Co-Learning Center – Telegram
Co-Learning Center
541 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
🤩 Shov-shuvga aylangan rebrendinglar

Rebrending
- bu tashkilot korporativ imidjini o'zgartirish jarayoni. Rebrending brend uchun bozorda raqobatchilardan farqli o‘ziga xoslikni yaratishdir. Ushbu jarayonda brendning nomi, logotipi yoki dizayni o'zgartiriladi.

Quyida 2021-yilda rebrendingga qo'l urgan taniqli mahalliy kompaniyalar:

🛒 Korzinka savdo tarmog‘ining rebrendingi kompaniya 25 yilligiga to‘g‘ri keldi. Taktik strategiyasi, maqsadi, logotipi – hammasi o‘zgardi, hatto nomidagi "uz" so'zini ham olib tashladi.

🍀 Agrobank ham rebrending qildi. Yangi logotip yaratildi, rasmning yangi elementlari, mijozlarga xizmat ko'rsatish zalining yangi ko'rinishi, veb-sayti, mobil ilova, qo'shimcha elementlar va individual shriftlar to'liq o'zgartirildi.

📬 O'zbekiston pochtasi rebrendingning bir qismi sifatida logotipini, ranglar palitrasini va nomini UzPost'ga o'zgartirdi.

Nima deb o'ylaysiz, kompaniya muvaffaqiyatga erishishida rebrending qanchalik samarali yo'l bo'ladi?

@colearninguz
👍14
⚙️ Ushbu instrumentlar saytni koʻproq foydalanuvchilar koʻrishiga, ularni tahlil qilishga hamda faol ravishda kalit soʻzlardan foydalanishga yordam beradi.

🤓 SEO haqida to'liqroq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz:
https://news.1rj.ru/str/colearninguz/247

@colearninguz
👍7
🥳 Co-Learning Center jamoasi barcha ayollarni 8-mart bilan tabriklaydi!

😊 Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo’lsin! Yurtimizning go’zal ayollari, chehrangizni tabassum va samimiylik tark etmasin. Barcha ezgu orzularingizni amalga oshishida tilakdoshmiz.

❤️ Unutmang, sizga doim shunday kulib yurish yarashadi.

@colearninguz
👍72
💡 SMM yordamida siz qanday foyda ko'rasiz?

Har bir soha insonlarga turli xil foyda ko'rsatgani kabi, hozirda eng TOP sohalardan biri bo'lgan SMM ham bundan mustasno emas. Batafsil posterimizda ko'rishingiz mumkin.

😉 Kuzatuvchilarimiz postimiz orqali ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritishni foydasi bor ekanini tushungan bo'lsa, ushbu ma'lumotni do'stlaringizga ulashishni unutmang.

📝 Agar siz ham ushbu sohaga qiziqsangiz yoki shu soha vakili bo'lsangiz SMM orqali yana qanday foyda ko'rishni izohlarda yozib qoldirishni unutmang.

@colearninguz
👍4
😶‍🌫️ Kechdan ko'ra, hech emas — deadline sizga nega muhimligi haqida

Ishlar
o'z vaqtida sifatli bajarilishida deadline ya'ni biror bir ishga berilgan muddatnining o'rni muhimdir.

Sizga ish uchun ma'lum bir vaqt belgilab berildimi? Demak, siz o'sha vaqtgacha ishni to'liq topshirishingiz kerak.

😶 Deadline'ga amal qilmasangiz ham bo'ladi, faqatgina ... bunday gap noto'g'ri.

Deadline'ga rioya qilib uni nazorat qilish to'g'ri menejmentni bildiradi. Loyihalar boshqaruvida esa bu juda muhim.

Loyiha boshqaruvi (project management, PM) — yarim rahbarlik degani bo'lib, IT va boshqa sohalarda loyihani rejalashtirishdan tortib uni amalga oshirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi.

Tez kunda loyiha boshqaruvi bo'yicha bilimingizni biz bilan yaxshilash imkoniyati bo'ladi 😉

🙃 Siz ishingizda deadline'ga amal qilasizmi?

@colearninguz
👍1
🤔 LinkedIn haqida bilasizmi?

Biror bir insondan foydali ijtimoiy tarmoqlar haqida bilasizmi desak, xa albatta: Telegram, Instagram, TikTok'lar deya aytishi bu tabiiy holat.

👀 Aslida bundan tashqari LinkedIn ham bor.

LinkedIndan to'g'ri foydalanish natijasida siz karyera qilish va ishga joylashish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz. Shu platformada ishlashni tez orada biz tashkil etayotgan yangi kursda o'rganishingiz mumkin 😊

@colearninguz
👍5😱2