Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
540 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
Live stream finished (53 minutes)
🕊 Tvitlashmaymizmi?

Co-Learning Center
kundalik IT yangiliklari, oʻz faoliyati va foydali maʼlumotlarni siz bilan boʻlishish uchun twitter sahifasini yuritmoqda.

Eng qiziqarli tvitlarimizdan bahramand bo'ling va qaynoq debatlarga qoʻshiling.

🤩 ITʼga doir savollaringizga doir tvit qoldirib @colearninguz ni belgilang va Co-Learning Centerʼdan layk hamda qiziqarli javoblarni oling!

Co-Learning.uz
🤔 SMM kursini tugatdim, xoʻsh, endi nima qilaman?

Bu savol boʻlajak SMMʼchilarni juda ham oʻylantiradi, aslini olganda, SMM — onlayn bozorning yetakchi sohalaridan biri.

🔥 Co-Learning Center SMM kurslarini tugatganlar nimalarni oʻrganishadi?

• Maqsadli auditoriya, raqobatchilar va bozorni tahlil qilish;
• Ijtimoiy tarmoqda targʻib qilish strategiyasi va reklama;
• Marketing;
• Sotiladigan matnlarni yozish;
• Blogerlar bilan ishlash.

Bu hali hammasi emas, qolganlari bilan real loyihalar davomida tanishasiz.

😉 Tez kunda SMM kurslari ochilishiga tayyormisiz?

@colearninguz
😉 Kitob oʻqishning ayni vaqti

Soft skill
munosabatlarni oʻrnatish, ishontirish qobiliyatlari, qarorlar qabul qilish va oʻz-oʻzini nazorat qilish koʻnikmalarini oʻz ichiga oladi.

📚 Shu sababli Co-Learning Center vaqtingizdan unumli foydalanishingiz uchun soft skillʼni rivojlantiruvchi 3 kitobni tavsiya qiladi.

1. Daniel Kaneman — “Sekin oʻyla, tez qaror qabul qil”. Bu kitob siz qanday xatolarga yoʻl qoʻyganingiz va eng muhimi, fikrlaringizni toʻplashga hamda oqilona qaror qabul qilishga yordam beradi.

2. David Desteno — “Hissiyot kuchi”. Bu kitob orqali siz uch his-tuygʻu — minnatdorchilik, hamdardlik va magʻrurlik qanday qadrli ekanligini oʻrganasiz. Muvaffaqiyatga erishish, muloqot qilish va oʻz-oʻzini nazorat qilishni yaxshilashga ham yordam beradi.

3. Nikita Nepryahin — “Aldanish anatomiyasi”. Tanqidiy fikrlash — u cheksiz maʼlumot ummoniga gʻarq boʻlmaslik, haqiqatni yolgʻondan ajratish va toʻgʻri qaror qabul qilish kerak boʻlganda mantiqni yoqish imkonini beradi.

😏 P.S. Kitoblar o'zbek tiliga hozircha tarjima qilinmagan.

@colearninguz
👍1
🔥 Birinchi Flutter darsi haqida qisqacha

Uzoq kutilgan Co-Learning Center Flutter 1.0 kursi muvaffaqiyatli start oldi. Mazkur darslarimiz 3 oy davom etadi va uni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga sertifikatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, pullik amaliyot o'tish imkoniyati ham mavjud bo'lib, eng ishtiyoqli talabalar jamoamiz safiga taklif qilinishi mumkin.

Siz qaysi kurslarimizda qatnashishni xohlar edingiz Izohlarda qoldiring. 👇

@colearninguz
Xayr va baraka oyi — Ramazon muborak! 🤗

Rahmat va mag'firat oyida sizga va yaqinlaringizga duolar ijobati, gunohlar mag'firati hamda ikki dunyo saodatini tilab qolamiz! 🌙

Iftorlik va saharlik vaqtlari ko'rsatilgan ushbu Ramazon oyi taqvimini kichik tuhfa sifatida qabul qiling.

@colearninguz
🤔 IT Brendlarni yaxshi bilasizmi?

👀 Co-Learning Center
sizlarga bilimingizni tekshirib ko'rishingiz uchun qiziqarli quiz taklif qiladi.

🔎 Quizʼda 4 ta ITʼga aloqador brendlar nomi emojiʼlar orqali tasvirlangan. Siz ular orqali brend nomini topishingiz kerak bo‘ladi.

👇 Nechta topqaningizni va javoblaringizni izohlarda qoldiring

@colearninguz