CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
606 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
To’g’ri javobni tanlang. #3
Anonymous Quiz
20%
A
35%
B
26%
C
20%
D
To’g’ri javobni tanlang. #4
Anonymous Quiz
25%
A
20%
B
35%
C
20%
D
#python #statements #test

O'z javobingizni kommentlar bo'limida qoldiring👇

🚀@codeschooluz
#memes #english

Kimga tanish bu holat 😅

Left - chap, Right - o'ng.
Postlarimiz davomida ingliz tilini ham o'rganib ketamiz 😉
Keyingi darsimizda Control key ni tarjimasini o'rganamiz 😂

🚀@codeschooluz
🐍 Python PIP
#pip

Bugun sizlar bilan pip nima ekanligi va pip yordamida paket(package)larni o’rnatish va undan foydalanishni qisqacha ko’rib o’tamiz.

pip (package management system) - bu Pythonda yozilgan paketlarni o’rnatish, boshqarish vositasi hisoblanadi. Misol uchun, kompyuterimizga python o’rnatganimizda python bilan birga o’rnatilmaydigan paketlarni o’rnatish uchun foydalanamiz.

pip buyruqlari bilan qisacha tanishib chiqamiz

Python paketlarini pip yordamida o’rnatish:

Pythonda pip install yordamida qo’shimcha paketlarni o’rnatishimiz mumkin.

$pip install package_name

— Python paketlarini ma’lum bir versiya bilan o’rnatish:

$pip install package_name==version

— pip yordamida paket ma’lumotini ko’rsatish:

$pip show numpy

— O’rnatilgan paketlarning ro’yhatini pip yordamida ko’rishingiz mumkin:

$pip list

— Paketlarni pip yordamida olib tashlash:

$pip uninstall numpy

— Paketlarni pip yordamida qidirish

$pip search numpy

— pip yordamida requirement faylni o’rnatish

Aytaylik sizga birnechta paketlar kerak bo’lsa har birini bittalab pip install package_name qilmasdan barcha paketlarni bir vaqtda o’rnatishingiz mumkin. Bunda requirements.txt fileni yaratib paketlarni quyidagicha yozamiz:

django==1.4.2
Pillow==7.0.0
numpy==1.20.2
...

$pip install -r requirements.txt

Pytonda bilan oldindan o’rnatilmagan paketlarni ro’yhatini chiqarish uchun pip freeze buyrug’idan foydalanamiz.

P.S: Agar sizda Pythonning birnechta 2.x va 3.x versiyalari bo’lsa pip3 buyrug’idan foydalanasiz.

🚀@codeschooluz
❗️Github va Git haqida

Bugun sizlar bilan github va git haqida suhbatlashamiz, dasturlashni o'rganayotkan har qanday inson bularni ham o'rganishi kerak albatta, shuning uchun bular haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchiman.

Git - bu bepul va ochiq manbali(open-source) versiya boshqaruv tizimi(version control system), dasturiy ta'minot bo'lib u dastlab Linus Torvalds tomonidan 2005 yilda yaratilgan.

— Versiya boshqaruv tizimi nima degani o'zi? Misol uchun siz birorta dastur tuzdingiz va ishga tushurdingiz, qachondir tajribangiz ortib u dasturning yangi versiyasini ishlab chiqdingiz lekin sizga eski versiya ham kerak, shu holatda versiyalarni boshqarish uchun git bizga yordamga keladi.

Github - 2008 - yilda ishlab chiqarilgan bo'lib bepul va code uchun bulutli platforma. U Git orqali siz va sizning jamoangiz kompyuterda birga ishlashingizga yordam beradi.

Git va Github bilan ishlash haqida yana bitta post qilamiz Insha'Alloh.

🚀@codeschooluz
#ai #ml #library

TOP libraries Machine Learning🔝

Sizlar bilan Machine Learning haqida gaplashgandik, bugun sizlar bilan Machine learning uchun eng ko'p ishlatiladigan kutubhonalarni sanab o'tamiz:

• TensorFkow
• PyTorch
• Keras
• theano
• Scikit-Learn
• NumPy
• Pandas

Kutubhonalarni kompyuterimizga o'rnatishimiz uchun pip dan foydalanamiz:

$pip install tensorflow

Bu kutubhonalar haqida keyingi postlarimizda batafsil to'xtalib o'tamiz.

🚀@codeschooluz
#HR

Ko'pchilik boshlang'ich dasturchilar ishga kirishim uchun qanday talablar bor deb qiziqishadi. Agar bunga qiziqib internetni qidiradigan bo'lsak asosan shunga o'xshash talablarga duch kelamiz.

