CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
​​👨🏻‍💻Dasturchi qobiliyatlarini doimiy rivojlantirishi zarur!

💡Hech bir dasturchi aynan bitta til va texnologiyaga bog'lanib qolishi mumkin emas. Masalan, backend dasturchi sifatida sizdan yana HTML, CSS va Javanoscript kabi frontend texnologiyalari ham talab qilinishi mumkin.

Kod yozish va murakkab algoritmlar yozish uchun quyidagi bir nechta onlayn platformlarni tanishtirib o'tamiz.🤗

🔹 Hackerrank.com - Turli dasturlash tillarida masalalarni topish mumkin. Istalgan dasturlash tiliga aloqador masalalar yechishingiz ham mumkin. Yana bir ajoyib tomoni shuki, masalalarga turli hil foydalanuvchilar tomonidan berilgan yechimlarni ham mavjud.

🔹 Leetcode.com - 9 ta dasturlash tili uchun masalalar to'plami mavjud. Asosan ushbu sayt ishga kirmoqchi bo'lganlar uchun ham juda qo'l keladi. Ko'plab IT kompaniyalar ham yaxshi dasturchilarni ushbu platoforma orqali topadi. Undan tashqari ishga kirish uchun ham turli sinovlarni yechishingiz mumkin.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
☝🏻Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.

CODESCHOOLUZ da 1000 ta obunachi🥳

Kanalimizga yangi qo'shilgan va bizni oldindan kuzatib kelayotgan barchaga katta rahmat. Bizni kanalimizdagi postlar sizlar uchun foydali bo'layotgan bo'lsa biz bundan hursandmiz.🤗

Kanalimizdan uzoqlashmang, sizlarni python bo'yicha yangi videolar va qiziqarli ma'lumotlar kutmoqda!😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
“Kompyuter tushunadigan kodni har qanday ahmoq yozishi mumkin. Yaxshi dasturchi inson uchun tushunarli boʻlgan kodni yozadi”.
©️Martin Fowler

👨🏻‍💻 Junior, Middle va Senior dasturchilar kim ekanligini aniqlab olamiz!

• Mutaxassislarni junior, middle va seniorga boʻlish dastur ishlab chiquvchilarga yaxshi tanish — bu odatda ularning malaka darajasini belgilaydi. Biroq, agar ish beruvchiga “Junior “, “Middle” yoki “Senior” kerak boʻlsa, undan qanday talablarni kutish kerak? Keling, buni ushbu maqola orqali tushunishga harakat qilamiz.

➡️ Maqolani o'qish

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​​​​​👨‍💻 Backend dasturchilar buni bilishi kerak!

Backend dasturchilar nima qiladi?
Backend dasturchilar loyihaning orqa qismi ya'ni server tomoni uchun mas'ul. Tasavvur qiling, brouzeringiz websayt ma'lumotlari, rasmlari, va hakozolarni ko'rsatish uchun websayt serverlariga murojaat qilishi kerak. Ma'lumotlarni to'gri, tartib bilan yetkazishni aynan Backend dasturchilari amalga oshiradi.

🙅‍♂️ Bularning o'zi yetarli emas!
Siz backend dasturchisiz va yuqorida aytganimizdek websaytning orqa server qismiga mas'ulsiz. Shunday ekan, sizni websaytning himoyasi, serverlarga turli bosimni tartiblab berish kabi muhim ishlar kutib turadi. Kiber xavfsizlik va tizim administratorligi kabi yo'nalishlardan ham ozroq bilim talab qilinadi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunaqasini ko'rganmisiz?😅

🚲 Yaponiyadagi veloparkovkalar!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​👨🏻‍💻Dasturchi qanday fazilatlarga ega bo'lishi kerak?

1️⃣ Mantiqiy fikrlash.

Dasturlash dasturchidan tahliliy zehnga ega bo'lishni talab qiladi. Aks holda, har qanday muammoga yechim topish mushkul bo'ladi.

2️⃣ Diqqatlilik va diqqatni jamlash qobiliyati.

Siz diqqatingizni uzoq vaqt davomida bitta vazifaga qaratishingiz, tashqi suhbatlarga chalg'imasligingiz kerak.

3️⃣ Toqatlilik.

