Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
541 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
Qadrli aka-uka, opa-singillarimiz!

Qurbon hayiti bilan sizlarni chin qalbdan qutlaymiz! Ikki hayit orasida va yil davomida qilgan barcha ezgu amal, ibodat hamda xolis niyatlarimizni Alloh dargohida qabul aylasin.

Barchangizni ko'ngil xotirjamligi, oilaviy totuvlik, xonadoningizni fayz-baraka tark etmasin.

@colearninguz
👨🏻‍💻 Dizaynda idea qanday yaratiladi?

〽️ Research — practise — research — practise — research
... - digital design shu formula asosida rivojlanadi. Bunda maslahat uchun kitoblar, Behance, Pinterest, Dribble va albatta, ustozlarga murojaat qiling.

Eng muhimi ish jarayoniga mehr bilan yondashing. Uning natijasi va mevasi ham shunga yarasha bo'lishini unutmang.

Co-Learning Center grafik dizayn kursi mentori Po'latov Jasurbekning dizaynni endi boshlayotganlar uchun asosiy prinsiplarini qoidalarini ulashdik.

🔄 Mazkur qoidalarni amalda qo'llang va dizayner do'stlaringizga ulashing!

@colearninguz
🔖 CV yoki rezyume — o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot. Unda:

- ism-familiya, tug'ilgan sana va kontakt ma'lumotlari,
- o'qish joyi,
- yutuqlari,
- ish tajribasi (agar bo'lsa),
- ko'nikmalari
sanasi va joyi bilan ko'rsatiladi.

📌 CV shablonlarini
www.freshresume.co
www.cvdesign.mobi
www.zety.com saytlaridan yuklab olishingiz mumkin.

💼 Portfolio — mutaxassisning qilgan ishlari va yutuqlari jamlanmasi. Sayt, Word hujjat va ijtimoiy tarmoqlarda kanal yoki sahifa ko'rinishida bo'ladi.

📌 Portfolio soha turiga qarab turlicha yaratiladi. Dizaynerlar Behance, Dribble, kopirayter va kontent menejerlar Pressfolios.com, Contently.com kabilarda portfolio yaratishlari mumkin.

Sizchi, CV va portfolio yaratishga ulgurdingizmi?

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Xabaringiz bor, yaqinda Co-Learning Center SMM va Flutter kurslari nihoyasiga yetdi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga biz amaliyot dasturini taklif etdik.

Hozirda har ikki yo'nalish bo'yicha bitiruvchilar Project Managers va UIC Group IT kompaniyalari, Imkon Uzbekistan NNO hamda Co-Learning Center'da amaliy ko'nikma olishmoqda.

Tez kunlarda yanada yangi kurs va yangiliklarni kutib qoling 😉

@colearninguz
🖥 Adobe'ning Adobe Lightroom dasturi turli xil rasmlarni yaratish, ularni qayta ishlash, ranglar balansirovkasi va boshqa grafik amaliyotlar uchun ko'p ishlatiladi.

📌 Adobe Lightroom'da tayyor kamerada olingan har xil formatdagi rasmlar quyidagi bosqichlarda ishlanadi:

- Yorug'lik to'g'rilanadi
- Tune curve
- Color grading
- Detail
- Lens Corrections
- Transform
- Effekt
- Calibration

Oxirgi bosqichda portret rasmlarda retush orqali undagi kamchiliklar to'g'rilanadi.

✔️ Co-Learning Center jamoasi fotograflari professional rasmlarga ishlov berishda aynan Adobe Lightroom va Adobe Photoshop dasturlaridan foydalanadi.

@colearninguz
🧑🏻‍💻Dasturchi, dasturchi deysiz, dasturchi kimligini bilasizmi?

🤓 IT'ning 24\7 ishlaydigan bu vakillari vazifasiga ko'ra turli xil bo'ladi.

Masalan, mobile App Developer mobil uskunalar uchun dastur va ilovalar yaratadi, web developer vebsaytlar ishlab chiqadi, software Engineer dasturiy ta'minot yaratuvchi dasturchidir.

🙂Ro'yhatni davom ettirish navbatini esa sizga. Sizningcha dasturchi kim va ularning qanday turlarini bilasiz?

Izohlarda dasturchi tanishlaringizni belgilang.

@colearninguz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Rasm ko'ngildagidek chiqishi uchun necha martalab kadr olish mumkin?
Qayta qayta rasmga olish joningizga tegmadimi? Rakurs xato, chiroq yaxshi tushmagan, meni rasmda semiz qilib qo'yibsiz?"

Rasmga olayotganingizda odamlarning bunday xarxashalari joningizga tegdimi?

📸 Unday bo'lsa qo'lingizga fotoapparatni oling va 23-avgust kuni soat 13:00 Co-Learning Center'da bo'lib o'tadigan fotografiya & videografiya bo'yicha workshop'ga choping.

Tajribali filmmaker Sayyodbek Gafurdjanov ishtirokidagi intensiv workshop'da aynan sizni kutib qolamiz.

Ishtirok etish bepul.
Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting. Cheklangan o'rinlardan biriga loyiq ekanligingizni motivatsiya xati orqali isbotlang 😉

Ro'yhatdan o'tish muhlati: 20-avgust
Joylar soni cheklangan.
👉 Havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSefzIpVIhCaDc-dn52_Ulxo_Y3RJNjfDaC4Rsz25VznOwPR8g/viewform

@colearninguz
👨‍💻 To'g'ri, tartibli va toza kod yoza bilish kuchli mantiq hamda sabrni talab qiladigan jarayon

Biroq yaqin va hamyonbop IT kurslarini topish muammo 😢

🌐 Shu sababli aytishniklarning juda ko'pchiligi asosiy bilimni internet tarmog'idan oladi. YouTube, Codecademy, Udasity, Skillbox, Udemy va boshqa manbalarda kurs, kitob olishadi, boshqa dasturchilar bilan fikr almashishadi.

✔️ Bu borada ijtimoiy tarmoqlarda IT'ga qiziquvchilar guruhlarini siz kabilar xato va bilimlarini o'rganish uchun kuzatish mumkin.

O'zbek dasturchilari orasida Robocontest.uz sayti ancha ommalashgan.

Sizchi, dasturlashni mustaqil o'rganish borasida nimalarni tavsiya qilasiz?

@colearninguz