Ehh hali menga ancha bor ekan... deb qo'yishadi. Eng qizig'i HR(Human Resources-kadrlar bo'limi), ya'niy ushbu rasmdagi postni yozgan ham sizga o'xshab yaqindagina ishga kirgan. 😂

P.S: HR - Kadrlar bo'limi, to'g'ri tarjima emas eng yaqin tarjima, agar sizda to'liqroq tarjima bo'ladigan bo'lsa commentda qoldiring.

🚀@codeschooluz
#json #data_type

❗️JSON vs DICT

JSON
(JavaScript Object Notation) - bu ma'lumotlarni saqlash va almashish uchun yengil format. Json JavaScript dan olingan bo'lsa ham ko'pgin asosiy dasturlash tillarida kutubhonalar orqali qo'llab quvvatlanadi. Json odatda web mijozlar va web serverlar o'rtasida ma'lumot almashish uchun ishtiladi.

DICT(Dictionary) - bu pythonda tartibsiz yig'ilgan ma'lumot turi(Data Types), uning har bir elementi key-value juftligi dan tashkil topgan.

JSON bilan DICT ning qanday bog'liqligi bor.

Json
formatdagi ma'lumot dictionary ma'lumot turining string(matnli) ko'rinishi hisoblanadi. Demak, dict Pythonda ma'lumot turi uni string ko'rinishiga o'tkazsak json format bo'ladi.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Web Dasturlash kanali
💻 O'tmish texnikasi: birinchi noutbuk

O'tgan asrning 70-yillarida Osborne & Associates nashriyotining egasi Adam Osborn 1980-yilda birinchi noutbuk loyihasini amalga oshirishga qaror qilgan.

Protsessorning 3,5 MGts chastotaga va 64 KB operativ xotiraga ega bo'lib, narxi 1795 dollar deya baholangan. Noutbukning 10 mingga yaqin nusxasi sotilgan.

Siz qanday modeldagi noutbuk ishlatasiz?

@webdev07
🧐What is a Database?
#database

Database(Ma'lumoatlar bazasi), bundan oldin biz data(ma'lumot) nima, shu haqida gaplashamiz.

Data(Ma'lumot) - bu alohida bir kichik ma'lumot birligining to'plami. U turli shakllarda ishlatilishi mumkin matn, raqamlar, baytlar, ommaviy axborot vositasi va turli hil saqlanishi mumkin qog'oz yoki elektron xotirada.

Database(Ma'lumoatlar bazasi) - bu bir nechta ma'lumotlarning uyushgan to'plami. Undagi saqlangan ma'lumotlarni olishimiz, o'zgartirishimiz va o'chirishimiz mumkin.

Ma'lumoatlar bazasini texnik jihatdan ikkiga bo'lishimiz mumkin:
1. SQL (relational database)
2. NoSQL (non-relational database)

Ma'mumatlar bazasining turlari haqida keyingi pastlarimizda gaplashamiz.

🚀@codeschooluz
#python #ai

⚡️Hozirgi kunda Python dasturlash tili juda rivojlanib bormoqda, U AI(Sun'iy intellekt), Computer Vision(Sun'iy ko'rish), Machine Learning uchun ishlatiladigan kutubxonalar ichida ham Python kutubxonalari hech shubhasiz birinchi o'rinda turadi.

Bularni qayerdan o'rganaman deysizmi.

Hozirda Python bo'yicha darslar va AI bo'yicha foydali ma'lumotlar ulashib borayotgan Javohir Jalilov Blogini tafsiya qilaman.

Kanalga a'zo bo'lish👉 @JavohirJalilov
🧐What is an API?
#api

API(Application Programming Interface) - bu Ikki dasturning bir-biri bilan bog'lanishini taminlab beruvchi aloqa vositasi. Siz har kuni ishlatadigan Facebook, Telegram da habar yuborganingizda yoki ob-havoni tekshirganingizda API dan foydalanasiz.

Bu qanday ishlaydi.

Telefoningizda biror bir ilovadan foydalanganingizda dastur inetnetga ulanadi va u ma'lumotlarni severga yuboradi, server ma'lumotlarni tahlil qilib dasturga qayta yuboradi, dastur ma'lumotlarni tahlil qilib o'qish mumkin bo'lgan holatda sizga taqdim etadi. Bu API orqali amalga oshiriladi.

❗️Keling buni hayotiy misolda ko'ramiz.

Tasavvur qilig siz restorandasiz va menyu orqali buyurtma berish imkoniga egasiz. Restoran oshxonasi sizning buyurtmangizni bajaradigan "Tizim" ning bir qismi. Buyurtmani oshxonaga yetkazish va ovqatingizni sizga qaytarish uchun nimadir yetishmayapti, buyerda sizga ofitsant yoki API kerak bo'ladi.

