Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
540 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥Tik-tak: TikTok!

Sevimli Co-Learning Center jamoangizda hukmron pozitiv ruh, IT muhiti, qiziqarli va kulgili lavhalarni TikTokda kuzatib boring.

📸 Biz videoga tushish uchun ssenariy tuzmaymiz: axir, shundoq ham Co-Learning xodimlari ish kuni qiziqarli voqealarga boy oʻtadi.

😉Siz bilan yana bir platforma orqali yaqinligimizdan xursandmiz!

@colearninguz
🤨 Rustam, undan koʻra dizaynni oʻrgansang boʻlmasmidi?

🤩 Demak, yaxshilab eslab qoling: kurslarimiz 3 bosqichdan iborat. Ular: Dizayn nazariyalari, Adobe dasturlari va UI&UX asoslari.

Ikki oy davomida bu bosqichlar boʻyicha quyidagi koʻnikmalarni oʻrganishingiz mumkin:

• Dizayn tarixi, ranglar bilan ishlashni, reklamada grafik dizayn ishlatish, portfolio yaratish;
• Adobe Photoshop, Adobe Illustrator va Figma;
• UI/UX asoslari.

😲 Mazzami? Albatta! 100 dan ortiq arizalar orasidan faqatgina 20 nafar talaba “tanlangan” maqomini oldi.

🤗 Aytgancha, markazimiz hozircha faqatgina INHA universiteti talabalari uchun faoliyat olib bormoqda. Koʻplab soʻrovlarni hisobga olgan holda, boshqa universitetlarda ham filial ochish harakatini boshladik.

@colearninguz
Forwarded from Project Managers Blog
​​Project Managers kompaniyasi Frontend Bootcamp kurslari haqida

🧑‍💻 Frontend dasturlash kursi 6 oy, kuniga 6 soatdan boʻlib oʻtadi. Kursda hozirgi kundagi eng ommalashgan texnologiyalar: HTML, CSS, JavaScript, VueJs, NuxtJs, Figma, Photoshop oʻrgatiladi.

⚙️ API qabul qilish, veb dizayner bilan ishlash, GIT va Agile metodologiyasini oʻrgatiladi. Murakkab loyihalarda muammolarni yechish va ularni jamoaviy hal qilish koʻnikmalari shakllantiriladi.

🕔 Darslar, oʻrtada 1 soat tanaffus bilan soat 10:00 dan kechki 17:00 gacha boʻladi. Dushanbadan-jumagacha majburiy darslarda qatnashish lozim. Shanba kuni - selfstudy.

🧑‍🏫 Darslarni 4 nafar mutaxassis olib boradi.

Oʻquvchilar, 3-oydan boshlab toʻliq amaliyot va real loyihalar bilan ishlashga oʻtadi.

• Kursda qatnashish uchun rus yoki ingliz tilini oʻqib tushunish darajasida bilish kerak;
• Eng birinchi toʻlov qilgan 10 ta oʻquvchi qabul qilinadi;
• Darslar 20-fevraldan boshlanadi;
• Kurs narxi 18 million so'm.

👉 Quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting — forms.gle/huhg7EiymZWBkwoY6

Projectmanagers.uz | Tarmoqlarimiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😎 Co-Learning Centerʼda masterklaslar davom etmoqda!

Biz SMM kursi oʻquvchilari malakaviy bilimlarini oshirish maqsadida bir qator masterklaslar oʻtkazdik.

🗣 Lektorlarimiz:

• Doniyorbek Soliev“CRAFERS” brendi muallifi, 9 yillik tajribaga ega grafik dizayner;

• Milana Andriyanova — “GRandPR” PR agentligi PR menejeri;

• Kumushoy Nazarqulova — jurnalist, kopirayter;

• Dilobar Joʻrayeva — targetolog.

Masterklasda PR, targeting, kopirayting va dizayn sohalari Nʼmedov, Crafers, Miniso Uzbekistan, Pandora kabi taniqli brendlar misolida koʻrib chiqildi.

SMMʼga yana-da chuqurroq shoʻngʻish uchun sahifamizga kelib turing :)

😉 Kurslarimizda yana qanday soha vakillari mehmon boʻlishini xohlar edingiz?

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 SMM kursining ikkinchi parvozi haqida

Co-Learning Center SMM Specialist 2.0
kursi ham nihoyasiga yetdi. Ikkinchi fasl har tomonlama “top” darajada oʻtganligi bilan esda qolarli va foydali boʻldi.

Jami topshirilgan 81 ta arizadan 12 nafar oʻquvchi saralab olindi va ularga,

🥳 Biz taqdim etdik:

- PR, targeting, dizayn va kopirayting boʻyicha masterklaslar;
- intensiv imtihonlar va soft skill'larni rivojlantirish darslari;
- sertifikat;
- va albatta, chuqurlashtirilgan SMM
.

🤩 Bizga taqdim etishdi:

- Shijoatkor oʻquvchilar jamoasi, qaynoq debatlar va iqtidorlar.

Ayni damda kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar bilan intensiv amaliyot oyi oʻtkazilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting, shirinliklar oldinda 😋

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Bir vaqtning oʻzida Android va iOS uchun mobil ilovalar ishlab chiqishni oʻrganmoqchimisiz?