Bu judayam mantiqqa ega. Axir, ko'p sonli kodlar va ma'lumotlar bilan ishlash uchun siz tirishqoq bo'lishingiz kerak.

4️⃣ Qiziquvchanlik.

Muvaffaqiyatli dasturchi agar faqat muayyan texnologiya, til va boshqa narsalar bilan cheklanib qolayotganini sezsa, unda ko'proq narsani bilishga harakat qilishi lozim.

5️⃣ Mas'uliyat.

Dasturchining ishi o'zi yaratadigan kod uchun katta mas'uliyatni talab qiladi. Umuman olganda har qanday boshqa ish kabi.

6️⃣ O'zini takomillashtirish istagi.

Shaxsiy va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish hamda muvaffaqiyatga erishish uchun o'zini rivojlantirish zarur.

7️⃣ Xayol.

Kutmaganmidingiz? Ammo, ha, yaxshi tasavvur, dasturchining boshqa sifatlari bilan bir qatorda, oddiy echimlarni topishga va kodni yanada soddalashtirishga imkon beradi.

8️⃣ Jamoada ishlash qobiliyati.

Ko'pgina dasturchilar odamlar va dunyo bilan aloqani minimallashtirib o'zlari bilan yolg'iz ishlagan vaqtlar allaqachon o'tib ketgan. Endilikda esa yuqori pog'onada bo'lishni va yaxshi pul ishlab topishni istagan har bir dasturchi jamoada ishlashni bilishi kerak. Shuning uchun, siz samarali muloqot qilishni o'rgansangiz, yordam so'rashdan yoki hamkasbingizning fikrini so'rashdan qo'rqmasangiz, sizning ishlaringiz yuqori cho’qqilarga ko'tariladi.

9️⃣ Tirishqoqlik.

Tirishqoqlik – bu uzoq muddatli maqsadlarga erishishga va ulardan voz kechmaslikka undaydigan shaxsiy fazilatdir.

Dasturchilik kasbi juda ko'p narsani talab qilayotgandek ko'rinishi mumkin, biroq yodda tuting, ushbu fazilatlar boshqa har qanday kasbda ham kerak bo'ladi. Har biringiz ushbu sifatlarni rivojlantirishingiz mumkin, muhimi o'zingizni mukammallashtirishga harakat qiling va matonatli bo'ling, shunda sizga omad kulib boqadi!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​FRONTEND va BACKEND💻

🔷 Front End
— bu brauzer o'qishi, yoki ekranga yoki ishlay oladigan narsalarning barchasi. Ya'ni, bu HTML, CSS va JavaScript.

🔹 HTML (HyperText Markup Language) — brauzerga sahifaning mazmunini, masalan, «sarlavha», «paragraf», «ro'yxat», «ro'yxat elementi» nima ekanligini aytadi.

🔹 CSS (Cascading Style Sheets) — brauzerga elementlarni qanday ko'rsatish kerakligini aytadi, masalan, «birinchi xatboshidan keyin 20 piksel» va «tana elementidagi barcha matnlar quyuq yashil rangda bo'lishi yoki Verdana shriftida yozilishi kerak».

🔹 JavaScript brauzerga yengil dasturlash tilidan foydalangan holda muayyan vaziyatlarga qanday javob berish kerakligini aytadi. Ko'pgina saytlar aslida ko'p JavaScript ishlatmaydilar, lekin agar siz biron bir narsani bossangiz va sahifaning tarkibi oq ekran yonib o'chmasdan o'zgarsa, demak, biron-bir joyda JavaScript ishlatilgan.


🔷 Back end — serverda ishlaydigan barcha narsalar, ya'ni «brauzerda emas» yoki «tarmoqqa ulangan kompyuterdan boshqa kompyuterga javob yozish emas»

Belgilash uchun siz serveringizda mavjud bo'lgan har qanday vositalardan foydalanishingiz mumkin (bu aslida xabarlarga javob berish uchun sozlangan kompyuterdir). Bu har qanday universal dasturlash tilidan foydalanishingiz mumkin degan ma'noni anglatadi: Ruby, PHP, Python, Java, JavaScript / Node, Bash. Bundan tashqari, siz MySQL, PostgreSQL, MongoDB, Cassandra, Redis, Memcached kabi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanishingiz mumkin.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
☝🏻Dasturlashga qiziquvchi har bir inson bu maqolani o'qishi kerak!

