CODE SCHOOL – Telegram
CODE SCHOOL
605 subscribers
297 photos
89 videos
192 links
SUN'IY INTELLEKT MAKTABI
AI(Computer vision)
Mobile(Flutter)
Backend(Django)


🖥 https://www.youtube.com/codeschooluz

📍Manzil: Samarqand shahar A.Beruniy ko'chasi 87-uy. Mo'ljal: Fresco
📍

📩Savollar va takliflar uchun:
+998 50 400 40 00
Download Telegram
Channel created
Channel name was changed to «[CodeSchooluz]»
CODE SCHOOL pinned Deleted message
🚀🚀🚀ONLINE DARSLAR BOSHLANMOQDA ❗️❗️❗️

Yuqoridagi e'londa aytilgandek Python bo'yicha online darslarga ro'yxatdan o'tish uchun BUGUN oxirgi kun !!!
Kompyuter va internetingizni o'qish uchun tayyorligini yana bir bor tekshirib ko'ring !!!
CodeSchooluz jamoasining darslari boshlanmoqda !!!
Sizlarga shuni mamnuniyat bilan ma'lum qilishdan juda xursandmiz, 12- iyul, Yakshanba kuni soat 16:00 da birinchi darsimizni boshlaymiz !!!
🌟Xammaga kattakon rahmat CodeSchooluz jamoasining Python bo'yicha online darslariga qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish to'xtatildi ❗️❗️❗️
CODE SCHOOL pinned «🌟Xammaga kattakon rahmat CodeSchooluz jamoasining Python bo'yicha online darslariga qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish to'xtatildi ❗️❗️❗️»
Python online kursimizga ro'yxatdan o'tganlar diqqatiga !!! Agar siz ZOOM online konferensiya platformasini o'rnatmagan bo'lsangiz, iltimos o'rnatib oling !!! Tez orada biz darsimizning linkini tarqatishni boshlaymiz !!! Xar bir ro'yxatdan o'tgan talabaning telegram akauntiga yuboriladi !!! Agar sizda ZOOM dasturini o'rnatish bo'yicha muammo bo'lsa: @ProgrammerHJF murojat qiling !!!
CODE SCHOOL pinned «Python online kursimizga ro'yxatdan o'tganlar diqqatiga !!! Agar siz ZOOM online konferensiya platformasini o'rnatmagan bo'lsangiz, iltimos o'rnatib oling !!! Tez orada biz darsimizning linkini tarqatishni boshlaymiz !!! Xar bir ro'yxatdan o'tgan talabaning…»
Nima sababdan bizlar bolalarimizga dasturlash tillarini o'rgatishimiz kerak?

Bu savol bilan asosan o'zimdan katta avlodga murojaat qilmoqchiman. Sababi, yoshligimizda bizlarning ota-bobolarimiz, ya'ni uncha uzoq bo'lmagan ajdodlarimiz odamlarni asosan o'qish yoki yozish bilimiga ko'ra savodli yoki savodsizga ajratganlar.

Hozirgi zamonda o'qish yoki yozishni bilishingiz bilan hech kimni hayratlantira olmaysiz. Bu insoniyatning o'tgan yaqin asr(lar) mobaynida qay darajada rivojlanganligini ko'rsatadi. Juda yaxshi! Lekin hozirda, juda tezlik bilan rivojlanib borayotgan globallashuv davrida yashayabmiz. Bu esa, insonlarda tezlik bilan moslashish ta'labini keltirib chiqaradi. Shu sababdan, hozirda va kelajakda inson uchun qaysi kasb egasi bo'lish juda muhim.

Yosh ota-onalarga bu muammoning yechimi bilan murojaat etmoqchiman. O'z farzandingizga ingliz tili va dasturlashni o'rgating. Shundagina farzandingiz kelajakda ishsizlik muammosiga duch kelmaydi.

