CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Motivatsiya

🤔 Biz uchun vahimali ko'ringan har qanday to'siq va muammoning yechimi oddiygina, osongina bo'lishi mumkin.

❗️Buning uchun MM qoidasiga amal qiling. Ya'ni "Muammolarni Murakkablashtirmang"

🚀@codeschooluz
Assalomu alaykum, oxirgi 4 oyda hech qanday post qo'ymagan edik sababi Computer vision va Machine Learning kursimiz bilan band edik.

Bugundan boshlab postlar va bepul darslarimizni qo'yib borishga harakat qilamiz. Hozirgi kunda o'zbek tilida ham juda ko'plab video darsliklar kundan kunga ko'payib bormoqda, asosan Web dasturlash, Mobile dasturlash, biz ham shular qatorida kundan kunga ommalashib borayotkan yo'nalishlar bo'yicha hissamizni qo'shmoqchimiz.

Bizning postlar asosan quyidagilar asosida bo’ladi:

• Python - dasturlash tili
• AI - sun'iy intellekt
• Data visualization - ma'lumotlarni grafik ko'rinishda tasvirlash
• Computer vision
• Machine learning

🚀@codeschooluz
Artificial intelligence(Sun'iy intellekt) atamasi qachon paydo bo'lgan.

Su'niy intellekt
yaqin 10 yilda juda tez rivojlanganligi sababli ko'pchilik bu atamaning paydo bo'lishini ham yaqin 5, 10 yil atrofida dep o'ylashadi. Lekin biz o'ylagandan ko'ra avvalroq paydo bo'lgan 1955-yilda John McCarthy Su'niy intellekt atamasini kiritgan. Shundan keyin su'niy intellektning birinchi rivojlanishi boshlangan.

Artificial intelligence(Su'niy intellekt) - bu atamaning ma'nosi qanday.

Hammamiz bilamizki artificial - sun'iy, yasama ishlangan deb tarjima qilinadi. Lekin intelligence va intellekt boshqa boshqa ma'nolarda qo'llaniladi.

Intelligence - o'rgana olish qobiliyati
Intellekt - kishining aqliy qobiliyati, fikrlash qobiliyati, tasavvur(o'zbek tili izohli lug'ati)

Shuning uchun ma'lumotlarga(bilimlar) qarab ta'rif beradigan bo’lsak "Sun'iy o'rgana olish qobiliyati" ni Artificial intelligence deyishimiz mumkin.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Javohir Jalilov - AI
🖥🔄Kompyuterlarning rivojlanish tarixi.

Nima dep o'ylaysiz 2040-yilda kompyuterlarimiz qanday ko'rinishda bo'lar ekan🤔

@JavohirJalilov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Computer Vision o'rganayotganlar tushundi 😂

🚀@codeschooluz
Odamning kompyuter tomonidan birinchi mag'lubiyati.

Artificial intelligence
"Sun'iy o'rgana olish qobiliyati" ni sinash uchun Deep Thought nomli shaxmat o'ynashga mo'ljallangan kompyuter birinchi bo'lib Carnegie Mellon University da yaratilgan.

Deep Thought 1988-yilda Bent Larsen ni mag'lubiyatga uchratgan birinchi kompyuter bo'lgan. Ammo 1989-yilda Garry Kasparov bilan bo'lgan ikkala o'yinda ham, Michael Valvo bilan yozishmalar orqali o'ynalgan o'yinda ham osonlik bilan mag'lubiyatga uchragan.

Bent Larsen o’zi kim bo’lgan.

Bent Larsen Grandmaster
bo'lgan va u Daniyaning eng kuchli shaxmat o'yinchisi bo'lgan. U 4 marotaba jahon chempionatiga qatnashgan va Daniyaning 6 karra chempioni hisoblanadi.

Deep Thought Garry Kasparov ga mag'luboyatga uchragan lekin Garry Kasparov ham mag'lubiyatga uchragan, keyingi postlarimizda shu haqida batafsil ko'rib chiqamiz.

🚀@codeschooluz
🧐Nega aynana shaxmat tanlangan

Aqliy jihatdan kim ustunligini qanday solishtirsak bo’ladi, yoki jismoniy jihatdanchi ?