U holda “Flutter Development” kursimiz aynan siz uchun!

📲 Flutter bu mobil dasturlash texnologiyasi boʻlib, u yordamida bir vaqtning oʻzida iOS va Android ilovalarini ishlab chiqish mumkin. Shuningdek, yozgan kodingiz “desktop” va veb ilovalarda ham ishlaydi. Ajoyib! Shunday emasmi?

😎 Endilikda, mobil ilovalarni ishlab chiqishda iOS va Android uchun alohida dasturlash tilini oʻrganishga hojat yoʻq!

Bizning 3 oylik “Flutter Development” kursimizga roʻyxatdan oʻting!

❗️ Berilgan imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Motivatsion xatingizda ishtiyoqingizni isbotlab kursga bepul qatnashing!

Roʻyxatdan oʻtish uchun: bit.ly/3e1Dzbe
Dedlayn: 10-mart.

@colearninguz
😍 Yangilangan Flutterʼni koʻrib yana-da oʻrganish ishtiyoqingiz oshadi!

🥳 3-mart kuni Google kompaniyasi Flutter 2 ni ommaga taqdim etdi, bu yangilangan versiya har qanday turdagi dasturiy taʼminotga, shu jumladan kompyuter uchun dasturlar va veb dasturlarni ishlab chiqish uchun universal platformaga aylandi.

🤩 Flutter 2 ni umumiy nimalarda foydalanish mumkin?

▪️ Veb dasturlarni ishlab chiqish;
▪️ Android ilovalarni;
▪️ iOS ilovalarini;
▪️ Kompyuter ilovalarini;

Hattoki Toyota mashinalarining interfeysi Flutterʼda qilinmoqda. Shuningdek, bukuluchi zamonaviy smartfonlarga ham dastur yozish mumkin bo'ldi.

Flutter'da qilingan eng katta dastur qaysi deysizmi? Google Pay!

😎 Flutter — oʻrganish oson va yengil hisoblanadi!

📝 Bizning 3 oylik “Flutter Development” kursimizga roʻyxatdan oʻting!

🔥 Motivatsion xatingizda ishtiyoqingizni isbotlab Flutter kursida bepul oʻqing. Berilgan imkoniyatni qoʻldan boy bermang !

Roʻyxatdan oʻtish uchun: bit.ly/3e1Dzbe

@colearninguz
Co-Learning Center jamoasi barcha ayollarni 8-mart bilan tabriklaydi!

Shu jumladan jamoamiz qizlarini ushbu dam olish kuni bilan tabriklaymiz 😁

❤️ Sizlarga doim shunday kulib yurish yarashadi. Sizlar ofisimizni fayzisiz!

@colearninguz
⚡️ Oxirgi kun! Shoshiling!

Co-Learning Center'ning "Flutter development" kursiga ro‘yxatdan o‘tish muddati yakunlanishiga atigi 1 kun qoldi.

🤔 Android hamda iOS'da ishlaydigan mobil ilova yaratmoqchimisiz? Unda flutter kursi aynan siz uchun.

📲 Hoziroq havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va INHA universiteti talabalari uchun maxsus bepul flutter kursimizdan o‘rin egallang!

ℹ️ Eslatib oʻtamiz, kurslarimiz uchun roʻyxatdan oʻtish 3-mart sanasida boshlangan edi. 😊

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun: bit.ly/3e1Dzbe

@colearninguz
Omadli 153 talik orasida siz ham bormisiz?

📣 Azizlar, Co-Learning Center “Flutter development” kursiga roʻyxatdan oʻtish yakunlandi.

Mazkur kurs uchun bizga jami 153 ta ariza kelib tushdi. Tez orada arizalari saralanishdan oʻtganlar bilan bogʻlanib suhbatga chaqiramiz.

Bizni kuzatib imkoniyatingizni qoʻldan boy bermaganingiz uchun rahmat!

ℹ️ Eslatib oʻtamiz, kurslarimiz uchun roʻyxatdan oʻtish 3-mart sanasida boshlangan edi.

Siz ham ariza topshirgan bo'lsangiz izohlarda qoldiring

@colearninguz
🙊 Uzr, ovozli xabar yuboryapman...

Odatda shunaqa deyishadida, keyin istalgan paytda hech bir xijolatsiz ovozli xabar yuboraverishadi.

Co-Learning Center internet madaniyati borasida eʼtibor qilishingiz zarur boʻlgan bir nechta qoidalarni keltirib oʻtadi. Ularni eslab qoling va samarali hamda toʻgʻri muloqot qilishda davom eting.

🤨 Xoʻsh, internetdagi odamlar bilan bog'liq qaysi holat sizga yoqmaydi?

@colearninguz
Bugun IT sohasida sizni qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz

📅 Telegramda ovozli efirlar oʻtkazamiz. Bugun kechki 20:00 da kanalimizda boshlanadi.

Bu yangi imkoniyat boʻlganligi sababli telegram ilovangizni yangilab olishni unutmang.

Ushbu post ostida savollaringizni qoldiring.

@colearninguz
Live stream started