Ushbu maqolada ingiliz tili dasturchining hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida bilib olishingiz mumkin!🤗

➡️ Maqolani o'qish

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​👨🏻‍💻 Frilanser bo’lib pul ishlashni
qanday boshlash kerak?

Keling, frilanser kim ekanligini aniqlab olamiz?🧐

Frilanser, loyihalarni mustaqil ravishda izlab, mijozlar bilan muzokara olib boradigan va amalga oshirilgan ishi uchun haq oladigan shaxsdir. Frilansni o’z biznesingizga birinchi qadam sifatida korishingiz mumkin.

☝🏻Biroq, ofis ishi kabi frilans ham tartibli bolishni talab qiladi. Siz doimiy ravishda idorada emasligingizni ozingizga eslatib turishingiz va qabul qilingan buyurtmalarni muddatidan kechiktirmay topshirishingiz kerak.

Nimadan boshlash kerak?🤔

1. Portfolio yarating.

Avvalo, xaridorlarni jalb qilish uchun siz o’z malakangiz va tajribangiz haqida aytib berishingiz mumkin bo’lgan portfolioni yaratishingiz kerak. Taqdim etilgan sertifikatlarni va murabbiylarning yoki ish beruvchilarning tavsiyanomalarini portfolioingizga ilova qilib qoying.

2. Siz nima sababdan bu ish uchun to’g’ri kelishingizni yozing.

O'zingiz bajargan loyihalar, jamoada ishlab yoki maxsus kurslarda oqib olgan bilim va konikmalaringiz haqida batafsil ma’lumot bering. O’z qobiliyatingizni to’g’ri tariflang, va shunda sizning oldingizda yangi imkoniyatlar ochiladi.

3. Birinchi loyihangizni qabul qilishga tayyor bo’ling.

Kichikroq bir loyihani amalga oshirishga harakat qiling va ishni belgilangan vaqt oralig’ida bajaring. Shunday qilib, ish beruvchingizdan yaxshi xulosalar olishingiz mumkin, bu esa kelajakdagi faoliyatingizga yaxshi ta’sir o’tkazadi. Boshida oʻzinga juda koʻp loyihalar olmang. Mayda, ammo ishonchli qadamlar bilan olgʻa boring!

4. Oldingizga maqsad qoʻying.

Avvalo, nimaga erishmoqchi ekaningizni aniqlang, so’ngra aniq harakat rejasini tuzing. Vazifalarni bajarish uchun javobgarlikni oʻz boʻyningizga olishdan qo’rqmang va har kuni maqsadlaringiz sari harakat qiling.

5.O’z sohangizda professional bo’ling.

Bir yoki ikkita dasturlash tilini mukammal bilsangiz ham, bir joyda toʻxtab qolmang, oʻz ustingizda ishlang. Yangi bilimlar va ko’nikmalarga ega bo’lishingiz uchun juda ko’p bepul online kurslar mavjud.

5 ta oddiy tavsiyaga rioya qilib, muvaffaqiyatli frilanserlar dunyosiga osongina tushib, ajoyib takliflarni qabul qilishingiz mumkin!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​😎Dasturchi bo'lishning plyuslari:

🔸Katta maosh

Hech kimga sir emaski bu kasb egalari boshqa sohalarga nisbatan bir necha barobar ko'proq pul ishlashadi.

🔸Erkin grafik

Bu sohada odatda kuniga 8 soat ishlab bersangiz yetarli. Uni qachon boshlash o'zingizga bog'liq. Hohlasangiz 09:00 dan 17:00 gacha, istasangiz 13:00 dan 21:00 gacha. Bugun ofisga borgingiz yo'qmi? Uydan turib ishlang! Umuman dasturchilarga katta erkinliklar berilgan.

🔸Hayot tarzi

Dasturchi - bu kasb emas, bu boshqacha hayot tarzi. Bu o'zgacha fikrlash. Odatda bu intelektual insonlar. Ular o'zaro Stiven Hokingning kitoblari-yu, Adron Kolayder haqidagi yangiliklarni muhokama qilishadi.

