Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
540 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
Karantin? Yoʻq, yoʻq biz eshitmadik!

CoLearning Center jamoasining faoliyatiga hech narsa xalal bera olmaydi. Bilamizki, 23-mart 2020-yildan yurtimizda virus koʻpayishini oldini olish maqsadida qator choralar koʻrilmoqda. Ayni shu yilning 10-iyulidan choralar yanada qatʼiylashdi.

Shu sababdan bizning CLC oilamiz yana masofadan ishlashga oʻtdi. Biroq, Zoom, Discord kabi dasturlar orqali doimo birgamiz. Karantin bizga toʻsqinlik qila olmaydi.

#CLC #quarantine_time

Co-Learning.uz
Biz karantin haqida eshitmadik: chunki bunga vaqtimiz bo'lgani yo'q. Lekin ba'zi bir muhim yangiliklarni bilamiz. Siz-chi, xabaringiz bormidi?

Tinib-tinchimas INHA universiteti talabalari doktor ko'rigiga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi ilova yaratishmoqda. MyHealth mobil ilovasi ayni damda yangi hamkorlar izlamoqda.

CoLearning Center IT o’quv markazi esa, kelgusida Google'ni zabt eta oladigan dasturchi bilan live-suhbat uyushtirdi, bundan tashqari, @uicgames O'ynAR kameraning yangilangan variantini chiqarib,
bolajonlar uchun ajoyib "Bolajon" foydali o'yinini yaratdi.

Yaqin kunlarda UIC Games O'yinlar olamida haqiqiy shov-shuv ko'tarishga tayyorgarlik ko'ryapti.

Biz bilan eng qiziq va muhim IT-yangiliklarni kuzatib boring.

#IT_UZB #CLC #UIC_Games #mangusarkarda #get_informed

Co-Learning.uz
Multitasking afsonasi

Multitasking haqida turli afsonalar yuradi. Bir vaqtda koʻplab ishlarni bajarish qahramonlik, bajargan esa qahramondek goʻyo. Biroq, rostdan shundaymikan? Multitasking tartibi sizni samarali qilmaydi. Buning bari afsona. Koʻp vazifalarga bir vaqtning oʻzida diqqatingizni qaratishingiz diqqat tizimingizga salbiy taʼsir koʻrsatadi, xolos.

Qachonki nimanidir avtomatik tarzda doimiy ravishda bajarilsagina, ishlar samarali boʻlishi mumkin. Masalan, bir vaqtning oʻzida ham yayov yurib ham telefondan gaplashish. Yurish – avtomatik tarzda bajariladi, u diqqatning jalb etilishini talab qilmaydi. Agar siz oldingizga qoʻyilgan taskʼlaringizni samarali bajarmoqchi boʻlsangiz, u holda bir vazifaga diqqatni qarating, bajarib boʻlganingizdan soʻng boshqasiga oʻting.

Siz bir vaqtning oʻzida koʻplab tasklarni bajarasizmi yoki bir ishni tugatib, keyin boshqasiga oʻtasizmi? Multitasking'ga munosabatingiz qanday?

#CLC #Multitasking_not_Rulit #DoandWork

Co-Learning.uz
Bitta sichqoncha, ikki monitor, uch dasturlash tili...
Yoki, dasturchi bo‘lish uchun nima kerak?
Oliy ma‘lumot? Kapital? Tanish-bilish?

🎓 Diplom bermasa-da, oz fursatda "takoy dasturchi" bo‘lishingizga kafolat beruvchi o‘quv markazlari - ko‘pchilik uchun ayni muddao bo‘lib boryapti.

👨‍🏫 4/5/7 yil leksiyalarni uxlab o‘tkazgandan ko‘ra, biroz vaqt stajorlik qilish, yoki o‘quv kurslarida tahsil olgan ma’qulroq ko‘rinishi mumkin.

Biroq "generallikni orzu qilmagan..", deganlaridek, "oliy ma’lumotli dasturchi" nomi kelgusida Google'ga ishga kirmoqchi bo‘lganingizda qo‘shimcha + bo‘lishini unutmang 😉

Ham vaqtdan, ham naqddan yutish istagida bo‘lsangiz, @colearningacademy video-darslarini kuzatib boring. Chunki bizda sohasining Oliy ma’lumotli mutaxassislaridan tashkil topgan, tajribali dasturchilar tomonidan darslar berib boriladi.

