CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
Python haqida
📝 Xo'sh, Python haqida juda ko'p eshitdik, katta-katta kompaniyalar ishlatar ekan:
google, yandex, netflix, instagram

Python dasturchilarning oyliklar juda katta ekan, hamma aytgan faktlarni takrorlamasdan, kelinglar, yanayam aniqlashtiraylik:

Soha yo'nalishlarda ham zo'r ekan, misol uchun web, desktop, mobile, embedded, game development va albatda hozirgi kunda yanayam mashhur bo'layotgan AI (Sun'iy intellekt) .

Savol: Qanday python ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, har biriga alohida community lar o'zining kutubxonalari(framework,library) yaratilgan?

🔹 Web : Django,Flask
🔸 Desktop : Kivy,Tkinter,PyQt
🔹 Mobile: Kivy, BeeWare
🔸 Game: pygame,godot
🔹 Embedded: MicroPython,CircuitPython
🔸 AI & ML
:TensorFlow,PyTorch,Keras

Qisqacha qilib aytganda, keyinchalik har biriga batafsil to'xtalamiz, ungacha Pythoni o'rganishni boshlang. Qayergacha o'rgata olaman: Machine Learning and ComputerVision largacha har qanday qiyinchilikdagi savollar bo'lsa, bemalol darsda berishingiz mumkin.

@codeschooluz
🤩Python haqida qisqacha va ajoyib ma'lumotlarga ega bo'ling.

📌Python xususiyatlari:
🔷O’qish oson: Python nisbatan kam kalit so’zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega. Bu o’rganuvchini qisqa vaqt ichida yodlab olish imkonini beradi.

🔷O’qish oson: Python kodi juda aniq va ko’zga ko’rinadigan bo’ladi.

🔷Oson ishlash: Pythonning muvaffaqiyati – manba kodi juda oson.

🔷Keng standart kutubxona: Pythonning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portativ va UNIX, Windows va Macintosh-da o’zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi.

🔷Interaktiv usul: Pythonda ishlashda terminalda ishlash uchun juda qulay terminalda test qilib ko’rsa bo’ladi.

🔷Portativ: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega.

🔷Kengaytirilgan: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo’shishingiz mumkin. Ushbu modullar dasturchilarni o’zlarining vositalarini samaraliroq bo’lishiga qo’shish yoki sozlash imkonini beradi.

🔷Ma’lumotlar bazasi: Python barcha ma’lumotlar bazasini qo’llab quvvatlaydi.

🔷GUI dasturlash: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi.

🔷Moslashuvchan: Python, qobiq buyruq fayliga qaraganda katta dasturlarga yanada yaxshi tuzilish va qo’llab-quvvatlash imkonini beradi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
🌐Python bilan web dasturlash!

Umuman olganda web dasturlash front-end va back-end ga bo`linadi, bularning farqi haqida yozib o’tirmayman sababi hozirgi kunda bu haqida juda ko`p ma’lumotlar aytilgan, buning o`rniga men aniqroq nimalar o`rganish kerakligini sanab o`taman.
Front-end bu oddiy qilib aytganda foydalanuvchi bilan bevosita muloqot qiluvchi qisim.
HTML
CSS
JavaScript

💻 Back-end bu oddiy qilib aytganda bizlarga ma’lumotlar bazasidan bizga kerakli shaklda ma’lumotlarni taqdim etish desak bo`ladi.
Hozirgi kunda back-end uchun juda ko`p dasturlash tilaridan foydalanishinigiz mumkin, lekin oxirgi yilarda Pythonnig jadallik bilan rivojlanishi web dasturlashni ham chetlab o`tmadi va shu sabab Pythonni nafaqat web dasturlashga ishlatsa bo`ladi balki eng ma’qul tanlovlaridan hisoblanadi.

Xo`sh uning uchun bizlarga kerakli bo`lgan framework lar:
Django
Flask
FastAPI
Pyramid
Bottle

Keyingi postlarimizda Django va Flask haqida batafsil to`xtalib o`tamiz.

🚀@codeschooluz
​​Python bilan nimalar qila olish mumkin?🤔

Bu dasturlash tili necha yildan beri eng kuchli dastur tili sifatida birinchilikni qo'lga kiritib kelmoqda! 💪🏻

🔹 Web development
Ya'ni eng murakkab saytlarni ham yasash mumkin! Misol uchun Google, Instagramning web sayt qismi, ma`lumotlar analiz qilish tomonlari Python dasturlash tili orqali qurilgan. Bu saytlarning narxi hammaga ma`lum milliard dollar qimmat baholanadi!

