🕊1
Yangi 2026-yil muborak bo‘lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
🇫🇮 Finlandiyada to‘liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi — AScI Internship Programme 2026

Aalto universiteti tomonidan taklif etilayotgan ushbu amaliyot dasturi bakalavrlar, magistrlar va bitiruvchilar uchun 2026-yil iyun–avgust oylarida 12 hafta davomida universitetning turli kampuslarida ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini bilish talab etiladi.

🧪 Yo‘nalishlar:
Amaliy fizika, kompyuter fanlari, muhandislik, nevrologiya, biotibbiy muhandislik va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda olib boriladigan loyihalar.

💶 Moddiy ta’minot:
• Oylik — kamida 2000 yevro
• Safar xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

🗓 Arizalar qabul qilish muddati:
2026-yil 7-yanvar — 31-yanvar

➡️Batafsil: https://www.aalto.fi/en/aalto-science-institute-asci/aalto-science-institute-international-summer-research-programme

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#bilasizmi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Ushbu infografika Yerni o‘rab turgan atmosfera qatlamlarini real miqyosda ko‘rsatadi. Unda atmosferaning qaysi balandlikdan boshlanishi hamda har bir qatlam qanday vazifani bajarishi aniq tasvirlangan.

Yer atmosferasi hayot uchun asosiy himoya tizimi hisoblanadi. Troposferada ob-havo jarayonlari sodir bo‘ladi va inson aynan shu qatlamda yashaydi. Stratosferada joylashgan ozon qatlami Yerni Quyoshning zararli nurlaridan saqlaydi. Mezosferada meteorlar yonib ketadi, termosfera esa sun’iy yo‘ldoshlar harakati uchun muhim hudud hisoblanadi.

➡️Manba: Visual Capitalist, National Geographic

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️ 5 миллион сунъий интеллект етакчилари лойиҳаси амалга оширилади


“Ёшларни IТ соҳасига жалб қилиш, уларнинг рақамли билим ва кўникмаларини ошириш орқали юқори даромадли касбларга йўналтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (849-сон, 31.12.2025 й.) қабул қилинди.

💻 Қарорга кўра, “Бир миллион дастурчи” лойиҳасининг мантиқий давоми сифатида “Беш миллион сунъий интеллект етакчилари” лойиҳаси амалга оширилади.

Ҳар йили мазкур лойиҳа доирасида энг юқори натижаларга эришган иштирокчиларни тақдирлаш бўйича миллий танлов ўтказиб борилади.

💸 Бунда танлов ғолиблари пул мукофотлари ва қимматбаҳо совғалар, жумладан:

▫️ 100 нафар ўқитувчи 1 000 АҚШ доллари эквивалентида пул мукофоти;
▫️ 10 нафар ўқитувчи хорижий саёҳатга йўлланма;
▫️ 500 нафар ёшлар ноутбук;
▫️ 500 нафар ёшлар қимматбаҳо совғалар;
▫️ 3 та олий таълим ташкилоти пул мукофоти;
▫️ 2 та умумтаълим мактаби “Президент совғаси” – электромобиль билан тақдирланади.

📝 Шунингдек, “Муҳаммад ал-Хоразмий ворислари” лойиҳаси доирасида ёшларга қуйидаги имкониятлар яратилади:

🔹 рақамлаштириш соҳасида замонавий касбларга, жумладан, IТ-лойиҳа бошқарувчиси, стартап лойиҳаси бошқарувчиси ҳамда хорижий тилларга бепул ўқиш;

🔹 халқаро профессионал даражадаги IТ-сертификатларни олиш бўйича ўқув курсларида бепул таълим олиш.

Каналга уланиш👇👇👇
https://news.1rj.ru/str/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#diqqat

✔️ 2026-yil 15-yanvardan mustaqil izlanuvchilikka arizalar qabuli boshlanadi.

Jarayon Yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

🔴Mustaqil izlanuvchilik — bu falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.


❗️ Eslatma, mustaqil izlanuvchilikka ariza topshirishda xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇫🇮 Serverlar shaharlarni isitmoqda

Finlyandiyada yer ostida joylashgan ma’lumotlar markazlari (data-markazlar) endi ortiqcha issiqlikni havoga chiqarib yubormayapti. Serverlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik shaharlarning markaziy isitish tizimlariga uzatilmoqda.

Maxsus texnologiyalar yordamida yig‘ib olinayotgan bu issiqlik minglab turar joylar va jamoat binolarini isitish uchun foydalanilmoqda. Jumladan, Xelsinkidagi Yandex data-markazi 20 minggacha xonadonni issiqlik bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Espoo va Kirkonummi shaharlarida amalga oshirilayotgan loyihalar esa hududlarning issiqlikka bo‘lgan ehtiyojining qariyb 40 foizini qoplaydi.

Energetika kompaniyasi Fortum ma’lumotlariga ko‘ra, data-markazlardan chiqadigan issiqlikni qayta ishlatish har yili o‘n minglab tonna karbonat angidrid (CO₂) chiqindilarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
#foydali

1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Pedagogika fanlari bo‘yicha bepul va Scopus’da indekslangan jurnallar


Pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar hamda tadqiqotchilar uchun maqolalarni bepul chop etish imkonini beruvchi, shu bilan birga Scopus ma’lumotlar bazasida indekslangan xalqaro jurnallar ro‘yxati.

🟡 Journal of Educational Technology & Society (Q1)
➡️ https://www.j-ets.net/

🟡 International Journal of STEM Education (Q1)
➡️ https://stemeducationjournal.springeropen.com/

🟡 Contemporary Educational Technology (Q2)
➡️ https://www.cedtech.net/

🟡 Asia Pacific Education Review (Q2)
➡️ https://link.springer.com/journal/12564

🟡 Malaysian Journal of Learning and Instruction (Q2)
➡️ https://mjli.uum.edu.my/

🟡 International Journal of Education and Development using ICT (Q3)
➡️ https://ijedict.dec.uwi.edu/

🟡 Journal of Learning for Development (JL4D) (Q3)
➡️ https://jl4d.org/index.php/ejl4d

🟡 Turkish Online Journal of Distance Education (TOJDE) (Q3)
➡️ https://tojde.anadolu.edu.tr/

🟡 Athens Journal of Education (Q4)
➡️ https://www.athensjournals.gr/education

🟡 Education Sciences (Q2)
➡️ https://www.mdpi.com/journal/education

✔️ Ushbu jurnallar ochiq kirish (open access) formatida ishlaydi va pedagogika sohasidagi ilmiy ishlarni xalqaro maydonda chop etish imkonini beradi.

➡️Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Inno_time
#hafta_yangiliklari

🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!


💎Buyuk Britaniya koinotga mini-zavod uchirdi;

💎Olimlar inson ko‘zi sezmaydigan darajada tiniq ekran yaratdi;

💎 Xitoy 6 667 gektar cho‘l hududini tiklash loyihasini boshladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2