#CLC #CoLearning_Academy #high_educated #useful_info

@colearninguz
Soha yetuk mutaxxasisi boʻlishda kitoblarning qanday oʻrni bor? IT’chilar kitob oʻqishadimi oʻzi?

🧑‍💻 Co-Learning Center’da kitob mutolaasi faoliyat shartlaridan biri hisoblanadi. Eng qizigʻi bizning jamoa kitobni xuddi IT’ni sevgandek sevadi. Keling ular sevib mutolaa qiladigan kitoblar va yozuvchilar roʻyxatini keltiramiz:

Dasturchilar: Гарри Поттер и Методы Рационального Мышления, Червь, Вы, конечно, шутите, мистер Фейнман, 1984,Temur tuzuklari, Boburnoma, Avlodlar davoni.

Dizaynchilar: Robert Kiyosaki, Deyl Karnegi, Teodor Drayzer.
Mediachilar: Государь, Граф де Монте Кристо, Шерлок Холмс.

Siz-chi? Qaysi kitoblarni sevib mutolaa qilasiz?

#CLC #Books_matter #chitay_narod

@colearninguz
Har bir sohaning oʻz “termin/slang”lari mavjud. ITʼchilar bundan mustasno emas. Demak, bizda yangi rukn #IT_Slang

Baʼzida soʻzlarni “tikka”siga aytish oʻta zeriktirib yuboradi. Shu sababdan boʻlsa kerak CoLearning Centerʼning tinchimas dasturchilari muloqotda “slang”lardan foydalanishadi. Tanishing – snippet. Ingliz tilidan tarjima qilinganda kod/matndan parcha yaʼni fragment maʼnosini bildiradi.

Yana biri esa – “aniq uchadi”. Uchadi bu muvaffaqiyatli bo’lib ketadi kelajakda ma’nosida.

Biz bilan qoling va qaynoq slanglardan boxabar boʻling!

#CLC #Slang #IT_Termin #Jargonlashamiz

@colearninguz
Dasturlash doimiy ravishda oʻz ustida ishlash degani. Shuningdek, u toʻxtovsiz oʻrganishni ham talab etadi. Oʻrganish jarayonida kitobdan yaxshi koʻmakchi yoʻq, shunday emasmi?

🧑‍💻 “Clean Code: A Handbook of Agile Software Craftsmanship” Robert C. Martinʼning kitobi boʻlib, unda kodni tozalash, yozish va qayta tiklash boʻyicha batafsil, bosqichma-bosqich tushuntirishlar mavjud. Siz dasturiy taʼminotni ishlab chiqish loyihalarida SDLC'ning yetakchi shakllaridan biri boʻlgan Agile metodologiyasini gʻayrat bilan amalga oshira olasiz. Bundan tashqari, siz avvalgidan koʻra qatʼiyatli va intizomli dasturchi boʻlasiz.

#CLC #Chitay #Coding_hazil_emas

@colearninguz
Hafta kitobi “Пиши, Сокращай“.

Ushbu kitob nafaqat kopirayterlarga, balki boshqa soha vakillariga ham foydalidir. Kitob haqida qisqacha yuqoridagi rasmlarda.

Biz bilan qoling va foydali kitoblardan boxabar boʻling.

#CLC #Book_Review #Books_matter

@colearninguz
Siz uchun dasturchi kim? Ushbu karuselda dasturchilarga biz bergan ta'rifni ko'rishingiz mumkin. 😉

#CLC #dasturchi #coding

@colearninguz
UI/UX dizaynerisiz. Biroq, resurslar bilan baʼzida qiyinchiliklarga duch kelasiz🤔

CoLearning Center jamoasi siz uchun "Top icon" manbalar roʻyxatini tuzdi. Faqatgina eng saralari bizda.

Ushbu foydali maʼlumotlarni saqlash va boʻlishishni unutmang☝️

@colearninguz