🔸Kelajak kasbi

Hozirning o'zida avtopilotli mashinalar, aqlli uylar paydo bo'layapti. Smartfonimiz shaxsiy yordamchiga aylanib, robotlar Xitoy ishchilariga raqobat qilishmoqda. Buning hammasi dasturchilikning jadal rivojlanayotganidan dalolat. Shuning uchun ham dasturchilarga talab oshmoqda va kelajakda yana kuchliroq oshadi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻Taniqli dasturchi Lazizbek Adhamov!

💡 "Internet" loyihasidagi nutqida yoshlarga qaysi kasbni egallashdan qat'iy nazar, qo'shimcha dasturchilikni ham o'rganishni tavsiya qildi.

☝️🏻O'z yo'nalishini dasturchilik bilan integratsiya qilish kelajakda eng zarur omilga aylanishini ta'kidladi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Dunyo to'xtab qoldi!😳

❗️Butun dunyoda Google xizmatlari( google drive, google photo, gmail...) o'chdi

Manba: downdetector.com
Down as well:
- Gmail
- YouTube
- Google Drive/Docs/Sheets/Slides
- Google News
- Google Translate
- Google Ads
- Google Domain
- Google Cloud Platform Dashboard
- Google My Business

Not Down:
- Google Search
- Google Maps

@codeschooluz
​​Dasturlash uchun eng yaxshi Operatsion tizim qaysi?🧐

☝🏻Menimcha, bu sizning dasturlash / kodlash sohangizga (tillar, dasturlar, FrameWorkingizga va hk) bog'liq.

🔹Windows: C#, Visual Studio, Windows OS dasturiy ta'minoti Dev, Windows Phone Dev, Java, MATLAB, .NETFramework, DirectX, Kinect..

🔹Linux: Java dasturlari, Java, Python, C, C ++ (Bu tillar boshqa tillarda ham bajarilishi mumkin, ammo kutubxonalar va frameworklar mavjudligi sababli Linuxda eng yaxshisi), Internet Development

🔹Mac OS X: Swift, Objective C, Xcode, iOS Dev, Mac OS X dev, Android Dev (Windows-da bajarilishi mumkin bo'lsa-da, men uni Mac OS X-ga qo'shdim, chunki Google ishchilarining aksariyati Mac OS X-ni yoki boshqa variantni ishlatadi), Java, MATLAB, Unity

P.s: Bir nechta platformalarda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ba'zi bir ishlab chiqish / kodlashlar mavjud bo'lsa, men ularni ma'lum bir faoliyat uchun eng mos keladigan yoki qo'llab-quvvatlanadigan platforma ostiga qo'shdim. (Masalan: Swift hozirda ochiq manbaga aylandi, ammo aniq sabablarga ko'ra Mac OS X-da Swift-ni amalga oshirish yaxshiroq).

➡️Manba: Sololearn.com

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Pythonda ma’lumot turlari bilan ishlash!

🔴You tubeda ko'rish!

#video #python

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
Ushbu code bajarganda natija nima chiqaradi?
**To'g'ri javobni tanlang.**
Anonymous Quiz
52%
10
7%
7
5%
3
36%
6
​​💻 PYTHON dagi asosiy missiyalar!

🅿️ PYTHON
hozirda umumiy maqsadli dasturlash tili sifatida 1-o'rinda turadi. Uning qamrovi kengligining sababi, boshlang'ich foydalanuvchi uchun juda ham soddaligi. Qolaversa, C++ dan farqli ravishda ortiqcha ma'lumotlar bazasi mavjud bo'lmaydi.

🤔 PYTHON asosan nimalar qiladi?

🔹 Veb ishlab chiqish uchun Python kodi hamda kutubxonaning barcha platformalari bilan o'zaro kelishuvi;

🔹 Parallel hisoblash va vizualizatsiyani qo'llab quvvatlash;

🔹 Barmoq izini aniqlash, zaxiralarni bashorat qilishga ML va DL orqali erishish;

🔹 Ilmiy va raqamli hisoblash, moslashuvchanlik;

🔹 Brauzer veb dasturlarini avtomatlashtirish;

🔹 Telegram bot yaratish, barcha bazani qo'llab quvvatlash;

🔹 Robototexnika imkoniyatlarini yaratish va yuqori ma'lumotlar strukturasi PYTHON orqali amalga oshiriladi, qolaversa bizning kunlik foydalanadigan YouTube, Instagram, Google ham aynan PYTHON dan foydalanib yaratilgan.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
​​​​Moslashuvchan va sodda, tezkor va universal dasturlash tili qaysi?🧐

Soʻnggi yillarda universal soʻzi hayotimizga kirib keldi. Universal qoʻllanma, universal quvvatlagich, universal texnika...