Sizning buyurtmangiz yoki so'rovingizni qabul qiladigan va oshxonaga nima qilish kerakligini aytadigan ofitsant yoki API, keyin ofitsant sizga responce(javob)ni qaytaradi, bu javob biror oziq ovqat ko'rinishida bo'ladi.

Siz bilan haqiqiy hayotda API ga misol keltirdik, va sizda ham shunday tushunarli misollar bo'lsa kommentda qoldirishingiz mumkin.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Bir necha yildan beri o’rganayapsiz lekin ishga kira olmayapsizmi?

Ko’pchilik shogirdlarim va ular qatorida bir-vaqtlar o’zim ham dasturlash tiliga juda ko’p vaqt sarflaganman. Ya’ni dasturlash tilini yillar davomida o’rganasiz lekin ish topa olmasligingiz mumkin, bunga sabab biz ma’lum bir vaqt o’rganib, yaxshi dasturchi bo’lgandan keyin ishlab keta olamiz deb fikirlashimiz.

Lekin amalyotda unday bo’lmaydi, xattoki 10 yil dasturchi bo’lib ishlagan ham yana o’rganaveradi, siz dasturchi bo’ldingizmi endi o’rganishdan to’xtamaysiz chunki bu yo’nalish juda tez rivojlanadi va har kuni o’zgarib turadi.

Shunday ekan qanday qilib ishlashni boshlasa bo’ladi? Albattda bu savol juda umumiy shuning uchun ozgina aniqlashtirib olamiz.

— Backend misolida:

Biz boshlang’ich dasturlashni o’rganganimizda asosan ma’lumotlarni ma’lum bir darajada qayta ishlash bilan shug’ulanganmiz, oddiy misol sonlar ustida amallar, shu oddiy jarayonni ham biz uch bo’limga bo’lishimiz mumkin, bular:

1. Ma’lumotlarni kiritish.
2. Ma’lumotlar ustIda amallar bajarish.
3. Ma’lumotlarni chiqarish (Ko’rsatish tasvirlash v.h. Frontend yoki foydalanuvchiga yetkazib berish).

Bugun boshlanishiga qisqacha tushuntirib o'taman.

Ma’lumot turlari bu boshlang’ich int, float, bool va str murakkablari json, csv v.h ularni kiritishni boshida bir-nechta usullarini o’rganamiz, ya’ni bular:

- To’g’ridan to’g’ri o’zgaruvchiga qiymat beramiz (hard-codoing).
- Keyinchalik console oynadan (birinchi interactive ...).
- Fayl orqali kiritishni o’rganamiz (buyerda o’zi fileni turi haqida ko’p gaplashsak bo’ladi, keyingi postlarimizda batafsil to'xtalamiz).

Ko’pchilik shu joyda to’xtab qoladi yoki keyingi bosqichga o’tib ketadi, ma’lumotlar ustida amallar bajarish va buyerda anchagina qolib ketadi(albattda hamma emas).

Siz ham shunday holatda bo’lsangiz va bu muammo borligini tushingan bo’lsangiz bu yaxshi (nimasi yaxshi, ya’ni muammoning borligini bilib uni bilmaslikdan yaxshi).

Shunday qilib muammoni aniqlab olamiz, albattda unga o’zimning tajribamdan kelib chiqqan holda yechim va yo’nalish berib o’taman.

Biz ma’lumotni tashqaridan kiritishni o’rganishimiz kerak, boshqacha qilib aytganda o’zimzning kompyuterdan(local machine) emas balkim internedan. Buning uchun biz boshlanishga ma’lumotlar qanday qilib almashinadi va ularning usullari haqida ozgina bo’lsa ham tasavvurga ega bo’lishimiz kerak. Baxtimizga Pythonda buni bajarish anchagina oson, buni requests kutubxonasi orqali bajaramiz, keyingi postimizda requests haqida batafsil to'xtalamiz.

@naxalov
🧐Flask nima va u nima uchun ishlatiladi?
#flask #foydali_ilm

Flask - bu web-ilovalar ishlab chiqish uchun ishlatiladigan pythonda yozilgan mikroframework. U 2011-yil Armin Ronacher tomonidan taqdim etilgan.

Bu framework mustaqil va moslashuvchan bo'lganligi sababli ko'plab boshlang'ich dastuchilar Flaskdan boshlashni ma'qul ko'radi.

❗️Flaskning asosiy xususiyatlari.