🔹 Malumotlar bazasi
Istalgan banklar, yirik korxonalar va boshqa tashkilot yoki muassasalar bunday ekspertlarga yirik maosh to'laydi. Ma'lumotlar bilan tezkor ishlashda pythondan o'tadigani yo'q.

🔹 Mashina tili
Robotlar tilini yoza olish. Buyruq bera olish. Kelajakda 90% ish Robotlarga o'tadi. Bu kelajak mutaxasisligi. Pythonni bilganlar kelajak revolutsiyasi bo'lgan robot texnologiyasida muhim shaxs sifatida qoladilar.

🔹 Dasturlarga API yozish
Bu ishni Python dasturlash tilidan zo'r uddalaydigan dasturlash tili deyarli yo'q!

🔹 Avtomatlashtirish
Pythonning juda keng kutubxonalari orqali juda ko'p ishlarni avtomatlashtirish imkoni mavjud.

🔹 Telegram Bot
O'zbekiston Telegram foydalanuvchi davlatlar orasida 3-o'rinda turadi. Telegramdagi eng katta kashfiyotlaridan biri - bu siz xohlagan deyarli barcha ishlarni qilish imkonini beradigan Telegram Botlardir. Python esa Telegram Botlar qurishda eng yetakchilardan hisoblanadi.

☝🏻 Python imkoniyatlarini yana ko'p sanash mumkin!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Python nima o'zi?🤔

👨🏻‍💻Python bu- eng tez rivojlanayotgan dasturlash tillaridan biri.

🔸Pythonning muvafaqiyat omillaridan biri sodda tuzilganligi va o’rganish osonligidadir.

🔸Python dasturchilari dasturlash sohasida eng yuqori ish haqqi to'lanadigan mutaxasislar sirasiga kiradi.

🔸AQSHda Python dasturchilarining o’rtacha ish haqqi 120.000$ atrofida. O’zbekistonda ham Python dasturchilariga talab katta.

P.s: Dasturlashga qiziqsangiz albatta Pythonni o’rganing demoqchiman.😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
💻 Pythonning foydalanish sohalari:

• Data analysis – 50%
• Web development – 49%
• DevOps / Sistem adminstration – 35%
• Programming of web parsers – 32%
• Machine learing – 31%
• Educational purpose – 28%
• Software testing / Writing automated tests - 26%

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Forwarded from Web Dasturlash kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir IT ni o'rgansam qancha vaqtda 1000$ - 10000$ topa olaman 🧐🤑?

Haqiqiy motivatsiya Laziz Adhamov

@webdev07
​​👨🏻‍💻Dasturchilar haqida 7 ta qiziqarli faktlar!

1️⃣ Dasturchilarning 99% ini erkaklar, atigi 1% ni esa ayollar tashkil etishadi.

2️⃣ Dasturchilar kompyuter taʼmiri bilan shugʻullanmaydi, aksincha kompyuterlar uchun dasturlar ishlab chiqishadi.

3️⃣Dasturchi” kasbi dunyodagi eng koʻp talab etiladigan kasblar ichida 10 talikka kiradi.

4️⃣ Dasturchilarning 90 % i 45 yoshdan kichik.

5️⃣ Kompyuter ishlatish bir vaqtning oʻzida yuz minglab dasturchilar bilan muloqot qilish degani.

6️⃣ Dasturchilarning yarmi ishxonaga tapochka/shippakda kelishadi. Shu sababdan ularni “Guys in sandals” deb atashadi.

7️⃣ Dunyoda 8500 dasturiy til mavjud boʻlsa-da, dasturchilar ularning 10dan birini ishlatadilar.

Ⓜ️ zen.yandex.ru

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​Nega Python dasturlash tilini hozirdan o’rganish kerak?🤔

🔸2020 yil fevral oyida Python dasturlash tili TIOBE indeksida uchinchi o'rinni, PYPL indeksida esa birinchi o'rinni egalladi.

Pythonni nima shunchalik mashhur qilayotganini aniqlab olamiz:

🔸O'rganish oson

- Python dasturlash tili asoschisi Gido van Rossumning asosiy maqsadi keng doiradagi odamlar uchun sodda va tushunarli dasturlash tilini yaratish edi.
Har qanday dasturlash tilini o'rganish qat'iyat va intizomni talab qiladi. Ammo Python bu borada, ayniqsa yangi boshlovchilar uchun eng qulay tillardan biri hisoblanadi. Oddiy sintaksis uni o'rganish, o'qish va almashishni osonlashtiradi. Aynan shu jihat uni shunchalik mashhur qiladi.