⚡️ Tinib-tinchimagan aytishniklar ham koʻplab dasturlarni yaratishda qatnashadigan universal dasturlash tilini yaratishgan. Bu — Python dasturlash tilidir.

💻 Koʻp qirrali boʻlgani uchun ham u bilan iOS va Androiddan tortib, server operatsion tizimlarigacha turli xil vazifalarni bajarish va koʻplab platformalarni yaratishda foydalanish mumkin.

Python tili yaxshi ishlab chiqilgan boʻlib,unda deyarli hamma narsani yaratish mumkin. Moslashuvchan, sodda va tezkor, kam kodli til. Shu jihati bilan Python yangi oʻrganuvchilar uchun ancha qulaydir.

Python asosan:
🔹 Tizimlarni (server) dasturlash;
🔹 Web dasturlash - backend;
🔹 Maʻlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish;
🔹 Grafik interfeyslar;
🔹 Sunʻiy intellekt;
🔹 Jarayonlarni avtomatlashtirish kabilarda faol ishlatiladi.


🔥 Sizga Python va shu kabi eng zamonaviy texnologiyalar haqidagi faktlar va qiziqarli ma'lumotlar yoqayotgan bo'lsa, bizni kuzatishda davom eting hamda yangiliklardan bahra oling!

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!
"Dasturlash paytida so'raydigan 10 ta belgi"🤓
(Kirish) #maqola

Do'stlar ushbu maqola Jonatan Bleykning "Dasturlash paytida so'raydigan 10 ta belgi" maqolasidan tarjima qilinib olingan!

• Reddit yoki Quora-da ko'pincha men "Muvaffaqiyatli dasturchi bo'lishimni qanday bilsam bo'ladi?" Degan savollarni ko'raman. (Aslida, ushbu maqola mening Quora-ga bergan so'nggi javobimning bir qismidir.) Agar kimdir martaba o'zgarishi haqida o'ylasa yoki rivojlanishni xohlasa va nima talab qilinishini bilmoqchi bo'lsa, bu shubhasiz savol tug'iladi.

• Umuman olganda, menimcha, bu dasturlash sohasida fundamental ma'lumotni olmagan odamlar ongidagi asosiy to'siq. Sizdan dasturchi deb o'ylang, bu mutlaqo tabiiydir va bu sizga yangi biznes boshlashingizga xalaqit beradi. Bu aktyor bo'lishni orzu qilganga o'xshaydi, lekin siz qanday o'ynashni ham bilishingizga shubha qiling.

• "To'liq stackli veb-ishlab chiqish" kursida o'qituvchi sifatida ko'plab yangi dasturchilar bilan ishladim. Yaxshi xabar shundaki, men umuman dastur qilishni o'rgana olmaydigan talabalarni kamdan-kam uchratdim. O'ylaymanki, dasturlash o'qish, yozish va hisoblash bilan bir xil asosiy mahoratdir. Har kim buni qila oladi, chunki bu insonning qobiliyatlaridan biridir, lekin buni haqiqatan ham o'rganish kerak.

• Ikki yillik dars davomida men o'quv jarayonida talabalarning azoblanishini kuzatdim va ular bilan bir qator shunga o'xshash muammolarni ko'rdim.
Agar siz ularning ro'yxatiga nazar tashlasangiz va ularning barchasi sizga bog'liqligini his qilsangiz, yaxshi dasturchi albatta sizdan ishlamasligiga amin bo'lishingiz mumkin va ehtimol siz boshqa biron bir narsa qilishingiz kerak. Ammo, agar siz dasturchi bo'lishni maqsad qilgan bo'lsangiz, barcha to'siqlarni yengishingiz mumkin.

☝🏻Ushbu belgilar sizga yaxshi dasturchi bo'lishingiz mumkinligini va uni o'zgartirishga qaror qilsangiz nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi.

Keyingi postlarimizda ushbu 10 ta belgi haqida ma'lumotlar berishda davom etamiz!😉

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!