Yengilligi(Lightweight), Bu tashqi kutubxonalardan mustaqil bo'lganligi uchun yengil framework hisoblanadi.

— Moslashuvchan tuzilishga ega kengaytirilgan framework. Dasturchi o'zi xohlagan tarzda backend tizimini yaratishi mumkin.

— Har qanday turdagi ma'lumotlar bazasi bilan osongina foydalanish mumkin. ORM yoq shuning uchun SQLAlchemy-dan foydalanishingiz mumkin.

— Boshlash uchun oson framework. Agar siz biror narsani ham tez yaratib ham o'rganmoqchi bo'lsangiz Flaskdan foydalanishingiz mumkin.

Flask haqida ko'p gaplashishimiz mumkin, keyingi postlarimizda ham chuqurroq o'rganib ketamiz.

🚀@codeschooluz
Nega aynan Python.
#python #foydali_ilm

Pythonni ko'plab yirik kompaniyalar ilovalar(backend uchun) ishlab chiqish uchun foydalanadi ularning ba'zilari - Google, Shopify, Netflix, Reddit, Dropbox, Stripe, facebook, Instagram.

❗️Pythonda juda ko'p dasturlar yaratilgan, unda ko'plab yo'nalishlar bo'yicha o'zining kutubxonalari yozib chiqilgan, ulardan quyidagilarni ko'rishimiz mumkin:

Web: Django, Flask
Desktop: Kivy, Tkinter, PyQt
Mobile: Kivy, BeeWare
Game: Pygame, Godot
Embedded: MicroPython, CircuitPython
AI & ML: TensorFlow, PyTorch, Keras

😎 Agar Python dasturlash tilini o'rganishda muammoga duch kelsangiz, tashvishlanmang, siz yolg'iz emassiz. Hozirda dunyoda python dasturchilari juda ko'p, ular internetda ko'plab maqolalar chiqargan ular orqali siz savollaringizga javob topishingiz mumkin.

Buning uchun siz ingiliz tilini bilishingiz kerak bo'ladi. Agar ingliz tilini bilmasangiz hoziroq boshlang.

P.S: Albatta biz ham o'zbek tilida savollaringizga javob beramiz va o'zbek tilida foydali kontentlar chiqarishga harakat qilamiz.

🚀@codeschooluz
Forwarded from Uzbek students in Korea
#interesting #fact
Oxirgi 1 yil ichida Google'da "IELTS" so'zini qidirish bo'yicha O'zbekiston dunyoda birinchi o'ringa chiqib olibdi.

TOPIK (Koreys tili darajasini aniqlash testi) bo'yicha esa dunyoda 4-o'rinda ekanmiz 🤔

Manba: Google trends

@uzbek_students_korea
Unicode vs ASCII
#ascii #unicode

Unicode va ASCII belgilarni kodlashning standartlaridan bo'lib, hozirda butun dunyoda qo'llaniladi. Har biriga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Unicode - bu har qanday tilda matnli ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash va almashtirishni osonlashtirish uchun ishlatiladigan universal kodlash usuli. Unicode 140 000 dan ortiq belgilarni va 150 dan ortiq zamonaviy va tarixiy skriptlar va emoji larni belgilaydi.

Unicode UTF-8, UTF-16, UTF-32 va boshqalar kabi turli belgilar kodlari bilan aniqlanishi mumkin. Bularning ichida UTF-8 eng ommabop hisoblanadi. Chunki u internet web saytlarning 90% dan ortig'i va Windows OS zamonaviy operatsion tizimlarda qo'llaniladi.

ASCII - bu kompyuterlarda belgilar, harflar, raqamlar va boshqalar kabi matnlarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. ASCII 128 ta inglizcha belgilarni raqamlar ko'rinishida ifodalash uchun ishlatiladi, har bir belgi 0 dan 127 gacha bo'lgan ma'lum bir raqamga tayinlanadi. Masalan ingliz bosh harfi "A" uchun ASCII kodi 65 ga teng.

❗️Ularning farqi nimada.

Hozirda Unicode ASCII ga qaraganda ko'proq belgilarni ifodalashi aniq. ASCII atigi 128 ta belgini kodlash uchun ishlatiladi, har bir belgi 7 bitdan iborat. Unicode 154 ta emoji va yozma noscriptlarni kodlaydi.

Shuni aytish mumkinki, Unicode ko'proq belgilarni kodlashda ishlatiladi va ASCII ga qaraganda ko'proq joy egallaydi.

Unicode ham, ASCII ham matn kodlash standartlari bo'lib, ular zamonaviy aloqada katta ahamiyatga ega.

🚀@codeschooluz
Live stream scheduled for