🔸 Python o'zining boy standart kutubxonasi (qo'shimcha sozlamalarsiz mavjud funksiyalar to'plami) tufayli ko'p qirrali, shuning uchun Python turli sohalarda qo'llaniladi:

● Veb-ishlab chiqish;
● Mashina ilmi (ML) va sun'iy intellekt (AI) (TensorFlow, scikit-learn, NLTK);
● Katta ma'lumotlar tahlili;
● O'yinni rivojlantirish;
● Kompyuter xavfsizligi;
● Ilmiy tadqiqotlar (Matematika(NumPy, SciPY, Pandas, SymPy), biologiya - DNK ketma - ketligi ).

☝🏻Python dagi bilimingiz sizni talab katta bo’lgan mutaxassisga aylantiradi!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
1
​​🌐 w3schools.com - Zamonaviy dasturlash tillarini tez va oson o'rganishda juda qulay sayt.

📌Ushbu sayt orqali siz:
● HTML
● CSS
● Bootstrap
● Java Script
● SQL
● Python
● PHP
● Jquery va ko'plab texnologiyalarni o'rganishingiz mumkin.

☝🏻Saytning qulay tarafi shundaki ushbu saytni o'zida siz yozgan kodlarni kompilyatsiya qilasiz.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
💻Turli sohalarda TOP dasturlash tillari!

Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz.

🔹Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

🔹Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

🔹iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

🔹Kompyuter dasturlash
• C#
• C++
• Python

🔹Oʻyin yaratish
• Python
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

🔹Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

🔹Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​⚡️Yuqori darajadagi (High-Level) dasturlash tili va Quyi darajadagi (Low-Level) dasturlash tili

Odatda dasturlash tillarini o'rganish davomida high-level yoki low-level kabi atamalarga duch kelamiz.

🔼 Xo'sh, yuqori daraja dasturlash tillari nima?
Bular odam tushunishi osonroq bo'lgan dasturlash tillari sinfiga kiradi. Ya'ni mashina tilidan ko'ra ularni o'rganish, ishlatish ancha soddaroq.
Masalan: Python, Java, PHP

🔻Kamchiligi
Kompyuter uchun boshqaruv funksiyalari ozroq bo'ladi.

🔽 Quyi daraja dasturlash tillari
Odam tushunishi biroz murakkab bo'lgan tillar safida bo'ladi. Kutganingizdek mashina tiliga yaqinroq, shuning uchun o'rganish murakkab sanaladi. Kompyuter uchun ko'proq boshqaruv funksiyalar beradi.
Masalan: Binary, Assembly

🔻Kamchiligi
Ishlatish uchun ko'proq vaqt va kod sarflanadi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​​​Bo'lajak Dasturchilar uchun qimmatli TOP 3 maslahatlar!🤓

1⃣ Guruh bo'lib ishlash.

Siz albatta kelajakda dasturchi bo'lib biron firma yoki kampaniyaga ishga kirasiz, siz guruh bo'lib ishlaysiz. Siz keyin u yerda yangi insonlar bilan aloqaga chiqasiz. Ulardan ma'lum bir darajaga chiqguncha ko'p savollar berasiz. Guruhdagi insonlar albatta o'z ishlari bo'yicha mutahassis bo'lishadi. Sizga guruhdagi barcha insonlarga yoqmasligi mumkin, lekin siz ular bilan ishlashingiz kerak va ishlayolasiz ham! Demak nima qilish kerak? Odam tilini o'rganish kerak, xuddi dasturlash tilini o'rgangan kabi!

2⃣ Savollar berishdan aslo qo'rqmang!

Savol berish va unga yaxshi javob olish orqali siz dasturlashni yaxshi o'rganasiz.
Savol berishdan oldin, internetdan qidirib ko'ring! Google.com sayti sizga 99% yordam beradi! Agar savolingizga internetdan javob topaolmasangiz va uni o'zingiz xal qilaolmasangiz demak uni mutahassislar so'rash kerak. Savol bergandaham shunday gapirib qo'yingki, u inson sizga yordam bergisi kelsin!

3⃣ Xech qachon o'rganib oxiriga yetaolmaysiz!

Kundan kunga yangi informatsiyalar chiqayabdi. Misol uchun siz HTML ni endi o'rganib bo'ldim deganingizda yangi HTML 10 chiqib qoladi. Shunda yana o'rganasiz va bu narsa davom qilaveradi. Dunyoda xech bir dasturchi bitta tilni tag-tugi bilan bilmaydi. Bilaolmaydiham, chunki har soatda yangi dasturlash asboblari, modullar yaratilyabdi.