🏃‍♂️Jismoniy jihatdan kim ustunligini bizda ko’proq ikki kishini kurashtirib ko’radi yoki tosh ko’targizib ko’rishi mumkin, lekin kurashda yiqitgan kishi og’irroq tosh ko’taradi degani emas yoki og’irroq tosh ko’tarsa kurashda yiqitadi degani emas. Shunday qilib biror bir sport turi bilan musobaqa qilib kim ustunligini aniqlash qiyin ekan.

🧠Huddi shunday aqliy jihatdan kim ustunligini aniqlash ham qiyin masala.
Nima uchun shaxmat, 1970 - 1980 - yillarda shaxmat o’yini eng yuqori cho’qqiga chiqgan paytlar bo’lgan, shu sababli o’sha paytlar eng aqilli odamlar shaxmatni yaxshi o’ynagan odamlar hisoblangan. Shuning uchun odam bilan AI (sun'iy intilekt)ni aqliy jihatdan solishtirish uchun aynan shaxmat o’yini tanlangan.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Javohir Jalilov - AI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intellektni o'rganish nimadan boshlanadi?

A'zamjon Nemadaliev bilan suhbatda:
Sun'iy intellektni o'rganmoqchi bo'lsangiz birinchi talab biror bir til orqali dasturlashni o'rganish kerak.

© Osmondagi bolalar

P.S. Men esa sizlarga Python ni o'rganishni maslahat beraman, chunki AI ni o'rganishga kerak bo'ladigan kutubxonalarning ko'pchiligi Pythonda yozilgan.

@JavohirJalilov
#python #logical #dars

📖 Mavzu: Bugun sizlar bilan mantiqiy ma’lumot turlari haqida ko’rib o’tamiz.

Ikki yoki undan ortiq munosabatlarni birlashtiradigan belgi yoki so’z mantiqiy operatorlar hisoblanadi. Shular haqida batafsil ko’rib chiqamiz.

🔴 Youtube: You tube orqali ko'rish

🚀@codeschooluz
Odamning kompyuter tomonidan shaxmatda mutloq mag'lubiyati.

Deep Blue
- IBM tomonidan yaratilgan shaxmat o'ynashga mo'ljallangan super kompyuter. Shaxmat bo'yicha jahon chempioni Garry Kasparov 1996-yilda Deep Blue-ning oldingi versiyasiga qarshi o'yinda g'alaba qozonadi. Garry Kasparov va Deep Blue dasturchilar jamoasi 1997-yilda revanch jangini o'tkazishga kelishib olishdi va Deep Blue ning yangilangan versiyasi Kasparov ni mag'lubiyatga uchratdi.

Garry Kasparov o'zi kim bo'lgan.

Garry Kasparov
1985-yilda shaxmat bo'yicha jahon chempioni bo'lgan. U shaxmat bo'yicha eng yosh(22 yoshda) jahon chempioni va raqobatdosh o'yinda superkompyuter tomonidan mag'lubiyatga uchragan birinchi jahon shaxmat chempioni edi. U unvonini yo'qotaniga qaramay turnirlarda g'oliblikni davom ettirdi va 2005-yilda professional shaxmatdan nafaqaga chiqqanida dunyodagi eng yuqori reytingga ega bo'lgan shaxmatchi edi.

🚀@codeschooluz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Motivatsiya

Hozirgi kunda AI ga bo'lgan talab yanada oshib bormoqda, internetda AI haqida ma'lumotlar ingliz tilida ham kam, o'zbek tilida topishingiz amrimahol, shuning uchun Laziz Adhamov aytganidek ingliz tilini o'rganing !

© MFaktor

Kim ingiliz tilini o'rganmayotkan bo'lsa bugundan boshlang 😉

🚀@codeschooluz
🌙Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin !

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh, bugun qutlug' kun Qurbon hayiti bilan barcha musulmonlarni CODESCHOOLUZ jamoasi samimiy muborakbod etadi !

Ushbu fazilatli kunda barchangizning qilgan ezgu tilaklaringiz ijobat bo'lishiga tilakdoshmiz !

🚀@codeschooluz
To’g’ri javobni tanlang.
Anonymous Quiz
34%
A
22%
B
43%
C
To’g’ri javobni tanlang.
Anonymous Quiz
18%
A
52%
B
30%
C