P.S. Bu bilan hamma dasturchi bo'lib ishlashi kerak demoqchi emasman. Hozirda va ayniqsa yaqin kelajakda, dasturlashni bilish - o'qish yoki yozishni bilish bilan barobar. Dasturlash - har qanday kasbga yordamchi holos.
Qaysi dasturlash tilini o'rganishimiz kerak?
Bakalavr davrimda o'qib yurganimda bir kursdoshim 1 - kursligimda qaysi dastulrash tilini o'rganay deb so’ragandi, men - Pascal, deb javob bergandim, chunku o’sha paytlar Pascal ni bilar edim😂. 2 - kursligimda huddi shu kursdoshim kelib C++ yoki Pascalni o'rganayinmi ? Deb so'radi, chunki o'sha paytlari C++ mashxur bo'lib ketgan edi, va nihoyat bizlar o’qishni bitirdik, yana huddi shu kursdoshim kelib, “- mana bitirdik, ertaga kelajakda menga nima kerak bo'ladi”, deb so'raganda shunday deb javob bergandim: “- 4 yil ichida Pascal va C++ ikkalasini ham o'rganib bo'lar eding!”.
Hulosa qilib aytganda, agar siz qaysi dasturlash tilini o'rganishni o'ylab yurgan bo'lsangiz, Pythonni o'rganing.

P.S. Chunki men hozir Pythonni yaxshi bilaman . 😂😂😂
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀🚀🚀Python dasturlash tili yordamida Telegram bot yaratmoqchimisiz?
​​Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

@codeschooluz
Python haqida
📝 Xo'sh, Python haqida juda ko'p eshitdik, katta-katta kompaniyalar ishlatar ekan:
google, yandex, netflix, instagram

Python dasturchilarning oyliklar juda katta ekan, hamma aytgan faktlarni takrorlamasdan, kelinglar, yanayam aniqlashtiraylik:

Soha yo'nalishlarda ham zo'r ekan, misol uchun web, desktop, mobile, embedded, game development va albatda hozirgi kunda yanayam mashhur bo'layotgan AI (Sun'iy intellekt) .

Savol: Qanday python ko'p qirrali dasturlash tili bo'lib, har biriga alohida community lar o'zining kutubxonalari(framework,library) yaratilgan?

🔹 Web : Django,Flask
🔸 Desktop : Kivy,Tkinter,PyQt
🔹 Mobile: Kivy, BeeWare
🔸 Game: pygame,godot
🔹 Embedded: MicroPython,CircuitPython
🔸 AI & ML
:TensorFlow,PyTorch,Keras

Qisqacha qilib aytganda, keyinchalik har biriga batafsil to'xtalamiz, ungacha Pythoni o'rganishni boshlang. Qayergacha o'rgata olaman: Machine Learning and ComputerVision largacha har qanday qiyinchilikdagi savollar bo'lsa, bemalol darsda berishingiz mumkin.

@codeschooluz
🤩Python haqida qisqacha va ajoyib ma'lumotlarga ega bo'ling.

📌Python xususiyatlari:
🔷O’qish oson: Python nisbatan kam kalit so’zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega. Bu o’rganuvchini qisqa vaqt ichida yodlab olish imkonini beradi.

🔷O’qish oson: Python kodi juda aniq va ko’zga ko’rinadigan bo’ladi.

🔷Oson ishlash: Pythonning muvaffaqiyati – manba kodi juda oson.

🔷Keng standart kutubxona: Pythonning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portativ va UNIX, Windows va Macintosh-da o’zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi.

🔷Interaktiv usul: Pythonda ishlashda terminalda ishlash uchun juda qulay terminalda test qilib ko’rsa bo’ladi.

🔷Portativ: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega.

🔷Kengaytirilgan: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni qo’shishingiz mumkin. Ushbu modullar dasturchilarni o’zlarining vositalarini samaraliroq bo’lishiga qo’shish yoki sozlash imkonini beradi.

🔷Ma’lumotlar bazasi: Python barcha ma’lumotlar bazasini qo’llab quvvatlaydi.

🔷GUI dasturlash: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi.

🔷Moslashuvchan: Python, qobiq buyruq fayliga qaraganda katta dasturlarga yanada yaxshi tuzilish va qo’llab-quvvatlash imkonini beradi.

@codeschooluz - Biz bilan kelajak kasbini o'rganing!