📢 Kanallarimizga a'zo bo'ling va do'stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​🌐 Veb sayt uchun bepul hosting servislari!

Sizda veb sayt bo'lsa uni qanday bepul hosting joylashni bilamayotgan bo'lsangiz, unda ushbu postimizdagi bepul hosting servislaridan foydalansangiz bo'ladi.😉

Bepul hosting servislari TOP 5:

1. https://heroku.com

2. https://www.netlify.app

3. https://cloud.google.com

4. https://www.aws.amazon.com

5. https://www.pages.github.com

🤗Agarda siz ham shunga o'xshash saytlar haqida bilsangiz kommentariyada boshqalar bilan ulashib qo'yishni unutmang!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Senior va Beginner darajadagi dasturchilar!😆

Telegram | Instagram
Agar siz o’zingizdan «Pythonni o’rganishim kerakmi?», «Bu til yangi boshlaganlarga mos keladimi?» va «Bu tilni tajribali dasturchining ko’nikmalari toʻplamiga kiritish toʻgʻri boʻlarmikan?», degan savollar o’ylantirsa, unda bu maqola siz uchun!🤗

🔸Mashhurlik

Hozirda Python dunyodagi ikkinchi eng mashhur dasturiy tilidir. Dunyoda bu tilning dasturchilariga bo’lgan talab yil sayin o’sib bormoqda. Ko’pgina yirik kompaniyalar uzoq vaqt davomida Python dasturchilariga ehtiyoj sezishyapti, chunki bu til ko’pgina murakkab biznes masalalarni yechishning eng maqbul vositasidir.

NASA, Google, Dropbox, Instagram va boshqalar Pythondan foydalanadigan kompaniyalarning ro’yxati, lekin bu hammasi emas.

🔸Oʻrganish osonligi

Pythonni o’rganish unchalik qiyin emas. Kichik bir kod yozish uchun ikki kun yetarli. Ushbu dasturlash tili bilan ish oqimlarini avtomatlashtirish, veb-saytlarni yaratish, shuningdek, ilovalari va o’yinlar yaratish. Python dasturlash tili ochiq bo’lganligi uchun, boshqa dasturchilar kodlarini qanday yozishganini ko’rishingiz mumkin. Ayniqsa, PyTorch mashinali o’rganish uchun yozilgan alohida freymvorkni aytib oʻtish darkor.

🔸Mashinali oʻrganish va Suniy intelekt

Tushunilishi oson, yozilishining bejirimligi hamda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati borligi Pythonni dasturlashda koʻp tanlanadigan til qiladi. Python mashinali talimda keng tarqalganining yana bir sababi ushbu tilda yozilgan ko’p sonli freymvorklar va kutubxonalarning mavjudligidir.

🔸Yordam

Python Internetda juda mashhur bo’lgani sababli unda, sizning dastlabki dasturingizni ishlab chiqishda sizga yordam beradigan, koʻplab manbaalar juda va sifatli hujjatlar mavjud. Yangi dasturchilar ushbu tilni o’zlashtirish va ulardan foydalanish jarayonida o’zlarining savollariga javob olishlari mumkin.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Python kodlaridan motivatsiya!🤩

💡Muvaffaqiyatga erishishning oltin qoidasi. Asrlar o'tsada o'zgarmaydigan va bajarilsa doim natija beradigan qonun.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 Dasturlash muhitilari bilan ishlash.
#python #VSCODE

🔷 IDE (Integrated development environment), VSCODE

🤗 Kanalimizda endi python bo'yicha videodarslar ham chiqishni boshlaydi, do'stlaringizni ham ta'klif qilishni unutmang!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​Dasturchilar oyiga qancha topishadi?🧐

Kuzatishlarim bo'yicha dasturchilar soatiga 5-15$ gacha ishlaydiganlar bor. Masalan soatiga o'rtacha 10$ olsa, kuniga 80$, oyiga 2000$ topar ekan. Bundan kam oladigani ham ko'p oladigani ham bor. Mustaqil frilanserlar esa 1000-3000$ atrofida topishadi. Oyiga 20 000$ pul topadigan kuchli dasturchilar ham bor.

☝️🏻Yuqori daromadli kasbga ega bo'lish uchun C++, C#, Java va Python dasturlash tillarini o'rganishingizni tavsiya qilaman.

P.s: Bu o'zimizdagi ma'lumotlar, xorij davlatlarida ancha katta xaq to'lashadi.😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Python dasturlash tilini Windows 10 ga o'rnatish!
#python #video

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!