Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
541 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
🎬 Okay Google: “eng zo’r motivatsion film…”

deb izlaganizda, sizga bir nechta filmlar ko’rsatiladi, lekin siz qaysi birini tanlashni bilmaysiz. 🤔

Co-Learning Center esa sizga 3 ta tushunchaga boy bo’lgan va dunyo-qarashni kengaytiradigan motivatsion film tavsiya qiladi:

Shoushengdan qochish (The Shawshank Redemption, IMDb 9.3);
Forrest Gamp (Forrest Gump, IMDb 8.8);
Intersteller (Interstellar, IMDb 8.5).

😊 Sizni qaysi film koʻproq ilhomlantirdi? Izohlarda taassurotlaringizni qoldiring.

P.S. IMDb bu filmlarning internetdagi bazasi.

@colearninguz
Apple Car qachon chiqadi?

📣 Apple va KIA kompaniyalari AppleCar ishlab chiqarish to'g'risida muzokaralar olib borishmoqda.

🍎 Apple yangi elektromobillarni o'z brendi ostida ishlab chiqarish tarafdori.

📆 Yangi Apple elektromobillari yaqin 5-7 yil ichida sotuvga chiqishi ko'zlanmoqda. Birinchi elekromobil sotuvlari korporativ segmentga qaratiladi.

Bizning jamoa Apple mahsulotlari muxlisi, Apple Car olish ham yomon reja emas. Nima dedingiz? 🤔

@colearninguz
🌙 Ramazon Hayiti muborak azizlar!

Oilangizga farovonlik, rizqingizga baraka doimo yor boʻlsin! Tutgan roʻzalaringiz mukammal tutilgan roʻzalar qatorida boʻlishi nasib qilsin.
Ming oylardan muqaddas Mohi Ramazon muborak boʻlsin!

Bayramni shodlik, xursandchilikda xayrli oʻtkazishingizni tilab qolamiz! 😊

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧐 Kursimiz bitiruvchilari nimalar bilan band?

Co-Learning Center “Grafik dizayn”
kursi bitiruvchilari ayni kunda turli joylarda oʻz bilimlarini amalda qoʻllashmoqda. “Project Managers” loyihalar boshqaruv kompaniyasida bir muddat amaliyot oʻtagan Islombek Nurmuhammadov dizaynning UI/UX yoʻnalishini tanlashga qaror qildi.

👍 U hozirda MyTaxiʼda UI/UX dizayneri sifatida faoliyat yurityapti. Eʼtiboringizga Islombek bilan boʻlgan intervyuni taqdim etamiz.

🖊 Sizga grafik dizaynning qaysi yo'nalishi ko'proq yoqadi? Izohlarda yozib qoldiring.

@colearninguz
Stiv Jobsdan muvaffaqiyatga eltuvchi 5 maslahat

🔸 Stiv Jobs — Apple va Pixar korporatsiyalarining asoschisi, iqtidorli muhandis va ajoyib tadbirkor.

🔹 Jobs xar doim boshqalardan farqli, alohida qarashga ega edi, bu unga ajoyib muvaffaqiyatlarga erishishda yordam berdi. Dunyo Stiv tufayli yanada takomillashdi.

🔸 Ushbu rasmlarda oʻzimiz ham jamoamiz bilan amal qiladigan maslahatlarini keltirib oʻtamiz.

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram bot yasashni xohlaysizmi? U holda shoshiling! 🚀

🤩 100 ga yaqin loyihalar ishtirokchisi;
Fullstack dasturchi;
Adrenalin-odam —
Shakhzod Kudratovdan aktual bot yaratish sirlarini suv qilib ichib yuborish imkoniyati!

🤖 3 kun davom etadigan bepul intensiv kursimizda ishtirok eting.

Roʻyxatdan oʻtish muhlati (tanish-bilishlar uchun ham): 05.06.2021.

Bu yerda roʻyxatdan oʻtasiz — http://bit.ly/tgbotCLC

@colearninguz
Statistika bilan tanishing!

😉 SMM specialist 3.0 natijalarini intiqib kutgan 119 nafar ishtirokchilar diqqatiga. Kursimizga qabul qilish jarayoni yakunlandi!

🎗 13 nafar muvaffaqiyatli yoshlar bilan allaqachon aloqaga chiqdik. Agarda siz bilan bogʻlanmagan boʻlsak, aslo xafa boʻlmang, imkoniyatlar hali oldinda!

P.S. Yana qaysi kurslarimiz ochilishini xohlaysiz?

@colearninguz
▶️ Oflayn darslar davom etadi!

Kecha SMM kurslarimizning 3-mavsumiga start berdik. Kunning 1-yarmi unumliroq boʻlgani sababli darslarimiz soat 9:00 da boʻlib oʻtmoqda.

〽️ Kursimiz mentori — tajribali marketolog, Sadriddin Abduraximov.

@colearninguz
🚀 Tez kunda...

Ko'plab qiziqishga sabab bo'lgan Telegram bot yaratish kursiga saralash davom etmoqda.

📆 Kurslarga ro'yxatdan o'tgan talabalar soni kutilgandan ko'ra ko'p bo'lganligi tufayli saralash muddati uzaytirildi. Shu sababli darslar 17-18-19-iyun kunlariga ko'chirildi.

Natijalarni intiqib kutayotgan ishtirokchilar, biz siz bilan tez orada aloqaga chiqamiz.

😉 Darslarda ko'rishguncha!

@colearninguz